O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»
Pedagogikaning asosiy kategoriyalari va
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher navoiy nomidagi
Pedagogikaning asosiy kategoriyalari va ularning o’zaro aloqadorligi Pedagogika nazariyasi va amaliyotida pedagogika fanining asosiy tushunchalari o‘zaro o‘zviy bog‘langan bo‘lib, yagona pedagogik jarayonni tashkil etadi. Ular asosan quyidagilardan tashkil topadi: bilim, ko‘nikma, malaka, tarbiya, ma‘lumot va shaxsni shakllantirishi singarilardan iborat. Bularning har biriga alohida tuxtalamiz: Bilim – odamlarning ijtimoiy tarixiy amaliyot jarayonida to‘plangan, umumlashgan tajribasidir. Yoki bilimlar bu ijtimoiy tarixiy ong, insoniyatning ijtimoiy tarixiy amaliyoti hosilasidir. Bilimlar insoniyat tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini faol o‘zlashtirishi jarayonida to‘plangan, amalda sinovdan o‘tgan va obyektiv dunyoni chuqurroq anglashga hamda o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan tabiat, jamiyat, tafakkur va faoliyat usullari qonuniyatlari haqidagi ilmiy tushunchalarning yaxlit asoslangan majmuasidir. Ta‘lim jarayonida o‘quvchilar bilimlar tizimini egallabgina qolmaydilar, balki bir qancha ko‘nikma va malakalarni hosil qiladilar. (Davidov V.V) Ko‘nikma – maktab o‘quvchilarining olgan bilimlariga asoslanib, quyidagi vazifalarni va shartlarga binoan, bajariladigan harakatlarning yig‘indisidir. Ko‘nikmalar: 1. O‘quv ko‘nikmalari 2. Nutqiy faoliyatga oid ko‘nikmalar 3. Badiiy faoliyatga oid ko‘nikmalar 4. Muomila va o‘zini tutish ko‘nikmalari 5. Mehnat ko‘nikmalari 6. Kasbga oid ko‘nikmalarga bo‘linadi. Malaka – ongli, xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. Yoki malaka – faoliyat jarayonida uning biror bir elementini (ongning eng kam nazorati ostida) bajarish qobiliyatidir. Ko‘nikma, malakalar maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonida shakllanadi. Ta‘lim jarayonida bilimlar, ko‘nikma va malakalar bog‘lansada,avvalgiday bilimlar yetakchi rol uynayveradi. Chunki o‘quvchilar bilimlar asosidagina ko‘nikma va malakalarining ma‘lum darajasini egallaydilar. Inson ishi bilim bilan boshlansa, Nainki ish qilsa tilakka yetadi degan Yu.X.Xojib Muqaddas ―Avesto‖ da: odamlarga va ularning avlodlariga baxt-saodat keltiradigan ta‘limni amalga oshirsinlar deb ta‘kidlangan. Demak jamiyatni yosh avlodga ta‘lim berish ilgaridan hal qiluvchi omil hisoblangan. ―Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas fazilatdir‖. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidir deb ta‘kidlaydi A.Avloniy. ―Beshikdan qabrgacha ilm izla‖, ―Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir‖ deyilgan hadislarda. Ilmni avval o‘rganib, so‘ng boshqalarga o‘rgatmaslik go‘yoki molu dunyoni yig‘ib, uni sarf qilmay, ko‘mib qo‘yish bilan barobardir. Ta‘lim – maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o‘tkaziladigan, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma, malakalar bilan qurollantiriladigan, shuning bilan ularning bilish qobiliyatlarini o‘stiradigan, dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir. Tarbiya esa bola tug‘ilgan vaqtdan boshlanib, maktabni bitirgandan keyin ham davom etadigan adabiy jarayondir. Tarbiya deganda olingan bilimlar, hayotiy tajribalar asosida kishida dunyoqarash va shu asosda xulq-atvorning tarkib topishiga tushuniladi. Ma‘lumot – ta‘lim-tarbiya natijasida olingan va sistemalashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarashlar majmui. Shunday qilib, inson haqidagi fanlar tizimida pedagogikaning tutgan o‘rni shu bilan belgilanadiki, u shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarbiyalash, ma‘lumotli qilish va o‘qitish qonuniyatlarini tadbiq qiladigan fan deb ta‘riflash to‘g‘ri bo‘ladi. Pedagogika fanidagi asosiy tushunchalar, ularda aks etadigan hodisalar kabi, bir-biridan ajralmasdir, ular bir-biri bilan chirmashib ketgan, qisman bir-biriga mos keladi hamda yagona va bir butun pedagogik jarayonda o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. Har qanday fanning ajralib turishi va normal faoliyat ko‘rsatishi uchun uning o‘zida xususiy tushunishi apparati mavjudligi, muqarrar shart bo‘lib hisoblanadi. Tarbiya, ta‘lim va o‘qitish fani sifatidagi pedagogikaning asosiy tushunchalaridir. Tarbiya ijtimoiy munosabatning shunday bir turiki, unda shaxsni yo‘naltirilgan holda shakllantirish maqsadida bir xil toifadagi boshqa birovlarga ta‘sir o‘tkazadi. Pedagogika – tarbiya nazariyasi va san‘ati haqidagi fan. Yangi kishining dunyoga kelishi faqat tug‘ilishdan iborat. Jismoniy hodisa emas. Bola tug‘ilgandan keyin o‘z zamonasining ijtimoiy taraqqiyot darajasiga ko‘tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘z o‘rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanishi, ya‘ni tarbiya olishi kerak. Demak, tarbiya hamma vaqt mavjud bo‘lgan jamiyatning (hayotning) doimiy va eng zarur funksiyasidir. U qiyin va murakkab maqsadga faqat tarbiya bilangina erishish mumkin. Mazkur muammoni ilmiy hal qilish uchun shu davrgacha yashab ijod etgan buyuk pelagoglarning shu sohadagi ilmiy merosiga tayanishimiz shart. Tarbiyaning jamiyat va har bir inson hayotidagi ijtimoiy ahamiyati haqida buyuk o‘zbek pedagogi A.Avloniy ―Al-hosil, tarbiya bizlar uchun – yo hayot, - yo mamot, - yo najot, - yo halokat, - yo saodat, - yo falokat masalasidir‖ tarzida ta‘riflangan. Demak, tarbiya biz uchun hamma narsaga erishishini ta‘minlovchi qudratli kuch ekan. Bunda tarbiyachining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi hal qiluvchini anglash darkor. ―Tarbiya ishida o‘z-o‘zini takomillashtirish jarayoniga katta o‘rin berilmog‘i lozim. Insoniyat faqat mustaqil o‘rganish tufayligina taraqqiy etgan‖ – degan G.Spenser. ―Tarbiya avvalo o‘qituvchi bilan bolalarning doimiy ma‘naviy munosabatidir‖ – degan Suxomlinskiy. Qadimgi sharq maqollaridan birida shunday deyilgan: ―Agar o‘zingni bir yilga ta‘minlamoqchi bo‘lsang sholi ek, o‘n yilga ta‘minlamoqchi bo‘lsang daraxt ek, yuz yilga ta‘minlamoqchi bo‘lsang odam tarbiyala‖ Mashhur pedagog K.D.Ushinskiy ―Tarbiya san‘ati shunday xususiyatga egaki, deyarli barchaga tanish va tushunarli, ba‘zilarga esa juda oson ish bo‘lib tuyuladi – odam bu ish bilan nazariy va amaliy jihatdan qanchalik kam tanish bo‘lsa, unga bu shunchalik tushunarli va oson bo‘lib ko‘rinadi. Deyarli hamma tarbiya sabr-toqatni talab etishni e‘tirof qilishadi, ayrimlar buning uchun tug‘ma qobiliyat va malaka ya‘ni ko‘nikma kerak deb uylaydilar: lekin juda kam odam sabr-toqat tug‘ma qobiliyat va malakadan tashqari yana maxsus bilimlar kerakligi haqida ishonch hosil qilishadi‖ – deb juda o‘rinli ta‘rif bergan edi. Haqiqatan ham tarbiya jarayoni sabr- toqat, ba‘zilar tug‘ma qobiliyat, ko‘nikma va malakadan tashqari maxsus bilimlar kerakligini ko‘pchilik bilishmaydi. Buning uchun oliygohda ana shu maxsus bilimlarni egalash nihoyatda muhimdir. ―Insoni inson qilib yetishtiruvchi narsa tarbiyadir‖ – degan Demokrit. Tarbiya shaxsni shakllantirish omillaridan biridir. U shundan iboratki, kishilar turli vositalar bilan ma‘lum bir maqsadga o‘z tarbiyalanuvchilarida ma‘lum holatni hosil qilish va rivojlantirishni hoxlaydi. Tarbiya shaxsni shakllantirishning boshqa omillaridan sifat jihatdan shu bilan farq qiladiki, tarbiyachi o‘z oldiga ongli suratda ma‘lum bir maqsad qo‘yadi va shu maqsadiga erishishi uchun intilib, uni amalga oshirish vositalarini topadi. Shunday qilib, tarbiya shaxsning muayyan yo‘nalishida shakllantirish maqsadi bilan turli odamlar bir-biriga ta‘sir ko‘rsatadigan ijtimoiy munosabatlardir. Tarbiyaning negizini tashkil etadigan qonuniyatlarni bilish bugungi kunda odamlar bilan (yashaydigan) ishlaydigan har qanday mutaxassisning ishchanlik malakasini bildiradigan belgilaridan bo‘lib qolmoqda. Tarbiya hamma narsa tarbiyachining shaxsiga asoslanishi kerak. ―Shaxsning rivojlanishi va shakllanishiga faqat shaxs ta‘sir ko‘rsata oladi, xarakterni faqat xarakter vositasi bilan vujudga keltirish mumkin‖ – degan edi Ushinskiy. Haqiqatni ham odam odamga qo‘ygan maqsad asosida o‘quvchilarga, yoshlarga o‘z xarakteri bilan, xarakterni shakllantiradi. Yuqorida asoslangan pedagogika fanining asosiy kategoriyalari o‘zaro uzviy bog‘liq holda olib borilib barkamol insoni shakllantiriradi. Demak, tarbiya jarayoni umuminsoniy miliy va har bir shaxsnining o‘ziga xos qobiliyatlarini rivojlantiruvchi ijtimoyi jarayonlardir deb xulosa chiqarish mumkin. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling