O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#214774
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   153
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

 
Abu Nasr Forobiy 
(873-950) 
O‘rta  asr  ijtimoiy  –  falsafiy  fikr  taraqqiyoti  mutafakkir  Abu  Nasr  Farobiy  nomi    bilan 
bog‘liq    buo‘lib,  uning  inson  kamoloti  hakidagi  ta‘limoti  ta‘lim  –  tarbiya  sohasida  katta 
ahamiyatga ega. Mashhur Yunon faylasufi Arastudan keyin Sharqda o‘z bilimi, fikr doirasining 
kengligi  bilan  nom  chiqargan  Farobiyni  yirik  mutafakkir  –  «Muallimi  soniy»  -  «Ikkinchi 
muallim» deb ataydilar.  
Abu  Nasr  Farobiy    (tuliq  nomi  Abu  Nasr  Mussami  ad  ibn  Muxammad  ibn  Uzalik  ibn 
Tarxon al – Farobiy) hijriy 260 yil (milodiy 873 yil) da Shosh – Toshkentga yakin Farob (utror) 
–  degan  joyda  harbiy  xizmatchi  oilasida  tug‘ilgan.  Farobda  boshlang‘ich  ta‘limni  olgach, 
Shoshda,  Buxoroda,  Samarqandda    ta‘lim  olganligi  haqida  ma‘lumotlar  bor.  Lekin  Arab 
xalifaligining yirik madaniy markazi Bog‘dodga xalifalikning turli tomonlaridan kelgan olimlar 
yig‘ilganligi,  uning  yirik  ilmiy  markazga  aylanganligi  tufayli  Farobiy  ham  ilm  olish  istagida 
Bog‘dodga jo‘naydi. Bog‘dodda Farobiy O‘rta asr fanini, turli fan sohalarini o‘rganadi. Masalan, 
unga  yunon  tilidan  Abu  Bashar  Matta  (Matta  ibn  Yunus),  tibbiyot  va  mantiqdan  Yuxanna  ibn 
Xaylon (Jilon) ta‘lim  bergan. Umuman,  Farobiy  Bog‘dodda matematika,  tibbiyot,  mantiq, ilmi 
nujum,  musiqa, tabiat, tilshunoslik, poetika bilan shug‘ullandi, turli tillarni o‘rgandi.  
Farobiy «Baxt saodatga erishuv tug‘risida» asarida bilimlarni o‘rganish, tartibi haqida fikr 
bayon etgan. Uning ta‘kidlashicha, avval bilim zarur bo‘lgan ilm o‘rganiladi, bu – olam asoslari 
haqidagi  ilmdir.  Uni  o‘rgangach,  tabiiy  ilmlarni,  tabiiy  jismlar  tuzilishini,  shaklini,  osmon 


haqidagi bilimlarini o‘rganish lozim. Undan so‘ng umuman, jonli tabiat – o‘simlik va hayvonlar 
haqidagi ilm urganiladi, deydi.  
Farobiy  inson  kamolotga  yolg‘iz  o‘zi  erisha  olmaydi,  u  boshqalar  bilan  aloqada  bo‘lish, 
ularning ko‘maklashuvi yoki munosabatlariga muhtoj bo‘ladi deb hisoblaydi.  
Bunga  Farobiy  ta‘lim  –  tarbiyani  to‘g‘ri  yo‘lga  qo‘yish  orqali  erishish  mumkin,  deydi. 
Chunki  maqsadga  muvofiq  amalga  oshirilgan  ta‘lim  –  tarbiya  insonni  ham  aqliy,  ham  ahloqiy 
jihatdan kamolga yetkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun – qoidalarni tug‘ri bilib oladi 
va  hayotga  to‘g‘ri  yo‘l  tutadi,  boshqalar  bilan  tug‘ri  munosabatda  bo‘ladi,  jamiyat  tartib 
qoidalariga rioya etadi.  
Demak Farobiy ta‘lim – tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan 
va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.  
Farobiy  ta‘lim  va  tarbiyaga  birinchi  marta  ta‘rif  bergan  odam  sanaladi.  Ta‘lim  –  degan 
so‘z  insonga  o‘qitish,  tushuntirish  asosida  nazariy  bilim  berish;  tarbiya  –  nazariy  fazilatni, 
ma‘lum  hunarni,  egallash  uchun  zarur  bo‘lgan,  xulq  normalarini  va  amaliy  malakalarini 
o‘rgatishdir, deydi olim.  
«Abu Nasr Farobiy yana aytadi: - «Ta‘lim – degan xalqlar va shaharliklar o‘rtasida nazariy 
fazilatni  birlashtirish,  tarbiya  esa  shu  xalqlar  o‘rtasidagi  turfa  fazilat  va  amal  kasb  –  hunar 
fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir.  
Ta‘lim fakat so‘z va urgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya va amaliy ish  tajriba bilan, ya‘ni 
shu xalq shu millatning amaliy malakalardan iborat bulgan ish harakat, kasb – hunarga berilgan 
bo‘lishi o‘rganishidir», - deydi.  

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling