Oвid haydarov
itoatkorlik – bu yuksak madaniyatlilik, ma‘naviyatlilik, ma‘rifatlilik
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Saylov kodeksi
itoatkorlik – bu yuksak madaniyatlilik, ma‘naviyatlilik, ma‘rifatlilik belgisidir. Qonunga itoatkorlikni insonning unga ko‗r-ko‗rona bo‗ysunishi ma‘nosida tushunmaslik lozim. Qonunning maqsad va vazifalarini, ma‘nosi-yu, insonparvarlik ahamiyatini ongli ravishda tushunib olish, unga ixtiyoriy rioya qilishga va uning asosida faoliyat yuritishga yordam beradi. Qonunlarga qat‘iy rioya etilishi jinoyatchilikning oldini olishning, qonun buzilishiga yo‗l qo‗ymaslikning zarur shartlaridan biri bo‗lib hisoblanadi. Qonunning kuchi, obro‗si, ta‘siri, amaliy ahamiyati hayotda uning halol, haqiqiy, odilona tatbiq etilishidadir. Agar qonun ijrochilari burchlari va mas‘uliyatlariga xolisona odilona yondashib, to‗g‗ri yo‗ldan toymay Vatan, davlat manfaati va taqdirini o‗zlari uchun oliy maqsad deb hisoblab qonunlarni turmushga adolatli qo‗llasalar, bundan davlat va jamiyat ham, xalq ham naf ko‗radi. ―Qonun – ijrosi bilan kuchli‖ – degan iboraga urg‗u beradigan bo‗lsak, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatida qonunlarni ijro etishda halollik va adolat asosida ish yuritish mutasaddilar uchun asosiy maqsad, jamiyat, xalq va Vatan oldidagi buyuk insoniy burch, yuksak mas‘uliyat bo‗lmog‗i lozim. Demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jamiyatda qonunning hukmronligini qaror toptirishni taqozo etadi. Chinakam huquqiy davlat barpo etmoq uchun mamlakatda adolatli, insonparvar demokratik qonunlar tantana qilmog‗i lozim. Qonunning oliyligi davlat va jamiyat hayotining muqaddas prinsiplaridan biridir. Ijtimoiy siyosiy turmushda qonun muqaddas sanalib, uning yuksak nufuzga ega bo‗lishining boisi shuki, unda xalqning irodasi, xohish va istaklari, manfaat va intilishlari o‗zining ifodasini topadi. Shunisi diqqatga sazovorki, mamlakatda bozor munosabatlariga o‗tishning O‗zbekistonning Birinchi Prezidenti I. Karimov tomonidan e‘lon qilingan besh prinsipi orasida qonunning hamma narsadan ustun bo‗lishi va qonunga itoatkorlik prinsipi alohida o‗rin tutadi. ―Chinakam demokratik jamiyatda Prezident ham, oddiy fuqaro ham qonunga rioya etadi. Boshqa iloji yo‗q‖ 1 . 1 Каримов И.А. ―Янги уй қурмай туриб, эскисини бузманг‖. –Т.: Ўзбекистон, 1993, 22-б. 62 4. Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo‗nalishlaridan biri bu - qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Biz mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab islohotlarning mazkur yo‗nalishiga alohida e‘tibor qaratganimiz bejiz emas. Ana shunday yondashuv tufayli bu boradagi ishlarning ko‗lami, miqyosi va samaradorligi keyingi o‗n yillikda nihoyatda kengayib, yangi bosqichga ko‗tarilganini ko‗p-ko‗p misollarda ko‗rish mumkin. Avvalo, sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini ta‘minlash, uni sobiq tuzumda bo‗lgani kabi qatag‗on quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson va fuqaro huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat qiladigan tom ma‘nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng ko‗lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ayni paytda sudyalik lavozimiga nomzodlarni taqdim etish, sudyalarning vakolatini to‗xtatish va muddatidan oldin tugatish, ularga nisbatan intizomiy ish yurituvni qo‗zg‗atish vazifalari Adliya vazirligi vakolatidan chiqarilgani ham bu borada muhim qadam bo‗ldi. Bundan tashqari, sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta‘minlash, xususan, sud tizimi uchun kadrlar masalalari bilan shug‗ullanish vazifasi maxsus organ — O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‗yicha oliy malaka komissiyasiga yuklatilganini qayd etish lozim. Shular qatorida O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida maxsus vakolatli tuzilma - Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta‘minlash departamenti tashkil etilgan edi. Keyinchalik ushbu department tugatilib, o‗niga Bosh prokuratura huzuridagi majburiy ijro byurosi tashkil etildi. 2017 yilda esa sud – huquq sohasida katta o‗zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, Oliy xo‗jalik sudi Oliy sud tarkibiga qo‗shilib, yagona sud hokimiyati oliy organi Oliy sud qayta tashkil etildi. Sud sohasida ma‘muriy va iqtisodiy sud kabi yangi tarmoqlar tashkil etildi. Fuqarolarning sud orqali himoyalanish kafolatlari jiddiy tarzda kuchaytirildi, ushbu kafolatdan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishni ta‘minlash bo‗yicha katta ko‗lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirildi. 63 Hozirgi vaqtda mamlakatimizda prokuror va advokatning tengligini, jinoyat va fuqarolik ishlari bo‗yicha sud faoliyatining barcha bosqichlarida o‗zaro tortishuv bo‗lishini ta‘minlashga, odil sudlovning sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan keng ko‗lamli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, 2008 yilda «Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‗zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida»gi Qonunning qabul qilinishi bu borada g‗oyat muhim ahamiyat kasb etdi. Qonunda advokatning professional faoliyatiga to‗sqinlik qilish, uning o‗z himoyasi ostidagi shaxsga nisbatan pozitsiyasini o‗zgartirish maqsadida har qanday shaklda ta‘sir o‗tkazishga qaratilgan harakatlar uchun javobgarlik belgilanganini e‘tirof etish zarur. Ma‘lumki, O‗zbekistonda 2008 yilning 1 yanvaridan boshlab o‗lim jazosi bekor qilindi va uning o‗rniga umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo turi joriy etildi. Mamlakatimizda o‗lim jazosining bekor qilinishi xalqaro hamjamiyatning katta e‘tibor va e‘tirofiga sazovor bo‗lgani albatta ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik o‗ta muhim voqeadir. Nufuzli xorijiy ekspertlarning ta‘kidlashiga ko‗ra, ushbu chora va bu sohada yuqorida ko‗rsatilgan boshqa bir qator ishlarning amalga oshirilishi bilan O‗zbekistonda dunyodagi eng liberal jinoiy jazo tizimlaridan biri yaratildi. Xalqaro ekspertlarning bu boradagi qiyosiy tahlillari shuni ko‗rsatmoqdaki, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi Germaniya va Polshada 5 ta, Belgiya va Rossiyada 6 ta, Daniyada 9 ta, SHvetsiyada 13 ta, Fransiyada 18 ta, Gollandiyada 19 ta jinoyat turi bo‗yicha tayinlanishi mumkin. O‗zbekistonda esa umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi bo‗lib, faqat ikki turdagi jinoyat, ya‘ni javobgarlikni og‗irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‗ldirish va terrorizm uchun tayinlanadi. Ushbu jazo turi bizning mamlakatimizda xotin-qizlarga, jinoyat sodir etgan paytda 18 yoshga etmagan shaxslarga va yoshi 60 dan oshgan erkaklarga nisbatan qo‗llanilishi mumkin emas. Bu borada «Xabeas korpus» institutining joriy etilishi, ya‘ni 2008 yildan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokurordan sudga o‗tkazilishi prinsipial qadam bo‗ldi. Ushbu qarorning o‗z vaqtida va puxta o‗ylab qabul qilingani bugungi kunda ko‗pgina amaliy misollarda o‗z isbotini topmoqda. Mazkur institutning amaliyotga tatbiq etilishi insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, uning 64 daxlsizligini himoya qilishda muhim omil sifatida namoyon bo‗lmoqda. Ushbu institut joriy etilgan 2008 yilning yanvaridan buyon sudlar tomonidan dastlabki tergov organlariga 700 martadan ortiq holatda mazkur ehtiyot chorasini qo‗llash rad qilingani ham buni yaqqol tasdiqlab turibdi. Shuningdek, huquqni qo‗llash va sud amaliyotiga 2001 yildan boshlab yarashuv instituti kiritildi va u samarali faoliyat ko‗rsatmoqda. Yarashuv institutining talabiga ko‗ra, ijtimoiy xavfi katta bo‗lmagan jinoiy qilmishni sodir etgan shaxs jabrlanuvchiga etkazilgan zararni to‗liq qoplab bergan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Mazkur institutning samaradorligi hamda o‗zbek xalqining rahmdillik va kechirimlilik kabi ko‗p asrlik an‘analariga mosligi uning izchillik bilan kengayib borishiga asos bo‗ldi. Hozirgi kunda 53 ta jinoyat tarkibi bo‗yicha yarashuv institutini qo‗llash imkoniyati nazarda tutilgan. Shu borada yana bir misolga e‘tibor beraylik. Yarashuv institutining joriy etilishi natijasida o‗tgan davr mobaynida 100 ming nafarga yaqin fuqaro jinoiy javobgarlikdan ozod etildi. 2010 yilning 12 noyabrida O‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan bayon qilingan ―Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi‖da sud-huquq sohasida bir qancha islohotlarni amalga oshirish taklif qilingan edi. Ushbu konsepsiyada yurtimizda huquqiy davlat asoslarini tobora takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hal qiluvchi vazifa bo‗lib qolishi ta‘kidlangan. Zero, jamiyatning demokratiya yo‗lidan jadal rivojlanishi va bu boradagi islohotlarning samarasi ko‗p jihatdan odamlarning huquqiy ongi va madaniyati darajasiga bog‗liq. Hokimiyatlar bo‗linishiga oid konstitutsiyaviy prinsipni izchil amalga oshirish maqsadida «Sudlar to‗g‗risida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi, shuningdek, bu davrda jinoyat-protsessual, fuqarolik-protsessual qonunchiligiga tegishli o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritildi. Bu esa o‗z navbatida sud tizimini ijro etuvchi hokimiyat organlari nazorati va ta‘siridan chiqarish imkonini berganini alohida ta‘kidlash lozim. 2017 - 2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasining ikkinchi ustuvor yo‗nalishi - qonun ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish deb ataladi. Ushbu ustuvor yo‗nalishda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta‘minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish; 65 sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy rag‗batlantirish va ijtimoiy ta‘minot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; sudyalarga g‗ayriqonuniy tarzda ta‘sir o‗tkazishga yo‗l qo‗ymaslik bo‗yicha ta‘sirchan choralar ko‗rish; sudning mustaqilligi va beg‗arazligi, sud protsessida tomonlarining tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish; «Xabeas korpus» institutini qo‗llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish; sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash; sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish kabilarni ko‗zda tutadi. Hozirgi paytda insonning huquq hamda erkinliklarini ta‘minlash mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida inson va fuqaro huquq hamda erkinliklarining kafolatlari to‗g‗risida qonun qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Inson huquqlari g‗oyasi milliy parlamentimiz faoliyatida doimiy o‗rin egallashi darkor. Har qanday qonun ishlab chiqilayotgan va muhokama etilayotgan paytda insonning asosiy huquqlariga qanchalik mos kelishiga alohida e‘tibor qaratish zarur. Ana shu prinsiplarga og‗ishmay rioya etilgan taqdirdagina chinakam fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish mumkin. Shunday qilib, O‗zbekistonda huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish maqsadida Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta‘minlash uchun kompleks tashkiliy huquqiy kafolatlar yaratildi. Albatta, konstitutsiyaviy huquqiy kafolatlar va yuridik mexanizmlarni muttasil takomillashtirib, ularning samaradorligini oshirib borish lozim. Shu o‗rinda Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligini ta‘minlashning iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy-axloqiy, ruhiy kafolatlari ham mavjudligini esdan chiqarmaslik lozim. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR: 1. Qonun ustuvorligi tushunchasi va uning mohiyati nima? 2. Qonun ustuvorligini ta‘minlovchi asosiy shartlar nimalardan iborat? 3. Fuqarolik jamiyati rivojida qonun ustuvorligi qanday ahamiyat kasb etadi? 4. ―Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi‖ning sud-huquq tizimini isloh etish yo‗nalishi bo‗yicha qanday ishlar amalga oshirildi? 66 5. 2017 - 2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi asosida qanday ishlar amalga oshirildi? 6. Qonun ustuvorligi inson huquq va erkinliklari kafolati ekanligini qanday tushunasiz? TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR 1. O‗zbekiston Respublikasining ―Elektron hukumat to‗g‗risida‖gi Qonuni, 2015 yil 9 dekabr. 2. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi ―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖gi Farmoni // Xalq so‗zi, 2017, 8 fevral 3. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T. – O‗zbekiston. 2010. 4. Mirziyoyev Sh.М. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlatrini ta‘minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‗zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‗ishlangan tantanali marosimdagi ma‘ruzasi. 07-12-2016.– Toshkent: ―O‗zbekiston‖, 2017. – 48 b. 5. Шарифхўжаев М. Ўзбекистонда очиқ фуқаролик жамиятининг шаклланиши. – Т.: Шарқ, 2003 6. Қирғизбоев М. Фуқаролик жамияти: генезиси, шаклланиши ва ривожланиши. – Т.: Ўзбекистон, 2010 7. Жалилов A. ва бошқалар. Фуқаролик жамияти асослари. – Т.: Baktria press, 2015. 8. Фуқаролик жамияти: 2016. Ziyonet.uz. 9. O‗tamurodov A. va boshqalar. Fuqarolik jamiyati fanidan tushuncha va atamalar lug‗ati. T.: Turon-zamin-ziyo. 2017. 23 b.t. INTERNET SAYTLARI 1. www.president.uz 2. www.ziyonet.uz 3. www.xs.uz 4. www.nimfogo.uz 67 Mavzu: SAYLOV HUQUQI ERKINLIGI – FUQAROLIK JAMIYATINING SHARTI Reja: 1.Erkin saylovlar fuqarolik jamiyatining asosiy belgisi. Saylovning turlari 2.Xalqaro saylov standartlari va O‗zbekiston qonunchiligi 3.Davlatning asosiy organlari saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi. Fuqarolarning siyosiy-ijtimoiy yetukligi uning ijtimoiy hayotda faol ishtiroki bilan belgilanishi. Tayanch so‗z va iboralar: Demokratik saylovlar, saylov huquqi, siyosiy huquq, Markaziy saylov komissiyasi, Prezidentlik saylovi, parlament saylovlari, siyosiy partiya, majoritar saylov tizmi, xalqaro standartlar, saylov qonunchiligi, saylov kodeksi 1.Fuqarolarning saylovlarda va boshqa siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishi fuqarolik jamiyatining muhim mezonlaridan biridir. «Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo‗lgan huquqiy me‘yorlarning nechog‗liq demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o‗z xohish-irodasini erkin ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo‗lib, o‗ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir» 1 , deb ta‘kidlagan edi O‗zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimov. Demokratik saylovlar orqali demokratik mezonlar amalga tatbiq etiladi, xalqning ishonchli vakili hokimiyat tepasiga keladi, barcha fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlanadi, orzu-umidlari ro‗yobga chiqadi. Saylovlar хаlqqа o‗z lidеrlаrini tаnlаsh huquqini hаmdа lidеrlаr vа хаlqqа o‗z fikrlаrini bаhsli mаsаlаlаrdа erkin bildirish huquqini bеrаdi. Sаylоvlаr sаylаngаn shахslаr chindаn hаm хаlqning vаkillаri ekаnligigа ishоntirish uchun vаqti-vаqti bilаn o‗tkаzilib turilаdi. Ko‗plаb dеmоkrаtik dаvlаtlаrdа, оvоz bеrish uchun yoki sаylаnish uchun qo‗yilаdigаn qоnuniy tаlаbnоmаlаr fuqаrоlаrning yoshi, yashаsh jоyi vа fuqаrоlаrgа e‘tibоrni qаrаtdi. Dеmоkrаtik jаrаyon fuqаrоlаrgа hеch qаndаy tаzyiqsiz yoki 1 Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги маъруза. 2010 йил 12 ноябрь. –Т.: «Ўзбекистон», 2010. –Б. 35. 68 pоrаsiz, erkin tаrzdа yashirin оvоz bеrish yo‗li оrqаli оvоz bеrishgа imkоn yarаtаdi. Jаmiyat а‘zоlаri tоmоnidаn dаvlаt hоkimiyatini shаkllаntirish mаqsаdidа o‗tkаzilаdigаn sаylоvlаr nаfаqаt dеmоkrаtiyaning bеlgisi yoki ko‗rinishi, shu bilаn birgа, uning zаruriy shаrti hаmdir. BMT Bоsh Аssоmblеyasining 1948 yil 10 dеkаbrdа qаbul qilingаn ―Insоn huquqlаrining umumjahon dеklаrаtsiyasi‖ning 21-mоddаsidа dеmоkrаtik tаmоyillаr аsоsidаgi sаylоvlаrning insоn huquqlаri sifаtidаgi o‗rni quyidаgichа tа‘riflаnаdi: ―Hаr bir insоn bеvоsitа yoki erkin sаylаngаn vаkillаri оrqаli o‗z mаmlаkаt bоshqаruv ishidа qаtnаshish huquqigа egаdir. Хаlq irоdаsi hukumat hоkimiyatining аsоsi bo‗lishi kеrаk, bu ifоdа yashirin оvоz bеrish yoki оvоz bеrish erkinligini tа‘minlоvchi bоshqа shungа tеng аhаmiyatgа egа bo‗lgаn umumiy vа tеng sаylоv huquqi аsоsidа ifоdаlаnish lоzim‖ 1 . Sаylоv tizimi – huquqiy mе‟yorlаrdа mustаhkаmlаb qo„yilgаn, shuningdеk, dаvlаt vа jаmiyat institutlаri fаоliyatlаri tаjribаsidа shаkllаngаn vаkillik оrgаnlаri yoki аyrim rаhbаrlik vаkilini sаylаshni o„tkаzish vа tаshkil etishgа dоir tаrtibоtdir. Sаylоvlаr tizimi – siyosiy tizimning tаrkibiy qismidir. Shu bilаn birgа, sаylоvlаr tizimining o‗zi hаm bоshqа tizimlаr kаbi tuzilmаviy qismlаrgа bo‗linаdi. Ulаrning ichidа ikkitаsi аlоhidа аjrаlib turаdi: birinchisi, fuqаrоlаrning sаylоv huquqi – nаzаriy – huquqiy kоmpоnеnt; ikkinchisi esа – sаylоv jаrаyonlаri – аmаliy-tаshkiliy kоmpоnеntlаr. Fuqаrоlаrning sаylоv huquqi ulаrning sаylоvlаrdаgi ishtirоkini, sаylоvchilаr vа sаylаnuvchi оrgаnlаr o‗rtаsidаgi o‗zаrо munоsаbаtlаrni muvоfiqlаshtiruvchi, kеyinchаlik sаylоvchilаr ishоnchini оqlаmаgаn vаkillаrni chаqirib оluvchi tаrtibоtlаrning huquqiy mе‘yorlаri mаjmuаsidir. Jаmiyat а‘zоlаrinig dаvlаt hоkimiyati оrgаnlаrigа bo‗lgаn sаylоvlаrdаgi kеng ishtirоki dеmоkrаtik siyosiy jаrаyonlаrning tаrkibiy qismi hisоblаnаdi. Dеmоkrаtik sаylоvlаr dаvlаt vа ulаrning tаkоmillаshgаn mоdеllаrini shаkllаntirish mаqsаdidаgi tаriхiy rivоjlаnishning ziddiyatli izlаnishlаri nаtijаsi o‗lаrоq pаydо bo‗lgаn institutdir. ХХ аsrgа kеlib dаvlаt hоkimiyati оrgаnlаrini vujudgа kеltirish bilаn bоg‗liq bo‗lgаn dеmоkrаtik sаylоvlаr jаhоndаgi аksаriyat mаmlаkаtlаr siyosiy hаyotidаgi tаbiiy bir jаrаyongа аylаndi. Umume‘tirоf etilgаn хаlqаrо dеmоkrаtik tаmоyillаrdаn biri quyidаgichа ifоdаlаnаdi: “Dеmоkrаtik idоrа etish – erkin vа аdоlаtli 1 Местное самоуправление: теория и практика. Под обш. ред. Г. Люхтерханьт. – М.: 1996.-С. 10-11. 69 sаylоvlаr dаvоmidа mustаqil ifоdаlаnib bоrаdigаn хаlq irоdаsigа аsоslаnаdi” 1 . Sаylоvlаr quyidаgichа o‗tkаzilishi mumkin: umumiy-chеgаrаlаngаn (senzli); tеng-nоtеng; to‗g‗ri-bilvоsitа; yashirin-оchiq оvоz bеrish. Fuqаrоlik jаmiyati dаvlаt hоkimiyatigа bo‗ysundirilgаn mаmlаkаtlаrdа аvtоritаr tаrtibоtgа хоs sаylоvlаr аmаl qilаdi. Hоzirgi dunyoning ko‗plаb dеmоkrаtik mаmlаkаtlаri o‗zlаrining kоnstitutsiyalаri yoki mахsus sаylоvlаrgа dоir qоnunlаridа fuqаrоlаrni yashirin оvоz bеrish оrqаli umumiy vа tеng sаylоvlаr huquqlаrini e‘lоn qilgаn. Dеmоkrаtik jаmiyatdа sаylоvlаrdаgi kurаshlаr siyosiy pаrtiya fаоliyatining аsоsiy kurаsh mаydоni hisоblаnаdi. Hаr bir pаrtiya o‗z elektoratini (lоt. ―dektor‖- sаylоvchi) ko‗pаytirishgа intilаdi. Elеktоrаt sаylоvlаrdа u yoki bu pаrtiyagа оvоz bеrаdigаn sаylоvchilаrdir. Hоzirgi zаmоn dаvlаtlаridа оvоz bеrish nаfаqаt fuqаrоlik huquqi, bаlki, fuqаrоlik mаjburiyati hаmdir. Bа‘zi mаmlаkаtlаrdа sаylоvdа qаtnаshmаgаnlik uchun hаm jаzо chоrаlаr bеlgilаngаn. Mаsаlаn, Bеlgiya, Nidеrlаndiya, Аvstrаliya kаbi mаmlаkаtlаrdа jаrimа to‗lаnаdi. Pоkistоndа hаttоki qаmоq jаzоsi hаm qo‗llаnilаdi. Оvоz bеrish yakunlаri bo‗yichа sаylоvlаr nаtijаlаrini аniqlаsh аsоsаn ikki kаttа sаylоv tizimi аsоsidа kеchаdi: majoritаr vа prоpоrtsiоnаl tizimlаr. Majoritаr tizimdа nоmzоd yoki nоmzоdlаr ro‗yхаti qоnundа bеlgilаngаnidеk, eng ko‗p оvоz оlgаndаginа u yoki bu sаylаnаdigаn vаkillik оrgаnigа sаylаngаn, dеb hisоblаnishi bilаn tаvsiflаnаdi. Saylovning bu turida 50%+1 qoidasiga amal qilinadi. Ya‘ni saylovda ishtirok etgan jami saylovchilarning 50 foizidan bitta ko‘p ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Barcha nomzodlar 50 foiz ovoz ololmagan taqdirda saylovlarning ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi. Bu bosqichda birinchi bosqichda eng ko‘p ovoz olgan dastlabki ikki nomzod ishtirok etadi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra bitta ovoz bo‘lsa ham ko‘p olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Ikkinchi bosqichda 50%+1 qoidasiga amal qilmaydi. Sаylоvning prоpоrtsiоnаl tizimidа bеrilgаn оvоzlаrning miqdоridаn kеlib chiqib, bаrchа mаndаtlаrning аnа shu bеrilgаn оvоzlаr o‗rtаsidа аniq prоpоrtsiоnаl tаqsimlаnishi ro‗y bеrаdi. Mаsаlаn, G‗аrbiy Yevropa, Yapоniya, Lоtin Аmеrikаsi mаmlаkаtlаridа sаylоvlаr ko‗pinchа prоpоrtsiоnаl tizimdа o‗tkаzilаdi. 1 Insоn huquqlаrining umumiy dеklаrаtsiyasi. –T.: ―O‗zbеkistоn‖, 1998. 30 - b. 70 Prоpоrtsiоnаl tizim ikki хil ko‗rinishgа egа: birinchisi – umumdаvlаt dаrаjаsidаgi prоpоrtsiоnаl sаylоvlаr tizimi (sаylоvchilаr butun mаmlаkаt dоirаsidа siyosiy pаrtiyalаr uchun оvоz bеrаdilаr, undа sаylоv оkruglаri bеlgilаnmаydi), ikkinchisi – ko‗p mаndаtli оkruglаrgа аsоslаngаn prоpоrtsiоnаl sаylоv tizimi (dеputаtlik mаndаtlаri pаrtiyalаrning sаylоv оkruglаrigа nisbаtаn tа‘siri аsоsidа tаqsimlаnаdi). Majoritаr vа prоpоrtsiоnаl tizimlаr o‗zlаrining yutuq vа kаmchiliklаrigа egаdir. Majoritаr tizimning ijоbiy tоmоni shundаki, undа sаmаrаli fаоliyat yurituvchi vа bаrqаrоr hukumаtni shаkllаntirish imkоniyati bоrligi bilаn izоhlаsh mumkin. U kаttа vа yaхshi tаkоmillаshtirilgаn siyosiy pаrtiyalаrgа sаylоvlаrni muvaffаqiyatli o‗tkаzish imkоniyatlаrini bеrаdi. Majoritаr tizimning sаlbiy tоmоni: mаmlаkаt sаylоvchilаrining ko‗pchilik qismi (bа‘zаn 50 fоizgа yaqin) hоkimiyat оrgаnlаridа o‗z vаkillаrigа egа bo‗lmаy qоlаdilаr. Prоpоrtsiоnаl tizimning ustun tоmоnlаri to‗g‗risidа quyidаgilаrni kеltirish mumkin: uning yordаmidа jаmiyat siyosiy kuchlаrni jоylаshishining rеаl vа аniq mаnzаrаlаrini ko‗rish mumkin. U fikrlаr хilmа-хilligi vа ko‗ppаrtiyaviylikni rivоjlаnishi, dаvlаt bilаn fuqаrоlаr o‗rtаsidаgi uzviy аlоqаdоrlikni tа‘minlаb bеrаdi. Prоpоrtsiоnаl tizimning аsоsiy kаmchiliklаri esа quyidаgilаrdir: hukumatni shаkllаntirishdа murаkkаbliklаr yuzаgа kеlаdi (sаbаbi: birоn- bir ustunlik qilаdigаn pаrtiyaning yo‗qligi, hаr хil mаqsаd vа muddаоlаrdаgi pаrtiyalаrning ko‗ppаrtiyaviylik аsоsdаgi kоаlitsiyasini bеqаrоrligini kеltirib chiqаrаdi). 2. Ma‘lumki, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fuqaroning saylov huquqlari va erkinliklari mavzusi nufuzli xalqaro tashkilotlar jiddiy shug‗ullanadigan masalaga aylandi. Hozirgi paytda dunyoda insonning saylov huquqlari va erkinliklarini ta‘minlash, erkin demokratik adolatli saylovlarni tashkil etish va o‗tkazish sohasiga doir 20 dan ziyod xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar mavjud 1 . Saylov huquqi sohasiga taalluqli prinsiplar va andozalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir qancha xalqaro universal hujjatlarida, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 21-moddasida, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‗g‗risidagi Xalqaro paktning (1966 yil) 25- moddasida, Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‗g‗risida xalqaro konvensiyaning 5-moddasida, Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‗g‗risida BMT deklaratsiyasining (1963 yil) 6- 1 Саидов А.Х. Международное право и избирательное законодательство – Т.: ТГЮИ, 2004. – С. 19-33. 71 moddasida mustahkamlab qo‗yilgan 1 . Davlat hokimiyati vakillik organiga saylov masalalariga o‗zida 145 davlat parlamentlarini birlashtirgan, shu jumladan, O‗zbekiston Respublikasi ham a‘zo hisoblanuvchi Parlamentlararo ittifoq ayniqsa katta e‘tibor qaratadi. 1994 yili Parlamentlararo ittifoq Kengashi «Erkin va adolatli saylov prinsiplari to‗g‗risidagi deklaratsiya»ni qabul qildi 2 . Ushbu Deklaratsiya barcha mamlakatlar hukumatlari va parlamentlarini mazkur hujjatda belgilangan saylov huquqi sohasiga doir xalqaro prinsiplar va normalarga amal qilishga da‘vat etadi. Mintaqaviy xalqaro tashkilotlar ham o‗zlarining Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoyalash to‗g‗risidagi Yevropa konvensiyasi (1950 yil), Inson huquqlari to‗g‗risidagi Amerika konvensiyasi (1969 yil), Inson va xalqlar huquqlarining Afrika xartiyasi (1986 yil) kabi xalqaro- huquqiy hujjatlari timsolida xalqaro saylov andozalariga jiddiy ahamiyat qaratadi. Xususan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) demokratik saylovlar sohasidagi asosiy andozalari Insoniylik mezonlari bo‗yicha Kopengagen hujjatida (1990) o‗z aksini topgan. EXHTning saylov prinsiplarini quyidagi yettita so„z – universallik, tenglik, erkinlik, adolatlilik, yashrinlilik, ochiqlik va hisobdorlik - misolida to‗la ifodalash mumkin. Bu - har bir ovoz e‘tiborga olinishi va fuqaro davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishga ko‗maklashishi mumkin ekanligining o‗ziga xos dalolatidir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan yana bir hujjat, ya‘ni ―Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‗g‗risida‖gi xalqaro Paktning 25-moddasiga muvofiq har bir fuqaro kamsitishlarsiz hamda asossiz cheklovlarsiz bevosita va erkin saylangan vakillar orqali davlat ishlarini boshqarishda qatnashish; umumiy va teng saylov huquqi asosida, yashirin ovoz berish orqali o‗tkaziladigan va saylovchilarning erkin holdagi xohish-irodasini ta‘minlovchi chinakam davriy saylovlarda ovoz berish va saylanish; o‗z mamlakatida umumiy shartlarda davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa ega bo‗lishi joizligi ta‘kidlangan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ―Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish haqida‖gi hamda ―Ayollarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakllariga barham berish haqida‖gi xalqaro konvensiyalarga ko‗ra, ayollar hech qanday kamsitishlarsiz erkaklar bilan teng saylov huquqiga egadirlar. Irqiy yoki milliy mansubligi, terisining 1 Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро шартномалар/Масъул муҳаррир А.Х. Саидов. – Т.: «Адолат», 2004. –Б. 34;45;86-87. 2 Декларация о принципах свободных и справедливых выборов//В кн.: Саидов А.Х. Межпарламентские организации мира: Справочник, - М.: Международные отношения, 2004. – С. 295-300. 72 rangi, etnik kelib chiqishiga qarab fuqarolarining saylov huquqini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash ta‘qiqlanishi belgilab qo‗yilgan. Parlamentlararo Ittifoq Kengashi tomonidan qabul qilingan ―Erkin va adolatli saylovlar mezonlari to‗g‗risida‖gi Deklaratsiyaning 1-moddasida har qanday davlatda hokimiyat xalqning umumiy, teng va yashirin ovoz berish asosida muntazam vaqt oralig‗ida o‗tkazib turiladigan haqiqiy, erkin va adolatli saylovlarda bildiradigan xohish-irodasidan kelib chiqadi, deb belgilangan. 2002 yil 7 oktyabrda Kishinyov shahrida qabul qilingan ―Mustaqil Davlatlar Hamdo‗stligida ishtirok etuvchi davlatlarda demokratik saylovlar, saylov huquqlari va erkinliklari standartlari to‗g‗risidagi Konvensiyasi‖da demokratik saylovlar xalq hokimiyati va irodasining bevosita oliy ifodasining biri, saylanadigan davlat hokimiyati va mahalliy o‗zini o‗zi boshqarish organlari xalq (milliy) vakilligining, saylanadigan mansabdor shaxslarning asosi hisoblanadi. Saylovlarni xalqaro kuzatish, saylov jarayoni ishtirokchilarining saylov huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish kafolatlari demokratik saylovlarning standartlari hisoblanishi e‘tirof etiladi. 2002 yil 7 oktyabrda qabul qilingan Mustaqil Davlatlar Hamdo‗stligiga a‘zo davlatlarning «Demokratik saylovlar, saylov huquq va erkinliklari standartlari to‗g‗risida»gi Konvensiyaning 1-moddasi 2- bandida, saylovchilarning erkin xohish-iroda bildirishini ta‘minlovchi, umumiy, teng saylov huquqi bilan yashirin ovoz berish asosidagi saylovlarning muntazamligi, majburiyligi, odilonaligi, chinakamligi va erkinligi tamoyillarini ta‘minlash belgilab qo‗yilgan. Hоzirgi dаvr dеmоkrаtik sаylоvlаr tаmоyillаridаn biri – tеng sаylоv huquqi hisоblаnаdi. Uning аmаldаgi ifоdаsi shundаn ibоrаtki, qоnun chiqаruvchi оrgаndаgi hаr bir dеputаt dеyarli tеng miqdоrdаgi fuqаrоlаr vаkili hisоblаnаdi, shuningdеk, hаr bir sаylоvchi umumiy sаylоv qаrоrlаrigа bir xildа tа‟sir etish dаrаjаlаrigа egа bo„lаdi. Dеmоkrаtik sаylоvlаrning yanа bir mеzоni – sаylоvlаrni to„g„ridаn- to„g„ri o„tkаzish qоidаsi hisоblаnаdi. Pаrlаmеnt dеmоkrаtiyasi rivоjlаngаn mаmlаkаtlаrning ko‗pchiligidа sаylоvchilаr to‗g‗ridаn-to‗g‗ri (dеlеgаtlаr yoki vаkillаr vоsitаsisiz) prеzidеnt, pаrlаmеnt vа bоshqа siyosiy hоkimiyat оrgаnlаrini sаylаydilаr. Dеmоkrаtik sаylоvlаrning yanа bir muhim qоidаsi musоbаqаdоshlik yoki o„zаrо rаqоbаtbоshlik hisоblаnаdi. Ya‘ni u sаylоvlаrdа turli хil ijtimоiy guruhlаr yoki qаtlаmlаr mаnfааtlаrini ifоdаlоvchi turli pаrtiyalаr 73 vа nоmzоdlаrni ishtirоki аsоsidаgi rаqоbаtdоshlik dеmоkrаtik rivоjlаngаn mаmlаkаtlаr uchun хоs. Bаrchа dеmоkrаtik mаmlаkаtlаr tоmоnidаn tаn оlingаn qоidаlаrdаn yanа biri, bu – yashirin оvоz bеrish usulidir. Sаylоvlаrdа yashirin оvоz bеrish nаtijаsidа sаylоvchilаrgа tаshqаridаn tаzyiq yoki tа‘sir o‗tkаzishning оldi оlinаdi, hаr bir sаylоvchining erkin bo‗lishi, o‗z хохish- ihtiyorini аmаlgа оshirish uchun imkоniyatlаr yarаtilаdi. Sаylоvlаr o‗tkаzishdаgi yanа bir dеmоkrаtik qоidа – sаylоvlаr ustidаn хаlq nаzоrаtini o‗rnаtishdir. Qоlаvеrsа sаylоvlаr mаrоsimlаridа milliy vа хоrijiy kuzаtuvchilаrning ishtirоk etishi sаylоv o‗tkаzilаyotgаn dаvlаtning оbro‗-e‘tibоrini оshirаdi. Dеmоkrаtik mаmlаkаtlаrdаgi sаylоvlаr o‗tkаzish qоidаlаridаn biri – sаylоvchilаrning ishtirоk etishini iхtiyoriyligi hisоblаnаdi. Bu qоidаning mоhiyati shundаki, hеch kim fuqаrоning sаylоvdа erkin o‗z хохishini bildirishgа yoki sаylоvdа ishtirоk etish vа etmаsligigа tа‘sir o‗tkаzа оlmаydi. Dеmоkrаtik sаylоvlаrning yanа bir qоidаsi – nоmzоdlаrning sаylоvоldi kurаshi uchun tеng imkоniyatlаr yarаtishdir. Bu qоidа nоmzоdlаrgа turli mоddiy yoki siyosiy imkоniyatlаr ulаrninng bа‘zilаrigа ustunliklаr vа imtiyozlаr pаydо bo‗lishini оldini оlib, bаrchа nоmzоdlаr uchun tеng imkоniyatlаr yarаtаdi. Saylov xalq hokimiyatchiligining timsoli bo‗lib, eng avvalo o‗zida jamiyat a‘zolarining, qolaversa saylovchi – fuqaro manfaatini ifoda etadi. Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari amalga oshirilayotgan islohotlarda saylovlarning o‗rni beqiyosdir. O‗zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‗lining hozirgi bosqichida davlat hokimiyatining vakillik organlarini erkin, qonuniy va adolatli saylovlar asosida shakllantirilishi demokratik jarayonlar va yangilanishlarning ijtimoiy hayotda oliy qadriyat sifatida ifoda etilayotganligining yorqin namunasidir 1 . Erkin saylovlarni o‗tkazish jarayonida qonuniylik, tenglik kabi bir qator umumiy huquqiy tamoyillarga og‗ishmasdan amal qilinishi ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishga va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning e‘tiroficha, «demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o‗zaro birlashib ketgan. Saylov – demokratiya degani. Demokratiya – bu saylov degani». Darhaqiqat, saylovsiz demokratiyani, demokratiyasiz 1 Парламент сайлови: миллий қонунчилик ва хорижий тажриба: илмий-амалий қўлланма // М.Абдусаломов ва бошқалар; Масъул муҳаррир проф. Ш.Х.Файзиев; –Тошкент: Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузиридаги Амалдаги қонун ҳужжатлари мониторинги институти нашриѐти, 2009. 26-бет. 74 saylovni tasavvur qilish qiyin. Demokratiya saylov asosida, erkin fikr mushtarakligida, siyosiy plyuralizm mavjudligida namoyon bo‗ladi. Demokratiyaning ushbu eng muhim tamoyilini hayotga tatbiq etish, fuqarolarning saylov huquqini, o‗z xohish-irodasini erkin ifodalash, o‗z qonuniy manfaatlarini ro‗yobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta‘minlash uchun haqiqiy shart-sharoit, huquqiy asos yaratib berilishi lozim. O‗zbekistonda bularning barchasi yaratilgan. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32, 77, 90, 105, 117 – moddalarida saylov masalalari aks etgan. Mustaqillik yillarida saylov jarayoni bilan bog‗liq ―O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‗g‗risida‖gi, ―O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‗g‗risida‖gi, ―Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‗g‗risida‖gi, ―Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‗g‗risida‖gi, ―O‗zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi qonunlarida saylovlarga doir umume‘tirof etilgan demokratik xalqaro tamoyil va qoidalar mustahkamlab qo‗yilgan edi. 2019 yil saylov qonunchiligi sohasida katta o‗zgarishlar amalga oshirildi. Yuqoridagi va saylov qonunchiligiga oid ko‗plab boshqa hujjatlarga o‗zgartirishlar kiritildi. Yangi hujjat - O‗zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 – iyundagi O‗RQ-544-сон Qonuni bilan tasdiqlangan Saylov kodeksi qabul qilindi. Mazkur kodeks Prezident, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a‘zolari, mahalliy kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‗rish va ularni o‗tkazish tartibini belgilaydi. Shu paytgacha mamlakatimizda saylov to‗g‗risida ko‗plab hujjatlar amal qilib kelmoqda edi. Biroq turli darajadagi 20 dan ortiq qonun hujjatlarini amalda qo‗llashda murakkabliklar yuzaga kelishi holatlari mavjud edi. Masalan, ushbu qonun hujjatlarida deyarli bir xil narsalar yozilgan. Ammo o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish kerak bo‗lsa, har biriga kiritib chiqish lozim bo‗lardi. Bu esa ko‗p vaqt va boshqa resurslarni talab qiladi. «O‗zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‗g‗risida»gi Qonun va u bilan tasdiqlangan Kodeks orqali mamlakatimizda amalda bo‗lgan saylov to‗g‗risidagi 26 ta qonun hujjatlari qamrab olindi. Ya‘ni shuncha hujjat bekor qilinib, o‗rniga ushbu yagona kodeks amalga kiritildi. Jumladan, kodeksda quyidagi o‗zgarishlarni ko‗rish mumkin: saylov jarayonidan oldin saylovchilarning elektron ro‗yxati shakllantiriladi. Markaziy saylov komissiyasi mutaxassislari saylovchilarning yagona elektron ro‗yxatini yaratish ustida ish olib 75 bordilar. Uyma-uy yurib, saylovchilar ro‗yxatga olindi, har bir saylovchi turar joy kadastr raqamiga biriktirildi. Bundan maqsad «bir saylovchi – bir ovoz‖ prinsipini to‗liq va bexato amalga oshirishdan iborat. Masalan, biror saylovchi yashash joyi o‗zgarsa, doimiy ro‗yxatdan vaqtinchalik ro‗yxatga o‗tsa, bu saylovchilarning yagona elektron ro‗yxatida o‗z aksini topadi. Bu saylovchining faqat bir joyda bir marta ovoz berishini ta‘minlaydi. Shu bilan birga ushbu elektron tizim orqali saylovchilarga ham qator qulayliklar yaratildi. Masalan, saylovchi Markaziy saylov komissiyasi saytiga kirib pasport raqamini kiritish orqali o‗zining qaysi saylov uchastkasiga mansub ekanligini va saylov uchastkasi joylashgan manzilni aniqlashi mumkin. Kodeksda uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarning jihozlanishiga oid talablar o‗z aksini topgan. Xususan, saylov komissiyalari joylashgan binolarda saylov uchastkasining xaritasi, zarur mebel, ofis texnika vositalari (telefon, printer, Internetga ulangan va jarayonni boshqarish axborot tizimiga kirish imkoniyatiga ega kompyuterlar, seyf, kanselyariya tovarlari) bo‗lishi kerak. Saylov kodeksidagi yana bir o‗zgarish asosida saylov okruglari ko‗paytirildi. Saylov kodeksi bilan saylov okruglari va uchastkalarini tuzish, saylov komissiyalari faoliyatini tashkil etish tartibib belgilandi. Unga muvofiq, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‗tkazish uchun 150 ta hududiy saylov okrugi tuziladi. Ilgari 135 ta okrug tuzilgan va 15 nafar deputat O‗zbekiston ekologik harakatidan saylangan. Endilikda O‗zbekiston ekologik partiyasi tashkil etilganligi bois, mazkur partiya deputatlikka o‗z nomzodlarini umumiy saylovlarga qo‗ygan holda Qonunchilik palatasidan o‗rin egallashi mumkin. Shu sababli ushbu 15 o‗rin ham okruglarga berildi. Bu, birinchidan, har bir deputatning teng sharoitlarda saylovlarda ishtirok etish va g‗alaba qozonishi uchun imkon yaratadi. Qolaversa, saylovlarda hech bir partiya yoki harakat uchun alohida sharoit yaratilmasligiga, saylovlarning sof demokratik ruhda o‗tishiga yo‗l ochib beradi. Yana bir o‗zgarish ovoz berish vaqti o‗zgardi. Ilgari saylovlar soat 06:00 dan soat 20:00 gacha o‗tkazilgan. Endilikda ovoz berish soat 08.00 da boshlanadi va 20.00 da nihoyasiga yetadi. Saylovlar asosan yil oxirida, qish faslida bo‗lib o‗tishi e‘tiborga olinsa, bu oqilona yechim bo‗lganini ta‘kidlash mumkin. 3.Umumxalq saylovlari orqali davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirish demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgisidir. Demokratik davlatlarda saylovlar muhim ahamiyatga ega ekanligi shundaki, ular mamlakat parlamenti qanday siyosiy kuchlardan tashkil 76 topishini aniqlab beradi. Saylovlar mamlakat aholisining kayfiyati va kimni afzal bilishini namoyon etuvchi ko‗rsatkich sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi. O‗zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqi Konstitutsiyaning 32-moddasida alohida mustahkamlangan. Unga ko‗ra, ―O‗zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‗z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‗zini-o‗zi boshqarish, referendumlar o‗tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‗li bilan amalga oshiriladi‖. Saylov huquqiga oid yana bir – 60-moddasida ―Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‗zlarining demokratik yo‗l bilan saylab qo‗yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar‖, deb belgilangan. Shuningdek, Konstitutsiyaning 77-moddasida O‗zbekistonda saylovlar ko‗ppartiyalik asosida o‗tishi ko‗zda tutilgan 1 . Har qanday davlatning demokratik davlat, deb e‘lon qilishning o‗zi kifoya emas, muhimi, uning tashkil etilishi va faoliyatini tegishli huquqiy institutlar, huquqiy kafolatlar bilan ta‘minlashdan iboratdir. Bunday, konstitutsiyaviy-huquqiy institutlarning negizini saylov huquqi instituti tashkil etadi. Saylovlar demokratiyani amalga oshirishning bevosita shakli bo‗lib, fuqarolarni uyushgan holda o‗zlari yashab turgan davlat va jamiyatni boshqarish jarayonlariga safarbar etadi. Haqiqatdan ham ―xalq hokimiyatining bevosita oliy ifodasini erkin saylovlar tashkil etadi‖ 2 . Bunda fuqarolar har qanday jarayonning ishtirokchisi bo‗lganidek, saylov jarayonida ishtirok etib o‗ziga siyosiy tajriba orttiradilar. Ular, avvalambor, o„zlarining siyosiy ongini charxlab, siyosiy-huquqiy madaniyatini oshiradi va bu jarayonda ishtirok etishning tashkiliy-huquqiy jihatlarini takomillashtirib boradilar. Shuningdek, fuqarolar uyushqoqlik, hamjihatlik bilan, o‗z harakatlarini kelishuv asosida namoyon qilishlarida siyosiy tajriba va ko‗nikmalarini orttirib boradilar. O‗zbekistonda bevosita saylovlar yo‗li bilan davlat boshlig‗i – O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlisning bitta palatasi – Qonunchilik palatasi va saylanadilar. Saylanish yo‗li bilan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari ham shakllantiriladi. Shu tariqa saylanadigan davlat hokimiyati vakillik organlari vakolatiga davlat va jamiyat 1 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Тошкент: ―Ўзбекистон‖, 2012. – 40 Б. 2 Қаранг: Баглай М.В. Конституционное право Российской Федерации. – М.: ИНФРА, 2000. – С. 107. 77 hayotidagi eng muhim masalalarni hal etish kiritilgan. Bu barcha darajadagi saylovlarning o‗ta muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‗rsatadi. Saylovlar, referendum kabi, xalq irodasini to‗g‗ridan-to‗g‗ri namoyon etilishining qonunlashtirilgan shaklidir. Saylovlar orqali fuqarolar davlat hokimiyati organlarining shakllanishida ishtirok etadilar va bu bilan davlat boshqaruvidagi o‗zining konstitutsiyaviy huquqini amalga oshiradilar. Fuqarolik jamiyati bilan saylovlarning aloqadorligi asosan shu bilan belgilanadiki, fuqarolik jamiyati fuqarolarning fikrlari va manfaatlarining xilma-xilligiga asoslangan holda tashkil etiladi. Davlat organlari fuqarolarning ishtiroki bilan adolatli saylovlar asosida tashkil etilmaydigan bo‗lsa, fuqarolarning ixtiyoriy ravishda qonunga itoat etishini ta‘minlashga, o‗tkir ijtimoiy qarama-qarshiliklardan qochib-qutulishga imkoniyat bo‗lmaydi. Demokratik saylovlar – hokimiyat masalasining kuch bilan hal etilishini tamoman inkor etadi. Bu borada Birinchi Prezidentimiz I.Karimov: ―Demokratiya sharoitlarida esa davlat ijtimoiy qarama-qarshiliklarni zo‗rlik va bostirish yo‗li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv, xalq ta‘biri bilan aytganda, murosayu-madora bilan bartaraf etish vositasiga aylanadi‖ 1 deb ta‘kidlagan edi. Saylovlar bevosita jamiyatning siyosiy tizimini aks ettiradi va o‗z tomonidan unga ta‘sir ko‗rsatadi. Ularning tashkil etilishi va ovoz berishning yakunlarini aniqlash tartibiga tegishli barcha jarayonlar siyosiy partiyalar bilan yaqindan bog‗liqdir. Aynan saylov paytida partiyalar o‗zining asosiy va ustuvor fikr-qarashlarini, hayotni qanday yaxshilash, islohotlarni qanday amalga oshirish, O‗zbekiston deb atalmish mustaqil davlatning ertangi hayotini qanday barpo etish borasidagi g‗oyalarini ilgari suradi. Saylovlar fuqarolarga hokimiyat uchun kurashayotgan siyosiy partiyalarning dasturlarini haqiqiy mazmun-mohiyatini anglashga imkoniyat beradi. Faqatgina saylovlar orqali xalqning ko‗pchiligining irodasi aniqlanadi, uning asosida esa demokratik hokimiyat yaratiladi. O‗zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishda saylovlarning mustahkam o‗rnini belgilash maqsadida Konstitutsiyaga alohida ―Saylov tizimi‖ deb nomlanuvchi XXIII bobni kiritilishi, bir tomondan saylov tizimining asosiy prinsiplarining konstitutsiyaviy mustahkamlanishi saylov huquqi bo‗yicha umumiy tan olingan xalqaro andozalarga rioya qilinishini kafolatlasa, ikkinchi tomondan, mazkur konstitutsiyaviy qoidalar saylov qonunchiligini yaratishda poydevor vazifasini o‗tadi. Milliy saylov qonunchiligi va amaliyoti O‗zbekistonda amalga oshirilayotgan 1 Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. Т.3. – Тошкент: Ўзбекистон, 1996. – Б. 20. 78 demokratik islohotlarning uzviy tarkibiy qismi bo‗lib, ma‘muriy- buyruqbozlikka asoslangan totalitar tuzumdan demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish sari qo‗yilgan qadamdir. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling