Oвid haydarov


fuqarolar  vositasida,  balki  faol  bo‗lgan  fuqarolar  bilan  barpo  etiladi


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana11.11.2020
Hajmi1.27 Mb.
#143728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati (1)


fuqarolar  vositasida,  balki  faol  bo‗lgan  fuqarolar  bilan  barpo  etiladi. 
Ana  shu  faollikni  keltirib  chiqaruvchi  omillarni  o‗rganish  muhim 
ahamiyatga egadir. Zero ular fuqarolik jamiyatini barpo etishning umumiy 
va xususiy qonuniyatlarini anglash imkonini beradi.  
 
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 
 
1. Fuqaroviylikning mazmun-mohiyati nimalardan iborat?  
2. Fuqaroviylikning asosiy xususiyatlari haqida nimalar deya olasiz? 
3. Fuqaroviy ong nima? 
4. Fuqaroviyongning namoyon bo‗lish omillari  
5. Fuqaroviy faollik va uning fuqarolik jamiyatidagi o‗rni 
 
TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR 
 
1. Шарифхўжаев  М.  Ўзбекистонда  очиқ  фуқаролик  жамиятининг 
шаклланиши. – Т.: Шарқ, 2003 
2. Қирғизбоев  М.  Фуқаролик  жамияти:  генезиси,  шаклланиши  ва 
ривожланиши. – Т.: Ўзбекистон, 2010   
3. Жалилов  A.  ва  бошқалар.  Фуқаролик  жамияти  асослари.  –  Т.: 
Baktria press, 2015.  
4. Фуқаролик жамияти: 2016. Ziyonet.uz.  
5.  O‗tamurodov A. va boshqalar. Fuqarolik jamiyati fanidan tushuncha va 
atamalar lug‗ati. T.: Turon-zamin-ziyo. 2017. 23 b.t.  
 
INTERNET SAYTLARI  
 
1. www.president.uz 
2. www.ziyonet.uz 
3. www.xs.uz 
4. www.nimfogo.uz  
 

52 
 
Mavzu: QONUN USTUVORLIGI – FUQAROLIK 
JAMIYATINING MUHIM OMILI 
 
Reja: 
1."Qonun ustuvorligi" tushunchasi 
2.Hokimiyatlarning bo‗linish tamoyili va konseptual asoslari 
3.Fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg‗usini shakllantirish 
4.Sud-huquq tizimini isloh qilish 
 
Tayanch so‗z va iboralar: 
Konstitutsiya  va  qonunning  ustuvorligi,  huquq  va  erkinliklar,  jinoiy 
jazolarni  liberallashtirish,  huquqiy  ong  va  madaniyat,  huquqiy  davlat, 
hokimiyat  tarmoqlari,  qonun  chqaruvchi  hokimiyat,  ijro  etuvchi  organ, 
qonunga itoatkorlik, odil sudlov, sud-huquq tizimi, sud tarmoqlari 
         
1.Demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish 
–  O‗zbekistonning  pirovard  maqsadidir.  O‗zbekiston  Respublikasining 
Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimov  ta‘kidlab  o‗tganidek:  ―Biz  shunchaki 
demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurmoqchimiz... Adolat 
va  haqiqat  g‗oyasi  ijtimoiy  hayotimizning  barcha  sohalarini  qamrab 
olmog‗i  darkor.  Adolat  va  haqiqat  g‗oyasi  qonunchilik  faoliyatimizning 
zamini, bosh yo‗nalishi bo‗lmog‗i shart‖
1

Darhaqiqat,  adolat  tushunchasi  bilan  qonun  ustuvorligi  tushunchasi 
bir-biri bilan chambarchas bog‗liq bo‗lib, qabul qilinayotgan qonunlarimiz 
zamirida adolat yotishi  lozim.  Adolatga asoslangan qonunlarning hayotga 
tatbiq etilishi adolatning tantana qilishiga olib keladi.  
Demokratik  jamiyatning  eng  muhim  belgilaridan  biri  -  jamiyat 
a‘zolarining  qonun  oldida  tengligining,  Konstitutsiya  va  qonunlarning 
tengligining 
ta‘minlanganligidir. 
Shuningdek, 
Konstitutsiya 
va 
qonunlarning  pirovard  maqsadi  inson,  uning  huquq  va  erkinliklarini 
ta‘minlashdan iborat bo‗lmog‗i lozim.  
Qonun  ustuvorligini  ta‟minlash,  shaxs,  oila,  jamiyat  va  davlatning 
huquq  va  manfaatlari  muhofazasini  kuchaytirish,  aholining  huquqiy 
madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo„ysunish va 
hurmat  ruhida  tarbiyalash  –  bu  rivojlangan  bozor  iqtisodiyotiga 
asoslangan  chinakam  demokratik,  huquqiy  davlat  va  erkin  fuqarolik 
                                                           
1
 Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. 3-жилд. –Т.: Ўзбекистон, 1996. 10-б.  

53 
 
jamiyati  qurishning  nafaqat  maqsadi,  balki  uning  vositasi,  eng  muhim 
sharti hisoblanadi
1
.  
Qonun 
ustuvorligining 
mohiyati 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining  III  bob,  15-  va  16-moddalarida  belgilab  qo‗yilgan. 
Konstitutsiyaning  15-moddasiga  muvofiq,  “O„zbekiston  Respublikasida 
O„zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  va  qonunlarning  ustunligi 
so„zsiz  tan  olinadi.  Davlat,  uning  organlari,  mansabdor  shaxslar,  jamoat 
birlashmalari,  fuqarolar  Konstitutsiya  va  qonunlarga  muvofiq  ish 
ko„radilar” deyilgan.  
―Qonun  ustuvorligi  –  huquqiy  davlatning  asosiy  prinsipidir.  U 
hayotning  barcha  sohalarida  qonunning  qat‘iyan  hukmronligini  nazarda 
tutadi.  Hech  bir  davlat  organi,  hech  bir  xo‗jalik  yurituvchi  va  ijtimoiy 
siyosiy  tashkilot,  hech  bir  mansabdor  shaxs,  hech  bir  kishi  qonunga 
bo‗ysunish  majburiyatidan  xalos  bo‗lishi  mumkin  emas.  Qonun  oldida 
hamma  barobardir.  Qonunning  ustuvorligi  shuni  bildiradiki,  asosiy 
ijtimoiy  eng  avvalo,  iqtisodiy  munosabatlar  faqat  qonun  bilan  tartibga 
solinadi,  uning  barcha  qatnashchilari  esa  hech  bir  istisnosiz  huquq  va 
normalarni  buzganligi  uchun  javobgar  bo‗ladi‖
2
,  -  deb  ta‘kidlagan  edi 
I.Karimov.  
Qonun ustuvorligi – fuqarolik jamiyat barpo etishning asoslaridan biri 
bo‗lib  hisoblanadi.  Shu  bilan  birga,  adolat  mezoni  hisoblanadi.  Chunki, 
qonun ustuvorligi ta‘minlansagina adolat qaror topadi, insonlar millati, tili, 
urf-odati,  an‘anasi,  qadriyatlari,  diniy  e‘tiqodi,  jinsi,  ijtimoiy  ahvoli 
kabilarda  tenglikka  erishadilar.  U  mamlakat  iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy  va 
ma‘naviy hayotida barqarorlik ta‘minlanishining asosi hisoblanadi. Qonun 
oyoq  osti  qilingan  mamlakatda  talon-torojlik,  tengsizlik,  adolatsizlik, 
zo‗ravonlik va boshqa bir qator salbiy holatlar yuzaga keladi. Ana shuning 
uchun  ham  qonun  ustuvorligi  umuminsoniy  qadriyat  darajasiga 
ko‗tarilgan.  Qonun  bilan  yashashni  millat  vakillarining  dunyoqarashiga 
aylanishiga  erishish,  milliy  rivojlanishning  muhim  yo‗nalishini  tashkil 
qiladi.  
Ammo  u  oson  ish  emas.  Chunki,  demokratik  jamiyatga  o‗tish 
jarayonida  iqtisodiy  sohada  vujudga  keladigan  muammolar  oddiy 
insonlardan  tortib,  to  mansabdor  shaxslargacha  qonunni  chetlab  o‗z 
iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy  va  ma‘naviy-ma‘rifiy  ehtiyojlarini  qondirishga 
qaratilgan  harakatlar  qilish  jarayonini  vujudga  keltiradi.  Bu  salbiy 
                                                           
1
 Каримов И.А. Хавфсизлик ва тинчлик учун курашмоқ керак. 10-жилд. –Т.: Ўзбекистон, 2002, 28-б.  
2
 Каримов И.А. Ўзбекистон миллий истиқлол, иқтисод, сиѐсат, мафкура. 1-жилд. –Т.: Ўзбекистон, 1996. 
 -Б.321.  

54 
 
jarayonlarning  oldi  olinmasa  juda  noxush  holatlarni  keltirib  chiqarishi 
mumkin.  
Demokratik jamiyatda qonun ustuvorligi  tamoyilining ahamiyati juda 
muhimdir.  Chunki  Birinchi  Prezidentmiz  I.A.Karimov  aytganlaridek, 
«huquqiy  davlatning  quroli  ham,  ko‗zi  ham,  o‗zi  ham,  qalqoni  ham  - 
qonundir»
1

Demokratik  jamiyatda  qonun  ustuvorligi  avvalambor  demokratiyaga 
xos bo‗lgan xususiyatlarni amalga oshirishni ta‘minlaydi, ya‘ni boshqacha 
qilib  aytganda,  qonun  belgilagan  har  bir  narsa  majburiy  yoki  ta‘qiqlov 
xarakteriga  ega  va  ushbu  qoida  jamiyatda  istiqomat  qiluvchi  barcha 
shaxslarga  taalluqlidir.  Ya‘ni  bu  yerdan  shunday  tushuncha  vujudga 
keladi, barcha qonun oldida barobardir.  
Qonun  ustuvorligining  ahamiyati  haqida  so‗z  yuritar  ekanmiz, 
avvalambor,  xalqning  manfaatlari,  jamiyatdagi  ijtimoiy  munosabatlar, 
davlat  ishini  tashkil  etish  va  shunga  o‗xshash  boshqa masalalarda  muhim 
ahamiyatga ega.  
Qonun  ustuvorligiga  erishish  uchun  avvalambor  ularni  qabul  qilish 
jarayonida  puxta  va  mukammal  qilib,  jamiyatda  kelajakda  uzoq  vaqt  o‗z 
foydasini  bera  oladigan  darajada  ishlab  chiqish  lozim.  Bundan  tashqari 
qonunlarni  qabul  qilish  jarayonida  shuni  e‘tiborga  olish  lozimki,  ya‘ni 
jamiyat, xalq ushbu qonunga ehtiyoj sezayaptimi yoki yo‗qmi. Aynan shu 
masala ham qabul qilinadigan qonunning hayotda qay darajada jamiyatga 
naf keltirishi yo keltirmasligini belgilab beradi.  
Qonun ustuvor bo‗lgan jamiyatda noroziliklar ham bo‗lmaydi, chunki 
barcha  soha  vakillari  qonun  asosida  faoliyat  yuritar  ekan  norozilik  va 
tushunmovchilikning 
o‗zi 
bo‗lmaydi. 
Qonunlarning 
ustuvorligi 
jamiyatdagi  barcha  fuqarolar  uchun  shu  jumladan,  davlat  xizmatida 
ishlovchi  shaxslar  uchun,  shuningdek  jamiyatdagi  barcha  sohalarga 
taalluqli  bo‗lganligi  uning  yanada  mukammal  tus  olishigi  olib  keladi. 
Qonun ustuvorligi haqida so‗z yuritganda uning ustuvorligini ta‘minlovchi 
davlat  organlari  haqida  ham  unutmasligimiz  lozim.  Chunki  qonun  qabul 
qilinishining o‗zi bu uning jamiyatda o‗z-o‗zidan ustuvor xususiyatga ega 
degani  emas,  buning  uchun  davlat  organlarining  bu  borada  xizmatlari  va 
mehnatlari talab etiladi. Qolaversa, qonunlarga itoat qilishda, uning ijrosini 
ta‘minlashga mas‘ul bo‗lgan kishilar har doim oddiy fuqarolarga ―etalon‖ 
bo‗lishlari  lozim  bo‗ladi.  Ular  tomonidan  qonunlarning  buzilishiga 
qaratilgan  har  bir  kichik  hatti-harakat  nafaqat  umumiy  taraqqiyotga, 
                                                           
1
  Х.  Бобоев,  3.  Ғофуров,  3.  Исломов.  "Миллий  истиклол  мафкураси  ва  тараққиѐт".  –Т.:  Янги  аср  авлоди,  2001. 
115-б. 

55 
 
shuningdek fuqarolarning hokimiyatga ishonchining barbod bo‗lishiga olib 
keladi.  Shu  ma‘noda  ham  qonun  ustuvorligini  ta‘minlashda  fuqaroga 
qaraganda  uning  ijrosi  uchun  mas‘ul  bo‗lganlar  ko‗proq  yetakchilik 
qilishlari  talab  etiladi.  Qonunlarning  har  qanday  shaxs,  guruh,  siyosiy 
kuchlar  yoxud  ijtimoiy  tabaqalar  manfaatlaridan  ustun  bo‗lishini  real 
ta‘minlash  orqaligina  demokratiyani  rivojlantirish,  uning  jamiyatda  amal 
qilishiga erishish mumkin bo‗ladi. Uning amal qilishi har ikkala hokimiyat 
va fuqaro manfaatlariga mos keladi.  
Qonun  ustuvorligini  ta‘minlashning  asosiy  omillarini  quyidagicha 
e‘tirof etish mumkin: 
-  qonun  chiqaruvchi  jarayonni  muttasil  demokratlashtirib  borish  – 
insonparvar, adolatli xalqchil qonunlar yaratilishining garovidir; 
-  qonunning  sifatini  mukammallashtirish,  uning  ichki  mexanizmi 
puxta, yuridik texnika nuqtai-nazaridan benuqson bo‗lishiga erishish
-  qonunchilikni  isloh  qilish  va  takomillashtirishda  ―qonunda 
ta‘qiqlanmagan hamma narsaga ruxsat beriladi‖ (fuqarolar uchun). ―Faqat 
qonunda  mustahkamlangan  narsalargagina  ruxsat  beriladi‖  (mansabdor 
shaxslar va davlat idoralari uchun) degan prinsipga qat‘iy amal qilinishiga 
erishish; 
-  qonunchilik  faoliyatining  yaqin  yillar  va  istiqbolga  mo‗ljallangan 
strategiyasini  hamda  qonun  ustuvorligini  ta‘minlash  konsepsiyasini 
yaratish; 
-  qonunlar  amal  qilishining  ijtimoiy  mexanizmiga  e‘tibor  qaratish. 
Bu  sohadagi  ijtimoiy  omillar  (ta‘sir  etuvchi  kuchlar,  vositalar)  ni 
sinchiklab o‗rganish; 
-  aholining huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish.  
Qonun 
ustuvorligini 
ta‘minlash 
demokratik 
jamiyatni 
shakllantirishning  asosiy  vazifasi  bo‗lib  hisoblanadi.  Shuni  alohida 
ta‘kidlash  kerakki,  avvalo  qonunlar  fuqarolarning  bevosita  yoki  bilvosita 
ishtiroki  bilan  ishlab  chiqiladi,  ularning  xohish  va  irodasini  o‗zida  aks 
ettiradi.  Ammo  ko‗pgina  qabul  qilingan  qonunlar  real  hayotga  joriy 
qilinmasdan qog‗ozda qolib ketadi. Bularning sababi: 
Birinchidan,  qonunni  qabul  qilish  davridagi  jamiyat  taraqqiyoti 
darajasi 
bilan 
uni 
amalga 
oshirish 
imkoniyati 
o‗rtasidagi 
nomutanosiblikning mavjudligidir; 
Ikkinchidan,  qonunlarni  yaratishdagi  mahorat  va  salohiyatning 
(professionalizm) yetishmasligidir;  
Uchinchidan,  fuqarolarning  ham  qonunlardan  to‗la  foydalanishga 
salohiyati yetarli darajada bo‗lmasligi. Ammo, nima bo‗lganda ham qabul 

56 
 
qilingan  qonunlarga  amal  qilish  hayotiy  zaruriyat  hisoblanadi.  Chunki,  u 
nafaqat,  huquqlar  tizimi  bilan,  shuningdek  mamlakatning  iqtisodiy, 
ijtimoiy-siyosiy  va  ma‘naviy-ma‘rifiy  hayoti  bilan  bog‗liqdir.  Ularni 
o‗zida  ifodalagan  qonunlarning  ―ishonmasligi‖  yoki  poymol  qilinishi 
mavjud ekan, jamiyat hayotida ijobiy o‗zgarishlar sodir bo‗lmaydi.  
Mamlakat  va  fuqarolar  manfaatlarining  uyg‗un  holatda  amalga 
oshishining asosiy mexanizmi qonunlar oldida oddiy fuqarodan tortib eng 
yuqori  lavozimni  egallab  turgan  amaldorlarga  barobarligi,  ularning 
qonunlarga  so‗zsiz  itoat  qilishi  hisoblanadi.  Bu  tamoyilni  shakllantirish 
O‗zbekistonda  qurilayotgan  demokratik  jamiyatning  asosiy  vazifasi 
sifatida qaralmoqda.  
Qonun  ustuvorligiga  xilof  ish  qilish  va  unga  mensimay  qarash, 
mansabdor  shaxslar  tomonidan  qonunlarning  oyoq  osti  qilinishi,  ulardan 
g‗arazli  maqsadlarda  foydalanish  qonunlarni  obro‗sizlantiradi,  davlat  va 
jamiyatning  ma‘naviy  asoslariga  putur  yetkazadi,  xalqning  noroziligiga, 
haqqoniy  e‘tirozlariga  sabab  bo‗ladi.  Ayniqsa,  fuqarolarning  davlat 
tuzilmalari  bilan  munosabatlari  jarayonida  qonunlarga  rioya  etilishi  yoki 
rioya  etilmasligi  fuqaro  –  davlat  munosabatlarining  butun  bir  tizimdagi 
ijtimoiy adolat qoidalarining holatini belgilab beradi.  
Shu  o‗rinda  mahalliy  hokimiyat  vakillari  to‗g‗risida  alohida  to‗xtalib 
o‗tish  zarur.  Zero,  islohotlarni  amalga  oshirishda,  joylarda  adolat 
qoidalarini  o‗rnatishda  ularning  o‗rni  katta  bo‗lishi  zarur.  Buning  o‗rniga 
mahalliy hokimiyat vakillari, hatto hokimlar tomonidan inson huquqlarini 
buzish holatlari, afsuski sodir etilmoqda.  
Xulosa  qilib  aytganda,  qonun  ustuvorligi  quyidagi  uch  holatda 
o‗zining to‗liq ifodasini topadi: 
Birinchidan, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ huquqiy 
hujjatlar  adolat  prinsipiga,  inson  huquqi  va  manfaatlaridan  kelib  chiqib, 
ijtimoiy jihatdan asoslangan bo‗lishi kerak. 
 Ikkinchidan,  barcha  qonunlar  va  boshqa  normativ  huquqiy  hujjatlar 
talabi  barcha  davlat  organlari,  mansabdor  shaxslar,  nodavlat  tashkilotlari 
va fuqarolar tomonidan qat‘iy bajarilishi shart
1
.  
Uchinchidan,  barcha  normativ-huquqiy  hujjatlar  Konstitutsiya  va 
qonunlarga mos bo‗lishi shart.  
Demak,  demokratik  jamiyatning  muhim  tamoyili  bo‗lgan  qonun 
ustuvorligi  mamlakatimizda  barpo  etilayotgan  fuqarolik  jamiyati 
qurishning asosidir.  
                                                           
1
 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Т.: Ўзбекистон, 2017. – Б. 7. 

57 
 
2.  Huquqiy  demokratiyaga  asoslangan  jamiyatda  qonun  ustuvorligi 
prinsipini  ta‘minlovchi  asosiy  shartlardan  biri  hokimiyatlar  bo‗linishi 
tamoyilining  real  joriy  etilganligidir.  Bu  tamoyilga  ko‗ra  qonun 
chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokimiyati  bo‗g‗inlari  o‗zlarining 
Konstitutsiyada  va  qonunda  belgilangan  vakolatlari  doirasida  faoliyat 
yuritadilar.  Hokimiyatlarning  oqilona  taqsimlanishi  davlat  tuzilmalarining 
samarali  ishlashi,  suiste‘mollarning  bartaraf  etilishi,  inson  huquq  va 
erkinliklari  amalda  ta‘minlanishi,  umuman,  demokratiya  va  qonun 
ustuvorligining muhim garovi hisoblanadi.  
Davlat  hokimiyatining  taqsimlanish  tamoyili,  ya‘ni  davlat 
hokimiyatining  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokimiyatiga 
bo‗linishi demokratik huquqiy  davlatga xosdir.  O‗zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasida  hokimiyatning  taqsimlanishi  Asosiy  qonun  darajasida 
mustahkamlangan. 
Xususan, 
Konstitutsiyaning 
11-moddasida: 
―O‗zbekiston  Respublikasi  davlat  hokimiyatining  tizimi-hokimiyatning 
qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi,  sud  hokimiyatiga  bo‗linishi  tamoyiliga 
asoslanadi‖,  deb  belgilab  qo‗yilgan.  Mazkur  tamoyil  davlat  idoralari 
faoliyatining  samarali  bo‗lishiga  shart-sharoit  yaratadi,  ayni  paytda, 
hokimiyatning suiste‘mol qilinishiga chek qo‗yadi. 
O‗zbekiston  Respublikasining  qonun  chiqaruvchi  oliy  organi  Oliy 
Majlis  deb  ataladi.  Oliy  Majlis  oliy  vakillik  organi  bo‗lib  qonun 
chiqaruvchi  hokimiyatni  amalga  oshiradi.  Mustaqillik  qo‗lga  kiritilgan 
dastlabki  paytlardanoq  O‗zbekistonda  demokratiyani  taraqqiy  toptirish 
uchun hozirgi zamon jahon standartlariga javob bera oladigan samarali va 
ishchan  parlamentni  shakllantirish  zarur  edi.  ―Bosqichma-bosqichlilik‖ 
tamoyiliga  amal  qilgan  islohotchi-davlat  ushbu  jarayonni  quyidagi 
bosqichlarda o‗tkazdi: O‗zSSR Oliy Sovetidan – mustaqil O‗zbekistonning 
Oliy  Sovetiga,  undan  O‗zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  va 
yarimprofessional  bir  palatali  parlamentdan  –  ikki  palatali  professional 
parlamentga.  
Oliy 
Majlisga 
birinchi 
saylovlar 
1994 
yil 
25 
dekabrda 
ko‗ppartiyaviylik  va  muqobillik  asosida  o‗tdi.  250  ta  deputatlik  mandati 
uchun 634 nafar nomzod kurash olib bordi.   
Parlament  faoliyatini  kuchaytirishga,  shu  jumladan,  qonunchilik 
jarayonini  to‗la  professionallashtirishga,  qabul  qilinayotgan  qonun  va 
qarorlarning  sifatini  oshirishga  bo‗lgan  ehtiyoj  –  ikki  palatali  parlament 
tizimiga  o‗tishning  asosiy  sabablaridan  biri  bo‗ldi.  Dastlab  bir  palatali 
parlament  –  Oliy  Majlis  tashkil  etilgan  bo‗lsa,  keyinchalik  davlat 
boshqaruvi  sohasi  modernizatsiyalashuvining  mantiqiy  davomi  o‗laroq 

58 
 
Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senat (oliy palata)dan tarkib topgan 
ikki  palatali  parlament  tashkil  topdi.  Ikki  palatali  parlamentga  birinchi 
saylovlar 2004 yil 26 dekabrda o‗tkazildi. 
Bundan  tashqari,  taqsimlangan  vakilliklarga  ham  ehtiyoj  tug‗ildi, 
ya‘ni  quyi  palatani  partiyalar  va  fuqarolar  tashabbuskor  guruhlaridan 
saylangan  deputatlar  bilan  shakllantirish  (120  nafar),  yuqori  palatani 
joylardagi  hokimiyat  organlari  vakillari  (Qoraqalpog‗iston,  Toshkent 
shahri  va  viloyatlardagi  deputatlarning  mahalliy  kengashlaridan  6 
kishidan)  va  mamlakat  Prezidenti  tayinlaydigan  16  nafar  senator  bilan 
to‗ldiriladigan bo‗ldi (jami 100 nafar senator).  
2008  yilda  saylov  qonunchiligiga  kiritilgan  o‗zgartirishlarga  binoan 
Qonunchilik  palatasi  deputatlari  o‗rinlarining  soni  120  tadan  150  taga 
oshirildi.  Shundan  15  tasi  O‗zbekiston  Ekologik  harakatidan  va  135  tasi 
siyosiy partiyalardan saylanishi belgilab qo‗yildi.      
O‗zbekiston  Respublikasining  ―Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va 
shahar  Kengashlariga  saylov  to‗g‗risida‖gi    Qonuniga  binoan    xalq 
deputatlari Kengashlariga ―saylov kuni yigirma bir yoshga to‗lgan hamda 
kamida besh yil O‗zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan‖
1
 
fuqarolar  saylanish  huquqiga  egadirlar.  Oliy  Majlis  umumdavlat 
ahamiyatiga  ega  oliy    qarorlar  qabul  qiluvchi  organ  bo‗lgani  uchun  ham 
Konstitutsiyada    (77-modda)  uning  har  ikkala  palatasi  –  Qonunchilik 
palatasiga  deputat  va  Senatga  a‘zo  bo‗lib  saylanish  huquqini    25  yoshga 
to‗lgan  fuqarolarga berilishi mustahkamlandi
2

Qonun  ijodkorligi  deputatlar  ishining  bosh  yo‗nalishi  hisoblanadi. 
Birgina  1995-2004  yillarda  Oliy  Majlis  240  ta  qonun,  778  ta  qaror  qabul 
qildi, amaldagi qonun hujjatlariga 1573 ta o‗zgartish va qo‗shimcha kiritdi, 
130 tadan ziyod xalqaro shartnoma va bitimni ratifikatsiya qildi.  
Hukumat bu – davlat boshqaruvining oliy organi bo‗lib, Konstitutsiya 
va  qonunlar  asosida  mamlakatning  ichki  va  tashqi  siyosatini  amalga 
oshiradi.  Hukumat  shu  bilan  birga,  jamoat  tartibi  va  milliy  xavfsizlikni 
ta‘minlaydi,  shuningdek  davlat  boshqaruvining  boshqa  organlari  hamda 
Qurolli kuchlarga umumiy rahbarlik qiladi. 
Turli mamlakatlarda hukumat turli nomlar bilan ataladi.  O‗zbekiston 
Respublikasida  hukumat  ―Vazirlar  Mahkamasi‖  deb  nomlangan  bo‗lib, 
―O‗zbekiston  Respublikaci  Vazirlar  Mahkamasi  to‗g‗risida‖gi  Qonunga 
binoan  u  O‗zbekiston  Respublikasida  iqtisodiyotning,  ijtimoiy  va 
                                                           
1
Ўзбекистон Республикасининг ―Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашларига сайлов тўғрисида‖ги  
(ўзгартиришлар билан) Қонуни. //Ўзбекистон Республикасининг сайлов қонунлар тўплами. 
   -Т.: ТДЮИ, 2004. -Б. 38. 
2
Қаранг:Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. -Т.:Ўзбекистон, 200. -Б. 15. 

59 
 
ma‘naviy  sohaning  samarali  faoliyatiga  rahbarlikni,  O‗zbekiston 
Respublikasi  qonunlari,  O‗zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 
qarorlari, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va 
farmoyishlari ijrosini ta‘minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir.
1
 
2003  yil  29  -  avgustda  O‗zbekiston  Respublikasining  ―O‗zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  to‗g‗risida‖gi  yangi  tahrirdagi  qonuni 
qabul qilindi.  
Konstitutsiyaning  98-moddasi  hamda  yangi  tahrirdagi  qonunning  15-
moddasiga ko‗ra,  Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi 
va  unga  rahbarlik  qiladi,  uning  samarari  ishlashi  uchun  shaxsan  javobgar 
bo‗ladi,  Vazirlar  Mahkamasining  majlislariga  raislik  qiladi,  uning 
qarorlarini imzolaydi, boshqacha qilib aytganda Vazirlar Mahkamasi Raisi 
funksiyalarining barchasini amalga oshiradi.  
O‗zbekiston  Respublikasi  Hukumati  tomonidan  respublikada  ijro 
etuvchi  hokimiyatning  amalga  oshirilishi  to‗g‗risidagi  konstitutsiyaviy 
qoida  hukumat  maqomi,  uning  alohida  huquqlarini,  tarkibini,  qonun 
chiqaruvchi  organlar,  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari  bilan  o‗zaro 
munosabatlari tarkibini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hukumat 
Prezident,  Oliy  Majlis  va  sudlar  bilan  bir  qatorda  hokimiyatni,  qonun 
chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokimiyatiga  bo‗lish  asosida  davlat 
hokimiyatini amalga oshiradi.  
Vazirlar  Mahkamasi  davlat  boshqaruvi  organlari  tizimiga  va  o‗zi 
tashkil  etadigan  xo‗jalik  boshqaruvi  tuzilmalariga  boshchilik  qiladi, 
ularning hamjihatlik bilan ishlashini ta‘minlaydi. 
Vazirlar  Mahkamasi  o‗z  faoliyatida  kollegiallik,  demokratiya  va 
qonuniylik,  O‗zbekiston  Respublikasida  yashovchi  barcha  millat  va 
elatlarning  manfaatini  hisobga  olish  prinsipiga  asoslanadi.  Respublikada 
yashovchi  barcha  millatlar  manfaatlarini  hisobga  olish  uchun  o‗z 
faoliyatini oshkoralik, insonparvarlik va qonuniylik asosida olib boradi.  
Vazirlar Mahkamasi qonun bilan belgilab qo‗yilgan o‗z tarkibiga ega. 
Unga  ko‗ra,  Vazirlar  mahkamasi  tarkibiga  Bosh  vazir,  uning  birinchi 
o‗rinbosari  va  o‗rinbosarlari,  O‗zbekiston  Respublikasi  vazirlari,  davlat 
qo‗mitalarining 
raislari, 
davlat 
va 
xo‗jalik 
boshqaruvi 
boshqa 
organlarining rahbarlari kiradilar.  
Sud hokimiyati hokimiyatning uchinchi tarmog‗i bo‗lib, uning asosiy 
vazifasi  odil  sudlovni  ta‘minlash  va  amalga  oshirishdir.  O‗zbekiston 
Respublikasida  sud  hokimiyatiga  rahbarlikni  O‗zbekiston  Respublikasi 
                                                           
1
 Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси. 1993 йил 5 сон. 202 модда. (янги тахрирда 
«Халқ сЎзи» газетаси 2003 йил 29 август) 

60 
 
Oliy sudi amalga  oshiradi. Respublikamizda sud tarmog‗i quyidagilardan 
tashkil topgan: jinoyat ishlari bo‗yicha sud, fuqarolik ishlari bo‗yicha sud, 
iqtisodiy sud va ma‘muriy sudlar. Respublikada sud organlarining faoliyati 
―Sudlar to‗g‗risida‖gi Qonun asosida amalga oshiriladi. 
Sudlar 
tomonidan 
davlat 
organlari 
huquqiy 
hujjatlarining 
Konstitusiyaga  va  qonunlarga  mosligini  nazorat  qilinishi  –  sud 
organlarining vakolatlaridan biri bo‗lib hisoblanadi. 
Qonun  chiqaruvchi  va  ijro  etuvchi  hokimiyatlar  tomonidan 
chiqarilgan  normativ–  huquqiy  hujjatlarning  konstitusiyaviyligini  nazorat 
qilish O‗zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudiga yuklatilgan. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasining  109  –  moddasiga 
muvofiq  O‗zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyaviy  sudi  qonunlarning  va 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
farmonlarining, 
hukumat 
qarorlarining,  davlat  hokimiyati  mahalliy  organlari  qarorlarining 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga mosligini aniqlaydi. 
Konstitusiyaning  ushbu  moddasida  ko‗rsatilgan  normativ  –  huquqiy 
hujjatlarning  Konstitusiyaga  yoki  qonunlarga  mosligini  umumiy 
yurisdiksiya yoki xo‗jalik sudlari nazorat qilishga haqli emaslar. Ularning 
Konstitusiyaga  mosligini  aniqlash  Konstitusiyaviy  sudning  mutlaq 
vakolatiga kiradi. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  12  –  moddasi 
«Davlat organining yoki fuqarolarning o‗zini – o‗zi boshqarish organining 
hujjatini haqiqiy emas deb topish», deb nomlangan bo‗lib, uning birinchi 
qismiga  muvofiq  «Davlat  organlarining  yoki  fuqarolarning  o‗zini  –  o‗zi 
boshqarish  organining  qonun  hujjatlariga  muvofiq  bo‗lmagan  hamda 
fuqarolarning  yoki  yuridik  shaxslarning  fuqarolik  hujjatlarini  va  qonun 
bilan  qo‗riqlanadigan  manfaatlarini  bo‗zadigan  hujjati  sud  tomonidan 
haqiqiy emas, deb topilishi mumkin».  
Sud  huquqiy  hujjatni  haqiqiy  emas,  deb  qaror  chiqargan  taqdirda,  bu 
qaror  hamma  davlat  organlari  va  boshqalar  uchun  ham  majburiydir. 
Chunki  Konstitusiyaning  114  –  moddasida  «Sud  hokimiyati  chiqargan 
hujjatlar  barcha  davlat  organlari,  jamoat  birlashmalari,  korxonalar, 
muassasalar,  tashkilotlar,  mansabdor  shaxslar  va  fuqarolar  uchun 
majburiydir», deb mustahkamlab quyilgan. 
Sud  qaroriga  ko‗ra  haqiqiy  emas  deb  e‘lon  qilingan  huquqiy  hujjat–
yuridik kuchga ega emas. 
Agarda  biron–bir  hujjatnining  qonuniyligi  to‗g‗risida  sud  qarori 
mavjud  bo‗lsa,  o‗sha  hujjat  yuzasidan  fuqarolar  yoki  tashkilotlar  sudga 
yana shikoyat qilishlari mumkin emas. 

61 
 
3.Qonunning  ustuvorligi  har  qanday  davlat  va  jamiyat  hayotining 
muqaddas  tamoyillaridan  biridir.  Qonunga  og„ishmay  itoat  etilgan 
jamiyatdagina  demokratiya  qaror  topadi  va  yanada  mustahkamlanadi. 
Qolaversa,  barcha  demokratik  institutlar,  inson  huquqi  va  erkinliklari 
qonun  vositasi  bilan  joriy  etiladi.  Qonunda  xalqning  irodasi,  xohish  va 
istaklari,  manfaat  va  intilishlari  o‗zining  ifodasini  topadi.  Qonunga 
Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling