Oвid haydarov


itoatkorlik  –  bu  yuksak  madaniyatlilik,  ma‘naviyatlilik,  ma‘rifatlilik


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana11.11.2020
Hajmi1.27 Mb.
#143728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati (1)


itoatkorlik  –  bu  yuksak  madaniyatlilik,  ma‘naviyatlilik,  ma‘rifatlilik 
belgisidir. Qonunga itoatkorlikni insonning unga ko‗r-ko‗rona bo‗ysunishi 
ma‘nosida  tushunmaslik  lozim.  Qonunning  maqsad  va  vazifalarini, 
ma‘nosi-yu, insonparvarlik ahamiyatini ongli ravishda tushunib olish, unga 
ixtiyoriy rioya qilishga va uning asosida faoliyat yuritishga yordam beradi.  
Qonunlarga  qat‘iy  rioya  etilishi  jinoyatchilikning  oldini  olishning, 
qonun  buzilishiga  yo‗l  qo‗ymaslikning  zarur  shartlaridan  biri  bo‗lib 
hisoblanadi.  Qonunning  kuchi,  obro‗si,  ta‘siri,  amaliy  ahamiyati  hayotda 
uning  halol,  haqiqiy,  odilona  tatbiq  etilishidadir.  Agar  qonun  ijrochilari 
burchlari  va  mas‘uliyatlariga  xolisona  odilona  yondashib,  to‗g‗ri  yo‗ldan 
toymay Vatan, davlat manfaati va taqdirini o‗zlari uchun oliy maqsad deb 
hisoblab  qonunlarni  turmushga  adolatli  qo‗llasalar,  bundan  davlat  va 
jamiyat ham, xalq ham naf ko‗radi.  
―Qonun  –  ijrosi  bilan  kuchli‖  –  degan  iboraga  urg‗u  beradigan 
bo‗lsak, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatida qonunlarni ijro 
etishda  halollik  va  adolat  asosida  ish  yuritish  mutasaddilar  uchun  asosiy 
maqsad,  jamiyat,  xalq  va  Vatan  oldidagi  buyuk  insoniy  burch,  yuksak 
mas‘uliyat bo‗lmog‗i lozim.  
Demokratik  huquqiy  davlatni  shakllantirish  jamiyatda  qonunning 
hukmronligini  qaror  toptirishni  taqozo  etadi.  Chinakam  huquqiy  davlat 
barpo etmoq uchun mamlakatda adolatli, insonparvar demokratik qonunlar 
tantana  qilmog‗i  lozim.  Qonunning  oliyligi  davlat  va  jamiyat  hayotining 
muqaddas  prinsiplaridan  biridir.  Ijtimoiy  siyosiy  turmushda  qonun 
muqaddas  sanalib,  uning  yuksak  nufuzga  ega  bo‗lishining  boisi  shuki, 
unda xalqning irodasi, xohish va istaklari,  manfaat va intilishlari  o‗zining 
ifodasini topadi.  
Shunisi  diqqatga  sazovorki,  mamlakatda  bozor  munosabatlariga 
o‗tishning  O‗zbekistonning  Birinchi  Prezidenti  I.  Karimov  tomonidan 
e‘lon  qilingan  besh  prinsipi  orasida  qonunning  hamma  narsadan  ustun 
bo‗lishi  va  qonunga  itoatkorlik  prinsipi  alohida  o‗rin  tutadi.  ―Chinakam 
demokratik  jamiyatda  Prezident  ham,  oddiy  fuqaro  ham  qonunga  rioya 
etadi. Boshqa iloji yo‗q‖
1

                                                           
1
 Каримов И.А. ―Янги уй қурмай туриб, эскисини бузманг‖. –Т.: Ўзбекистон, 1993, 22-б.  

62 
 
4.
  Mamlakatimizni  demokratik  yangilashning  bugungi  bosqichdagi 
eng  muhim  yo‗nalishlaridan  biri  bu  -  qonun  ustuvorligi  va  qonuniylikni 
mustahkamlash,  shaxs  huquqi  va  manfaatlarini  ishonchli  himoya  qilishga 
qaratilgan 
sud-huquq 
tizimini 
izchil 
demokratlashtirish 
va 
liberallashtirishdan iboratdir.  
Biz mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab islohotlarning mazkur 
yo‗nalishiga  alohida  e‘tibor  qaratganimiz  bejiz  emas.  Ana  shunday 
yondashuv  tufayli  bu  boradagi  ishlarning  ko‗lami,  miqyosi  va 
samaradorligi  keyingi  o‗n  yillikda  nihoyatda  kengayib,  yangi  bosqichga 
ko‗tarilganini ko‗p-ko‗p misollarda ko‗rish mumkin. 
Avvalo,  sud  hokimiyatini  bosqichma-bosqich  mustahkamlab  borish, 
sudning  mustaqilligini  ta‘minlash,  uni  sobiq  tuzumda  bo‗lgani  kabi 
qatag‗on  quroli  va  jazolash  idorasi  sifatidagi  organ  emas,  balki  inson  va 
fuqaro  huquq  va  erkinliklarini  ishonchli  himoya  va  muhofaza  etishga 
xizmat  qiladigan  tom  ma‘nodagi  mustaqil  davlat  institutiga  aylantirishga 
qaratilgan  keng  ko‗lamli  tashkiliy-huquqiy  chora-tadbirlar  amalga 
oshirildi. 
Ayni  paytda  sudyalik  lavozimiga  nomzodlarni  taqdim  etish, 
sudyalarning  vakolatini  to‗xtatish  va  muddatidan  oldin  tugatish,  ularga 
nisbatan  intizomiy  ish  yurituvni  qo‗zg‗atish  vazifalari  Adliya  vazirligi 
vakolatidan chiqarilgani ham bu borada muhim qadam bo‗ldi. 
Bundan  tashqari,  sudlar  faoliyatini  tashkiliy  jihatdan  ta‘minlash, 
xususan,  sud  tizimi  uchun  kadrlar  masalalari  bilan  shug‗ullanish  vazifasi 
maxsus  organ  —  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi 
Sudyalarni  tanlash  va  lavozimlarga  tavsiya  etish  bo‗yicha  oliy  malaka 
komissiyasiga yuklatilganini qayd etish lozim. 
Shular  qatorida  O‗zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  huzurida 
maxsus  vakolatli  tuzilma  -  Sud  qarorlarini  ijro  etish,  sudlar  faoliyatini 
moddiy-texnik  va  moliyaviy  ta‘minlash  departamenti  tashkil  etilgan  edi. 
Keyinchalik  ushbu  department  tugatilib,  o‗niga  Bosh  prokuratura 
huzuridagi majburiy ijro byurosi tashkil etildi.  
2017  yilda  esa  sud  –  huquq  sohasida  katta  o‗zgarishlar  amalga 
oshirildi. Jumladan, Oliy xo‗jalik sudi Oliy sud tarkibiga qo‗shilib, yagona 
sud  hokimiyati  oliy  organi  Oliy  sud  qayta  tashkil  etildi.  Sud  sohasida 
ma‘muriy va iqtisodiy sud kabi yangi tarmoqlar tashkil etildi.  
Fuqarolarning  sud  orqali  himoyalanish  kafolatlari  jiddiy  tarzda 
kuchaytirildi,  ushbu  kafolatdan  foydalanish  imkoniyatlarini  yanada 
kengaytirishni  ta‘minlash  bo‗yicha  katta  ko‗lamdagi  chora-tadbirlar 
amalga oshirildi. 

63 
 
Hozirgi  vaqtda  mamlakatimizda  prokuror  va  advokatning  tengligini, 
jinoyat va fuqarolik ishlari bo‗yicha sud faoliyatining barcha bosqichlarida 
o‗zaro  tortishuv  bo‗lishini  ta‘minlashga,  odil  sudlovning  sifati  va 
tezkorligini  oshirishga  qaratilgan  keng  ko‗lamli  chora-tadbirlar  izchil 
amalga oshirilmoqda. 
Ayniqsa,  2008  yilda  «Advokatura  instituti  takomillashtirilishi 
munosabati  bilan  O‗zbekiston  Respublikasining  ayrim  qonun  hujjatlariga 
o‗zgartish  va  qo‗shimchalar  kiritish  to‗g‗risida»gi  Qonunning  qabul 
qilinishi  bu  borada  g‗oyat  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Qonunda 
advokatning  professional  faoliyatiga  to‗sqinlik  qilish,  uning  o‗z  himoyasi 
ostidagi shaxsga nisbatan pozitsiyasini  o‗zgartirish  maqsadida har qanday 
shaklda  ta‘sir  o‗tkazishga  qaratilgan  harakatlar  uchun  javobgarlik 
belgilanganini e‘tirof etish zarur. 
Ma‘lumki,  O‗zbekistonda  2008  yilning  1  yanvaridan  boshlab  o‗lim 
jazosi  bekor  qilindi  va  uning  o‗rniga  umrbod  yoki  uzoq  muddatli 
ozodlikdan mahrum qilish jazo turi joriy etildi. 
Mamlakatimizda 
o‗lim  jazosining  bekor  qilinishi  xalqaro 
hamjamiyatning  katta  e‘tibor  va  e‘tirofiga  sazovor  bo‗lgani  albatta 
ijtimoiy-siyosiy  ahamiyatga  molik  o‗ta  muhim  voqeadir.  Nufuzli  xorijiy 
ekspertlarning  ta‘kidlashiga  ko‗ra,  ushbu  chora  va  bu  sohada  yuqorida 
ko‗rsatilgan  boshqa  bir  qator  ishlarning  amalga  oshirilishi  bilan 
O‗zbekistonda dunyodagi eng liberal jinoiy jazo tizimlaridan biri yaratildi. 
Xalqaro 
ekspertlarning 
bu 
boradagi 
qiyosiy 
tahlillari 
shuni 
ko‗rsatmoqdaki,  umrbod  ozodlikdan  mahrum  qilish  jazosi  Germaniya  va 
Polshada 5 ta, Belgiya va Rossiyada 6 ta, Daniyada 9 ta, SHvetsiyada 13 
ta, Fransiyada 18 ta, Gollandiyada 19 ta jinoyat turi bo‗yicha tayinlanishi 
mumkin. 
O‗zbekistonda esa umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo 
chorasi  bo‗lib,  faqat  ikki  turdagi  jinoyat,  ya‘ni  javobgarlikni 
og‗irlashtiruvchi  holatlarda  qasddan  odam  o‗ldirish  va  terrorizm  uchun 
tayinlanadi.  Ushbu  jazo  turi  bizning  mamlakatimizda  xotin-qizlarga, 
jinoyat sodir etgan paytda 18 yoshga etmagan shaxslarga va yoshi 60 dan 
oshgan erkaklarga nisbatan qo‗llanilishi mumkin emas. 
Bu  borada  «Xabeas  korpus»  institutining  joriy  etilishi,  ya‘ni  2008 
yildan  ehtiyot  chorasi  sifatida  qamoqqa  olishga  sanksiya  berish  huquqi 
prokurordan  sudga  o‗tkazilishi  prinsipial  qadam  bo‗ldi. Ushbu  qarorning 
o‗z  vaqtida  va  puxta  o‗ylab  qabul  qilingani  bugungi  kunda  ko‗pgina 
amaliy  misollarda  o‗z  isbotini  topmoqda.  Mazkur  institutning  amaliyotga 
tatbiq  etilishi  insonning  konstitutsiyaviy  huquq  va  erkinliklari,  uning 

64 
 
daxlsizligini  himoya  qilishda  muhim  omil  sifatida  namoyon  bo‗lmoqda. 
Ushbu  institut  joriy  etilgan  2008  yilning  yanvaridan  buyon  sudlar 
tomonidan dastlabki tergov organlariga 700 martadan ortiq holatda mazkur 
ehtiyot chorasini qo‗llash rad qilingani ham buni yaqqol tasdiqlab turibdi. 
Shuningdek, huquqni qo‗llash va sud amaliyotiga 2001 yildan boshlab 
yarashuv  instituti  kiritildi  va  u  samarali  faoliyat  ko‗rsatmoqda. Yarashuv 
institutining talabiga ko‗ra, ijtimoiy xavfi katta bo‗lmagan jinoiy qilmishni 
sodir  etgan  shaxs  jabrlanuvchiga  etkazilgan  zararni  to‗liq  qoplab  bergan 
taqdirda 
jinoiy 
javobgarlikka 
tortilmaydi. 
Mazkur 
institutning 
samaradorligi  hamda  o‗zbek  xalqining  rahmdillik  va  kechirimlilik  kabi 
ko‗p  asrlik  an‘analariga  mosligi  uning  izchillik  bilan  kengayib  borishiga 
asos  bo‗ldi.  Hozirgi  kunda  53  ta  jinoyat  tarkibi  bo‗yicha  yarashuv 
institutini qo‗llash imkoniyati nazarda tutilgan. 
Shu  borada  yana  bir  misolga  e‘tibor  beraylik.  Yarashuv  institutining 
joriy  etilishi  natijasida  o‗tgan  davr  mobaynida  100  ming  nafarga  yaqin 
fuqaro jinoiy javobgarlikdan ozod etildi. 
2010  yilning  12  noyabrida  O‗zbekiston  Respublikasining  Birinchi 
Prezidenti  I.Karimov  tomonidan  bayon  qilingan  ―Mamlakatimizda 
demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini 
rivojlantirish Konsepsiyasi‖da sud-huquq sohasida bir qancha islohotlarni 
amalga  oshirish  taklif  qilingan  edi.  Ushbu  konsepsiyada 
yurtimizda 
huquqiy  davlat  asoslarini  tobora  takomillashtirish  va  aholining  huquqiy 
ongi  va  madaniyatini  yuksaltirish  hal  qiluvchi  vazifa  bo‗lib  qolishi 
ta‘kidlangan. Zero, jamiyatning demokratiya yo‗lidan jadal rivojlanishi va 
bu  boradagi  islohotlarning  samarasi  ko‗p  jihatdan  odamlarning  huquqiy 
ongi va madaniyati darajasiga bog‗liq. 
Hokimiyatlar bo‗linishiga oid konstitutsiyaviy prinsipni izchil amalga 
oshirish  maqsadida  «Sudlar  to‗g‗risida»gi  Qonun  yangi  tahrirda  qabul 
qilindi,  shuningdek,  bu  davrda  jinoyat-protsessual,  fuqarolik-protsessual 
qonunchiligiga  tegishli  o‗zgartish  va  qo‗shimchalar  kiritildi. Bu  esa  o‗z 
navbatida  sud  tizimini  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari  nazorati  va 
ta‘siridan chiqarish imkonini berganini alohida ta‘kidlash lozim. 
2017  -  2021  yillarda  O‗zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning 
beshta  ustuvor  yo‗nalishi  bo‗yicha  Harakatlar  strategiyasining  ikkinchi 
ustuvor yo‗nalishi - qonun ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizimini 
yanada  isloh  qilish  deb  ataladi.  Ushbu  ustuvor  yo‗nalishda    sud 
hokimiyatining  chinakam  mustaqilligini  ta‘minlash,  sudning  nufuzini 
oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish

65 
 
sudyalar  va  sud  apparati  xodimlarining  mavqeini,  moddiy 
rag‗batlantirish  va  ijtimoiy  ta‘minot  darajasini  oshirish,  sudlarning 
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; 
sudyalarga  g‗ayriqonuniy  tarzda  ta‘sir  o‗tkazishga  yo‗l  qo‗ymaslik 
bo‗yicha ta‘sirchan choralar ko‗rish; 
sudning  mustaqilligi  va  beg‗arazligi,  sud  protsessida  tomonlarining 
tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish
«Xabeas  korpus»  institutini  qo‗llash  sohasini  kengaytirish,  tergov 
ustidan sud nazoratini kuchaytirish; 
sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash;  
sudlar 
faoliyatiga 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish kabilarni ko‗zda tutadi. 
Hozirgi  paytda  insonning  huquq  hamda  erkinliklarini  ta‘minlash 
mexanizmini  yanada  takomillashtirish  maqsadida  inson  va  fuqaro  huquq 
hamda erkinliklarining kafolatlari to‗g‗risida qonun qabul qilish maqsadga 
muvofiqdir.  Inson  huquqlari  g‗oyasi  milliy  parlamentimiz  faoliyatida 
doimiy  o‗rin  egallashi  darkor.  Har  qanday  qonun  ishlab  chiqilayotgan  va 
muhokama etilayotgan paytda insonning asosiy huquqlariga qanchalik mos 
kelishiga  alohida  e‘tibor  qaratish  zarur.  Ana  shu  prinsiplarga  og‗ishmay 
rioya  etilgan  taqdirdagina  chinakam  fuqarolik  jamiyati  va  huquqiy  davlat 
barpo etish mumkin. 
Shunday qilib, O‗zbekistonda huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik 
jamiyatini  shakllantirish  maqsadida  Konstitutsiya  va  qonunlarning 
ustuvorligini  ta‘minlash  uchun  kompleks  tashkiliy  huquqiy  kafolatlar 
yaratildi.  Albatta,  konstitutsiyaviy  huquqiy  kafolatlar  va  yuridik 
mexanizmlarni  muttasil  takomillashtirib,  ularning  samaradorligini  oshirib 
borish  lozim.  Shu  o‗rinda  Konstitutsiya  va  qonunlar  ustuvorligini 
ta‘minlashning iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy-axloqiy, ruhiy kafolatlari ham 
mavjudligini esdan chiqarmaslik lozim.  
 
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR: 
 
1. Qonun ustuvorligi tushunchasi va uning mohiyati nima? 
2. Qonun ustuvorligini ta‘minlovchi asosiy shartlar nimalardan iborat?  
3. Fuqarolik  jamiyati  rivojida  qonun  ustuvorligi  qanday  ahamiyat  kasb 
etadi? 
4. ―Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi‖ning sud-huquq tizimini 
isloh etish yo‗nalishi bo‗yicha qanday ishlar amalga oshirildi? 

66 
 
5. 2017  -  2021  yillarda  O‗zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning 
beshta  ustuvor  yo‗nalishi  bo‗yicha  Harakatlar  strategiyasi  asosida 
qanday ishlar amalga oshirildi? 
6. Qonun ustuvorligi inson huquq va erkinliklari kafolati ekanligini qanday 
tushunasiz? 
 
TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR 
 
1. O‗zbekiston Respublikasining ―Elektron hukumat to‗g‗risida‖gi Qonuni, 
2015 yil 9 dekabr. 
2. O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  7  fevraldagi 
―O‗zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo‗yicha  Harakatlar 
strategiyasi to‗g‗risida‖gi Farmoni // Xalq so‗zi, 2017, 8 fevral  
3. Karimov  I.A.  Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T.  – 
O‗zbekiston. 2010. 
4. Mirziyoyev Sh.М. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlatrini ta‘minlash 
–  yurt  taraqqiyoti  va  xalq  farovonligining  garovi.  O‗zbekiston 
Respublikasining  saylangan  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyevning 
O‗zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  qabul  qilinganining  24 
yilligiga  bag‗ishlangan  tantanali  marosimdagi  ma‘ruzasi.  07-12-2016.– 
Toshkent: ―O‗zbekiston‖, 2017. – 48 b. 
5. Шарифхўжаев  М.  Ўзбекистонда  очиқ  фуқаролик  жамиятининг 
шаклланиши. – Т.: Шарқ, 2003 
6. Қирғизбоев  М.  Фуқаролик  жамияти:  генезиси,  шаклланиши  ва 
ривожланиши. – Т.: Ўзбекистон, 2010   
7. Жалилов  A.  ва  бошқалар.  Фуқаролик  жамияти  асослари.  –  Т.: 
Baktria press, 2015.  
8. Фуқаролик жамияти: 2016. Ziyonet.uz.  
9.  O‗tamurodov A. va boshqalar. Fuqarolik jamiyati fanidan tushuncha va 
atamalar lug‗ati. T.: Turon-zamin-ziyo. 2017. 23 b.t.  
 
INTERNET SAYTLARI  
 
1. www.president.uz 
2. www.ziyonet.uz 
3. www.xs.uz 
4. www.nimfogo.uz  
 

67 
 
Mavzu: SAYLOV HUQUQI ERKINLIGI – FUQAROLIK 
JAMIYATINING SHARTI 
 
Reja: 
1.Erkin saylovlar fuqarolik jamiyatining asosiy belgisi. Saylovning turlari 
2.Xalqaro saylov standartlari va O‗zbekiston qonunchiligi 
3.Davlatning  asosiy  organlari  saylanishi,  ularning  saylovchilar  oldida 
hisob  berishi.  Fuqarolarning  siyosiy-ijtimoiy  yetukligi  uning  ijtimoiy 
hayotda faol ishtiroki bilan belgilanishi.  
 
Tayanch so‗z va iboralar: 
Demokratik saylovlar, saylov huquqi, siyosiy huquq, Markaziy saylov 
komissiyasi,  Prezidentlik  saylovi,  parlament  saylovlari,  siyosiy  partiya, 
majoritar  saylov  tizmi,  xalqaro  standartlar,  saylov  qonunchiligi,  saylov 
kodeksi  
  
1.Fuqarolarning  saylovlarda  va  boshqa  siyosiy  jarayonlarda  faol 
ishtirok  etishi  fuqarolik  jamiyatining  muhim  mezonlaridan  biridir. 
«Saylovlar  –  bu  mamlakatimizda  amalda  bo‗lgan  huquqiy  me‘yorlarning 
nechog‗liq  demokratik  ruhda  ekanini  namoyon  etadigan,  demokratik 
huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o‗z xohish-irodasini erkin ifoda 
etishining,  fuqarolarning  davlat  va  jamiyat  boshqaruvidagi  ishtirokining 
asosiy  shakli  bo‗lib,  o‗ta  muhim  va  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega 
masaladir»
1
,  deb  ta‘kidlagan  edi  O‗zbekistonning  Birinchi  Prezidenti 
I.Karimov.  Demokratik  saylovlar  orqali  demokratik  mezonlar  amalga 
tatbiq  etiladi,  xalqning  ishonchli  vakili  hokimiyat  tepasiga  keladi,  barcha 
fuqarolarning  huquq  va  erkinliklari  kafolatlanadi,  orzu-umidlari  ro‗yobga 
chiqadi.  
Saylovlar  хаlqqа  o‗z  lidеrlаrini  tаnlаsh  huquqini  hаmdа  lidеrlаr  vа 
хаlqqа  o‗z  fikrlаrini  bаhsli  mаsаlаlаrdа  erkin  bildirish  huquqini  bеrаdi. 
Sаylоvlаr  sаylаngаn  shахslаr  chindаn  hаm  хаlqning  vаkillаri  ekаnligigа 
ishоntirish uchun vаqti-vаqti  bilаn o‗tkаzilib turilаdi. Ko‗plаb dеmоkrаtik 
dаvlаtlаrdа, оvоz bеrish uchun yoki sаylаnish uchun qo‗yilаdigаn qоnuniy 
tаlаbnоmаlаr  fuqаrоlаrning  yoshi,  yashаsh  jоyi  vа  fuqаrоlаrgа  e‘tibоrni 
qаrаtdi.  Dеmоkrаtik  jаrаyon  fuqаrоlаrgа  hеch  qаndаy  tаzyiqsiz  yoki 
                                                           
1
  Каримов  И.А.  Мамлакатимизда  демократик  ислоҳотларни  янада  чуқурлаштириш  ва  фуқаролик  жамиятини 
ривожлантириш концепцияси: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг 
қўшма мажлисидаги маъруза. 2010 йил 12 ноябрь. –Т.: «Ўзбекистон», 2010. –Б. 35. 

68 
 
pоrаsiz, erkin tаrzdа yashirin оvоz bеrish yo‗li оrqаli оvоz bеrishgа imkоn 
yarаtаdi.  
Jаmiyat  а‘zоlаri  tоmоnidаn  dаvlаt  hоkimiyatini  shаkllаntirish 
mаqsаdidа  o‗tkаzilаdigаn  sаylоvlаr  nаfаqаt  dеmоkrаtiyaning  bеlgisi  yoki 
ko‗rinishi,  shu  bilаn  birgа,  uning  zаruriy  shаrti  hаmdir.  BMT  Bоsh 
Аssоmblеyasining  1948  yil  10  dеkаbrdа  qаbul  qilingаn  ―Insоn 
huquqlаrining  umumjahon  dеklаrаtsiyasi‖ning  21-mоddаsidа  dеmоkrаtik 
tаmоyillаr  аsоsidаgi  sаylоvlаrning  insоn  huquqlаri  sifаtidаgi  o‗rni 
quyidаgichа  tа‘riflаnаdi:  ―Hаr  bir  insоn  bеvоsitа  yoki  erkin  sаylаngаn 
vаkillаri  оrqаli  o‗z  mаmlаkаt  bоshqаruv  ishidа  qаtnаshish  huquqigа 
egаdir. Хаlq irоdаsi hukumat hоkimiyatining аsоsi bo‗lishi kеrаk, bu ifоdа 
yashirin  оvоz  bеrish  yoki  оvоz  bеrish  erkinligini  tа‘minlоvchi  bоshqа 
shungа  tеng  аhаmiyatgа  egа  bo‗lgаn  umumiy  vа  tеng  sаylоv  huquqi 
аsоsidа ifоdаlаnish lоzim‖
1

Sаylоv  tizimi  –  huquqiy  mе‟yorlаrdа  mustаhkаmlаb  qo„yilgаn, 
shuningdеk,  dаvlаt  vа  jаmiyat  institutlаri  fаоliyatlаri  tаjribаsidа 
shаkllаngаn  vаkillik  оrgаnlаri  yoki  аyrim  rаhbаrlik  vаkilini  sаylаshni 
o„tkаzish  vа  tаshkil  etishgа  dоir  tаrtibоtdir.  Sаylоvlаr  tizimi  –  siyosiy 
tizimning tаrkibiy qismidir. Shu bilаn birgа, sаylоvlаr tizimining o‗zi hаm 
bоshqа  tizimlаr  kаbi  tuzilmаviy  qismlаrgа  bo‗linаdi.  Ulаrning  ichidа 
ikkitаsi аlоhidа аjrаlib turаdi:  
birinchisi,  fuqаrоlаrning  sаylоv  huquqi  –  nаzаriy  –  huquqiy 
kоmpоnеnt;  ikkinchisi  esа  –  sаylоv  jаrаyonlаri  –  аmаliy-tаshkiliy 
kоmpоnеntlаr. 
Fuqаrоlаrning  sаylоv  huquqi  ulаrning  sаylоvlаrdаgi  ishtirоkini, 
sаylоvchilаr  vа  sаylаnuvchi  оrgаnlаr  o‗rtаsidаgi  o‗zаrо  munоsаbаtlаrni 
muvоfiqlаshtiruvchi,  kеyinchаlik  sаylоvchilаr  ishоnchini  оqlаmаgаn 
vаkillаrni chаqirib оluvchi tаrtibоtlаrning huquqiy mе‘yorlаri mаjmuаsidir. 
Jаmiyat  а‘zоlаrinig  dаvlаt  hоkimiyati  оrgаnlаrigа  bo‗lgаn 
sаylоvlаrdаgi  kеng  ishtirоki  dеmоkrаtik  siyosiy  jаrаyonlаrning  tаrkibiy 
qismi hisоblаnаdi. Dеmоkrаtik sаylоvlаr dаvlаt vа ulаrning tаkоmillаshgаn 
mоdеllаrini  shаkllаntirish  mаqsаdidаgi  tаriхiy  rivоjlаnishning  ziddiyatli 
izlаnishlаri nаtijаsi o‗lаrоq pаydо bo‗lgаn institutdir. ХХ аsrgа kеlib dаvlаt 
hоkimiyati оrgаnlаrini vujudgа kеltirish bilаn bоg‗liq bo‗lgаn dеmоkrаtik 
sаylоvlаr  jаhоndаgi  аksаriyat  mаmlаkаtlаr  siyosiy  hаyotidаgi  tаbiiy  bir 
jаrаyongа аylаndi. 
Umume‘tirоf  etilgаn  хаlqаrо  dеmоkrаtik  tаmоyillаrdаn  biri 
quyidаgichа  ifоdаlаnаdi:  “Dеmоkrаtik  idоrа  etish  –  erkin  vа  аdоlаtli 
                                                           
1
 Местное самоуправление: теория и практика. Под обш. ред. Г. Люхтерханьт. – М.: 1996.-С.  10-11. 

69 
 
sаylоvlаr  dаvоmidа  mustаqil  ifоdаlаnib  bоrаdigаn  хаlq  irоdаsigа 
аsоslаnаdi”
1

Sаylоvlаr  quyidаgichа  o‗tkаzilishi  mumkin:  umumiy-chеgаrаlаngаn 
(senzli); tеng-nоtеng; to‗g‗ri-bilvоsitа; yashirin-оchiq оvоz bеrish.  
Fuqаrоlik 
jаmiyati 
dаvlаt 
hоkimiyatigа 
bo‗ysundirilgаn 
mаmlаkаtlаrdа аvtоritаr tаrtibоtgа хоs sаylоvlаr аmаl qilаdi. 
Hоzirgi  dunyoning  ko‗plаb  dеmоkrаtik  mаmlаkаtlаri  o‗zlаrining 
kоnstitutsiyalаri  yoki  mахsus  sаylоvlаrgа  dоir  qоnunlаridа  fuqаrоlаrni 
yashirin  оvоz  bеrish  оrqаli  umumiy  vа  tеng  sаylоvlаr  huquqlаrini  e‘lоn 
qilgаn. 
Dеmоkrаtik  jаmiyatdа  sаylоvlаrdаgi  kurаshlаr  siyosiy  pаrtiya 
fаоliyatining  аsоsiy  kurаsh  mаydоni  hisоblаnаdi.  Hаr  bir  pаrtiya  o‗z 
elektoratini  (lоt.  ―dektor‖-  sаylоvchi)  ko‗pаytirishgа  intilаdi.  Elеktоrаt 
sаylоvlаrdа u yoki bu pаrtiyagа оvоz bеrаdigаn sаylоvchilаrdir. 
Hоzirgi  zаmоn  dаvlаtlаridа  оvоz  bеrish  nаfаqаt  fuqаrоlik  huquqi, 
bаlki,  fuqаrоlik  mаjburiyati  hаmdir.  Bа‘zi  mаmlаkаtlаrdа  sаylоvdа 
qаtnаshmаgаnlik uchun hаm jаzо chоrаlаr bеlgilаngаn. Mаsаlаn, Bеlgiya, 
Nidеrlаndiya, Аvstrаliya kаbi mаmlаkаtlаrdа jаrimа to‗lаnаdi. Pоkistоndа 
hаttоki qаmоq jаzоsi hаm qo‗llаnilаdi. 
Оvоz bеrish yakunlаri bo‗yichа sаylоvlаr nаtijаlаrini аniqlаsh аsоsаn 
ikki  kаttа  sаylоv  tizimi  аsоsidа  kеchаdi:  majoritаr  vа  prоpоrtsiоnаl 
tizimlаr.  Majoritаr  tizimdа  nоmzоd  yoki  nоmzоdlаr  ro‗yхаti  qоnundа 
bеlgilаngаnidеk,  eng  ko‗p  оvоz  оlgаndаginа  u  yoki  bu  sаylаnаdigаn 
vаkillik  оrgаnigа  sаylаngаn,  dеb  hisоblаnishi  bilаn  tаvsiflаnаdi. 
Saylovning  bu  turida  50%+1  qoidasiga  amal  qilinadi.  Ya‘ni  saylovda 
ishtirok  etgan  jami  saylovchilarning  50  foizidan  bitta  ko‘p  ovoz  olgan 
nomzod saylangan hisoblanadi. Barcha nomzodlar 50 foiz ovoz ololmagan 
taqdirda saylovlarning ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi. Bu bosqichda birinchi 
bosqichda eng ko‘p ovoz olgan dastlabki ikki nomzod ishtirok etadi. Ovoz 
berish  natijalariga  ko‘ra  bitta  ovoz  bo‘lsa  ham  ko‘p  olgan  nomzod 
saylangan  hisoblanadi.  Ikkinchi  bosqichda  50%+1  qoidasiga  amal 
qilmaydi.      
Sаylоvning  prоpоrtsiоnаl  tizimidа  bеrilgаn  оvоzlаrning  miqdоridаn 
kеlib chiqib, bаrchа mаndаtlаrning аnа shu bеrilgаn оvоzlаr o‗rtаsidа аniq 
prоpоrtsiоnаl  tаqsimlаnishi  ro‗y  bеrаdi.  Mаsаlаn,  G‗аrbiy  Yevropa, 
Yapоniya,  Lоtin  Аmеrikаsi  mаmlаkаtlаridа  sаylоvlаr  ko‗pinchа 
prоpоrtsiоnаl tizimdа o‗tkаzilаdi. 
                                                           
1
 Insоn huquqlаrining umumiy dеklаrаtsiyasi. –T.: ―O‗zbеkistоn‖, 1998. 30 - b. 

70 
 
Prоpоrtsiоnаl tizim ikki хil ko‗rinishgа egа: birinchisi – umumdаvlаt 
dаrаjаsidаgi  prоpоrtsiоnаl  sаylоvlаr  tizimi  (sаylоvchilаr  butun  mаmlаkаt 
dоirаsidа  siyosiy  pаrtiyalаr  uchun  оvоz  bеrаdilаr,  undа  sаylоv  оkruglаri 
bеlgilаnmаydi),  ikkinchisi  –  ko‗p  mаndаtli  оkruglаrgа  аsоslаngаn 
prоpоrtsiоnаl  sаylоv  tizimi  (dеputаtlik  mаndаtlаri  pаrtiyalаrning  sаylоv 
оkruglаrigа nisbаtаn tа‘siri аsоsidа tаqsimlаnаdi). 
Majoritаr  vа  prоpоrtsiоnаl  tizimlаr  o‗zlаrining  yutuq  vа 
kаmchiliklаrigа  egаdir.  Majoritаr  tizimning  ijоbiy  tоmоni  shundаki,  undа 
sаmаrаli  fаоliyat  yurituvchi  vа  bаrqаrоr  hukumаtni  shаkllаntirish 
imkоniyati  bоrligi  bilаn  izоhlаsh  mumkin.  U  kаttа  vа  yaхshi 
tаkоmillаshtirilgаn  siyosiy  pаrtiyalаrgа  sаylоvlаrni  muvaffаqiyatli 
o‗tkаzish imkоniyatlаrini bеrаdi. 
Majoritаr  tizimning  sаlbiy  tоmоni:  mаmlаkаt  sаylоvchilаrining 
ko‗pchilik  qismi  (bа‘zаn  50  fоizgа  yaqin)  hоkimiyat  оrgаnlаridа  o‗z 
vаkillаrigа egа bo‗lmаy qоlаdilаr. 
Prоpоrtsiоnаl  tizimning  ustun  tоmоnlаri  to‗g‗risidа  quyidаgilаrni 
kеltirish  mumkin:  uning  yordаmidа  jаmiyat  siyosiy  kuchlаrni 
jоylаshishining  rеаl  vа  аniq  mаnzаrаlаrini  ko‗rish  mumkin.  U  fikrlаr 
хilmа-хilligi  vа  ko‗ppаrtiyaviylikni  rivоjlаnishi,  dаvlаt  bilаn  fuqаrоlаr 
o‗rtаsidаgi uzviy аlоqаdоrlikni tа‘minlаb bеrаdi. 
Prоpоrtsiоnаl  tizimning  аsоsiy  kаmchiliklаri  esа  quyidаgilаrdir: 
hukumatni  shаkllаntirishdа  murаkkаbliklаr  yuzаgа  kеlаdi  (sаbаbi:  birоn-
bir  ustunlik  qilаdigаn  pаrtiyaning  yo‗qligi,  hаr  хil  mаqsаd  vа 
muddаоlаrdаgi  pаrtiyalаrning  ko‗ppаrtiyaviylik  аsоsdаgi  kоаlitsiyasini 
bеqаrоrligini kеltirib chiqаrаdi). 
2.  Ma‘lumki,  XX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  fuqaroning 
saylov huquqlari va erkinliklari mavzusi nufuzli xalqaro tashkilotlar jiddiy 
shug‗ullanadigan  masalaga  aylandi.  Hozirgi  paytda  dunyoda  insonning 
saylov  huquqlari  va  erkinliklarini  ta‘minlash,  erkin  demokratik  adolatli 
saylovlarni  tashkil  etish  va  o‗tkazish  sohasiga  doir  20  dan  ziyod  xalqaro 
normativ-huquqiy hujjatlar mavjud
1

Saylov  huquqi  sohasiga  taalluqli  prinsiplar  va  andozalar  Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining bir qancha xalqaro universal hujjatlarida, xususan, 
Inson  huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasining  21-moddasida,  Fuqarolik 
va  siyosiy  huquqlar  to‗g‗risidagi  Xalqaro  paktning  (1966  yil)  25-
moddasida,  Irqiy  kamsitishning  barcha  shakllarini  tugatish  to‗g‗risida 
xalqaro  konvensiyaning  5-moddasida,  Irqiy  kamsitishning  barcha 
shakllarini  tugatish  to‗g‗risida  BMT  deklaratsiyasining  (1963  yil)  6-
                                                           
1
 Саидов А.Х. Международное право и избирательное законодательство – Т.: ТГЮИ, 2004. – С. 19-33. 

71 
 
moddasida mustahkamlab qo‗yilgan
1

Davlat  hokimiyati  vakillik  organiga  saylov  masalalariga  o‗zida  145 
davlat 
parlamentlarini 
birlashtirgan, 
shu 
jumladan, 
O‗zbekiston 
Respublikasi ham a‘zo hisoblanuvchi Parlamentlararo ittifoq ayniqsa katta 
e‘tibor  qaratadi.  1994  yili  Parlamentlararo  ittifoq  Kengashi  «Erkin  va 
adolatli saylov prinsiplari to‗g‗risidagi deklaratsiya»ni qabul qildi
2
. Ushbu 
Deklaratsiya  barcha  mamlakatlar  hukumatlari  va  parlamentlarini  mazkur 
hujjatda  belgilangan  saylov  huquqi  sohasiga  doir  xalqaro  prinsiplar  va 
normalarga amal qilishga da‘vat etadi. 
Mintaqaviy  xalqaro  tashkilotlar  ham  o‗zlarining  Inson  huquqlari  va 
asosiy  erkinliklarini  himoyalash  to‗g‗risidagi  Yevropa      konvensiyasi 
(1950 yil), Inson huquqlari to‗g‗risidagi Amerika konvensiyasi (1969 yil), 
Inson  va  xalqlar  huquqlarining  Afrika  xartiyasi  (1986  yil)  kabi  xalqaro-
huquqiy  hujjatlari  timsolida  xalqaro  saylov  andozalariga  jiddiy  ahamiyat 
qaratadi.  Xususan,  Yevropada  xavfsizlik  va  hamkorlik  tashkilotining 
(EXHT)  demokratik  saylovlar  sohasidagi  asosiy  andozalari  Insoniylik 
mezonlari  bo‗yicha  Kopengagen  hujjatida  (1990)  o‗z  aksini  topgan. 
EXHTning saylov prinsiplarini quyidagi yettita so„z – universallik, tenglik, 
erkinlik,  adolatlilik,  yashrinlilik,  ochiqlik  va  hisobdorlik  -  misolida  to‗la 
ifodalash  mumkin.  Bu  -  har  bir  ovoz  e‘tiborga  olinishi  va  fuqaro  davlat 
hokimiyati  vakillik  organlarini  shakllantirishga  ko‗maklashishi  mumkin 
ekanligining o‗ziga xos dalolatidir. 
Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  tomonidan  qabul  qilingan  yana  bir 
hujjat,  ya‘ni  ―Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar  to‗g‗risida‖gi  xalqaro 
Paktning  25-moddasiga  muvofiq  har  bir  fuqaro  kamsitishlarsiz  hamda 
asossiz  cheklovlarsiz  bevosita  va  erkin  saylangan  vakillar  orqali  davlat 
ishlarini boshqarishda qatnashish; umumiy va teng saylov huquqi asosida, 
yashirin  ovoz  berish  orqali  o‗tkaziladigan  va  saylovchilarning  erkin 
holdagi  xohish-irodasini  ta‘minlovchi  chinakam  davriy  saylovlarda  ovoz 
berish va saylanish; o‗z mamlakatida umumiy shartlarda davlat xizmatiga 
kirishda teng huquqqa ega bo‗lishi joizligi ta‘kidlangan. 
Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  ―Irqiy  kamsitishning  barcha 
shakllariga  barham  berish  haqida‖gi  hamda  ―Ayollarga  nisbatan 
kamsitishlarning  har  qanday  shakllariga  barham  berish  haqida‖gi  xalqaro 
konvensiyalarga ko‗ra,  ayollar hech  qanday kamsitishlarsiz erkaklar bilan 
teng  saylov  huquqiga  egadirlar.  Irqiy  yoki  milliy  mansubligi,  terisining 
                                                           
1
  Инсон  ҳуқуқлари  бўйича  халқаро  шартномалар/Масъул  муҳаррир  А.Х.  Саидов.  –  Т.:  «Адолат»,  2004.  –Б. 
34;45;86-87. 
2
  Декларация  о  принципах  свободных  и  справедливых  выборов//В  кн.:  Саидов  А.Х.  Межпарламентские 
организации мира: Справочник, - М.: Международные отношения, 2004. – С. 295-300. 

72 
 
rangi, etnik kelib chiqishiga qarab fuqarolarining saylov huquqini biron-bir 
tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash ta‘qiqlanishi belgilab qo‗yilgan. 
Parlamentlararo Ittifoq Kengashi tomonidan qabul qilingan ―Erkin va 
adolatli  saylovlar  mezonlari  to‗g‗risida‖gi  Deklaratsiyaning  1-moddasida 
har  qanday  davlatda  hokimiyat  xalqning  umumiy,  teng  va  yashirin  ovoz 
berish asosida muntazam vaqt oralig‗ida o‗tkazib turiladigan haqiqiy, erkin 
va  adolatli  saylovlarda  bildiradigan  xohish-irodasidan  kelib  chiqadi,  deb 
belgilangan. 
2002  yil  7  oktyabrda  Kishinyov  shahrida  qabul  qilingan  ―Mustaqil 
Davlatlar  Hamdo‗stligida  ishtirok  etuvchi  davlatlarda  demokratik 
saylovlar,  saylov  huquqlari  va  erkinliklari  standartlari  to‗g‗risidagi 
Konvensiyasi‖da  demokratik  saylovlar  xalq  hokimiyati  va  irodasining 
bevosita oliy ifodasining biri, saylanadigan davlat hokimiyati va  mahalliy 
o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlari  xalq  (milliy)  vakilligining,  saylanadigan 
mansabdor  shaxslarning  asosi  hisoblanadi.  Saylovlarni  xalqaro  kuzatish, 
saylov  jarayoni  ishtirokchilarining  saylov  huquqlari  va  erkinliklarini 
amalga  oshirish  kafolatlari  demokratik  saylovlarning  standartlari 
hisoblanishi e‘tirof etiladi. 
2002  yil  7  oktyabrda  qabul  qilingan  Mustaqil  Davlatlar 
Hamdo‗stligiga  a‘zo  davlatlarning  «Demokratik  saylovlar,  saylov  huquq 
va  erkinliklari  standartlari  to‗g‗risida»gi  Konvensiyaning  1-moddasi  2-
bandida,  saylovchilarning  erkin  xohish-iroda  bildirishini  ta‘minlovchi, 
umumiy,  teng  saylov  huquqi  bilan  yashirin  ovoz  berish  asosidagi 
saylovlarning  muntazamligi,  majburiyligi,  odilonaligi,  chinakamligi  va 
erkinligi tamoyillarini ta‘minlash belgilab qo‗yilgan. 
 
Hоzirgi  dаvr dеmоkrаtik  sаylоvlаr tаmоyillаridаn biri  –  tеng sаylоv 
huquqi  hisоblаnаdi.  Uning  аmаldаgi  ifоdаsi  shundаn  ibоrаtki,  qоnun 
chiqаruvchi оrgаndаgi hаr bir dеputаt dеyarli tеng miqdоrdаgi fuqаrоlаr 
vаkili  hisоblаnаdi,  shuningdеk,  hаr  bir  sаylоvchi  umumiy  sаylоv 
qаrоrlаrigа bir xildа tа‟sir etish dаrаjаlаrigа egа bo„lаdi. 
Dеmоkrаtik sаylоvlаrning yanа bir mеzоni – sаylоvlаrni to„g„ridаn- 
to„g„ri o„tkаzish qоidаsi hisоblаnаdi. Pаrlаmеnt dеmоkrаtiyasi rivоjlаngаn 
mаmlаkаtlаrning  ko‗pchiligidа  sаylоvchilаr  to‗g‗ridаn-to‗g‗ri  (dеlеgаtlаr 
yoki vаkillаr vоsitаsisiz) prеzidеnt, pаrlаmеnt vа bоshqа siyosiy hоkimiyat 
оrgаnlаrini sаylаydilаr. 
Dеmоkrаtik sаylоvlаrning yanа bir muhim qоidаsi musоbаqаdоshlik 
yoki  o„zаrо  rаqоbаtbоshlik  hisоblаnаdi.  Ya‘ni  u  sаylоvlаrdа  turli  хil 
ijtimоiy  guruhlаr  yoki  qаtlаmlаr  mаnfааtlаrini  ifоdаlоvchi  turli  pаrtiyalаr 

73 
 
vа nоmzоdlаrni ishtirоki аsоsidаgi rаqоbаtdоshlik dеmоkrаtik rivоjlаngаn 
mаmlаkаtlаr uchun хоs. 
Bаrchа  dеmоkrаtik  mаmlаkаtlаr  tоmоnidаn  tаn  оlingаn  qоidаlаrdаn 
yanа  biri,  bu  –  yashirin  оvоz  bеrish  usulidir.  Sаylоvlаrdа  yashirin  оvоz 
bеrish  nаtijаsidа  sаylоvchilаrgа  tаshqаridаn  tаzyiq  yoki  tа‘sir 
o‗tkаzishning оldi оlinаdi, hаr bir sаylоvchining erkin bo‗lishi, o‗z хохish-
ihtiyorini аmаlgа оshirish uchun imkоniyatlаr yarаtilаdi. 
Sаylоvlаr  o‗tkаzishdаgi  yanа  bir  dеmоkrаtik  qоidа  –  sаylоvlаr 
ustidаn  хаlq  nаzоrаtini  o‗rnаtishdir.  Qоlаvеrsа  sаylоvlаr  mаrоsimlаridа 
milliy  vа  хоrijiy  kuzаtuvchilаrning  ishtirоk  etishi  sаylоv  o‗tkаzilаyotgаn 
dаvlаtning оbro‗-e‘tibоrini оshirаdi. 
Dеmоkrаtik  mаmlаkаtlаrdаgi sаylоvlаr  o‗tkаzish qоidаlаridаn biri  – 
sаylоvchilаrning  ishtirоk  etishini  iхtiyoriyligi  hisоblаnаdi.  Bu  qоidаning 
mоhiyati  shundаki,  hеch  kim  fuqаrоning  sаylоvdа  erkin  o‗z  хохishini 
bildirishgа  yoki  sаylоvdа  ishtirоk  etish  vа  etmаsligigа  tа‘sir  o‗tkаzа 
оlmаydi. 
Dеmоkrаtik  sаylоvlаrning  yanа  bir  qоidаsi  –  nоmzоdlаrning 
sаylоvоldi  kurаshi  uchun  tеng  imkоniyatlаr  yarаtishdir.  Bu  qоidа 
nоmzоdlаrgа turli mоddiy yoki siyosiy imkоniyatlаr ulаrninng bа‘zilаrigа 
ustunliklаr  vа  imtiyozlаr  pаydо  bo‗lishini  оldini  оlib,  bаrchа  nоmzоdlаr 
uchun tеng imkоniyatlаr yarаtаdi. 
Saylov  xalq  hokimiyatchiligining  timsoli  bo‗lib,  eng  avvalo  o‗zida 
jamiyat a‘zolarining, qolaversa saylovchi – fuqaro manfaatini ifoda etadi. 
Kuchli  davlatdan  –  kuchli  fuqarolik  jamiyati  sari  amalga  oshirilayotgan 
islohotlarda  saylovlarning  o‗rni  beqiyosdir.  O‗zbekiston  mustaqil 
taraqqiyot  yo‗lining  hozirgi  bosqichida  davlat  hokimiyatining  vakillik 
organlarini  erkin,  qonuniy  va  adolatli  saylovlar  asosida  shakllantirilishi 
demokratik jarayonlar va yangilanishlarning ijtimoiy hayotda oliy qadriyat 
sifatida ifoda etilayotganligining yorqin namunasidir
1
.  
Erkin  saylovlarni  o‗tkazish  jarayonida  qonuniylik,  tenglik  kabi  bir 
qator  umumiy  huquqiy  tamoyillarga  og‗ishmasdan  amal  qilinishi  ularni 
muvaffaqiyatli  amalga  oshirishga  va  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirishga 
xizmat  qiladi.  Birinchi  Prezidentimiz  I.A.Karimovning  e‘tiroficha, 
«demokratiya  va  saylov  tushunchalari  doimo  yonma-yon  yuradi,  ular 
o‗zaro  birlashib ketgan. Saylov  –  demokratiya degani. Demokratiya  –  bu 
saylov  degani».  Darhaqiqat,  saylovsiz  demokratiyani,  demokratiyasiz 
                                                           
1
 Парламент сайлови: миллий қонунчилик  ва хорижий  тажриба: илмий-амалий  қўлланма // М.Абдусаломов ва 
бошқалар; Масъул муҳаррир проф. Ш.Х.Файзиев; –Тошкент: Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузиридаги 
Амалдаги қонун ҳужжатлари мониторинги институти нашриѐти, 2009. 26-бет. 

74 
 
saylovni  tasavvur  qilish  qiyin.  Demokratiya  saylov  asosida,  erkin  fikr 
mushtarakligida, siyosiy plyuralizm mavjudligida namoyon bo‗ladi.  
Demokratiyaning  ushbu  eng  muhim  tamoyilini  hayotga  tatbiq  etish, 
fuqarolarning  saylov  huquqini,  o‗z  xohish-irodasini  erkin  ifodalash,  o‗z 
qonuniy  manfaatlarini  ro‗yobga  chiqarish  va  himoya  qilish  huquqini 
ta‘minlash  uchun  haqiqiy  shart-sharoit,  huquqiy  asos  yaratib  berilishi 
lozim.  O‗zbekistonda  bularning  barchasi  yaratilgan.  O‗zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasining  32,  77,  90,  105,  117  –  moddalarida 
saylov masalalari aks etgan.  
Mustaqillik  yillarida  saylov  jarayoni  bilan  bog‗liq  ―O‗zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to‗g‗risida‖gi,  ―O‗zbekiston  Respublikasi 
Oliy  Majlisiga  saylov  to‗g‗risida‖gi,  ―Fuqarolar  saylov  huquqlarining 
kafolatlari  to‗g‗risida‖gi,  ―Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar 
Kengashlariga  saylov  to‗g‗risida‖gi,  ―O‗zbekiston  Respublikasining 
Markaziy  saylov  komissiyasi  to‗g‗risida‖gi  O‗zbekiston  Respublikasi 
qonunlarida  saylovlarga  doir  umume‘tirof  etilgan  demokratik  xalqaro 
tamoyil va qoidalar mustahkamlab qo‗yilgan edi.  
2019  yil  saylov  qonunchiligi  sohasida  katta  o‗zgarishlar  amalga 
oshirildi.  Yuqoridagi  va  saylov  qonunchiligiga  oid  ko‗plab  boshqa 
hujjatlarga 
o‗zgartirishlar  kiritildi.  Yangi  hujjat  -  O‗zbekiston 
Respublikasining  2019  yil  25  –  iyundagi  O‗RQ-544-сон  Qonuni  bilan 
tasdiqlangan  Saylov  kodeksi  qabul  qilindi.  Mazkur  kodeks  Prezident,
 
Qonunchilik  palatasi  deputatlari,  Senat  a‘zolari,   mahalliy  kengashlar 
deputatlari  saylovlariga  tayyorgarlik  ko‗rish  va  ularni  o‗tkazish  tartibini 
belgilaydi.  Shu  paytgacha  mamlakatimizda  saylov  to‗g‗risida  ko‗plab 
hujjatlar  amal  qilib  kelmoqda  edi.  Biroq  turli  darajadagi  20  dan  ortiq 
qonun  hujjatlarini  amalda  qo‗llashda  murakkabliklar  yuzaga  kelishi 
holatlari  mavjud  edi.  Masalan,  ushbu  qonun  hujjatlarida  deyarli  bir  xil 
narsalar  yozilgan.  Ammo  o‗zgartirish  va  qo‗shimchalar  kiritish  kerak 
bo‗lsa, har biriga kiritib chiqish lozim bo‗lardi. Bu esa ko‗p vaqt va boshqa 
resurslarni talab qiladi.  
«O‗zbekiston  Respublikasining  Saylov  kodeksini  tasdiqlash 
to‗g‗risida»gi 
Qonun 
va 

bilan 
tasdiqlangan 
Kodeks 
orqali 
mamlakatimizda amalda bo‗lgan saylov to‗g‗risidagi 26 ta qonun hujjatlari 
qamrab  olindi.  Ya‘ni  shuncha  hujjat  bekor  qilinib,  o‗rniga  ushbu  yagona 
kodeks  amalga  kiritildi.  Jumladan,  kodeksda  quyidagi  o‗zgarishlarni 
ko‗rish  mumkin:  saylov  jarayonidan  oldin  saylovchilarning  elektron 
ro‗yxati  shakllantiriladi.  Markaziy  saylov  komissiyasi  mutaxassislari 
saylovchilarning  yagona  elektron  ro‗yxatini  yaratish  ustida  ish  olib 

75 
 
bordilar.  Uyma-uy  yurib,  saylovchilar  ro‗yxatga  olindi,  har  bir  saylovchi 
turar joy kadastr raqamiga biriktirildi. Bundan maqsad «bir saylovchi – bir 
ovoz‖ prinsipini to‗liq va bexato amalga oshirishdan iborat. Masalan, biror 
saylovchi yashash joyi o‗zgarsa, doimiy ro‗yxatdan vaqtinchalik ro‗yxatga 
o‗tsa, bu saylovchilarning yagona elektron ro‗yxatida o‗z aksini topadi. Bu 
saylovchining  faqat  bir  joyda  bir  marta  ovoz  berishini  ta‘minlaydi.  Shu 
bilan  birga  ushbu  elektron  tizim  orqali  saylovchilarga  ham  qator 
qulayliklar  yaratildi.  Masalan,  saylovchi  Markaziy  saylov  komissiyasi 
saytiga  kirib  pasport  raqamini  kiritish  orqali  o‗zining  qaysi  saylov 
uchastkasiga  mansub ekanligini va saylov uchastkasi joylashgan  manzilni 
aniqlashi mumkin.  
Kodeksda  uchastka  saylov  komissiyalari  joylashgan  binolarning 
jihozlanishiga  oid  talablar  o‗z  aksini  topgan.  Xususan,  saylov 
komissiyalari  joylashgan  binolarda  saylov  uchastkasining  xaritasi,  zarur 
mebel,  ofis  texnika  vositalari  (telefon,  printer,  Internetga  ulangan  va 
jarayonni  boshqarish  axborot  tizimiga  kirish  imkoniyatiga  ega 
kompyuterlar, seyf, kanselyariya tovarlari) bo‗lishi kerak.  
Saylov  kodeksidagi  yana  bir  o‗zgarish  asosida  saylov  okruglari 
ko‗paytirildi.  Saylov  kodeksi  bilan  saylov  okruglari  va  uchastkalarini 
tuzish,  saylov  komissiyalari  faoliyatini  tashkil  etish  tartibib  belgilandi. 
Unga muvofiq, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini  o‗tkazish uchun 
150  ta  hududiy  saylov  okrugi  tuziladi.  Ilgari  135  ta  okrug  tuzilgan  va  15 
nafar  deputat  O‗zbekiston  ekologik  harakatidan  saylangan.  Endilikda 
O‗zbekiston  ekologik  partiyasi  tashkil  etilganligi  bois,  mazkur  partiya 
deputatlikka  o‗z  nomzodlarini  umumiy  saylovlarga  qo‗ygan  holda 
Qonunchilik  palatasidan  o‗rin  egallashi  mumkin.  Shu  sababli  ushbu  15 
o‗rin  ham  okruglarga  berildi.  Bu,  birinchidan,  har  bir  deputatning  teng 
sharoitlarda  saylovlarda  ishtirok  etish  va  g‗alaba  qozonishi  uchun  imkon 
yaratadi.  Qolaversa,  saylovlarda  hech  bir  partiya  yoki  harakat  uchun 
alohida  sharoit  yaratilmasligiga,  saylovlarning  sof  demokratik  ruhda 
o‗tishiga yo‗l ochib beradi. Yana bir o‗zgarish ovoz berish vaqti o‗zgardi. 
Ilgari  saylovlar  soat  06:00  dan  soat  20:00  gacha  o‗tkazilgan.  Endilikda 
ovoz  berish  soat  08.00  da  boshlanadi  va  20.00  da  nihoyasiga  yetadi. 
Saylovlar asosan yil oxirida, qish faslida bo‗lib o‗tishi e‘tiborga olinsa, bu 
oqilona yechim bo‗lganini ta‘kidlash mumkin.  
3.Umumxalq  saylovlari  orqali  davlat  hokimiyati  vakillik  organlarini 
shakllantirish  demokratik  huquqiy  davlatning  eng  muhim  belgisidir. 
Demokratik  davlatlarda  saylovlar  muhim  ahamiyatga  ega  ekanligi 
shundaki,  ular  mamlakat  parlamenti  qanday  siyosiy  kuchlardan  tashkil 

76 
 
topishini  aniqlab  beradi.  Saylovlar  mamlakat  aholisining  kayfiyati  va 
kimni  afzal  bilishini  namoyon  etuvchi  ko‗rsatkich  sifatida  ham  katta 
ahamiyat kasb etadi. 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
fuqarolarining 
saylov 
huquqi 
Konstitutsiyaning  32-moddasida  alohida  mustahkamlangan.  Unga  ko‗ra, 
―O‗zbekiston  Respublikasining  fuqarolari  jamiyat  va  davlat  ishlarini 
boshqarishda  bevosita  hamda  o‗z  vakillari  orqali  ishtirok  etish  huquqiga 
egadirlar.  Bunday  ishtirok  etish  o‗zini-o‗zi  boshqarish,  referendumlar 
o‗tkazish va davlat organlarini  demokratik  tarzda  tashkil etish yo‗li bilan 
amalga oshiriladi‖. Saylov huquqiga oid yana bir – 60-moddasida ―Siyosiy 
partiyalar  turli  tabaqa  va  guruhlarning  siyosiy  irodasini  ifodalaydilar  va 
o‗zlarining  demokratik  yo‗l  bilan  saylab  qo‗yilgan  vakillari  orqali  davlat 
hokimiyatini  tuzishda  ishtirok  etadilar‖,  deb  belgilangan.  Shuningdek, 
Konstitutsiyaning  77-moddasida  O‗zbekistonda  saylovlar  ko‗ppartiyalik 
asosida o‗tishi ko‗zda tutilgan
1
.  
Har  qanday  davlatning  demokratik  davlat,  deb  e‘lon  qilishning  o‗zi 
kifoya emas, muhimi, uning tashkil etilishi va faoliyatini tegishli huquqiy 
institutlar,  huquqiy  kafolatlar  bilan  ta‘minlashdan  iboratdir.  Bunday, 
konstitutsiyaviy-huquqiy  institutlarning  negizini  saylov  huquqi  instituti 
tashkil etadi.  
Saylovlar  demokratiyani  amalga  oshirishning  bevosita  shakli  bo‗lib, 
fuqarolarni  uyushgan  holda  o‗zlari  yashab  turgan  davlat  va  jamiyatni 
boshqarish  jarayonlariga  safarbar  etadi.  Haqiqatdan  ham  ―xalq 
hokimiyatining  bevosita  oliy  ifodasini  erkin  saylovlar  tashkil  etadi‖
2

Bunda fuqarolar har qanday jarayonning ishtirokchisi bo‗lganidek, saylov 
jarayonida  ishtirok  etib  o‗ziga  siyosiy  tajriba  orttiradilar.  Ular, 
avvalambor,  o„zlarining  siyosiy  ongini  charxlab,  siyosiy-huquqiy 
madaniyatini oshiradi va bu jarayonda ishtirok etishning tashkiliy-huquqiy 
jihatlarini takomillashtirib boradilar. Shuningdek, fuqarolar uyushqoqlik, 
hamjihatlik  bilan,  o‗z  harakatlarini  kelishuv  asosida  namoyon  qilishlarida 
siyosiy tajriba va ko‗nikmalarini orttirib boradilar. 
O‗zbekistonda  bevosita  saylovlar  yo‗li  bilan  davlat  boshlig‗i  – 
O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Oliy  Majlisning  bitta  palatasi  – 
Qonunchilik palatasi va saylanadilar. Saylanish yo‗li bilan mahalliy davlat 
hokimiyati vakillik organlari ham shakllantiriladi. Shu tariqa saylanadigan 
davlat  hokimiyati  vakillik  organlari  vakolatiga  davlat  va  jamiyat 
                                                           
1
 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Тошкент: ―Ўзбекистон‖, 2012. – 40 Б. 
2
 Қаранг: Баглай М.В. Конституционное право Российской Федерации. – М.: ИНФРА, 2000. – С. 107. 

77 
 
hayotidagi  eng  muhim  masalalarni  hal  etish  kiritilgan.  Bu  barcha 
darajadagi saylovlarning o‗ta muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‗rsatadi.  
Saylovlar, referendum kabi, xalq irodasini to‗g‗ridan-to‗g‗ri namoyon 
etilishining  qonunlashtirilgan  shaklidir.  Saylovlar  orqali  fuqarolar  davlat 
hokimiyati organlarining shakllanishida ishtirok etadilar va bu bilan davlat 
boshqaruvidagi o‗zining konstitutsiyaviy huquqini amalga oshiradilar. 
Fuqarolik  jamiyati  bilan  saylovlarning  aloqadorligi  asosan  shu  bilan 
belgilanadiki,  fuqarolik  jamiyati  fuqarolarning  fikrlari  va  manfaatlarining 
xilma-xilligiga  asoslangan  holda  tashkil  etiladi.  Davlat  organlari 
fuqarolarning ishtiroki bilan adolatli saylovlar asosida tashkil etilmaydigan 
bo‗lsa, 
fuqarolarning 
ixtiyoriy 
ravishda 
qonunga 
itoat 
etishini 
ta‘minlashga,  o‗tkir  ijtimoiy  qarama-qarshiliklardan  qochib-qutulishga 
imkoniyat  bo‗lmaydi.  Demokratik  saylovlar  –  hokimiyat  masalasining 
kuch  bilan  hal  etilishini  tamoman  inkor  etadi.  Bu  borada  Birinchi 
Prezidentimiz  I.Karimov:  ―Demokratiya  sharoitlarida  esa  davlat  ijtimoiy 
qarama-qarshiliklarni  zo‗rlik  va  bostirish  yo‗li  bilan  emas,  balki  ijtimoiy 
kelishuv, xalq ta‘biri bilan aytganda, murosayu-madora bilan bartaraf etish 
vositasiga aylanadi‖
1
 deb ta‘kidlagan edi. 
Saylovlar  bevosita  jamiyatning  siyosiy  tizimini  aks  ettiradi  va  o‗z 
tomonidan  unga  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Ularning  tashkil  etilishi  va  ovoz 
berishning yakunlarini aniqlash tartibiga tegishli barcha jarayonlar siyosiy 
partiyalar  bilan  yaqindan  bog‗liqdir.  Aynan  saylov  paytida  partiyalar 
o‗zining  asosiy  va  ustuvor  fikr-qarashlarini,  hayotni  qanday  yaxshilash, 
islohotlarni  qanday  amalga  oshirish,  O‗zbekiston  deb  atalmish  mustaqil 
davlatning ertangi hayotini qanday barpo etish borasidagi g‗oyalarini ilgari 
suradi.  Saylovlar  fuqarolarga  hokimiyat  uchun  kurashayotgan  siyosiy 
partiyalarning 
dasturlarini 
haqiqiy 
mazmun-mohiyatini 
anglashga 
imkoniyat  beradi.  Faqatgina  saylovlar  orqali  xalqning  ko‗pchiligining 
irodasi aniqlanadi, uning asosida esa demokratik hokimiyat yaratiladi.  
O‗zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyati 
asoslarini  shakllantirishda  saylovlarning  mustahkam  o‗rnini  belgilash 
maqsadida  Konstitutsiyaga  alohida  ―Saylov  tizimi‖  deb  nomlanuvchi 
XXIII  bobni  kiritilishi,  bir  tomondan  saylov  tizimining  asosiy 
prinsiplarining konstitutsiyaviy  mustahkamlanishi saylov huquqi bo‗yicha 
umumiy  tan  olingan  xalqaro  andozalarga  rioya  qilinishini  kafolatlasa, 
ikkinchi 
tomondan, 
mazkur 
konstitutsiyaviy 
qoidalar 
saylov 
qonunchiligini  yaratishda  poydevor  vazifasini  o‗tadi.  Milliy  saylov 
qonunchiligi 
va 
amaliyoti 
O‗zbekistonda  amalga  oshirilayotgan 
                                                           
1
 Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. Т.3. – Тошкент: Ўзбекистон, 1996. – Б. 20. 

78 
 
demokratik  islohotlarning  uzviy  tarkibiy  qismi  bo‗lib,  ma‘muriy-
buyruqbozlikka  asoslangan  totalitar  tuzumdan  demokratik  huquqiy  davlat 
va adolatli fuqarolik jamiyati qurish sari qo‗yilgan qadamdir. 
Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling