O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#214774
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   153
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

 
«ZARDUShTNOMA» 
Zardusht ibn Baxrom ibn Pajdu.  Dostondan parcha 
Men  pahlaviy  deb  atalgan  yozuvlar  bitilgan  Shoxona  kitoblardan  birini  ko‘rdim.  U  asrab 
kelingandir barcha oqillar va ustozlar ustozi, mobidlar mobidida unda olam xadislari, ajdodlar va 
shohlar ishlari hakida bitilgan. 
Unda olamga saodatli Zardusht keltirgan Avesto va Zindaning hikoyatlari bitilgan.  
Zardusht  dini  uning  hayotligidayok  ko‘p  o‘lkalarda  tarqaladi.  Ammo  Zardusht  vafot 
etganidan so‘ng Zardushtiylik dini yanada  keng yoyila boshlaydi. 
Ma‘lumotlarga  ko‘ra,  «Avesto»  eramizdan  avvalgi  VII  asrning  oxiri  va    VI  asrning 
boshlarida yaratilgan bo‘lib, tuliq kitob xolida eramizdan avvalgi I asrda shakllangan.  
«Avesto»  ni  o‘rganish  tarixi  ma‘lum  bir  jarayonni  boshdan  kechirgan.  Xorij  va  o‘zbek 
olimlari uni har tomonlama tahlil etishga harakat qilishgan. Biz esa keyingi manbalarga tayanib, 
uning ta‘lim – tarbiyaviy tomonlari  ustida fikr yuritamiz. Chunki «Avesto»da inson shaxsining  
takomilga  oid  ma‘rifiy  fikrlarning  ma‘lum  bir  tizimi  ifodalangan.  Hatto  «Avesto»  ni  qadimgi 
davrlarda ajdodlarimizning tabiiy, ilmiy, ma‘rifiy fikrlar to‘plangan dastlabki pedagogik asar deb 
hisoblash mumkin. Shuningdek tadqiqotchilar uning diniy xarakterdaligini ta‘kidlash bilan birga 
falsafa,  siyosat,  ta‘lim  –  tarbiya,  adabiyot  masalalarini  ham  qamrab  olgan  asar  sifatida 
ta‘riflaydilar.  
Abu Rayhon Beruniy «Avesto» ning vatani haqida gapirib uni Ozarbayjonda paydo bulgan 
deydi  va  «Qadimgi  xalqlardan  kelgan  yodgorliklar»  asarida  Zardushtni  soxta  paygambarlar 
ruyxatida  keltiradi.  Zardusht  dini  Xuroson,  Fors,  Iroq,  Musul,  Balxtdan  tortib,  Suriya 
yerlarigacha tarqalganini aytadi.  
Ozarbayjon  olimi  M.Rafili  esa  «Avesto»ni  faqat  Ozarbayjon  adabiyoti  ma‘anaviy  merosi 
deb qaraydi.  
Tarixchi  olim  V.M.Avdiyev  esa  «Avesto»  nomli  qadimgi  diniy  to‘plamning  dastlabki  qismlari 
xuddi  shu  Markaziy  Osiyo  xududida  vujudga  kelgan,  deyishga  hamma  asoslari  bor  deydi. 
Bundan  ba‘zi  bir  rivoyatlar  dalolat  beradi;  bu  rivoyatlarda  aytilishicha,  zora  astrizm  dinining 
birinchi  «Muqaddas  olovi»  Xorazmda  yoqilgan.  «Avesto»  da  tasvirlangan  «Ayriana  Vayjo» 
degan mamlakat  Xorazm  bo‘lishi mumkin,  bu mamalakatda Axuramazda Zardushtga ko‘rinish 
bergan.  
 
 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling