Oвid haydarov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana11.11.2020
Hajmi1.27 Mb.
#143728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati (1)


Tomas  Gobbs,  ―Davlat  boshqaruvi  haqida  ikki  risola‖  Jon  Lokk
―Qonunlar  ruhi  haqida‖  Monteske,  ―Ijtimoiy  kelishuv  haqida‖  Jan  Jak 
Russo,  ―Ilohiy-siyosiy  traktat‖  Benedikt  Spinoza,  ―Fuqarolik  jamiyati 
tarixi  haqida  xatlar‖  Anri  Fergyuson  kabilardir.  Mazkur  ishlarda  u  yoki 
bu darajada inson hayotining o‗ziga xos shakli sifatidagi fuqarolik jamiyati 
muammollari  yoritilibgina  qolmay,  shaxs  va  davlatga  fuqarolik 
jamiyatining asosiy sub‘ekti bo‗lgan fuqaroning butun potensialini yuzaga 
chiqarish uchun zarur bo‗lgan prinsipial yangi sifatlari ishlab chiqilgan. 
                                                           
1
 А. Навоий. Маҳбуб ул- Қулуб.–Т.: Fофур Fулом номидаги Адабиѐт ва санъат нашриѐти. 1983, Б-12. 

22 
 
Tomas  Gobbs  (1598-1679)  antik  davr  mutafakkirlari  (Platon, 
Aristotelga)ga    ergashib,  jamiyat  va  davlat  tushunchalarini  tenglashtiradi. 
U  davlat,  fuqarolik  jamiyati  va  fuqaroviy  shaxs  tushunchalari  o‗rtasiga 
tenglik  belgisini  qo‗yadi.  Biroq,  ayni  vaqtda,  u  agar  davlat  fuqaro  bo‗lsa, 
bu  har  qanday  fuqaro  davlat  hisoblanishini  anglatmasligini  qayd  etadi. 
Muayyan  xo‗jalik,  savdo  va  tijorat  ishlarini  olib  borish  uchun  a‘zolari 
o‗zini  hamjamiyat  (davlat)  xohish-irodasiga  to‗la  bo‗ysundirmagan 
birlashmalar,  kompaniyalar,  ya‘ni  «fuqaroviy  shaxslar»  tashkil  etilishi 
mumkin.  Ayni  vaqtda  bunday  fuqaroviy  shaxslar  (shirkatlar)  oxirigacha 
bo‗ysungan  bo‗ladi.  Mazkur  mantiqni  «fuqarolik  jamiyati»  tushunchasiga 
nisbatan ham tatbiq etish mumkin. 
  Ingliz  ma‘rifatchi faylasufi va siyosiy  mutafakkiri  Jon Lokk (1632-
1704)  haqli  ravishda  huquqiy  davlatning  atoqli  mafkurachilaridan  biri 
hisoblanadi.  U  o‗z  g‗oyalarini  «Davlatni  boshqarish  haqida  ikki  risola» 
asarida bayon etgan. Uning ta‘limotida odamlarning tabiiy holati, fuqarolik 
jamiyatining  shakllanishi  va  davlatning  tashkil  topishi  muammolari 
tushuntirilgan.  Lokk  huquqiy  davlatning  bosh  elementi  bo‗lgan 
hokimiyatning bo„linishi nazariyasining asoschisi hisoblanadi. 
  Xususiy  mulk  nazariyasi  Lokkda  mehnat  bilan  uzviy  bog‗liq. 
Odamlar asosan o‗z mol-mulkidan tinch va xavfsiz foydalanish maqsadida 
jamiyatga  qo‗shiladilar,  bunda  mazkur  jamiyatda  qabul  qilingan  qonunlar 
buning  asosiy  quroli  va  vositasi  bo‗lib  xizmat  qiladi,  deb  hisoblaydi  Jon 
Lokk.  
Fuqarolik  jamiyatiga  birlashish  –  bu  qulay,  tinch  va  farovon  hayot 
kechirish,  o‗z  mol-mulkidan  xotirjam  foydalanish  va  o‗zini  mazkur 
jamiyat a‘zosi bo‗lmagan odamlarga qaraganda xavfsizroq his qilish uchun 
boshqalar bilan kelishish demakdir.  
Fuqarolik  jamiyati  tushunchasining  liberal  talqini,  yuqorida  aytib 
o‗tganimizdek, Tomas Gobbs va Jon Lokk davrida yaratilgan. «Fuqarolik 
jamiyati»  tushunchasini  ular  kishilik  jamiyatining  tarixiy  rivojlanishini, 
insonning tabiiy mavjudlikdan ma‘rifatli hayot tarziga o‗tishini aks ettirish 
uchun ilmiy muomalaga kiritgan.  
Liberalizm  asoschisi  Jon  Lokk  birinchi  bo„lib  shaxsni  jamiyat  va 
davlatdan, erkinlikni – boshqa qadriyatlardan ustun qo„ygan. Erkinlikni u 
davlatning aralashuvidan xoli holat sifatida tushungan.  
Fuqarolik  jamiyatini  tahlil  qilishga  nisbatan  boshqa  bir  yondashuvni 
Gegel  (1770-1831)  taklif  qiladi.  U  fuqarolik  jamiyatiga  o‗z  kundalik 
ehtiyojlarini  mehnat  yordamida  qondiruvchi  individlar  majmui  deb 

23 
 
qaraydi. Uning fikriga ko‗ra, fuqarolik jamiyatining negizini xususiy mulk 
tashkil etadi.  
Gegel fikri bo‗yicha, tarixiy jarayonni harakatlantiruvchi kuch sifatida 
fuqarolik  jamiyati  emas,  balki  davlat  amal  qiladi,  u  barcha  fazilatlarni 
o‗zida  mujassamlashtiradi,  inson  shaxsi,  umumiy  siyosiy,  moddiy  va 
ma‘naviy asoslarning jamuljam ifodasi hisoblanadi. Davlat insonni har xil 
tasodiflardan  himoya  qiladi,  adolatni  ta‘minlaydi,  umumiy  manfaatlarni 
ro‗yobga chiqaradi. 
Davlat,  oila,  qabila,  millat,  diniy  va  boshqa  birliklardan  farqlanuvchi 
«fuqarolik jamiyati» kategoriyasi XVIII-XIX asrlarda tadqiqot predmetiga 
aylandi.  Gegel  o‗zining  «Huquq  falsafasi»  asarida  fuqarolik  jamiyati 
tushunchasini atroflicha o‗rgandi va unga shaxslarning ehtiyoji va mehnat 
taqsimoti  tizimi,  adliya  (huquqiy  muassasalar  va  huquqiy  tartibot),  tashqi 
tartib  (politsiya  va  korporatsiyalar)  orqali  aloqasi  (munosabatlarga 
kirishishi) sifatida ta‘rif berdi
1

O‗sha  davr  jamiyati  va  davlatiga  nisbatan  Gegelning  qarashlari 
eskirganligiga  qaramay,  uning  fuqarolik  jamiyati  davlatga  nisbatan 
mustaqil  bo‗lgan  shaxsiy  manfaatlar  jabhasi,  ijtimoiy  tuzum,  mehnat 
taqsimoti  va  mulk  shakllariga  bog‗liq  ekanligi  haqidagi  fikrlari  ijtimoiy 
fanlarning rivojlanish yo‗lida tashlangan muhim qadam bo‗ldi.  
Gegel  fikriga  ko‗ra,  fuqarolik  jamiyati  –  bu,  avvalo,  xususiy  mulkka 
asoslangan  ehtiyojlar  tizimi,  shuningdek,  din,  oila,  tabaqalar,  davlat 
qurilishi,  huquq,  axloq,  burch,  madaniyat,  maorif,  qonunlar  va  ulardan 
kelib  chiquvchi  sub‘ektlarning  o‗zaro  yuridik  aloqalaridir.  Tabiiy, 
«nomadaniy»  holatdan  «odamlar  fuqarolik  jamiyatiga  kirishlari  lozim, 
chunki  faqat  shu  jamiyatda  huquqiy  munosabatlar  haqiqiy  xususiyat  kasb 
etadi»
2
.  Ayni  vaqtda  Gegel  bunday  jamiyat  faqat  «hozirgi  dunyoda» 
mavjud  bo‗lishi  mumkinligini  qayd  etadi.  Boshqacha  aytganda,  fuqarolik 
jamiyati yovvoyilik, qoloqlik, ma‘rifatsizlikka qarshi qo‗yiladi.  
Gegel fuqarolik jamiyati oiladan boshlanib to davlatga qadar dialektik 
harakatlanuvchi alohida bosqich, uzoq tarixiy davr davomida  o‗rta asrdan 
to yangi davrgacha transformatsiyalashib kelgan tushunchadir. U fuqarolik 
jamiyati va davlatni aralashtirib yuboruvchi o‗sha davrda hukmron bo‗lgan 
tabiiy  huquq  nazariyasini  tanqid  qilgan,  uning  fikricha,  ijtimoiylik 
xususiyatiga  asoslanuvchi  fuqarolik  jamiyati,  oilaning  axloqiy  va 
davlatning ommaviy hayotidan mutlaqo farqlanadi. U adolatili qonunlar va 
odil sudlarni fuqarolik jamiyatining tarkibiy qismlari deb hisoblaydi.  
                                                           
1
 Қаранг: Гегель Г.В.Ф. Философия права. - Москва, «Мысль», 1990. – С.227. 
2
 Гегель Г. Работы разных лет. Том 2. – Москва, 1973. – С. 50. 

24 
 
Fuqarolik  jamiyatini  konseptual  tushunishga  Immanuil  Kant  (1724–
1804)  harakat  qilgan.  Kant  fuqarolik  jamiyatini  butun  insoniyat  uyi  deb 
bilgan.  Bu  jamiyatda  har  bir  inson  hatti-harakati  oliy  axloqiy  qonun  – 
qat‘iy  imperativ  bilan  belgilanad.  Uning  fikricha,  fuqarolik  jamiyati 
mavjud qonunlar doirasida hech kim tomonidan cheklanmaydigan intilish 
tamoyillarining erkinlik bilan uyg‗unligi, boshqacha aytganda, fuqarolarga 
mos bo‗lgan jamiyatdir. 
Yuqorida aytilganlardan xulosa qilish mumkinki, XVIII asr o‗rtalariga 
kelib  fuqarolik  jamiyati  –  davlat  an‘anaviy  paradigmasi  qayta  ko‗rib 
chiqila  boshlandi.  Bu  jarayon  XVIII  –  XIX  asrlarga  kelib  to‗xtadi,  bu 
davrga kelib yangi tizim o‗zining – xususiy mulk, erkin bozor iqtisodiyoti, 
parlamentar  demokratiya  va  huquqiy  davlat,  ijtimoiy  va  siyosiy  sohalar 
o‗rtasidagi bo‗linishni namoyon etar edi.  
4.Fuqarolik jamiyati demokratik normalari va qadriyatlari zamonaviy 
ijtimoiy-falsafiy tafakkurda ham tahlil qilingan. Zamonaviyroq ko‗rinishda 
demokratiya  g‗oyalari  Turkistonda  ma‘rifatparvar  jadidlar  faoliyatida 
kuzatiladi.  Zamonaviy  tadqiqotchilar  ta‘kidlashicha,  demokratik  qayta 
qurish g‗oyalari va fuqarolik jamiyati shakllanishi yosh xivaliklar va yosh 
buxoroliklar  uyushmalari  dasturlarida  o‗z  aksini  topgan.  Ular  jadidlar 
liberal  harakati  sifatida  nafaqat  ijtimoiy  munosabatlarni  isloh  qilishda, 
balki 1920 yilda Xiva va Buxoroda xalq namoyishlarida ishtirok etganlar. 
Turkiston  avtonomiyasi  uchun  kurashgan  jadidlar,  mustaqillik  uchun 
harakatga munosib hissasini qo‗shgan.  
Yurtimizda  ijtimoiy-falsafiy  fikr,  xususan  jadidlar  qiyofasida, 
fuqarolik  jamiyati  g‗oyalari  ma‘rifat  qadriyatining  shakllanishiga 
qaratilgan  edi.  M.Behbudiy,  A.Avloniy,  A.Fitrat  o‗z  davridan  ilgarilab 
o‗tib,  fuqarolik  jamiyati  faqat  mustaqil  mamlakat  doirasida  amalga 
oshishi,  haqidagi  xulosasini  aytadilar.  Bundan  tashqari,  ular,  an‘ana  va 
urf-odatlar  demokratlashuvga  to‗siq  bo‗lmasligini,  aksincha,  mavjud 
an‘analar  doirasida  amalga  oshirilgan  modernizatsiya,  fuqarolik 
jamiyatining  shakllanishi  va  barqaror  taraqqiyotining  muhim  omili 
ekanligini asoslaydi.   
XX  asr  boshlaridan  fuqarolik  jamiyati  sohasida  amalga  oshirilgan 
tadqiqotlar 
―fuqarolik 
jamiyati‖ 
kategoriyasini 
funksional 
xarakteristikalarini  tushunishni  murakkablashtiradi.  Bu  fuqarolik  jamiyati 
tushunchasini  tadqiq  etishda,  fuqarolarning  ijtimoiy  hayotida  dolzarb 
talablarini  aks  ettiruvchi,  yangi  mezonlarning  kiritilganligi  bilan 
asoslanadi.  Shunday  qilib  fuqarolik  jamiyati  haqidagi  tasavvurlar  rivojini 
tizimlashtirish: 
birinchidan, 
ularning 
ijtimoiy-falsafiy 
asoslari 

25 
 
xarakteristikasi bilan, ikkinchidan, mafkuraviy asoslarning xususiyatlariga 
ko‗ra,  uchinchidan,  fuqarolik  jamiyatining  sof  ilmiy  konsepsiyalarini 
aniqlash bilan belgilanadi. 
Biroq, fuqarolik jamiyati modeli ishlab chiqiluvchi dastlabki, bazaviy 
ijtimoiy-falsafiy nazariyalarda tadqiqotchilar konsepsiyalarini ikki guruhga 
bo‗ladi: 
- formatsion va sivilizatsion yondashuvlar;  
- modernizatsiya va postmodernizm konsepsiyasi. 
Formatsion yondoshuv asosan marksizm g‗oyasiga asoslangan ilmiy 
adabiyotlarda  aks  etadi.  Bu  yerda  jamiyatning  rivojlanishi  tabiiy  tarixiy 
jarayon  sifatida  ko‗rib  kelingan va  mazkur  jarayonda  muayyan  ijtimoiy  – 
iqtisodiy formatsiyalar bir-birini almashtiradi.  
Formatsiya  deganda  olimlar  insoniyat  tarixining  ma‘lum  davrlarini 
nazarda  tutadi.  Bu  davrlarga  o‗ziga  xos  ishlab  chiqarish  kuchlari  va 
munosabatlari  xos  va  aynan  shu  bilan  bir-biri  bilan  ajralib  turadi. 
Fuqarolik  jamiyati  tushunchasi,  mazkur  yondoshuv  tarafdorlari  fikriga 
ko„ra,  faqat  burjua  tizimga  xos  hamda  u  siyosiy  va  iqtisodiy  sohalari 
o‗rtasida turadi.  
Lekin,  amaliyot  shuni  ko‗rsatmoqdaki,  formatsion  yondoshuv 
fuqarolik  jamiyatining  nafaqat  tarixiy,  balki  zamonaviy  rivojlanish 
tendensiyalarini  aks  ettirmaydi.  Buning  sababi  formatsion  yondoshuv 
doirasida  hozirgacha  fuqarolik  jamiyatinining  ayrim  tarixiy  davrlarini 
sakrab  o‗tish  masalasiga  e‘tibor  qaratilmagan.  Shuningdek,  mazkur 
yondoshuv  doirasida  fuqarolik  jamiyatining  faqat  iqtisodiy  maslalari 
ko‗rilib, ijtimoiy va ma‘naviy masalalar chetda qolib ketgan. 
Formatsion  yondoshuvga  qarshi  sivilizatsion  yondoshuv  ishlab 
chiqilgan. 
Uning 
asosiy 
mazmuni, 
mamlakatlarda 
shakllanib 
rivojlaniyotgan  fuqarolik  jamiyati  sivilizatsiya  omillarini  e‘tiborga  olish 
zarur.  Mazkur  yondoshuvning  nazariy  asoschilari  sifatida  O.Shpengler, 
A.Toynbi,  P.Sorokin  e‘tirof  etilmoqda.  Ularning  fikriga  ko‗ra  fuqarolik 
jamiyati  boshqa  jamiyat  shakllaridan  bir  qadar  yuqori  rivojlanish  darajasi 
bilan  ajralib  turadi.  Uning  asosiy  me‘zoni  esa  –  inson,  uning  huquq  va 
erkinliklari,  ularni  amalga  oshirish  real  mexanizmlari  mavjudligi,  hamda 
inson  o‗zining  potnetsialini  to‗la  qonli  namoyon  etish  qobiliyati  bilan 
izohlanadi.  
Lekin  sivilizatsion  yondoshuv  ijtimoiy  taraqqiyotning  barcha 
jabhalarini  tahlil  etolmadi,  chunki  tahlil  doirasida  madaniy  jihatlarga 
asosiy  e‘tibor  qaratilgan  bo‗lsada,  jamiyatining  siyosiy  va  iqtisodiy 
xususiyatlari e‘tibordan chetda qolgan.  

26 
 
Modernizatsiya 
konsepsiyalarida 
(A.Turen, 
Y.Xabermas, 
E.Giddens, Z.Bauman  va b.) fuqarolik jamiyati an‘anaviy jamiyat  o‗rniga 
keladigan  bir  sotsial  tuzilma  sifatida  e‘tirof  etiladi.  Uning  asosiy 
xususiyatlari  zamonaviy  jamoa  hayotida  namoyon  bo‗lib,  ijtimoiy 
taraqqiyotga xizmat qiladi.  
Yuqoridagilarni  hisobga  olgan  holda  fuqarolik  jamiyatining  quyidagi 
g‗oyaviy-falsafiy doktrinalari ko‗rsatiladi:  
- ―byurokratik davlat sotsializmi doktrinasi‖; 
- ―avtoritar davlat kapitalizmi doktrinasi‖; 
- ―demokratik sotsializm doktrinasi‖; 
- ―liberal-demokratik‖ (bozor demokratiyasi). 
Byurokratik  davlat  sotsializmi  uchun  fuqarolik  jamiyati  –  bu  burjua, 
kapitalistik  jamiyat,  u  xususiy  mulkka  va  yollanma  mehnatga  asoslanadi. 
Byurokratik  davlat  sotsializmi  tarafdorlari  fuqarolik  jamiyatini  ijtimoiy 
notenglik va jamiyatda kuchayib borayotgan keskinlik sababi deb biladi.  
Avtoritar  davlat  kapitalizmi  fuqarolik  jamiyatini  xususiy  biznes, 
oilaviy-qarindoshlik va boshqa nodavlat munosabatlar sohasi bo‗lib, o‗zida 
kapitalistik  davlatning  ijtimoiy-iqtisodiy  bazasini  mujassam  qiladi,  deb 
hisoblaydi. 
Demokratik  sotsializm  konsepsiyasi  tarafdorlariga  ko‗ra  fuqarolik 
jamiyati - ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar va institutlar majmui, u demokratik 
davlat bilan birga ijtimoiy (iqtisodiy, siyosiy va h.k.) demokratiya asosini 
tashkil qiladi. 
Bozor  demokratiyasi  nazariyotchilari  fuqarolik  jamiyatini  bozor 
demokratiyasi jamiyati analogi deb biladi. Ular fikricha, fuqarolik jamiyati 
iqtisodiy  jamiyat  bo‗lib,  iqtisodiy  hayotni  boshqarish  imkoniyatlarida 
cheklangan  va  ijtimoiy  birlashmalar  va  harakatlar  tomonidan  nazorat 
qilinadi. 
Shunday  qilib,  fuqarolik  jamiyati  g‗oyasining  qayta  jonlanishida 
jamiyatni  davlatlashtirishga,  jamiyat  hayotida  davlat  roli  va  ta‘sirining 
favqulodda  o‗sishiga  qarshi  harakatni  ko‗rish  mumkin.  Ch.Teylor, 
E.Arato, R.Dvorkin va boshqa tadqiqotchilardan iborat bo‗lgan o‗ziga xos 
normativ diskurs ham shakllanganligini aytish mumkin
1
.  
Fuqarolik  jamiyatining  zamonaviy  konsepsiyalarini  ko‗rib  chiqar 
ekanmiz, ularda mazkur fenomenning ontologik va gnoseologik jihatlariga 
ijtimoiy  qarashlar  xilma-xilligini  ko‗ramiz.  Ta‘kidlash  o‗rinliki,  fuqarolik 
jamiyatining  zamonaviy  konsepsiyalari  ijtimoiy  muammolar  tahlilining 
tizimli mezonlarini ishlab chiqqanligi va ilmiy hamjamiyat oldiga original 
                                                           
1
 Гончаров Д. Нормативная дискуссия о гражданском обществе: основные направления. Москва. 2010. С. 86 

27 
 
konseptual  va  amaliy  echimini  talab  qilayotgan  yangi  masalalarni 
ko‗ndalang qilib qo‗ygan. 
XX  asr  nafaqat  texnik  progress,  balki  tizimli  fikrlash  shakllanishi  va 
hukmronligi  davri  bo‗lganligini  olimlar  biladi.  Aynan  shunday  vaqtda, 
fuqarolik jamiyati – ijtimoiy borliqning tizimli tahlili kontekstida o‗rganila 
boshlanadi.  Bu  albatta,  bugun  olim-faylasuflarga  zamonaviy  ijtimoiy-
iqtisodiy  va  siyosiy  jarayonlarni  nafaqat  modellashtirish  imkoniyatini, 
balki,  ularning  kelajagi  haqida  aniq  tasavvurlar  paydo  bo‗lishga  olib 
keladi. Bugungi kunda ham fuqarolik jamiyatini o‗rganish masalalarida bir 
qator  muammolar  mavjud:  fuqarolik  jamiyatining  davlat  va  jamiyat 
dixotomiyasi  yoki  sherikligi  chegarasi,  fuqarolik  jamiyati  institutlarining 
individ  shaxsiy  hayotiga  dahl  qilishi  chegarasi  qayerda,  fuqarolik 
jamiyatini 
tushunishning 
bazaviy 
asoslari, 
fuqarolik 
jamiyatini 
tushunishning universal yondashuvlari mavjudmi? kabi masalalar. 
Fuqarolik  jamiyati  konseptual  diskursining  antik  paradigmasi  – 
fuqaroning ijtimoiy boshqaruv sohasidagi roli va o‗rnini aniqlashdan iborat 
bo‗lgan.  Agar  ulardan  ba‘zilari,  fuqarolar  davlatdan  muayyan  darajada 
avtonomdir  (Aristotel  ),  boshqalar  davlat  boshliqlarini  fuqaro  va  jamiyat 
hayotini  reglamentatsiya  qilishga  chaqirgan  (Platon).  Ularning  har  biri 
imkoni  boricha  ideal  davlat  qurilmasini  ishlab  chiqishga  harakat  qilgan. 
Aynan  shu  jihat  fuqarolik  jamiyati  keyingi  konseptual  ishlanmalari  turli 
talqini va yondashuvlarni keltirib chiqardi.  
O‗rta  asr  mutafakkirlarining  antik  davr  olimlaridan  farqi,  ularning 
ijtimoiy  munosabatlarni,  davlat  va  jamiyat  munosabatlari  shu  jumladan, 
teologik  xarakterga  ega,  antik  falsafa  esa  ijtimoiy  munosabatlarni  turli 
ranglarda  ko‗rib  chiqadi,  shu  nuqtai  nazardan  fuqarolik  jamiyati  diniy 
paradigmasi o‗rta asrlarda shakllana boshlagan deyish mumkin.  
Sharqning  fuqarolik  jamiyatini  konseptual  tushunishidagi  o‗ziga  xos 
jihati, ularning mazkur fenomenga oid talqinlari fazilat, ma‘rifat va o‗zaro 
mas‘uliyat tushunchalari prizmasi orqali amalga oshirilganligidadir, bunda 
ijtimoiy-falsafiy  fikr  o‗z  diqqatini  davlat  boshqaruvchilari  va  jamiyat 
a‘zolari o‗rtasidagi munosabatlarning axloqiy-estetik jihatlariga qaratilgan. 
Yangi  davrda  davlat  roli  masalasi  yangicha  anglay  boshlanadi:  agar 
antik  davr  va  o‗rta  asrlarda  ijtimoiy-falsafiy  fikr  davlat  ustuvorligiga 
qaratilgan  bo‗lsa,  bu  davrga  kelib,  mazkur  nisbatda  inson  (fuqaro) 
fenomeni,  o‗z  huquqlari,  ehtiyoji  va  qiziqishlari  bilan  birgalikdaustuvor 
ahamiyat  kasb  eta  boshlaydi.  Davlat  faqat  mana  shu  qiziqishlarni  mavjud 
bo‗lgan  qonuniy  tizim  doirasida  amalga  oshirilishini  ta‘minlovchi  institut 
sifatida gavdalanadi. 

28 
 
Yangi  davr  ijtimoiy-falsafiy  tafakkuri  fundamental  yutug‗i,  davlat  va 
jamiyat 
tushunchalarini 
ajratganligida, 
bu 
fuqarolik 
jamiyatini 
tushunishda  klassik  paradigmasining  shakllanishiga  asos  bo‗lgan  edi.  Bu 
o‗z  navbatida,  ―davlat  –  fuqarolik  jamiyat‖  dixotomiyasi  kuzatiluvchi 
konsepsiyalar  shakllanishiga  olib  keladi.  Birinchi  marotaba  Yangi  davr 
mutafakkirlari  davlat  va  jamiyat  qiziqishlarining  turlicha  bo‗lishiga  o‗z 
diqqat  e‘tiborini  qaratadi,  bunda  davlat  qonun  ustuvorligiga  tayansa, 
jamiyat  esa  xususiy  mulkka.  Fuqarolik  jamiyati  haqidagi  konseptual 
diskursning  asosiy  muammolari  sifatida,  davlatning  roli  va  davlat  va 
jamiyat o‗zaro munosabatlarining mezonlari qanday (axloqiy ideal va real 
siyosat nisbati mezonlari) degan masala ko‗ndalang turadi. 
Fuqarolik 
jamiyatini 
o‗rganishda  zamonaviy  ijtimoiy-falsafiy 
tafakurning muhim yutug‗i sifatida esa, bu sohani o‗rganishing yangi ilmiy 
yondashuvi  sifatda  –  tizimli  paradigmaning  shakllanishi  bo‗ldi.  O‗z 
navbatida,  bu  fuqarolik  jamiyatining  normativ  idrok  etishdan  uni 
transformatsiyalashayotgan  fuqarolik  jamiyatini  zamonaviy  konseptual 
diskursi turli yo‗nalishlarini o‗rganish kontekstida, emperik tahlil qilishga 
o‗tish tendensiyalarini kuchaytirdi. 
Umuman, 
hozirgi 
zamon 
ilg‗or 
demokratik 
mamlakatlar 
jamiyatshunos  olimlarining  fuqarolik  jamiyati  to‗g‗risidagi  nazariy 
qarashlari bir tizimga keltirilsa, u holda fuqarolik jamiyati – bu: 
birinchidan,  jamiyat  hayoti  faoliyatining  iqtisodiy,  ijtimoiy  va 
ma‘naviy sohalarida ixtiyoriy ravishda shakllangan, boshlang‗ich nodavlat 
tizimlarini o‗z ichiga qamrab olgan insoniy birlikdir
ikkinchidan,  jamiyatdagi  iqtisodiy,  ijtimoiy,  oilaviy,  milliy, 
ma‘naviy,  axloqiy,  diniy,  ishlab  chiqarish,  shaxsiy  va  nodavlat 
munosabatlar majmuasidir; 
uchinchidan,  erkin  individlar,  ixtiyoriy  ravishda  shakllangan 
tashkilotlar  va  fuqarolarning  turli  organlar  taziyqlari,  aralashishlari  yoki 
bir qolipga solishlaridan qonunlar vositasida himoyalangan jamiyati bo‗lib, 
unda  ular  o‗zligini  namoyon  qila  olishlari  uchun  doimiy  imkoniyatlarga 
ega bo‗ladilar. 
 
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR: 
 
1. Fuqarolik  jamiyati  g‗oyasining  kelib  chiqishi  tarixiy  shart-sharoitlari 
nimalardan iborat edi? 
2. X–XII  asrlarda  Markaziy  Osiyo  mutaffakirlarining  ta‘limotlaridagi 
adolatli jamiyati haqidagi qarashlarni izohlang? 

29 
 
3. Yangi  davrda fuqarolik  jamiyatining  yangi  talqinlari  va  ularning  o‗ziga 
xos xususiyatlari haqida fikr yuriting? 
4. Jadidchilik harakatining g‗oyaviy me‘rosida fuqarolik jamiyati haqidagi 
konseptual qarashlarni sharhlang? 
5. Fuqarolik  jamiyati  haqidagi  zamonaviy  konseptual  masalalarning 
g‗oyaviy va mental xususiyatlarini ochib bering? 
 
TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR: 
 
1. Шарифхўжаев  М.  Ўзбекистонда  очиқ  фуқаролик  жамиятининг 
шаклланиши. – Т.: Шарқ, 2003 
2. Қирғизбоев  М.  Фуқаролик  жамияти:  генезиси,  шаклланиши  ва 
ривожланиши. – Т.: Ўзбекистон, 2010   
3. Жалилов  A.  ва  бошқалар.  Фуқаролик  жамияти  асослари.  –  Т.: 
Baktria press, 2015.  
4. Фуқаролик жамияти: 2016. Ziyonet.uz.  
5.  O‗tamurodov A. va boshqalar. Fuqarolik jamiyati fanidan tushuncha va 
atamalar lug‗ati. T.: Turon-zamin-ziyo. 2017. 23 b.t. 
6. Авесто. Тарихий – адабий ѐдгорлик. – Т.:Шарқ, 2001  
7. Аристотель. Политика. – M.: AСТ, 2006.  
8. Афлотун.  Қонунлар.  Урфон  Отажаон  таржимаси.  –  Т.:  Янги  аср 
авлоди, 2002. 458 бет 
9. Беруний Абу райҳон. 100 ҳикмат: ибратли сўзлар. – T.: Фан, 1993. 
10.  Бобур. Бобурнома. – Т.:Юлдузча.1989. 
11.  Гегель 
Г.В.  Философия  права  /  Пер.  Б.Г.Столпнера. 
М.И.Левиной:  Сост.  Д.А.Керимов.  В.С.Нерсесянц  –  М.:Мысль, 
1990.  
12.  Низомулмулк. Сисатнома ѐки сиярул-мулук – Т.:Адолат, 1997. 
13.  Платон.  Государство//  Платон.  Соч.  В  3-х  томах.  Т.  3.  Часть  I. 
М., 1971. 
14.  Темур  тузуклари.  Б.Аҳмедов  таҳрири  остида  –  Т.:Ғ.Ғулом 
номидаги нашриѐт-матбаа бирлашмаси, 1991. 
15.  Форобий  Абу  Наср.  Фозил  одамлар  шаҳри.  –  Т.:  А.Қодирий 
номидаги халқ мероси нашриѐти, 1993. 
16.  Цицерон. Диалоги. О государстве. О законах – М.: Наука, 1966. 
17.  Юсуф Хос Ҳожиб Қутадғу билиг. – Т.: Фан. 1971. 
18.  Кайковус. Қобуснома. – Т.: Мерос, 1992. 
Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling