O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»


o’rganish, qoida, rivojlanish, o’quvchi, umumiy, xususiy, ilm, ko’nikma, ta’lim va h.k


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#214774
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   153
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

o’rganish, qoida, rivojlanish, o’quvchi, umumiy, xususiy, ilm, ko’nikma, ta’lim va h.k. 
 
Didaktika  pedagogikaning  ta‘lim  jarayonining  umumiy  qonuniyatlarini  o‘rganadigan 
bo‘limdir.  Didaktika  grekcha  so‘z  bo‘lib,  ―didasko‖-  o‘qitish,  ―didaskal‖  -  o‘rgatuvchi,  degan 
ma‘noni bildiradi. Didaktikaning so‘zma - so‘z tarjimasi  ta‘lim, o‘qitish nazariyasini anglatadi. 
Ta‘lim  nazariyasi  quyidagi  masalalarni:  ta‘lim  jarayonining  mohiyati,  ta‘lim  mazmuni,  ta‘lim 
qoidalari, ta‘lim metodlari, ta‘limni tashkil etish shakllari hamda ta‘limda o‘quvchilarning bilim, 
ko‘nikma,  malakalarini  hisobga  olish  va  baholash  kabilarni  o‘z  ichiga  oladi.  Bu  masalalarning 
har  birini  alohida  mavzu  sifatida  keyingi  darslarda  o‘rganamiz.  Didaktikaning  asosiy  maqsadi, 
vazifasi  o‘qituvchini  o‘qitishga  doir  ma‘lumot,  mahorat  bilan,  o‘quvchilarni  esa  illiy  bilimlar 
ko‘nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iboratdir. 
Didaktika termini qadimgi Gresiyada Afina va Sparta shaharlarida eramizdan avvalgi IV - 
V asrda paydo bo‘lgan. Keyinchalik Xitoy, Misir va Markaziy Osiyo davlatlarida rivoj topgan. 
O‘zbek  didaktikasiga  Al-Xorazmiy,  A.R.Beruniy,  Ibn  Sino,  A.Navoiy,  M.Ulug‘bek, 
A.Avloniy,  M.Behbudiy,  H.H.Niyoziy,  Muhammadrasul  Rasuliy,  Q.Niyoziy  va  boshqa 
mutafakkirlar hamda hozirgi mashhur pedagoglar, olimlar munosib hissa qo‘shmoqda. 
Didaktikaga  oid  materiallar  mashhur  pedagog  Ya.A.Komenskiy,  Ushinskiy  va  boshqalar 
tomonidan boyitildi. 
Didaktikaning  asoslari  hikmatlar,  hadislar  va  xalq  og‘zaki  ijodining  boshqa  manbalarida 
o‘z  aksini  topgan.  Ayniqsa  vatandoshimiz  B.Zarnudjiyning  ―O‘quvchiga  ta‘lim  yo‘lida 
qo‘llanma‖ asari bag‘oyat qimmatlidir. 
Men  ushbu  kitobni  ―O‘quvchiga  bilim  olish  yo‘lida  qo‘llanma‖  deb  atab,  uni  quyidagi 
bo‘limlardan iborat deb tuzdim. Ular: ―Bilimning mohiyati va ularni takomillashtirish haqida‖, 
―Ta‘lim yo‘lida ongli istaklar haqida‖, ―O‘qituvchi, o‘rtoq, fanlarni tanlash haqida‖, ―Olimlar va 
fanning sharafi haqida‖, ―Dars vaqti haqida qo‘llanma‖, ―Bilimlarni egallash haqida‖, ―Ollohdan 
qo‘rqish  va  ta‘lim  olish‖,  ―Bilimlarni  xotirada  saqlash,  esdan  chiqarish  turlari‖,  ―Umrni 
uzaytiruvchi  va  qisqartiruvchi  kuchlar  haqida  va  boshqalardan  iborat‖.  Inson  tarbiyasida  va 
shakllanishida  bilim,  ta‘lim,  ma‘lumot  eng  muhim  rol  o‘ynaydi.  Ta‘lim  jarayonida 
o‘quvchilarning  bilish  qobiliyatlari  o‘qituvchi  rahbarligida  zarur  bo‘lgan  bilim,  ko‘nikma  va 
malakalarini egallash bilan ularda ilmiy dunyoqarash va shaxsning asosiy sifatlari: axloq, estetik 
qarashlar hamda kasb - hunarga bo‘lgan qiziqishlar tarbiyalanadi. 
Ma‘lumot va ta‘lim o‘zaro yaqin aloqada bo‘ladi. Ma‘lumot - bu ta‘limning natijasi ta‘lim 
esa ma‘lumot olishning asosiy shartlaridan biridir. 
Didaktika ma‘lumotning ilmiy asoslanishi bilan shug‘ullanish bilan birga yuksak darajada 
bilimlar zarur bo‘lgan ko‘nikma, malakalarni tarixiy bir jarayonida beradi va hozirgi fan, texnika 
taraqqiyoti davrida o‘quvchilarni muayyan darajada shaxsni tarkib topdiradi. 
Didaktika  faqat  ma‘lumot  mazmunini  belgilabgina  qolmay,  balki  qanday  o‘qitish 
kerakligini ham belgilaydi. 


Didaktika  pedagogikaning  asosiy  tarkibiy  qismlaridan  biri  bo‘lish  bilan  birga  boshqa  bir 
qancha  fanlar  bilan  uzviy  bog‘langan:  Filosofiya,  sosiologiya,  logika,  psixologiya,  fiziologiya 
oliy nerv faoliyati, kibernetika, matematika va h.k. 
Hozirgi  zamon  didaktikasining  taraqqiyoti  ijtimoiy  hayot,  fan  va  texnikaning  ishlab 
chiqarish  darajasi  bilan  asoslanadi.  Didaktikaning  hozirgi  davrida  vazifalaridan  biri  oldingidek 
har tomonlama kamol topgan barkamol shaxsni shakllantirish bo‘lib qolmoqda va shunday bo‘lib 
qolaveradi. 
Didaktika  oldidagi  eng  muhim  vazifalardan  biri  o‘sib  boruvchi  ta‘limni keng  yoyish,  shu 
asosda  shaxsning  eng  asosiy  sifatlarini  ya‘ni  ilmiy  bilishini  ta‘minlash,  ijodiy  fikrlashga 
o‘rgatish  hamda  doimiy  ravishda  o‘z  ma‘lumotini  takomillashtirib  borish  kabilarni  talab 
etmoqda. 
Ta‘lim  va  ma‘lumotning  birligi  asosida  ta‘limning  tarbiyalovchi  metodikasini 
takomillashtirish,  bilish  qobiliyatlarini,  dunyoqarshni  va  yuksak  ma‘naviy  -  axlaqiy  sifatlarni 
tarkib toptirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. 
Didaktika asosan pedagogika fanining ilmiy tekshirish metodlaridan foydalanadi. 
Bular: 1. Ilmiy kuzatish: 
          
2. Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va yoyish. 
   
3. Didaktik eksperiment. 
   
4. O‘quv hujjatlarni o‘rganish va h.k. 
Pedagogika  fanida  didaktika  ikki  turga  ajratilib  o‘rganiladi.  Birinchisi  umumiy  didaktika 
ya‘ni  o‘qitishning  umumiy  qonuniyatlarini  o‘rganadi.  Ana  shu  o‘rganish  asosida  o‘qitish 
jarayonining  yangi  -  yangi  qirralari  ochiladi  va  amaliyotga  tadbiq  etiladi.  Masalan  EHM  yoki 
ta‘limning  texnika  vositalari  yordamida  o‘quvchilarning  bilish  qobiliyatlari  o‘stiriladi. 
Yuqoridagi  o‘qitish  sohasida  yutuqlar  umumiy  didakitkaning  rivojlanib  borayotganligi 
ko‘rsatadi. 
Shu  bilan  bir  qatorda  xususiy  didaktika  ya‘ni  bir  fanni  o‘qitishining  o‘ziga  xos 
xususiyatlarini o‘rganadigan tarmog‘i hisoblanadi. Fanda xususiy didaktikani metodika ham deb 
yuritiladi. Masalan, ona tili o‘qitish metodikasi, ximiya o‘qitish metodikasi, boshlang‘ich ta‘lim 
metodikasi singarilar. 
Umumiy didaktika bilan xususiy didaktikalar o‘zaro uzviy aloqadorlikda, bog‘liqlikda ish 
olib  boradi.  Ular  bir  -  birlarining  rivojlanishiga  ta‘sir  ko‘rsatadi  va  yagona  maqsadni  ya‘ni 
barkamol insonni shakllantirish vazifasini amalga oshiradi. 
Xususiy  didaktika  rivojlanib  qo‘lga  kiritgan  yutuqlari  umumiy  didaktikaning  hamda 
xususiy didaktikaning, vazifalarini hal qilishga yo‘naltiradi. Yoki aksincha. Shuning uchun ular 
o‘zaro hamkorlikda, aloqadorlikda bir - biriga tayangan holda ish tutadi.  
Dunyoda  ilmdan  boshqa  najot  yo‘q  va  bo‘lmag‘ay.  imom  Al  Buxoriy.  Muhammad 
payg‘ambar:  
―Ilm egallang! Ilm - sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘izlik damlarida yo‘ldosh, 
baxtli  daqiqalarda  rahbar,  qayg‘uli  onlada  madadkor,  odamlar  orasida  zebu  -  ziynat, 
dushmanlarga qarshi kurashda quroldir‖.(Axloq odobga oid hadislardan). 
O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lar. Bilim qayda bo‘lsa, buyuklik bo‘lar. Yusuf Xos Xojib. 
Ilm  inson  uchun  g‘oyat  oliy  va  muqaddas  bir  fazilatdir.  Idmsiz  inson  mevasiz  daraxt 
kabidir. Abdullo Avloniy. 
Didaktikaning maqsadi va vazifasi haqida ―Avesto‖da: odamlarga va ularning avlodlariga 
baxt  -  saodat  keltiradigan  ta‘limni  amalga  oshirsinlar  hamda  tarbiya  hayotning  eng  muhim 
tirgagi (tayanchi) bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash kerakki, u avvalo 
yaxshi  o‘qishni  va  so‘ngra  esa  yozishni  o‘rganish  bilan  eng  yuksak  pog‘onaga  ko‘tarilsin,  deb 
ta‘kidlangan.  O‘zbekiston  Respublikasining  ta‘lim  to‘g‘risidagi  Qonun  3-  moddasida:  ―Ta‘lim 
O‘zbekiston  Respublikasi  ijtimoiy  taraqqiyoti  sohasida  ustivor  deb  e‘lon  qilinadi‖.  (20  -  bet) 
Barcha  turdagi  ta‘lim  muassasalarida  o‘quvchilarga  beriladigan  ta‘lim  ana  shu  hujjat  asosida 
tashkil etiladi. 


O‘qituvchi  didaktikani  ilmiy  o‘zlashtirmasdan,  o‘quvchilarni  talab  darajasida  o‘qita 
olmaydi. Buning uchun didaktika haqida maxsus ilmiy didaktika ma‘lumotiga ega bo‘lishi shart. 
Didaktikaning  tushunchasi,  kategoriyasi  ya‘ni  predmeti  bilim,  ko‘nikma,  malaka  va 
ma‘lumotlarni tashkil etadi. 
Bilimlar  -  odamlarning  ijtimoiy  -  tarixiy  amaliyoti  jarayonida  to‘plangan,  umumlashgan 
tajribasidir.  Yoki  Bilimlar  -  bu  ijtimoiy  -  tarixiy  ong,  insoniyatning  ijtimoiy  -  tarixiy  amaliyoti 
hosilasidir.  Bilimlar,  insoniyat  tomonidan  ishlab  chiqarish  faoliyatini  faol  o‘zlashtirish 
jarayonida to‘plagan, amalda sinovdan o‘tgan va obyektiv dunyoni chuqurroq anglashga hamda 
o‘zgartirishga  yo‘naltirilgan  tabiat,  jamiyat,  inson  tafakkuri  va  faoliyat  usullari  qonuniyatlari 
haqidagi ilmiy tushunchalarning yaxlit va  tizimlangan majmuasidir. 
Ta‘lim jarayonida o‘quvchilar bilimlar tizimini egallabgina qolmaydilar, balki bir qancha 
ko‘nikma  va  malakalarni  hosil  qiladilar.  Kishida  bilim  qanchalik  boy  va  muntazam  tarzda 
olingan  bo‘lsa,  uning  kelajakda  mustaqil  bilim  olish  imkoniyati  ham  shuncha  katta  bo‘ladi. 
(V.V.Davidov va boshqalar) 
Ko‘nikmalar  maktab  o‘quvchilarining  olgan  bilimlariga  asoslanib  (qo‘yilgan  vazifalar  va 
shartlarga binoan) bajariladigan harakatlarning yig‘indisidir. 
Ko‘nikma  bilimlar  kabi  harakatda,  kishi  biror  harakatga  erishish  uchun  har  xil  faoliyat 
turida izchil bajariladigan uslublar tizimi kabi bilgilanadi. Ko‘nikmalarni kishi faoliyati turlariga 
ko‘ra bir necha turlarga ajratib ko‘rsatish mumkin. 
1. O‘quv faoliyatiga oid ko‘nikmalar - bular o‘qituvchini tinglash va eshitganini tushunish, 
uning ko‘rsatmalariga qarab harakat qilish, kuzatish, idroki yo‘naltirilgan narsalarni ko‘ra olish: 
turli masalarni yecha olish; sanay, o‘qiy, yoza olish va h.k.  
2.  Nutqiy  faoliyat  ko‘nikmalari  -  nutqni  tinglash,  uni  tushunish,  o‘z  fikrini  aniq  bayon 
qilish, leksik, fonetik va grammatik normalarga amal qilish. 
3. Badiiy faoliyatga oid ko‘nikmalar - musiqiy, rang - tasvir, harakatli. 
4. Kishining jamiyatda muomala va o‘zini tutish ko‘nikmalari. 
5. Mehnat ko‘nikmalari. 
Malaka  -  ongli  xatti  -  harakatning  avtomatlashtirilgan  tarkibiy  qismi.  Yoki  Malaka  -  bu 
faoliyat  jarayonida  uning  biror  bir  elementini  (ongning  eng  kam  nazorati  ostida)  bajarish 
qobiliyatidir. 
Ko‘nikma  va  malakalar  maqsadga  yo‘naltirilgan  faoliyat  jarayonida  shakillanadi.  Ularni 
mutahkamlash uchun uzoq vaqt bilim olish bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus mashqlar talab qilinadi. 
Ta‘lim  mazmunidagi  asosiy  narsa  -  zarur  bilim  va  ko‘nikmalarni  mustaqil  egallash, 
egallangan  bilimlar  haqida  avval  hosil  qilingan  ko‘nikma  va  malakalar  asosida  vujudga 
keladigan amaliy va nazariy masalalarni hal etish qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir. 
Ta‘lim  jarayonida,  bilimlar,  ko‘nikma  va  malakalar  bir  -  biri  bilan  o‘zaro  uzviy 
bog‘lansada,  avvalgidek  bilimlar  yetakchi  rol  o‘ynayveradi.  Chunki  o‘quvchilar  bilimlar 
asosidagina ko‘nikma va malakalarning ma‘lum doirasini egallaydilar.Bolalarga matematikaning 
to‘rt  amalini  mashq  qildirishdan  oldin  ularga  sanoqni  o‘rgatish  lozim.  Lekin  ko‘nikma  va 
malakalar ham o‘z navbatida bilimlar egallash jarayoniga katta ta‘sir ko‘rsatadi. 
Ma‘lumot  -  olingan,  hosil  qilingan  bilimlar,  tarkib  topgan  ko‘nikma,  malakalar  hamda 
tarkib topgan dunyoqarashlar majmuasi. Didaktikaning dolzarb muammolari:  
1.  Davlat  ta‘lim  standartlarini  ishlab  chiqish  va  joriy  etish,  yangi  pedagogik 
texnologiyalarni ishlab chiqish va rivojlantirish. 
2. Lotin alifbosi asosida o‘zbek tiliga o‘tish. 
3. Mukammal o‘quv darsliklari yaratish. 
4.  Ta‘limning  texnika  vositalari.  O‘quv  -  moddiy  baza,  kompyuter  bilan  ta‘minlash, 
ta‘limda internet tizimini joriy etish. 
5. Malakali ilmiy va pedagogik xodimlar tayyorlash. 
6.  Ta‘lim  jarayonida  ommaviy  axborot  vositalarining  mavqyeni  oshirish,  televideniya  va 
radioning ta‘lim dasturlari intellektuallashuvini ta‘minlash. 


Haqiqatdan  ham  ta‘lim,  o‘qish  va  mustaqil  bilim  olish  inson  shaxsini  tarbiyalash  va 
rivojlantirishga qaratilgan bir - biri bilan uzviy bog‘liq jarayondir. Inson  shaxsini shakllantirish 
uchun unga ta‘lim ya‘ni ilm, bilim, saboq berish darkor. Ilmsiz bu jarayonni ro‘yobga chiqarish 
mumkin  emas.  Inson  shakllanishi,  rivojlanishi  uchun  esa  o‘qishi,  o‘rganishi,  mustaqil  harakat 
qilishi  shart.  Buning  uchun  o‘qituvchi  insonning  rivojlanishini  ta‘minlash  uchun  unga  ta‘lim 
berish,  o‘qitish,  mustaqil  harakatni  amalga  oshirish  zarur.  Bu  vazifa  pedagog  tomonidan 
o‘quvchining  rivojlanish  davrining  ma‘lum  yillarida  amalga  oshirilib  uning  o‘qishga  bo‘lgan 
ishtiyoqini  hosil  qilishi,  kerakli  ko‘nikma,  malakalar  bilan  qurollantirishi  va  nihoyat  uning 
mustaqil  bilim  olishini  tashkil  etishi  talab  etiladi.  Bu  mas‘uliyatli  vazifa  o‘qituvchi  tomonidan 
mohirona olib boriladi. Shuning uchun ta‘lim, o‘qish va mustaqil bilim olish o‘quvchi shaxsini 
tarbiyalash  va  rivojlantirishga,  kamol  toptirishga  qaratilgan  ijtimoiy  jarayondir.  Bu  ishlarni 
tashkil qilmasdan hayotni, jamiyatni rivojlantirish mumkin emas. Shuning uchun ta‘lim, o‘qish 
va mustaqil bilim olish o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning obyektiv zaruriy sharti hisoblanadi. 
Buni har bir o‘qituvchi bilishi va amalda qo‘llashi shartdir. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling