O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#214774
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   153
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

Tayanch so’z va iboralar 
 Jismoniy  mashq,  jismoniy  rivojlanish,  chiniqtirish,  chaqqon,  epchil,  baquvvat,  sog‘lom 
o‘stirish,  mehnatga  tarbiyalash,  Vatan  mudofaasi,  jismoniy  madaniyat,  quyosh,  havo,  suv, 
chuqur va katta nafas olish, kayofiyat, ish qobiliyati va hokazo. 
 
Jismoniy  tarbiyaning  asosiy  maqsadi  –  o‘quvchilar  tanasidagi  barcha  a‘zolarni  sog‘lom 
o‘stirsh  borasida  ularni  aqliy  va  jismoniy  mehnatga,  shuningdek  vatan  mudofaasiga 
tayyorlashdir.  Jismoniy  tarbiya  kishilarga  katta  ta‘sir  ko‘rsatib,  ularning  salomatligini 
mustahkamlaydi,  ishlash  qobiliyatini  oshiradi,  uzoq  umr  ko‘rishga  yordam  beradi.  Sport  –  har 
qanday  yoshda  ham  qaddi-qomatni  tarbiya  qilish,  kuch-quvvatni  saqlab  turishning  ajoyib 
vositasidir. Sport dam olish bilan mehnatni almashtirib turish manbai bo‘lib ham xizmat qiladi. 


Shu sababdan ham kishilik jamiyatining eng ibtidoiy holatidan hozirgi kunimizga qadar jismoniy 
tarbiya avlodlar kamolotini ta‘minlovchi vosita deb hisoblangan. Demak, o‘sib kelayotgan yosh 
avlodning,  katta  yoshdagi  kishilarning  jismoniy  barkamolligini  ta‘minlash  faqat  ota-onaning, 
maktabning  ishigina  bo‘lib  qolmay,  balki  davlat  ahamiyatiga  ega  bo‘lgan  ijtimoiy  ish  hamdir. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida  «Ta‘lim muassasalari va sog‘liqni saqlash organlari bolalar 
va o‘quvchi  yoshlarning sog‘ligini saqlash va mustahkmlash uchun zarur choralarni ko‘radilar. 
O‘quv-tarbiya  jarayonining  sog‘lomlashtirilishiga  qaratilgan  yo‘nalishni  ro‘yobga  chiqarish, 
sog‘lom turmush tarzi normalarini joriy etish uchun sharoitlar ta‘minlanadi», deb ta‘kidlangan. 
Mehnat jamoalari, aholi zich yashaydigan joylarda fuqarolarning jismoniy rivojlanishlari uchun 
sport  komplektlari,  inshoatlari,  tarmoqlari  barpo  etish  ommaviy  tus  oldi.  Bu  sohaga  e‘tibor 
O‘zbekiston  mustaqilligidan  keyin  hukumatimizning  diqqat  e‘tiborida  bo‘lmoqda.  Masalan, 
stadionlar,  basseynlar,  tenns  kordlari,  kurash  maydonlari,  xokkey,  futbol,  shaxmat  va  shashka 
klublari va boshqalar. 
A.Avloniyning  fikricha,  sog‘lom  fikr,  yaxshi  axloq  va  ma‘rifatga  ega  bo‘lmoq  uchun 
badanni  tarbiya  qilmoq  zarur.  «Badanning  salomat  va  quvvatli  bo‘lmog‘i  insonga  eng  kerakli 
narsadir. Chunki  o‘qitmoq  va o‘rgatmoq uchun  insonga kuchlik, kasalsiz vujud  lozimdir. Sog‘ 
badanga  ega  bo‘lmagan  insonlar  amallarida,  ishlarida  kamchilikka  yo‘l  qo‘yurlar.  Badan 
tarbiyasining fikr tarbiyaschiga ham yordami bordir...». 
Jismoniy tarbiyaga bo‘lgan e‘tibor, g‘amxo‘rlikning kun sayin oshib borishi fikrimizning 
yorqin  dalilidir.  2000  yilni  Prezidentimiz  I.A.Karimov  tomonidan  «Sog‘lom  avlod»  yili  deb 
e‘lon qilinishi ijtimoiy ahamiyatga ega. 
Jismoniy  tarbiya  mazmuni  jismoni  kamolot,  jismoniy  holat  diagnostikasi,  jismoniy 
tarbiya  madaniyati,  sport  ishlari,  jismoniy  ma‘lumot  tushunchalarida  o‘z  ifodasini  topadi. 
Jismoniy kamolot yosh avlod ichki a‘zolarining o‘zgarishi, o‘sishidir. Birinchi navbatda yurak va 
o‘pka, shuningdek asab va harakat tizimi, tana shaklining o‘zgarishi, teri-muskul tizimi og‘irligi, 
tananing  mukammal  rivojlanishidir.  Pedagogik  tushunchada  jismoniy  kamolot  deganda, 
insondagi  jismoniy  ma‘lumotning  o‘sishi  borasidagi  o‘zgarishlar,  ya‘ni  oddiydan  murakkabga, 
pastdan-yuqoriga,  nomukammallikdan  mukammallikka  tomn  o‘zgarishlar  tushuniladi.  Uch  xil 
tushuncha mavjud: jismoniy tarbiya, jismoniy rivojlanish va jismoniy madaniyat. 
«Jismoniy  tarbiya  –  kishi  organizmining  morfologik  va  funksional  jihatdan 
takomillashishiga  uning  asosiy,  hayotiy  muhim  harakat  ko‘nikmalari  va  ular  bilan  bog‘liq 
bo‘lgan bilimlarni hosil qilish va mukammallashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayondir». 
Jismoniy rivojlanish – bu hayot va tarbiya sharoiti ta‘sirida takomillashib boruvchi inson 
organizmining  biologik  shakli  va  funksiyalarining  vujudga  kelish  hamda  o‘zgarish 
jarayonlaridir. Bu rivojlanishning muhim, lekin yagona bo‘lmagan faktoridir. 
Jismoniy  madaniyat  –  ancha  keng  tushuncha.  U  jamoatchilik  yutuqlari,  vosita  va 
metodlarning  barchasini  qamrab  oluvchi  insonlarning  jismoniy  rivojlanishi  va  bilim  olishiga 
ta‘sir  etuvchi  umumiy  madaniyatning  bir  qismi  hisoblanadi.  Jismoniy  madaniyat  jismoniy 
tarbiyaning tarkibiy qismidir. Shu bilan birgalikda, jismoniy madaniyat inson va jamiyat umumiy 
madaniyatining ham ajralmas qismi. Jismoniy madaniyat mazmuniga quyidagilar kiradi: 
1.  Inson  a‘zolarining  tuzilishi  va  ularning  funksional  kamoloti.  Ichki  a‘zolar,  asab  va 
harakat,  suyak-muskul  tizimi,  badanning  uyg‘unligi  va  ularning  funksional  faoliyatini 
boshqaradi. 
2.  O‘quvchilarning sog‘ligini mustahkamlash. 
3.  Gigiyena qoidalariga ko‘niktirish. 
4.  O‘quvchilarning har tomonlama mohirligini o‘stirish. 
5.  Bo‘lajak  ishchilarning  jismoniy  va  fiziologik  sifatlarini  shakllantirish,  ish  qobiliyatini 
oshirish. 
6.  O‘quvchilarning jinsiy va yosh xususiyatlari uchun sharoit yaratish. 
7.  O‘quvchilarning iroda, chidamlilik, qat‘iyan intizom, do‘stlik hissini kamol toptirish. 
8.  Shaxsiy jismoniy qobiliyatlarini tarbiyalash. 


Shaxsda  yuqoridagi  jismoniy  madaniyatni  shakllantirish  ijtimoiy  ahamiyatga  ega.  Bu 
vazifalarni  maktab  o‘quvchilarida  amalga  oshirish  kelajakda  ularni  ijtimoiy  hayotga,  oilaga 
tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. 
Jismoniy  madaniyat  –  sport  ishlari  yoki  oddiy  sport  sho‘balari,  klublari,  guruhlar  yoki 
ommaviy  musobaqalarda  va  hokazolarda  namoyon  bo‘ladi.  Jismoniy  mehnat  to‘g‘ri  yoki 
noto‘g‘ri tashkil etilishiga qarab yoshlarga ijobiy yoki salbiy ta‘sir etishini unutmaslik kerak. Har 
qanday  sharoitda  ham  jismoniy  mehnat  turlarini  jismoniy  tarbiya  mazmuniga  kiritilishi 
maqsadga muvofiqdir. 
Jismoniy  ta‘sir  –  bu  inson  badaniga  yoki  biron  bir  buyum  bilan  yo  insonlar  tomonidan 
(qo‘l,  oyoq,  badan  orqali)  ta‘sir  ko‘rsatishdir.  Yaqin  vaqtlargacha  bu  haqda  juda  oz  fikrlar 
bildirilgan  va  uni  pedagogik  ta‘sir  deb  kelingan  edi.  Uning  qayta  tug‘ilishi  Sh.A.Amonashvili 
nomi  bilan  bog‘liqdir.  U  o‘z  tajribasida  o‘quvchilarni  aqliy  faoliyatlarini  rag‘batlantirish 
maqsadida jismoniy ta‘sir ko‘rsatishdan tez-tez foydalandi. Masalan, bolalarning boshini silash, 
qo‘lini  bolaning  yelkasiga  oyista  qo‘yish,  ularni  ruhlantirish,  partadagi  bolalar  yoni  o‘tirib 
hamkorlik bildirish orqali ta‘sir ko‘rsatish vositasida tarbiyalash samaradorligiga erishadi. Bunda 
o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi to‘siq bartaraf etiladi va osoyishtalik, bir-biriga ishonch ruhi 
qaror topadi. 
A.D.Ushinskiy ta‘kidlab o‘tganidek, mehnat kishining aqliy qobiliyatining rivojlanishiga 
va axloqiga samarali ta‘sir ko‘rsatadi. Bolani ilk yoshidan jismoniy va aqliy mehnatga o‘rgatib 
borish  ota-onalar,  o‘qituvchilarning  ijtimoiy  vazifasidir.  Jismoniy  tarbiya  nazariyasining 
asoschisi  P.F.Lesgaft  bu  masala  yuzasidan  puxta  va  ilmiy  asoslangan  fikrlarni  bayon  qilgan: 
«Rivojlanish  –  jismoniy  rivojlanish  singari  garmonik  bo‘lishi,  aqiy  estetik  va  axloqiy  tarbiya 
ham  shunga  muvofiq  bo‘lishi  kerak,  aks  holda  matonatli  va  sobit  qadam  kishilarni  yetkazib 
bo‘lmaydi». 
Lesgaftning  fikricha:  «Jismoniy  tarbiyaning  vazifalari  o‘quvchilarni  o‘z  harakatlarini 
boshqara  bilishni  o‘rgatishdan  iborat,  ya‘ni  eng  kam  mehnat,  eng  qisqa  vaqt  ichida  ongli 
ravishda eng ko‘p jismoniy ish bajarish yoki go‘zal va ildam harakat qilishdir». 
O‘quvchilarni jismoniy tarbiyalashda quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi: 
1.  Sog‘liqni  mustahkamlash,  organizmni  chiniqtirish,  jismoniy  jihatdan  to‘g‘ri  rivojlanish 
hamda uning ishlash qobiliyatining oishiga ta‘sir etish. 
2.  O‘quvchilarda  yangi  harakat  turlariga  ko‘nikma  va  malakalarni  hosil  qilish  va  ularni 
maxsus bilimlar bilan qurollantirish. 
3.  O‘quvchilarning  yoshiga,  jinsiga  muvofiq  keladigan  (kuch,  tezkorlik,  chaqqonlik, 
chidamlilikning) asosiy harakat sifatlarini rivojlantirish. 
4.  O‘quvchilarda o‘z sog‘ligiga ongli munostabatni tarbiyalash bo‘lib, bu ularning gigiyena 
qoidalariga rioya qilishlarida, ertalabki gimnastika bilan shug‘ullanishlarida hamda sport 
mashg‘ulotlarida qatnashishlarida ifodasini topadi. 
«Biz  aytamizki,  -  deydi  Ibn  Sino  –  badan  tarbiya  kishini  chuqur  va  katta  nafas  olishga 
majbur  qiluvchi  ixtiyoriy  harakatdir.  Mo‘tadil  ravishda  va  o‘z  vaqtida  badan  tarbi  bilan 
shug‘ullanuvchi odam, bu buzilgan xiltlar (qon, safro, balg‘am) tufayli kelgan kasalliklarning va 
mijoz  hamda  ilgari  o‘tgan  kasalliklar  tufayli  keluvchi  kasalliklarga  mubtalo  bo‘lmaydi»  (Tib 
qonunlari. 1-kitob, 1953 y, 305-bet). 
Kishi organizmini  chiniqtirishda jismoniy mashg‘ulotning (kishi  organizmiga) roli katta 
ekanligini tabiiy-ilmiy tomondan Ibn Sino asoslab bergan. U muntazam suratda jismoniy mashq 
qilib  turish,  boshqa  rejimlarga  (uyqu,  ovqatlanish,  badanni  toza  tutish)  qat‘iy  rioya  qilish 
sog‘liqni saqlashda eng muhim va asosiy shartlardandir deb bildi. 
Ibn Sino kishi organizmini chiniqtirish va taraqqiy ettirishda tabiat kuchlaridan: (quyosh, 
suv,  havo)  foydalanish  katta  ahamiyatga  ega  ekanligi,  jismoniy  mashqning  kishidagi  sezgi 
organlarini taraqqiy ettirishi uchun ham katta rol o‘ynashini isbot qilib berganligini ko‘ramiz. 
Sino mashqlarni: «Kichik yoki katta, juda tez yoki sekin, sust mashqlar bo‘ladi» - degan 
edi Tib qonunlari kitobida (314-315 betlarida). 


Mashhur  rus  adibi  L.N.Tolstoy  «Agar  mushuklarimni  ishsiz  qoldirganimda  ahvolim 
allaqachon  yomonlashgan  bo‘lardi.  Ana  shu  ishgina  menga  shirin  uyg‘u,  tetik  kayfiyat  baxsh 
etadi», - deb ta‘kidlagan edi. 
O‘quvchilarni ijtimoiy foydali, unumli, jismoniy mehnatga tarbiyalashda jismoniy tarbiya 
katta rol o‘ynaydi. Jismoniy mehnat sog‘lom bo‘lishni talab qiladi. To‘g‘ri uyushtirilgan, yaxshi 
sanitariya-gigiyena  sharoitlarida  qilinadigan  jismoniy  mehnat  sihat-salomatlikni  yaxshilash  va 
jismoniy o‘sish uchun imkon beradi. 
Maktabda  jismoniy  tarbiya  o‘quvchilarda  asosiy  harakat  ko‘nikmalarini  (kuchlilik, 
epchillik,  tezkorlik,  sabr-matonat)  paydo  qilgan  va  rivojlangan  holda,  ishlab  chiqarish  ta‘limi 
uchun ham mustahkam zamin yaratadi. Jismoniy tarbiyaning tarixiy tajribasi baquvvat, chidamli, 
epchil kishi o‘ziga notanish ishni, mehnat operasiyalarini harakat qilishda ozroq ko‘nikma hosil 
qilgan nimjon, sust, beso‘naqay kishilarga qaraganda tezroq o‘zlashtira olishini ko‘rsatadi. 
O‘qimishli,  har  tomonlama  o‘sgan  yangi  kishini,  a‘lo  sportchini  tarbiyalab  yetishtirish 
uchun maktablar keng imkoniyatlarga ega. 
Maktabda kuchli aqliy mehnat bilan faol jismoniy harakatni bir-biri bilan oqilona bog‘lab 
olib  borish  o‘qish  jarayonini  yanada  samaraliroq  qiladi  jismoniy  tarbiya  darslari  bu  sohada 
yetakchi o‘rin egallaydi. Darsning mazmuni maktab rejasi bilan belgilanadi. Bu darslarda har bir 
sinf uchun o‘quv materiali tegishli pedagogik vazifalar bilan belgilanadi. 
O‘quvchilarning  sog‘ligini  mustahkamlash  va  organizmini  chiniqtirish  –  maktabda 
jismoniy  tarbiya  sohasidagi  asosiy  vazifalardan  biridir.  Jismoniy  tarbiya  mashqlari  bilan 
shug‘ullangandagina  sog‘liqni  mustahkamlash  va  organizmning  chiniqishiga  erishish  mumkin. 
Nafas  olish,  yurak  tomir  hamda  organizm  boshqa  sistemalari  va  funksiyalarining  faoliyatiga 
kuchli ta‘sir qiladigan muskullarning ko‘p qismini ishga soladigan mashqlardan foydalanish bu 
ishda  alohida  ahamiyatga  ega.  Shunday  jismoniy  mashqlarga:  yugurish,  sakrash,  irg‘itish, 
chang‘ida yurish, suzish, harakatli va sport yo‘inlari kiradi. 
O‘quvchilarning  sog‘ligini  mustahkamalashda  maktabning  mashg‘ulot  rejimida  ko‘zda 
tutilgan  ommaviy  sog‘lomlashtirish  tadbirlari,  chunonchi  har  kuni  dars  boshlanishidan  oldin 
gimnasitika  bilan  shug‘ullanish,  darslarda  jismoniy  tarbiya  minuti  o‘tkazish,  katta  tanaffus 
paytida  ochiq  havoda  o‘yinlar  va  jismoniy  tarbiya  mashqlari  o‘tkazish,  o‘quv  yilida  ommaviy 
jismoniy  madaniyat-sog‘lomlashtirish  tadbirlari  uchun  6-7  kun  vaqt  ajratish,  barcha 
o‘quvchilarni  jismoniy  tarbiya  bo‘yicha  sinfdan  tashqari  ishga  jalb  qilish  tadbirlari  katta  rol 
o‘ynamog‘i kerak. 
 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling