O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»


-Mavzu: Maktabni boshqarishning va unga rahbarlik qilishning qonun-qoidalari


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#214774
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   153
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

26-Mavzu: Maktabni boshqarishning va unga rahbarlik qilishning qonun-qoidalari 
 
Reja: 
1.Boshqarish haqida umumiy tushuncha. 
2.Maktabni boshqarishda demokratiyalashtirish. 
 
Tayanch so’z va iboralar 
 
Maktabni  ichki  rejalashtirish,  gimnaziya,  lisey,  mahoratli  o‘qituvchi,  zamonaviy  fanlar, 
o‘qitish vositalari, ko‘rgazmali qurollar 
 
 Boshqarish haqida umumiy tushuncha. 
 
Boshqaruv  taraqqiyotning  har  qanday  bosqichida  jamiyatga  xos  bo‘lgan  ichki 
xususiyatdir. Bu xususiyat umumiy xarakterga ega. Boshqaruv xalq manfaatini ko‘zlagan holda 
demokratik  uslub  negizida  amalga  oshiriladi.  O‘z-o‘zidan  ravshanki,  bunday  boshqaruv 


jarayonida  inson  omiliga,  xususan,  millat  manfaati  va  milliy  qadriyatlarni  takomillashtirishga 
alohida e‘tibor qaratiladi. 
 
Boshqaruv mehnati insonning boshqaruv vazifalari amalga oshirish jarayoni bajariladigan 
harakat  va  jarayonlarda  o‘zining  aniq  ifodasini  topadi.  Boshqaruv  vazifalari  yordamida  esa 
sistemaning  harakatlari,  rivojlanish  va  takomillashuvi,  uning  barqarorligi  va  hayotchanligi 
ta‘minlanadi.  Quyidagi  bosh  vazifalarni  ajratib  ko‘rsatish  mumkin:  qarorlarning  bajarilish 
jarayoni pedagogik tahlil qilish, rivojlantirish, tashkil etish, nazorat qilish va tartibga solib turish. 
 
Pedagogik  jarayonning  samaradorligi  maktab  rahbarining  boshqaruv  vazifalarini  sifatli 
bajarishlari,  ularning  faol  va  uyg‘un  hamkorligi  bilan  bab-barobar  belgilanadi,  ulardan  bir-
birining  ahamiyatlarini  pasaytirib  yuborish  muqarrar  ravishda  butun  sistema  birligining 
buzilishiga olib keladi. 
 
Rejalashtirish  ilmiy  boshqarish  va  rahbarlarning  markaziy  butunligini  va  asosini  reja  va 
har  qanday  jamoa  faoliyatining  aniq  maqsadlari  hamda  vazifalari  va  unga  erishish  vositalarini 
belgilab  beradi.  Rejaning  axamiyati  yana  shundan  iboratki,  u  pirovard  natijada  faqat  nimaga 
erishish  kerakligini  emas,  balki  buni  qanday  uddalash,  rejani  bajarishning  qanday  rivodlanish 
kerakligini  ko‘rsatib  bermasligi  kerak.  Rejalashtirishga  faqat  kelajak  emas,  balki  o‘tmish, 
o‘tmishning tajribasi ham ta‘sir qilar ekan.  
 
Maktab  ichki  rejalashtirish  masalalari  ko‘pgina  pedagogik  olimlarning  ishlari  bilan 
asoslanib berilgan. Rejalashtirishning mohiyati maktab xodimlarini qo‘yilgan maqsadga erishish, 
qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan jamoa tarziga va yakka tartibdagi 
mehnatni vaqt jihatidan oqilona taqsimlashdan iboratdir. 
 
Maktab  rahbari  rejalashtirishning  tashkil  etishning  muntazam  yondashuviga  amal 
qilmog‘i  lozimdir,  bu  yondashuv  rejalashtirishning  maqsad  va  vazifalari,  ularning  tuzilishi  va 
mazmuni,  rejalashtirish  metodlari  va  uning  bajarilishini  tashkil  etish  xususiyatlarini  dialektik 
birligi  va  uzaro  bog‘liqligini  rejalashtirishning  boshka  boshqaruv  vazifalari  bilan  uzaro 
xarakatlarini nazarda tutadi. 
 
Maktab  rejalarining  xilma-xilligini  kupgina  belgilariga  ko‘ra  vaqt  bo‘yicha  (besh  yil 
o‘quv yili, yarim yili, chorak, oy, hafta) shakliga ko‘ra (yozma, grafik detali) tuzilishi birligiga 
ko‘ra  maktabning  ish  rejasi,  o‘quvchilar  tashkilotlari,  o‘qituvchilar,  sinf  rahbarlari,  metod 
birlashmalarining va ularning o‘z-o‘zini boshqaruv organlarining ish rejasini ta‘kidlar ekanmiz, 
biz  maktab  ishini  o‘quv  yiliga  rejalashtirish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  masalalarga  qarab  chiqish 
bilan chegaralanamiz va mazkur masala mohiyatini ana shu nuqtai nazardan yoritib beramiz. 
 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling