O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»
Laboratoriya mashg’ulotlari metodi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher navoiy nomidagi
Laboratoriya mashg’ulotlari metodi. Laboratoriya ishlari deb o‘quvchilar tomonidan
maktab sharoitida narsa va hodisalarni maxsus jihozlar vositasida (mikroskop, o‘lchov asboblari, tajriba jihozlari va shuningdek kabilarda) bevosita o‘rganishga aytiladi. Bu metod asosan V-IX sinflarda fizika, ximiya, biologiya va tabiiy geografiya fanlarini o‘qitishda qo‘llaniladi. Laboratoriya mashg‘ulotlari maxsus jihozlangan laboratoriya, kabinet hamda tegishli apparat, mikroskop, lupa, kolba, o‘lchov asboblari yordamida oddiy sinf xonalarida, maktablarning yer uchastkalarida olib boriladi. Laboratoriya mashg‘ulotlari o‘qituvchi tomonidan ilgari bayon qilingan materiallarni aniqlash, isbot qilish va mustahkamlash maqsadida olib boriladi. Yuqori sinflarda yangi bilimlarni berishda ham ishlatish mumkin. Laboratoriya darsi mashg‘ulotlari ko‘pincha 3 turda bo‘ladi: 1. Kuzatish; 2. Tajriba yoki eksperiment o‘tkazish; 3. Tegishli asbob-uskunalar yordamida, vositada ma‘lum obyektni o‘lchab, ko‘rishda ishlatiladi. Laboratoriya mashg‘ulotlari xarakteriga qarab turli tipda tashkil qilinadi: 1. Sinf o‘quvchilari bilan frontal ravishda olib boriladigan mashg‘ulotlar. 2. Sinf o‘quvchisining alohida-alohida olib boriladigan tajriba mashg‘ulotlari. Amaliy ishlar metodi – umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida texnika va mehnat malakalari bilan qurollantirish maqsadida amaliy ishlar olib boriladi. Fizika, ximiya, biologiya, chizmachilik fanlari o‘quvchilarga texnika ta‘limini berishda muhim rol o‘ynaydi. Texnik ta‘limi o‘quvchilardan bevosita ishlab chiqarishning dastlabki mehnat ko‘nikmalari bilan qurollanishni ham talab qiladi. Shuning uchun ham umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining V-IX sinflarida o‘quv ustaxonasi va tajriba yer uchastkasida bir qancha amaliy tajriba ishlari olib boriladi. Masalan: yog‘och va materiallar bilan ishlash. Yuqori sinflarda maktab yer uchastkasida amaliy tajriba olib boriladi. Amaliy mashg‘ulotlarni olib borishda shu mashg‘ulotlarning xarakteriga qarab xilma-xil metod va usullar qo‘llaniladi. Amaliy i shlar oxirida o‘qituvchi o‘quvchilar ishini tekshiradi, baholaydi, amaliy ishlarga yakun yasaydi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling