O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#214774
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   153
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

Tayanch so’z va iboralar 
Hislar  vositasida  idrok  etish,  ichki  va  tashqi  go‘zallik,  «go‘z»  (ko‘z),  maftun  etuvchi, 
tafakkur,  go‘zallik  qonuniyati,  xulq-atvor,  mehnat,  turmush  estetikasi,  badiiy  she‘r,  musiqa, 
san‘at, teatr, kino va hokazo. 
 
«Agar  inson  chiroylini  aql  va  farosat  bilan  ko‘ra  olsa  va  uni  sevsa,  bu  insoniylikning 
yuqori darajasidir. Bu insonning buyuk ideali hisoblanadi. Ana shunday odamni mard va dono, 
estetik didi yuksak deb haqli ravishda aytish mumkin», degan  Ibn Sino «Risolai ishq» asarida. 


Estetika  termini  birinchi  bo‘lib  adabiyotchi  nemis  olimi  A.G.Baumchgarten  (1714-1962) 
tomonidan  kiritilgan.  Uning  «Estetika»  (I-tom)  degan  asari  1750  yilda  e‘lon  qilingan.  Uni 
estetika fanining asoschisi deb bo‘lmaydi, chunki estetika nazariyasi qadim zamonlardan falsafa 
fani doirasida o‘rganilgan. 
Tabiatni  yosh  avlodni  tarbiyalovchi  ajoyib  murabbiydir,  degan  Ushinskiy.  M.Gorkiy: 
«Inson  tabiatan  san‘atkordir.  U  hamma  yerda,  biron  bir  holda,  o‘z  hayotini  chiroyli  qilishga 
intiladi».  Insonning  ichki  va  tashqi  go‘zalligi  bir  bo‘lgandagina  u  ideal  kamolotga  erishadi. 
«Ozodlik va orastalik oliyjanoblikning o‘zagidir», deb ta‘kidlagan A.Beruniy  «O‘tgan avlodlar 
obidalari asarida. 
Estetik  tarbiya  ancha  keng  ma‘noga  ega  bo‘lib,  shaxsni  tabiat  va  jamiyatdagi 
go‘zalliklarni  ideal  nazardan  idrok  etishga  o‘rgatadi.  Estetika  butun  olamdagi  go‘zalliklarni 
hislar  vositasida  idrok  etishdir.  Az-Zamaxshariy:  «Go‘zal  sifat  va  husnu-xulq  siyratlari 
bezanmagan kishini hyech qanday kiyimlar ko‘rkam qila olmas, gunoh va xatolardan saqlangan 
kimsaning  qalbi  sira  aybdan  firoq  bo‘lmas»,  deb  bildirgan  fikri  bag‘oyat  qimmatli.  (Nozik 
iboralar. T., 1992, 74-bet). 
San‘at ilmiy – degan edi «Sharq Aristoteli» deb nom bilan mashhur bo‘lgan buyuk olim 
Abu  Nasr  Forobiy,  -  o‘z  muvozanatini  yo‘qotgan  (odamlar)  xulqini  tartibga  keltiradi, 
mukammallikka yetmagan xulqni mukammal qiladi va muvozanatda bo‘lgan (odamlar) xulqning 
muvozanatini  saqlab  turadi.  Ilm  tananing  salomatligi  uchun  ham  foydalidir.  Chunki  tana  kasal 
bo‘lsa,  ruh  ham  so‘nadi,  tana  to‘siqqa  uchrasa,  ruh  ham  to‘siqqa  uchraydi.  Shuning  uchun 
ovozlarning  ta‘siri  bilan  ruhni  sog‘aytirish  yordmida  tana  sog‘aytiriladi.  (M.M.Xayrullayev. 
Forobiy va uning faslafiy risolalari. Toshkent, 1963, 235-bet). 
Nafosat go‘zallikni his qilish, idrok qilish hamdir. Go‘zallik – qadim turkiy so‘z bo‘lib, 
«go‘z» (ko‘z) va «ol» dan tuzilgandir, ya‘ni ko‘zi maftun etuvchi ma‘nosini bildiradi. Tilimizda 
yana shu ma‘noga yaqin chiroyli so‘zi ham bor. Chiroyli narsani ko‘z bilan ko‘riladi. Go‘zallik 
esa ham ko‘z bilan ko‘riladi, ham dil bilan his etiladi, ong biln idrok qilinadi. Bola o‘z hissiyot 
va fikrlarini mustaqil ijod etish – rasm solish, ashula aytish, raqs tushishga imkon berish kerak. 
(A.Ibrohimov. Vatan tuyg‘usi. 1996 yil, 123-bet). 
Milliy  o‘zlikni  anglashning  o‘sib  borishi,  vatanparvarlik,  o‘z  vatani  uchun  iftixor 
tuyg‘usining  shakllanganligi,  boy  milliy,  madaniy-tarixiy  an‘analarga  va  xalqimizning 
intellektual merosiga hurmat
A.P.Chexov  «Insonda  hamma  narsa:  chehra  ham,  kiyim  ham,  tafakkur  ham  ...  go‘zal 
bo‘lishi  kerak.  Ba‘zan  men  shu  qadar  yaxshi  kiyingan  go‘zal  chehralarni  uchratamanki, 
hayratdan  gangib  qolaman, lekin ularning qalbi  va tafakkurichi,  yo rabbi! Ba‘zan ana shunday 
go‘zallik bilan qora ko‘ngil niqoblangan bo‘ladiki, bu ko‘ngilni mutlaqo oqartirib bo‘lmaydi» va 
yana «Jiddiy mehnatsiz go‘zallik yaratilmaydi», - degan fikrlarni bildirgan. 
Bolalarda  estetik  his-tuyg‘ularni  o‘stirish,  estetik  idrok,  tushuncha,  tasavvur,  bilim, 
ko‘nikma,  odat  va  didni  tarbiyalash  maktabda  estetik  tarbiyaning  asosiy  maqsadi  hisoblanadi. 
Estetik  bilim,  ko‘nikma,  malaka  va  odatlarni  tarbiyalash  barcha    predmetlarni  o‘rgatish 
jarayonida  amalga  oshirib  boriladi.  Yoshlarni  tabiatdagi,  jamiyatdagi  va  kundalik  turmushdagi 
barcha faoliyatlarda go‘zallik qonuniyati asosida axloqiy sharqona xulq-atvorda tadbiq etish eng 
muhim pedagogik masaladir. 
Bolalarni tabiatdagi  barcha go‘zalliklarni faqat  hislar vositasida idrok qilishga o‘rgatish 
bilan birga,  ana shu  go‘zalliklarni tartib-ozodalikni  o‘zlarining hayotlarida qo‘llashga o‘rgatish 
muhimdir.  Demak,  go‘zalliklarni  his  qilishgina  emas,  ularni  o‘z  tasavvurlarida  ko‘paytirish, 
to‘plash  hamda  takomillashtirib  borish  o‘quvchilarni  estetik  tarbiyalashda  amaliy  ahamiyatga 
ega.  Estetik  tarbiyada  bolalarning  boshqalar  hatti-harakati,  xulq-atvori  va  o‘zi  faoliyatiga  baho 
berish qobiliyatini o‘stirish muhim rol o‘ynaydi.  
Bolalarda  estetik  tafakkurni  o‘stirish,  butun  borliqdagi  go‘zal  narsalar  bilan  xunuk 
narsalar o‘rtasidagi, tashqi go‘zallik bilan ichki ma‘naviy go‘zallikni farqlay bilishga o‘rgatadi, 
odatlantiradi.  Shuning  uchun  yosh  o‘quvchilarda  o‘zlari  hayotining  hamma  sohalarida  estetik 
qonuniyatlar, qoidalar, talablar asosida tashkil etmoqlari talab etiladi. 


Maktabda  estetik  tarbiya  quyidagi  tuzilishda  amalga  oshiriladi:  estetik  his-tuyg‘ular; 
estetik  idrok;  estetik  tasavvur,  tushuncha,  bilim;  estetik  ko‘nikma,  malaka  va  odatlarni 
tarbiyalash; estetik fikrlar va nihoyat estetik madaniyat tarbiyalash nazarda tutiladi. 
Masalan:  O‘quvchi  hind  kinofilmlarini  ko‘rish  orqali  tabiat,  kishilarning  estetik 
tushuncha,  ko‘nikma,  malaka  va  odatlarini  ularning  to‘g‘ri  yoki  noto‘g‘ri  tomonlarini  bevosita 
ko‘radi va ularga baho beradi. O‘zlarida katta hissiy kechinmalarni boshdan kechiradilar. 
Maktabda estetik tarbiya tizimi: oilada estetik tarbiya; dars jarayonida estetik tarbiya; sinf 
va maktabdan tashqari ishlarda; tasviriy san‘at orqali; musiqa va ashula vositasida; turmush va 
odob estetikasi; kiyim-bosh estetikasi; xulq-atvor estetikasi kabilardan tashkil topadi. 
Estetik  tarbiya  –  voqyelikdagi,  san‘atdagi,  tabiatdagi,  kishilarning  ijtimoiy  va  mehnat 
munosabatlaridagi,  go‘zallikni  idrok  etish  va  to‘g‘ri  tushunish  qobiliyatini  tarbiyalash, 
go‘zallikka  muhabbat  tuyg‘usini  va  go‘zallikni  ijodiy  ravishda  hayotga  kiritish  qobiliyatini 
tarbiyalashdir. Estetikaning ikki xil: estetik tarbiya va badiiy tarbiya tushunchalari mavjud. 
Estetik tarbiya – bu ancha keng tushunchadir. Bu tushuncha mehnat va madaniy turmush, 
kishilarning  hatti-harakati  va  o‘zaro  munosabati,  tabiat  vositasida  tarbiyalanadigan  go‘zallik 
tuyg‘ularini o‘z ichiga oladi. Badiiy tarbiya  – san‘at  (adabiyot,  musiqa, ashula, tasviriy san‘at) 
vositasida tarbiyalashdir. 
Badiiy  adabiyot,  teatr,  musiqa,  tasviriy  san‘at,  kino  sohasida  eng  yaxshi  asarlar  o‘z 
vositalari  yordamida  hayotni  haqqoniy  va  yorqin  aks  ettirib,  bu  hayotga  to‘g‘ri  baho  berib, 
kishilarning  ongi,  tuyg‘usi  va  xayollariga  ta‘sir  qiladi,  insonni  hayot  va  mehnatning  hamma 
sohalarida yangilik, ilg‘orlik uchun kurashda faol qatnashishiga chorlab turadi. 
 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling