O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»


Tajriba  yer  uchastkasida  amaliy  mashg’ulotlar


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#214774
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   153
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

Tajriba  yer  uchastkasida  amaliy  mashg’ulotlar.  O‘quvchilarning  amaliy  tajriba 
mashg‘ulotlari  maktab  jonli  burchagi  va  tajriba  yer  uchastkasida  olib  boriladi.  Amaliy  ishlar 
o‘quv fanlari, fizika, ximiya, biologiya, tabiatni o‘rganish darslarida ilmiy bilimlar asosida olib 
boriladi.  Maktab  yer  uchastkasidagi  ishlarni  asosan  o‘quvchilar  jamoalari  amalga  oshiradi. 
Maktab yer uchastkasida asosan ish turi ekin maydonlarini haydash, ekish, o‘g‘itlash, sug‘orish 
kabilar  hamda  otaliq  tashkilotlari  ish  uchastkalarida,  parrandachilik,  sut-tovar  fermalarida  ham 
o‘tkazishlari mumkin. 
«Tarbiyachi o‘z shogirdlarining mustaqil ishlashiga ko‘proq imkoniyat  yaratib bermog‘i 
lozim.  O‘quvchini  tayyor  xulosalar  bilan  qurollantirishdan  ko‘ra  uning  o‘ziga  to‘g‘ri  xulosalar 
chiqarishni  o‘rgatmog‘i  lozim»,  -  deb  ta‘kidlagan  K.D.Ushinskiy.  Shveysariya  pedagogi 
I.G.Pestolojka:  «Mening  o‘quvchilarim  yangilikni  mendan  olmaydi:  ular  bu  yangilikni    o‘zlari 
kashf etadilar. Mening asosiy vazifam  –  ularni  o‘zlarini namoyish  etishga, mustaqil g‘oyalarini 
rivojlantirishga yordam berishdan iborat» degan. 
Maktabda  ta‘limning  muammoli  o‘qitishsiz  tasavuur  etish  mushkul.  Uning  asosiy 
maqsadi o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish orqali bilish qobiliyatlarini rivojlantirishdan 
iborat.  Har  qaysi  fanni  o‘qitishda  muammoli  ta‘lim  shu  fanning  o‘ziga  xos  xususiyat  va 
mazmunidan  kelib  chiqib  tashkil  etiladi.  Muammoli  ta‘limda  muammoli  vaziyatni  yuzaga 
keltirish, o‘quvchilarni mazkur vaziyatni qidirib topishga, ixtiro qilishga o‘rgatishni vazifa qilib 
oladi.  Albatta,  o‘qituvchi  yo‘naltiruvchi  shaxs  hisoblanadi.  Bunda  o‘quvchilarning  o‘zlari 
mavjud bo‘lgan bilimlarga tayanib ish tutadi. Eng muhimi o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga va 
ularni  amalda  qo‘llashga  o‘rgatadi.  Masalan,  boshlang‘ich  sinflarda  tabiatshunoslik  fanidan 
quyidagicha tashkil etish mumkin. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling