O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»
Tarbiyaning tarixiy va ijtimoiy xarakteri
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher navoiy nomidagi
Tarbiyaning tarixiy va ijtimoiy xarakteri
Tarbiya kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi bilan vujudga keldi u bilan birga taraqqiy etdi. Jamiyatning o‘zgarishi bilan o‘zgarib bordi. Tarbiya turli xil davrlarda va turli xil jamiyatlarda o‘zgarmas bir narsa bo‘lib qolmaydi. Ijtimoiy tuzum o‘zgarishi bilan u ham o‘zgarib boradi. Tarbiyaning maqsadlari, mazmuni, shakli va usullari bilan har bir tarixiy davrda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shu ma‘noda biz tarbiyani tarixiy kategoriyalari deb ataymiz, chunki odamlar hayoti qachon paydo bo‘lgan bo‘lsa, tarbiya ham o‘sha vaqtdan buyon olib borilmoqda. Shuning uchun tarbiya tarixiy xarakterga ega. Agar tarbiya olib borilmaganda edi hayot ham davom etmas edi. Bu fikrni kundalik hayotimiz isbotlab turibdi. Pedagogik g‘oyalar va tarbiyaviy ishni rivojlantirishda muayyan darajada aloqa va ma‘lum bir davomiylik mavjud. Jumladan, asrlar davomida dars maktabda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishning asosiy shakli bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Hozirgi davrda o‘quvchilarga bilim berishning dars shaklidan tashqari boshqa shakllari paydo bo‘ldi. Masalan, sayohat, bahs, konferensiya, seminar, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya va hokazo Ayni chog‘da tarbiyada va ta‘lim berishda mafkuraviy jihatdan betaraf qoladigan lahzalar ham borligini unutmaslik kerak. Tarbiya va ta‘limning tashkiliy ish shakllarini aniq to‘ldirish maktab ishining u yoki bu masalalarini izohlashga yondashuv har davrda turlicha xarakterga egadir. Tarbiyaning ijtimoiy xarakteri deganda bir kishining bir necha kishilarning xohish, irodasidan qat‘i nazar ijtimoiy hayot bor ekan u ko‘pchilikning ya‘ni jamiyat a‘zolarining hayotini davom ettirish uchun olib borilishi shart bo‘lgan ijtimoiy jarayondir. Shuning uchun biz tarbiyani ijtimoiy jarayon deb hisoblaymiz. Jamiyatda insonlar mavjud ekan demak hayot davom etishi shart. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling