O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»
Tarbiya jarayonining mohiyati
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher navoiy nomidagi
Tarbiya jarayonining mohiyati
Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ruyobga chiqarishning sharoitlari va ta‘sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy hulq atvorning andozalarini o‘zgartirish mamlkatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi sifatida qaralmoqda. Avvalombor, tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo faylasuflarining va halq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga suyanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sosiologiya, etika, estetika, huquqshunoslik, psixologiya fanlari ma‘lumotiga asoslanadi. Hozirgi zamon pedogogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy shunchalik ta‘sir ko‘rsatish emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir-biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o‘zaro ta‘sir ko‘rsatishi ekanligi alohida ta‘kidlanadi. Hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ―Ta‘lim to‘g‘risidagi‖ O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq tayyorlangan bo‘lib, uning ―asosiy maqsadi- ta‘lim sohasini tubdan isloh qilish, yuksak ma‘naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayorlash‖, zarurligi (39 bet) va ―Uzluksiz ta‘lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma‘naviy boy shaxs shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi‖ (43 bet) deb, ta‘kidlanishi bejiz emas albatta. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g‘oyaviy, ahloqiy, irodaviy, estetik xislari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Hamma davrlarning ilg‘or kishilari tabiatga yuqori baho berganlar. Xalq donishmandlari va mutafakkirlaridan Zardo‘sht, Muhammad al-Xorazmiy, Imom al-Buxoriy, Imom Termiziy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Mahmud Qoshg‘ariy, Shayx Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Burhoniddin Zarnudjiy, Bahouddin Naqshband, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahriddin Bobur, Zavqiy, Furqat, Avaz O‘tar, Hamza, Abdulla Avloniy inson kamolotini ilm fan va tarbiyada deb bildilar. Tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishga uning atrofdagi dunyoga, jamiyatga, odamlarga, o‘ziga nisbatan munosabatlari doirasini vujudga keltirishga va kengaytirishga qaratilgandir. Shaxsning turmushdagi turli jihatlarga munosabatlari tizimi qanchalik keng, xilma-xil va chuqur bo‘lsa, uning ma‘naviy dunyosi shunchalik boy bo‘ladi. Tarbiya shaxsni ijtimoiylashtirish uning aniq hayotiy mavqyeini shakllantirish jarayonidir. Tarbiya shaxsning ongliligi, faolligi, doimiyligi, vatanparvarligi, insonparvarligi va boshqa fazilatlarini shakllantiradigan jarayondir. Tarbiya o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p faktorli, xarakterga ega. Buning ma‘nosi shuki, bola shaxsning qaror topishi maktab, oila, jamoatchilik, ijtimoiy muhit va yaqin atrofdagi vaziyatning bevosita yoki bilvosita ta‘siri ostida ruy beradi. Hamma narsa: odamlar, ashyolar, hodisalar, voqyealar avvalo ota-onalar va pedagoglar tarbiyalaydilar. (A.S.Makarenko) Tarbiya jarayonini mashhur pedagog Abdulla Avloniy “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, - yo mamot, - yo najot, - yo halokat, -yo saodat,-yo falokat masalasidir” deb ta’riflagan. H.H.Niyoziy: “Agar yaxshi tarbiya kishining qimmatbaho boyligi bo’lsa, yomon tarbiya uning uchun haqiqiy baxtsizlik hisoblanadi va ko’pincha uni xalok etadi”, - deb tushungan. Ta‘lim orqali nazariy kamolotga erishiladi. Tarbiya esa Forobiy fikricha bu kishilar muloqotda etnik qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo‘ldir deb ta‘rif bergan, hamda ―insoniy maqsad-oliy baxt-saodatga erishuvni o‘ziga g‘oya va oliy maqsad qilib olishi kerak‖. A.S.Makarenko: ―Tarbiya bu nisbatan keksaroq avlodning o‘z tajribasi, o‘z ehtirosi, o‘z e‘tiqodini yosh avlodga topshirish demakdir‖ - deb ta‘riflagan. V.A.Suxomlinskiy ―Tarbiya - avvalo o‘qituvchi bilan bolalar doimiy ma‘naviy munosabatlaridir‖ - deb ta‘riflagan. Yuqoridagi ta‘riflarning barchasi shaxs tarbiyasining u yoki bu qirralarini ilmiy jihatdan asoslashga qaratilgandir. Pirovard natija har tomonlama kamol topgan, yetuk, barkamol shaxsni shakllantirnishga qaratilgandir. Tarbiya jarayonining eng asosiy maqsadi har tomonlama va uyg‘un kamol topgan, yangicha fikrlaydigan shaxsni shakllantirishdir. Bu qiyin jarayon ikki tomonlama bo‘lib, uyushtirishni va rahbarlikni boshqarishni ham, tarbiyalanuvchi shaxsning faollik ko‘rsatishni ham taqoza qiladi. Ammo bu jarayonda pedagog yetakchi rol o‘ynaydi va tarbiyaning umumiy maqsadini amalga oshiradi. Tarbiya jarayonining mohiyati tartibga kompleks yondashishni talab etadi. Tarbiyani qurilishga qiyoslash mumkin. Kompleks yondashish obyektiv ravishda aqliy, g‘oyaviy, ahloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, iqtisodiy, huquqiy, ekologik, ma‘naviy va hakozolarning birligini, tarbiya jarayonini tashkil etishning: individual, guruhli va ommaviy shakllarini qo‘shib olib borishini, usullari hamda vositalarini maqsaddan kelib chiqib olib borilishini ta‘minlaydigan pedagogik tizimni keltirishni va ularni amalda qo‘llashni talab etadi. Tarbiya uzoq davom etadigan va aslida uzluksiz jarayon bo‘lib bu jarayon bola maktabga kelishidan ilgariroq boshlanadi va butun umr bo‘yi davom etadi. Tarbiya ko‘pgina sabablarga, o‘quvchilarning individual- topologik tafovutlariga, ularning hayotiy va ma‘naviy tajribasiga, shaxsiy faolligiga bog‘liq. Qadimgi sharq maqollaridan birida shunday deyilgan: ―Agar o‘zingni bir yilga ta‘minlamoqchi bo‘lsang - sholi ek, o‘n yilga ta‘minlamoqchi bo‘lsang - daraxt ek, yuz yilga ta‘minlamoqchi bo‘lsang - odam tarbiyala‖. Olim bo‘lish oson, odam bo‘lish qiyin (maqol). Bola o‘qishni o‘rganishdan oldin, taqlid qilishni o‘rganadi degan Kamenskiy. ―O‘zi yaxshi ko‘radigan narsasini o‘zgalarga ham ravo ko‘rmaguncha kishi mo‘min komil bo‘la olmaydi‖ - degan ekan Al-Buxoriy, Al-jome‘-as-Sahih asarida. ―Yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan odamlarning yetishmasligi bizning olg‘a siljishimizda hamon to‘siq bo‘lib turibdi. Bunday kadrlarni, avvalom bor yosh kadrlarni topish, o‘stirish, tarbiyalash bugungi kunning eng muhim masalasiga aylanmoqda‖ - deb ta‘kidlaydi I.A.Karimov (83 - bet) va yana ―Komil inson deganda biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan hulq atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma‘rifatli kishilarni tushunamiz‖ - degan (81 - bet). Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste‘dodga, ilmga, mashqqa degan edi Arastu (107 - bet). Ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi muhim va ijtimoiy ahamiyatga ega. Bu borada quyidagi xikmatga rioya zarur. ―Bolaning 1-6 yosh davrida u hokim - ota esa tobe, 7-18 yoshida ota hokim bola esa tobe, 18 dan so‘ng esa albatta do‘st va hamkor bo‘lish kerak‖ kabi tushuncha xalq pedagogikasidan bizgacha yetib kelgan. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling