O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#214774
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   153
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

Abdurahmon Jomiyning XV asrda yashagan mutafakkurlar kabi insonni, uning yuksak 
axloqiy xislatlarini, go‘zal fazilatlarini kuylash orqali ularning baxt-saodatiga erishish yo‘llarini 
bayon etgan allomalardan sanaladi. 
Abdurahmon Jomiyning to‘liq ismi Nuriddin Abdurahmon ibni Ahmad bo‘lib, 1414 yil 7 
noyabrda Jom  shahrida tavallud topgan. Jomiy taxallusi  u tug‘ilgan joy  – Jom  shahri  nomidan 
olingan. 
Abdurahmon Jomiyning hayotida va faoliyatida, uning ijodiy yo‘li, ta‘limiy va tarbiyaviy 
qarashlari haqida mashhur sharqshunos olim Ye.E.Bertels, tojik olimi M.Orifiy, o‘zbek olimlari 
Sh.Shomuhamedov, A.Qayumov, H.Aliqulov va boshqalar tadqiqot olib borganlar. 
Abdurahmon  Jomiy  o‘z  asarlarida  insoniy  yuksaklikni  ta‘rif  etadi.  Tadqiqotchi 
Sh.Shomuhamedov Jomiy haqida fikr yuritar ekan: «Uning shaxsan o‘zi bunga namuna bo‘lada; 
poklik shamlaridan biri bo‘lib porlagan», - deydi. 
Jomiy  uchta  lirik  devoni,  yettita  dostondan  iborat  «Haft  avrang»  (Yetti  taxt),  ta‘lim-
tarbiyaga oid  «Bahoriston» asarlari bilan jahon  madaniyati taraqqiyotida munosib  o‘rnisha ega 
bo‘ldi. Uning barcha asarlari sonini tadqiqotchilar 46 ta deb aniqlaganlar. 
Abdurahmon Jomiyning ta‘limiy-axloqiy qarashlari Sa‘diyning «Guliston» asari uslubida 
yozilgan  «Bahoriston»  asari  va  «Haft  avrang»ga  kirgan  «Tuhfatul  ahror»  hamda  «Silsilatuz-
zahab» (Oltin tizmalar) va boshqa dostonlarida ifodalangan. Bu dostonlarda va «Bahoriston»da 
Jomiy haqiqiy kamolotga erishgan inson haqidagi qarashlarini bayon etadi. 
Jomiy o‘zining mashhur «Silsilatuz-zahab» (Oltin tizmalar) dostonida esa «Sevimli aziz 
farzandga nasihat» bobida, eng avvalo har bir yosh bilim olishi zarurligi, chunki inson umri juda 
qisqa  bo‘lib,  bu  umrini  behuda  o‘tkazmasligi,  ammo  bilim  olgandan  so‘ng  unga  amal  qilish 
lozimligini ta‘kidlaydi va amaliyotsiz ilm ham behuda ekanligini alohida uqtirib o‘tadi. 
Jomiy  bilimni  yoshlikdan  egallash  lozimligini  ta‘kidlaydi  va  johillikni  qattiq  qoralab, 
dono bilan nodonni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadi. 
Hammadan avval farzand, bilimdan baxramand bo‘l, 
Nodonlik yurtidan chiq, bilim tomon olgil yo‘l, 
Har bir kishiga bu so‘z, oyna kabi ayondir, 
Dono tirik hamisha, nodon o‘liksimondir. 
Abdurahmon  Jomiy  «Bahoriston»  asarida  ilmni  behuda  egallamaslik,  har  bir  shaxs 
foydasi tegadigan ilmni egallashi zarurligini ta‘kidlaydi. 
Ma‘lumki,  barcha  allomalarning  ta‘limiy-axloqiy  asarlaridagidek,  Jomiy  ijodida  ham 
insonning  bilim  olish  bilan  birga  kasb-hunar  egasi  bo‘lishi  ham  uning  kamolotining  muhim 
mezoni sifatida talqin etiladi. 
Masalan, «Bahoriston»da bunday g‘oyani ilgari surgan hikoyatlarni ko‘plab uchratamiz. 
Jomiy  inson  uchun  ilmu-hunarning  qay  darajada  zarurligini  to‘g‘ri  talqin  etgan.  Alloma 
ilm va hunarni e‘zozlagan rahbar ham o‘z elining e‘zoziga sabab bo‘lishi, bunday o‘lka gullab 
yashnashi  mumkinligi  ta‘kidladi.  Shuningdek,  Abdurahmon  Jomiy  mehnatkash  insonni 
ulug‘laydi,  ayniqsa,  dehqonlar  mehnati  haqida  fikr  yuritar  ekan,  ularning  moddiy  ne‘matlar 
yaratish bilan jamiyatda hurmatga sazovor ekanligini alohida ta‘kidlaydi. 


Jomiy asarlarida yaxshilikni barkamol inson ega bo‘lishi zarur bo‘lgan eng zarur axloqiy 
xislat sifatida tarannum etilishi bejiz emas. Zero eng qadimgi ma‘rifiy yodgorliklardan boshlab 
yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kura shva yaxshilik, ezgulikning g‘olib kelishiga bo‘lgan oliy 
istak barcha pandnomalarning asosini tashkil etgan. 
Xulosa  qilib  aytganda,  Abdurahmon  Jomiyning  yetti  dostondan  iborat  «Haft  avrang», 
«Tuhfat-ul-ahror»,  «Sabhat  ul-abror»  kabi  falsafiy-axloqiy  asarlari;  «Xiradnomai  Iskandar» 
dostoni,  «Silsilatus-zahab»  (Oltin  tizmalar)  asarlarida  uning  inson  tarbiyasiga  oid  barkamol 
g‘oyalari o‘z ifodasini topgan. 
Abdurahmon  Jomiy  o‘z  asarlarida  insonni  ulug‘laydi,  uni  ma‘naviy  kamolot  darajasiga 
ko‘tarishning asosiy mezonlaridan biri bilimlilik, aqliy kamolotning yuksak darajasiga erishishi 
zarurligiga alohida e‘tibor bergan. 
Jomiy ma‘naviy barkamol insonni tarbiyalashning ikkinchi bir jihati axloqiy barkamollik 
deb bildi va axloqiylik – yuksak xulq-odob mezonlari sifatida insoniylik, adolat, mehnatsevarlik, 
sahovat  va  karam,  mehr-muruvvat,  chin  insoniy  muhabbat,  rostgo‘ylik,  kamtarlik,  jasorat, 
mardlik  kabi  xislatlarni  ulug‘laydi  va  takabburlik,  mol  dunyoga  hirs  qo‘yish,  yolg‘onchilik, 
johillik bilan bog‘liq illatlarni qoraladi. 
Qomusiy  bilimlar  sohibi,  buyuk  mutafakkir  Alisher  Navoiy  fan  va    san‘atning  turli 
sohalarini  rivojlantirish  bilan  birga,  ta‘lim-tarbiya    masalalariga  ham  katta  e‘tibor  bergan.  U 
1441  yil  9  fevralda  Hirot  shahrida  tug‘ilgan.  Adabiyot  va  badiiy  ijodga  muhabbat  unda 
bolaligida  uyg‘ongan.  Alisher  she‘r  tinglashni  va  aytishni  juda  sevgan.  Alisher    Hirotda  va 
Mashhadda  o‘qigan,  arab  va  fors  tillarini  o‘rgangan.  U  15  yoshidayoq  iste‘dodli  shoir  sifatida 
xalq  ommasiga  tanilgan.  O‘zbek  Turkiy  tilidagi  she‘rlariga  «Navoiy»,  fors-tojik  tilidagi 
she‘rlariga «Foniy» taxalluslarini qo‘ygan. 
Alisher  Navoiyning  «Hamsa»,  «Mahbub  ul-qulub»,  «Arba‘yn»,  «Nazm  ul-Javohir», 
«Munojot», «Vaqfiya» kabi asarlarida tarbiyaga katta o‘rin berilgan. 
Navoiyning ta‘lim-tarbiya sohasidagi fikrlarida insonparvarlik g‘oyalari markaziy o‘rinda 
turadi. Uning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak va qadrlidir. 
Navoiy  inson  uchun  kelajak  avlodni  yaratishdan,  uni  tarbiyalab,  foydali  kishi  qilib 
yetishtirishdan  ko‘ra  hayrli  va  lazzatli  narsa  yo‘qdir,  deydi.  Shuningdek,  har  bir  kishi  o‘z 
farzandining  yaxshi  tarbiya  ko‘rishi  va  kamol  topishi  to‘g‘risida  g‘amxo‘rlik  qilishi,  bolaga 
kelajakdagi hayotiga monand go‘zal va mazmundor nomlar qo‘yishi lozim, deydi. 
Navoiy hayotda o‘z ilmiga amal qilishi, o‘rganganlarini hayotga tadbiq etishi masalasiga 
alohida e‘tibor beradi. Masalan, u  «Mahbub ul-qulub» asarida ilm o‘qib uni ishlatmagan kishi, 
shudgor  qilib  dehqonchilik  qilmagan  yoki  urug‘  sochib  hosilidan  baxra  olmaganga  o‘xshaydi, 
deydi. 
 
Ilm o‘qub qilmag‘on amal maqbul, 
 
Dona sochib ko‘tarmadi maqsul. 
Alisher  Navoiy  bilim  olishda  barcha  fanlarni  o‘rganishni  targ‘ib  etadi.  Bunda  u  olimu 
fozillarni yig‘ib, ular orqali ilm-fanni taraqqiy ettirishga e‘tibor beradi. 
Masalan:  Navoiy  o‘zining  «Ixlosiya»  madrasasi  yonida  maktab  ochib,  o‘z  vaqfidan 
mablag‘  ajratgan,  madrasada  ta‘lim  olayotgan  har  bir  talabadan  ilmda  qattiq  intizomga  rioya 
qilish  talab  etilgan.  Shuningdek,  u  ilm-fanni  mustaqil  holda  o‘rganish,  yetuk  ilm  sohiblaridan 
dars olishga ham undaydi.  
Alisher  Navoiy  ilm  olish  yo‘llari  haqida  ham  muhim  fikrlar  bayon  etadi.  U  bilimlarni 
tinmay  uzluksiz  o‘rganish  zarur  deydi.  Bunda  har  qanday  qiyinchiliklarni  yengib  o‘tish 
muhimligini,  qunt  bilan  ishlash,  tirishqoqlik  bilan  harakat  qilish,  izchillik  bilan  o‘rganishni 
ta‘kidlaydi.  Alisher  Navoiy  ta‘lim  tizimini  o‘z  davrida  maktab,  mardrasalarda  o‘qish,  olim, 
hunuarmand,  san‘atkorlarga  shogird  tushi  byoki  mustaqil  holda  ilm  olish  imkoniyatlaridan 
foydalanishni tavsiya etadi. 
Alisher  Navoiy  yoshlarga  chuqur  bilim  berishda  muallimlar,  mudarrislar  hamda  ustoz-
murabbiylarning o‘zlari ham bilimli va tarbiyali bo‘lishi zarurligini uqtiradi. 


Qattiqqo‘l,  johil  va  tamagir  o‘qituvchilarni  tanqid  qilib  ular  rahmsiz,  miyasi  po‘lat  va 
ko‘ngli toshdir, deydi. Ularni qoralash bilan birga o‘qituvchi mehnatining og‘irligi murabbiylik 
haqqini xolisona baholaydi. 
Alisher Navoiy asarlarida komil insonni tarbiyalash uslub va usullari, vositalari ham o‘z 
ifodasini topgan. Navoiy asarlarida bola tarbiyasi bilan oilada va maktabda shug‘ullanib, namuna 
uslubidan  foydalanish  tavsiya  etilgan.  Tarbiya  va  ta‘lim  ota-ona  hamda  o‘qituvchi  tomonidan 
olib  borilishi  lozim  topiladi.  Alisher  Navoiy  bolalarga  jismoniy  jazo  berish  emas,  balki 
xushmuomalalik bilan muomalada bo‘lishini, lekin bunda ham me‘yoridan oshmaslik lozimligini 
uqtiradi. Tarbiya haqida gapirar ekan «Qobiliyatlini tarbiya qilmaslik zulmdir va qobiliyatsizga 
tarbiya hayf. Uni tarbiya qilmaslik bilan nobud qilma, shunga tarbiyatingni nobud qilma», deydi. 
Alisher  Navoiy  tarbiyada  insonning  o‘z-o‘zini  tarbiyalashiga  xato  va  kamchiliklarni 
anglab  tuzatishiga  e‘tibor  beradi.  Yanglish  va  xato  kishilikning  shartidir.  Kimki,  e‘tirof  tomon 
qaytar ekan, xatosi yo‘qoladi. Kimki, dalil keltirib aljiray bersa, xatosini bir karra oshiradi. Ya‘ni 
kishi  xato  qilganda  yanglishganini  bo‘yniga  olsa  –  bu  yaxshi.  Agar  o‘z  xatosiga  dalil  ko‘rsata 
bersa, uning xatosi Yana ikki barobar ortadi, deydi alloma. 
U  bola  tarbiyasiga  va  uni  shaxs  sifatida  shakllantirishga  katta  ahamiyat  berib,  bolani 
uyning «chirog‘i», bola oilaga baxt va saodat keltiruvchidir, deb xarakterlaydi. 
Alisher Navoiy bolalarga yoshligidanoq bilim, ma‘lumot va tarbiya berishlikni ko‘rsatib, 
o‘qil-qizlarni 6 yoshdan tarbiyasiga – muallimga berish lozimligini aytadi. 
Shu  bilan  birga  ilk  yoshdayoq  fanlar  va  hunarlarni  egallab  olmoqligi  lozimligini 
ta‘kidlaydi. 
Alisher  Navoiy  ta‘lim-tarbiya  masalalariga  alohida  e‘tibor  berar  ekan,  tarbiya 
jarayonlarini, vositalarini, talablarini ko‘rsatadi. U ta‘limda ilmiylikka asoslangan, tarxiylik kabi 
talablarni asos qilib oladi. U o‘qituvchi haqida gapirar ekan, muallim o‘z shogirdlarini ham, o‘zi 
ta‘lim berayotgan fanni ham sevgan bo‘lishi zarur deydi. O‘ziga ham o‘quvchiga ham talabchan 
bo‘lishini uqtiradi. 
Navoiy  o‘qituvchini  jamiyatda  obro‘li  va  hurmatga  loyiq  inson  deb  bilib,  shogirdlar 
muallimni vatandek juda hurmat qilishlarini, e‘zozlashlarini uqtiradi. 
Alisher Navoiy o‘zi yashagan anna shu muhitning madaniy kamolotiga insoniyat tarixida 
abadiy boqiy qoluvchi hissa qo‘shdi. Shuningdek, Navoiyning hayoti, faoliyati, merosi o‘zidan 
keyingi avlodlarning siyosiy ongini o‘sishida, millatparvarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik his-
tuyg‘ularining shakllanishida katta manba bo‘lib xizmat qiladi. 
XV  asrda  faqat  Eronda  emas,  balki  Huroson  va  Movarounnahrda  ham  ijtimoiy  falsafiy, 
ma‘rifiy  fikr  taraqqiyotiga  katta  hissa  qo‘shgan  olimlaridan  biri  Jaloliddin  Davoniydir. 
Davoniyning  ta‘limiy-axloqiy  qarashlari  Alisher  Navoiy,  Abdurahmon  Jomiylarning  ijtimoiy 
fikrlari bilan ko‘p jihatdan tutash keladi. 
Jaloliddin  Muhammad  ibn  Asad  as-Siddiqiy  al-Davoniy  Eronning  Kazarun  viloyatidagi 
Davon qishlog‘ida 1427 yilda dunyoga kelgan. 
Jaloliddin  Davoniy  boshlang‘ich  ma‘lumotni  qishlog‘ida  olgach,  Sherozga  keladi  va  u 
yerda Dorul  ay-tom madrasasida taxsil ko‘radi.  Madrasada u musulmon qonunshunosligi (fikh) 
bilan  maxsus  shug‘ullanadi  hamda  ilm-fan  sirlarini  mashg‘ur  olimlardan  o‘rgana  boshlaydi. 
Uning  otasi  Sa‘diddin  ham  o‘z  zamonining  fozil  kishilaridan  bo‘lib,  o‘g‘lining  ham  ilm-fanni 
chuqur  egallashiga  yordam  beradi.  Davoniy  o‘z  davrining  ilm-fan  taraqqiyotiga  katta  hissa 
qo‘shgan qomusiy olim. Uning yirik olim bo‘lib yetishishida Samarqand, Hirot ilmiy muhitining 
ham katta ta‘siri bo‘lgan. 
Davoniy  insonni  kamolga  erishishi  uning  boshqalar  bilan  munosabatiga  ham  bog‘liq 
eknligini  ta‘kidlaydi,  jamiyatda,  ma‘lum  ijtimoiy  muhitda,  boshqalar  bilan  aloqada  shakllanib 
tarbiya  topgan.  Inson  o‘zi  yashagan  jamiyatda  adolat  huqmron  bo‘lsa,  unda  baxt-saodatga 
erishishi  mumkin,  deydi.  Shuning  uchun  u  «Ahloqi  Jaloliy»  asarida  jamiyatni  adolatli  fozil 
shaharga va johil shaharlarga bo‘ladi. Farobiy kabi Davoniy ham fozil shahar boshqaruvchisida 
o‘nta eng yaxshi fazilat mujassamlashgan bo‘lishi kerak, deydi. Bulardan: 
1. Hukmdor odamlarni e‘zozlashi. 


2. Davlat ishlarini adolatli ijro etishi. 
3. Xirs va shahvatga berilmasligi. 
4.  Hukmdorlikda  shoshma-shasharlik  va  g‘azabga  yo‘l  qo‘ymasligi,  balki  shafqat  va 
muruvvatga asoslanishi. 
5. Xalqining ehtiyojini qondirishi uchun xudaning irodasidan kelib chiqishi. 
6. Xalq ehtiyojini qondirishga oid ishlarni bajarishga harakat qilishi. 
7. Xalqqa nisbatan odil bo‘lishi. 
8. Har bir ishni maslahatlashib, kengashib hal etishi. 
9. Har bir kishini uning qobiliyatiga monand lavozimga tayinlashi, qobiliyatsiz kishilarga 
yuqori lavozim bermaslikni. 
10. Adolatli farmonlar chiqarishi, qonunni buzishga yo‘l qo‘ymaslik kabilardir. 
Davoniyning  fikricha,  bolaning  tarbiya  olishi,  odob-axloqli  bo‘lishi  uning  keyingi 
tarbiyasigaham bog‘liq. Chunki hayotda har kuni bola ko‘radigan, muloqotda bo‘ladigan narsalar 
uning xulqiga yaxshi va yomon tomondan ta‘sir etadi. Bolada har kuni kerak bo‘ladigan insoning 
xislatlar:  yurish-turish  qoidalari,  xushmuomalalik,  ota-ona  va  boshqa  katta  yoshlilarni  hurmat 
qilish,  to‘g‘rilik  va rostgo‘ylikni  o‘rganish,  shirinsuhanlik, kamtarlik, so‘zlashuv odobiga rioya 
qilish  kundalik  turmushda  o‘rganiladi.  Shunga  ko‘ra  bunday  hislatlarni  bolalarda  har  kuni 
tarbiyalab borilishi muhim. Bunday tarbiyada esa ota-ona oldiga katta vazifalar qo‘yiladi. Ota va 
ona bola tarbiyasida barobar mas‘uliyatlidir, deydi Davoniy. 
Ota  bolaning  yaxshi  fazilatlarni  egallab,  kasb-hunar  o‘rganib  borishi,  ilm-fanni  chuqur 
o‘zlashtirib olishi uchun moddiy asos, ya‘ni kiyim-kechak, kerakli buyumlar bilan ta‘minlaydi. 
Ona  bola  tarbiyasida  asosiy  qiyinchiliklarni  boshidan  kechiruvchi  sanaladi.  U  bolaga 
yashash uchun quvvat beradi, ehtiyotlab asraydi, mehr-shavqatini ayamaydi. 
Bolaga oddiy axloqiy o‘rgatish, yurish-turish,  yeyish-ichish qoidalariga rioya qilish, o‘z 
qilmishi oldida javob berish mas‘uliyatini his etishni tarkib toptirish ota va ona burchidir. Bola 
tarbiyasida  ota-ona  bilan  bir  qatorda  maktabga  chiqqandan  so‘ng  muallim  ham  javobgar 
sanaladi, deydi olim. Buning uchun muallimning o‘zi ham yaxshi tarbiya topgan bo‘lishi shart. 
Shu o‘rinda Davoniy muallimning hislatlariga, bola va uning o‘rtasidagi munosabatlarga alohida 
e‘tibor  beradi.  Davoniy  muallimni  «Ma‘naviy  padar»  deb  ataydi.  Chunki  ota  bolani  jisman 
hayotga  keltirib,  uni  jismoniy  tarbiyalasada,  muallim  uni  ma‘naviy  jihatdan  kamolotga 
yetkazadi, deydi, olim. Davoniy g‘azabni eng og‘ir ruhiy kasallik deydi. G‘azab kishining katta 
nuqsoni,  kamchiligi,  aqlsizligidir,  agar  aql  g‘azab  va  hissiyotga  bo‘ysunsa,  kishi  hayvon 
darajasiga  tushib  qolishi  mumkin,  chunki  hayvonning  aqli  bo‘lmaganligi  tufaydi  u  g‘azabni 
bo‘ysundira olmasa, buni  hyech qachon kechirish  mumkin  emas.  U hamma vaqt  o‘z  g‘azabini 
aqlga  bo‘ysundirishga  harakat  qilishi  kerak,  shundagina  u  haqiqiy  inson  bo‘lib  yetishishi 
mumkin,  deydi.  Olim  kishilar  ruhiyati  haqida  gapirar  ekan,  g‘azab  quvvatini  quyidagilarga 
bo‘ladi: ba‘zilar tez g‘azabga keladi va tez jahldan tushadi, ba‘zilar esa sekin-asta g‘azablanib, 
tez  jahldan  tushadilar,  ba‘zilar  tez  g‘azablanib,  uzoq  vaqt  jaxillaridan  tushmay  yuradilar. 
Davoniy g‘azab turlaridan ikkinchisini yaxshisi deb eng oxirgisini yomoni deb belgilaydi. 
Demak, Davoniy kishilarning salbiy ruhiy holatlarini davolash mumkin, deb ishonadi va 
ularni  yaxshi  maslahat  berish,  so‘z  bilan,  jazo  va  mehnat  qildirish  yo‘llari  bilan  tarbiyalasa 
bo‘ladi,  deb  hisoblaydi.  Davoniyning  ilm-ma‘rifat,  ta‘lim-tarbiya  va  axloq  to‘g‘risidagi  fikrlari 
ta‘lim-tarbiya tarixida muhim ahamiyatga ega. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling