O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»


-Mavzu: O’quvchi shaxsining  rivojlanishi va tarbiya


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#214774
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   153
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

4-Mavzu: O’quvchi shaxsining  rivojlanishi va tarbiya 
 
Reja: 
1.  
Shaxs rivojlanishining pedagogik asoslari haqida umumiy tushuncha. 
2.  
Shaxs rivojlanishiga ta‘sir etuvchi biologik va ijtimoiy omillar. 
3. Shaxs rivojlanishida muhit. 
4. Shaxs rivojlanishida ta‘lim tarbiyaning ta‘siri. 
5. Shaxsiy faollikning ahamiyati. 
6. Shaxs rivojlanishining davrlarga ajratilishi va ularning mazmuni. 
 
 
 
           
Tayan so’z va iboralar: Inson, shaxs, individ, shaxsning individualligi, o‘z xususiyati va 
sifatlari,  farq  qilmog‘i,  ruhiy  jihatdan  taraqqiy  etishi,  o‘zini  ongli  zot  deb  hisob  qilmog‘i, 
qiziqish,  layoqat,  xarakteri,  munosabat,  ijtimoiy-iqtisod,  tarbiya,  rivojlanish,  kamolot,  o‘sish, 
tirik  biologik  mavjudod,  o‘zgarish,  shakllanish,  vaznning  oshishi,  suyak-muskul  tizimi,  nerv 
funksional  faoliyat,  aql-zakovat,  sharoit,  xarakteri, tabiati, omil-faktor va  hokazo. Tabiiy muhit 
(geografik),  ijtimoiy,  oilaviy  muhit,  ―mudroq‖ligicha  qoladi,  irsiy  belgilar,  yashash  sharoiti, 
tarbiya, hayvonlar muhiti, hal qiluvchi omil, faktor, ta‘lim-tarbiya, shaxsiy faollik, karta o‘ynash, 
so‘knish, chekish, tibbiyot, anatomiya, fiziologiya, ruhshunoslik, yosh xususiyat, go‘dak, o‘smir, 
o‘spirinlik davrlari, jo‘shqinlik, taqlid, intellektual bilish, mantiqiy fikrlash, foydali inson bo‘lish 
va hakozo. 
 
Odam shaxs bo‘lmog‘i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan o‘z xususiyat va sifatlari bilan 
boshqalardan  farq  qilmog‘i  lozim.  Har  bir  odam  shaxs  sifatida  turlicha  namoyon  bo‘ladi.  U 
o‘zining  xarakter,  qiziqishi  va  qobiliyati,  aqliy  rivojlanganlik  darajasi,  ehtiyoji  va  mehnat 
faoliyatiga munosabati bilan farqlanadi. Bular shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, ana shu 
ruhiy xususiyatlar rivojlanib ma‘lum bir bosqichga yetsagina u mukammal, kamol topgan inson 
bo‘ladi.  Shaxsning  ijtimoiy  voqyelikka,  mehnatga,  kishilarga,  jamiyatga  bo‘lgan  munosabati 
turlicha.  Shaxs  bo‘lishi  uchun  nimalar  zarur?  Odam  ijtimoiy  mavjudod  sifatida  shaxs  nomini 
olish uchun unga ijtimoiy iqtisodiy hayot va jamiyat kerak. 
 
Rivojlanish nima? Inson tirik biologik mavjudoddir. Demak, uning rivojlanishida tabiat, 
biologik va ijtimoiy iqtisodiy qonuniyatlar o’zviy ta’sir etadi, insonni kamol toptiradi. Odamning 
mukammal inson bo’lib yetishuviga o’zining maqsad asosidagi xatti-harakati muhimligini esdan 
chiqarmaslik zarur.  
 
Inson hayot faoliyati davomida o’zgarib, shakllanib, rivojlanib boradi. Bolalik, o’smirlik va 
o’spirinlik davrlarida rivojlanish nihoyatda kuchli bo’ladi. Inson bo’lib tug’ilgan har qanday odam 
ham shaxs bo’la oladimi? Shaxs bo’lishi uchun nimalar kerak? Odamning ijtimoiy mavjudod 
sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy hayot sharoitlari va maqsadga qaratilgan tarbiya kerak 
bo’ladi. Ana shular ta’siri ostida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.  
 
Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga yetishishining 
samarali  bo‘lishini  ta‘minlash  uchun  pedagogika  fani  shaxs  rivojlanishining  umumiy 
qonuniyatlarini, unga ta‘sir etuvchi omillarini, rivojlanish jarayoniga taalluqli davrlarni aniqlash 
darkor.  Shuningdek,  bola  shaxsining  rivojlanishida  ta‘lim-tarbiya  va  bola  faolligini  rolini  ham 
aniqlash lozim. 
 
Shaxsning  fazilatlarini  to‘g‘ri  ko‘rish  va  bexato  baholash  uchun  uni  turli  munosabatlar 
tizimiga  qo‘yib  kuzatish  zarur.  Ana  shundagina  shaxsning  ijtimoiy  hulqi,  ma‘naviy  qiyofasi, 
insoniy  fazilatlari  ruyobga  chiqadi.  Demak,  shaxsni  rivojlantirish  vazifasini  to‘g‘ri  hal  qilish 
uchun uning hulqiga ta‘sir etuvchi omillarining (faktor) tabiatini, shaxsning xususiyatini yaxshi 
bilmoq kerak.  
 
Yuqoridagi  omillarga  asoslanib  rivojlanishga  quyidagichi  ta‘rif  berish  mumkin: 
Rivojlanish deb bola vaznining oshishi, suyak va muskul tizimining, jinsiy tanosil a’zolarining, 
nerv-funksional faoliyatining kamol topishi, aql-zakovatini shakllanishiga aytiladi.  


 
―Dunyoda  mavjud  bo‘lgan  jami  borliq  -  deb  yozgan  edi  Ibn  Sino,  -  o‘z  tabiatiga  ko‘ra 
kamolot  sari  intiladi.  Kamolot  sari  intilish  esa  o‘z  mohiyati  e‘tiborila  yaxshilikdir‖.  Ayniqsa 
inson tirik mavjudod sifatida  kamolotga yetishga doimo intiladi.  
 
Mutafakkir A.R.Beruniyning da‘vosicha, hamma odamlar o‘z qiyofasi jihatidan bir-biriga 
o‘xshaydi,  ammo  ayni  choqda  ular  bir-biridan  farq  qilib  turadi.  Bu  tafovut  ―ular 
temperamentining  tabiat  xususiyatlari  va  hokazolarining  ziddiyatli  bo‘lishi  tufayli  ularning 
instentlari zamirida yotadi‖, deb izohlangan. Haqiqatan ham insonlar bir-birlariga umumiy holda 
uxshaydi, ammo tabiati, tabiiy xususiyatlari, xarakteri bilan bir-birlaridan farq qiadi. 
 
Odam  -  deydi  Beruniy  -tabiati  jihatidan  bir-biriga  zid  a‘zolar  qo‘shilmasidan  tarkib 
topgan murakkab tanaga ega‖... va shu boisdan ―uning holati o‘z xarakteriga ko‘ra xilma-xil va 
turli-tuman bo‘ladi‖. Haqiqatan ham xatto egizak tug‘ilgan chaqaloqlarning ham bir-biridan farq 
qiladigan  xususiyatlari,  sifatlari  hayotda  isbotlangan.  Ayniqsa  ularning  xarakteri  bir-birlaridan 
tubdan farq qiladi. 
 
Individning shaxs darajasiga ko’tarilishi uchun unga ko‘rsatiladigan ta‘sirlar hal qiluvchi 
rol o‘ynaydi. Uning rivojlanishi uchun eng avvalo inson sifatida tug‘ilishi, sharoit, tarbiya singari 
ta‘sirlar  mavjud  bo‘lmog‘i  zarur.  Agar  bunday  ta‘sirlar  ko‘rsatilmasa  u  nobud  bo‘ladi.  Uning 
rivojlanishi uchun vaqt, tabiiy qulay sharoit va unga ko‘rsatiladigan tarbiya zarur bo‘ladi. 
 
Shaxsning  kamol  topishida  va  uning  hulqida  ijtimoiy  va  biologik  omillarning  kuchi 
doimo  ham  bir  xil  bo‘lavermaydi.  Chunki  uning  hulqiga  munosabatlariga,  aloqalariga,  yoshi, 
bilimi, odatlari, tajribasi va nihoyat, vaziyat ham  ta‘sir etadi. Masalan, bir xildagi ta‘sirga turli 
bola turlicha munosabatda bo‘ladi, bu ayni paytda, bolaning ehtiyoji qandayligiga ham bog‘liq. 
Berilib  shaxmat  uynayotgan  bolaga  endi  bo‘ldi  qilinglar  degan  ta‘sir  ularga  ta‘sir  qilmasligi 
mumkin. 
 
Xo‘sh, bolalardagi o‘ziga xoslikni, ular ruhiy jarayonlaring turlicha bo‘lishini, hulqidagi 
farqlarini qaysi omillar belgilaydi? Biologik omilmi?, Ijtimoiy omilmi?, Ta‘lim-tarbiya omilimi? 
 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling