Oвid haydarov


TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana11.11.2020
Hajmi1.27 Mb.
#143728
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati (1)


TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR 
 
1. O‗zbekiston  Respublikasining  2017  yil  3  yanvardagi  ―Korrupsiyaga 
qarshi  kurashish  to‗g‗risida‖gi  Qonuni./  O‗zbekiston  Respublikasi 
Qonun hujjatlari to‗plami, №1. 2017 
2. O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  7  fevraldagi 
―O‗zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo‗yicha  Harakatlar 
strategiyasi to‗g‗risida‖gi Farmoni // Xalq so‗zi, 2017, 8 fevral  
3. Жалилов  A.  ва  бошқалар.  Фуқаролик  жамияти  асослари.  –  Т.: 
Baktria press, 2015.  
4. Фуқаролик жамияти: 2016. Ziyonet.uz.  
5. O‗tamurodov A. va boshqalar. Fuqarolik jamiyati fanidan tushuncha va 
atamalar lug‗ati. T.: Turon-zamin-ziyo. 2017. 23 b.t.  
 
INTERNET SAYTLARI 
 
1. www.president.uz 
2. www.ziyonet.uz 
3. www.xs.uz 
4. www.nimfogo.uz 
 
Mavzu: O‗ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATINI 
BARPO ETISHNING ILMIY-METODOLOGIK, NAZARIY 
ASOSLARI 
 
Reja: 
1. Birinchi  Prezident  I.Karimov  tomonidan  huquqiy  demokratik  davlat  va 
fuqarolik jamiyatini barpo qilinishini asoslab berilishi 
2. Taraqqiyotning  ―O‗zbek  modeli‖ni  yaratilishining  asoslari,  asosiy 
tamoyillari va o‗ziga xos xususiyatlari.  

90 
 
3. O‗zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirishning  2017-2021 
yillarga 
mo‗ljallangan 
―Harakatlar 
strategiyasi‖ning 
asosiy 
yo‗nalaishlari 
 
Tayanch so‗z va iboralar: 
O„zbekistonning o„z yo„li, huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik 
jamiyati,  “o„zbek  modeli”,  besh  tamoyil,  Harakatlar  strategiyasi,  davlat 
va  jamiyat  qurilishi  tizimini  takomillashtirish,  qonun  ustuvorligini 
ta‟minlash,  sud-huquq  tizimini  isloh  qilish,  iqtisodiyotni  rivojlantirish  va 
liberallashtirish,  ijtimoiy  sohani  rivojlantirish,  xavfsizlik,  millatlararo 
totuvlik  va  diniy  bag„rikenglikni  ta‟minlash,  o„zaro  manfaatli  va  amaliy 
tashqi siyosat 
   
1.O‗zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka    erishgandan  so‗ng 
kelajakda  qanday  yo‗ldan  borishi  masalasi  kun  tartibiga  qo‗yilgan  eng 
dolzarb  masalalardan  biri  bo‗ldi.  Buning  bir  qator  ob‘ektiv  va  sub‘ektiv 
sabablari  mavjud.  Uning  ob‘ektiv  sabablaridan  biri  jahonda  ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning barcha davlatlarga mos keladigan biron bir tayyor 
andozasining  yo‗qligi  va  bo‗lishi  ham  mumkin  emasligi  edi.  Ikkinchi 
ob‘ektiv  sababi  -  ma‘muriy  buyruqbozlikka  asoslangan  tuzumga  xos 
ijtimoiy munosabatlar va qoidalar endilikda respublikada barpo etilayotgan 
yangi  ijtimoiy  yo‗naltirilgan  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  huquqiy 
demokratik  davlat  manfaatlariga  mos  kelmasligi  edi.  Mulkchilik  va  uni 
boshqarish,  ishlab  chiqarishdagi  inson  omilining  ortishini  hisobga  olgan 
holda davlat hokimiyatini boshqarishning butunlay yangi shaklini vujudga 
keltirish  zarur  edi.  Demak,  birinchidan  har  bir  davlat  demokratik 
taraqqiyot  yo‗liga  kirishi  uchun  ma‘lum  bir  muddat  talab  qilinar  edi. 
Ikkinchidan, vaqtni qo‗ldan boy bermasdan rivojlanishning tarixiy jihatdan 
asrlar  mobaynida  shakllangan  an‘analari  asosida  O‗zbekistonning  o‗ziga 
xos taraqqiyot yo‗lini ishlab chiqishni bir daqiqa ham kechiktirib bo‗lmas, 
yangi konsepsiya ishlab chiqish zarur edi. 
O‗zbekiston  Respublikasining  Birinchi  Prezidenti  I.Karimov 
O‗zbekiston fuqarolari uchun tabiiy haq-huquq va shuningdek oliy ne‘mat 
bo‗lgan  mustaqillik  to‗g‗risida  so‗z  yuritar  ekan,  uni  jamiyat  rivojining 
asosi,  bugungi  va  uzoq  istiqboldagi  taraqqiyotimiz  sharti,  barcha 
islohotlarimizning mezoni va nihoyat, barcha amal qiladigan bosh tamoyil 
deb  ta‘rifladi.  Shunday  ekan,  u  jamiyat  a‘zolari  oldiga  muttasil  yangi-
yangi  vazifalarni  qo‗yadi  va  uning  bajarilishini  talab  qiladi.  Zero, 

91 
 
taraqqiyotning har bir bosqichi, turli-tuman muammolar va ularni bartaraf 
etish yo‗lidagi tadbirlardan iboratdir.  
Birinchi  Prezident  I.Karimov  milliy  taraqqiyot  tamoyillarini  ishlab 
chiqar ekan, O‗zbekistonning birinchi navbatda insonparvarlik qoidalariga 
asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e‘tiqodlaridan qat‘i nazar, 
fuqarolarning  huquqlari  va  erkinliklarini  ta‘minlab  beradigan  davlat 
bo‗lishiga  katta  umid  bog‗lagan  edi.  Bugungi  kunda  mamlakatda 
demokratik  institutlar  faoliyatlari  ko‗lamlarini  kengaytirish,  aholining 
siyosiy faolligini kuchaytirish va siyosiy madaniyatini oshirish,  jamiyatda 
manfaatlar,  turli  xil  qarashlar,  siyosiy  va  e‘tiqodiy  raqobatlar  o‗rtasidagi 
muvozanatni  ta‘minlash,  jamoat  birlashmalarining  hozirgi  bosqichdagi 
ijtimoiy  mavqeini  oshirish,  siyosiy  partiyalar  faoliyatini  takomillashtirish 
muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Shuningdek  iqtisodiy  hayotni 
erkinlashtirish,  davlat  qurilishini  erkinlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini 
shakllantirish,  hokimiyat  bo‗linishi  prinsipining  insoniyat  tomonidan 
umume‘tirof  etilgan  tamoyillarini  amalda  qo‗llash,  davlat  hokimiyati 
organlarining  vakolatini  nodavlat  va  jamoat  tashkilotlariga  o‗tkazish 
masalalari strategik vazifalardir.  
Mustaqil  taraqqiyot  yo‗liga  chiqqan  O‗zbekiston  uchun  eng  asosiy, 
bosh  masala  milliy  davlatchilik  poydevorini  barpo  etish,  mustaqillikning 
siyosiy-huquqiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  asoslarini  yaratish  edi.  Mazkur 
masalaga  mustaqillikka  erishgan  barcha  mamlakatlar  turli  davrlarda  duch 
kelishgan  va  ular  bu  masalani  turlicha  hal  etishgan.  Shu  sababli  ilmiy 
adabiyotlarda ijtimoiy taraqqiyotning «shved modeli», «amerika  modeli», 
«yapon  modeli»  kabi  tushunchalar  ishlatilmoqda.  Mazkur  tushunchalar 
zamirida  muayyan  mintaqa  yoki  mamlakatlar  ijtimoiy  taraqqiyotida 
siyosiy-iqtisodiy  islohotlarni  qaysi  yo‗l  bilan,  qay  yo‗sinda  amalga 
oshirilishi bilan bir-biridan farqlanadi. 
Jumladan,  «amerika  modeli»da  bozor  munosabatlari  nihoyatda 
liberalligi  bilan  xarakterlansa,  «yapon  modeli»  iqtisodiy  munosabatlarda 
davlatning  yetakchi  o‗rni  bilan  belgilanadi.  «shved  modeli»da 
iqtisodiyotning ijtimoiy yo‗naltirilganligi ustuvordir. 
Shuningdek,  Sharqiy  Yevropa    mamlakatlarining  o‗z  modeli  bor, 
Mustaqil  Davlatlar  Hamdo‗stligi  mamlakatlaridagi  modellar  ham  o‗ziga 
xos jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi. 
2.Mustaqillikning  dastlabki  yillaridan  boshlangan  keng  ko‗lamli 
islohotlar  mamlakatimiz  taraqqiyotining  strategik  maqsadi  –  demokratik 
huquqiy  davlat  va  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  adolatli  fuqarolik 
jamiyati qurishga qaratilgan edi.  

92 
 
Mazkur islohotlar Birinchi Prezident I.Karimov tomonidan yaratilgan 
beshta  tamoyilga  asoslanib,  amalga  oshirila  boshlandi.  Bu  tamoyillar 
quyidagilardan iborat: 

 Iqtisodiyot siyosat ustidan hukmron bo„lishi, u har qanday mafkuradan 
ozod  bo‗lishi  lozim.  Iqtisodiyot  o‗z  qonuniyatlariga  asoslanib 
rivojlanishi kerak; 

 Iqtisodiyotni  boshqarishda,  ayniqsa  yangi  bozor  iqsodiyotiga 
o‗tilayotganda, davlat bosh islohotchi bo‗lib, uning boshqaruv tizimini 
qo‗ldan chiqarmaslik kerak; 

 Konstitutsiya  va  qonunning  ustunligi.  Unga  barcha  barobar, 
hayotimizning turli sohasida rioya etishi kerak

 Kuchli  ijtimoiy  siyosat  yuritish.  Bu  bozor  iqtisodiyoti  yo‗lidagi  eng 
muhim vazifadir; 

 Bozor iqtisodiyotiga o„tish shoshma-shosharliksiz, bosqichma-bosqich 
amalga oshirilmog‗i lozim
1
.  
Mazkur  tamoyillar  «o‗zbek  modeli»  sifatida  jahonda  e‘tirof  etilgan 
O‗zbekiston  mustaqil  taraqqiyot  yo‗lining  g‗oyaviy-nazariy  negizi  bo‗lib 
xizmat qildi. 
Ulug‗  mas‘uliyatni  o‗z  zimmasiga  olgan  I.Karimov  O‗zbekistonning 
rahbari  sifatida  asosan  ikki  narsani  mushtarak  holda  olib  bordi.  Ulardan 
biri  mamlakatimizning  o‗z  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyot  yo‗lini  ishlab 
chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko‗p asrlik tajribasini o‗rganish va 
ularning  bizga  maqbul  jihatlarini  ijobiy  jihatdan  o‗zlashtirish  bo‗lsa, 
ikkinchisi  -  O‗zbekiston  xalqining  turmush  tarzi,  mentaliteti  va 
an‘analariga  tayanishdan  iborat  bo‗ldi.  Unga  Islom  Karimov  tomonidan 
taklif qilingan besh asosiy tamoyil asos qilib olindi. 
«O‗zbek modeli»ni demokratik jamiyat barpo etish muhim o‗ziga xos 
modeli  ekanini  dunyoning  juda  ko‗plab  siyosatshunosh  yetakchi  olimlari 
o‗rgandilar  va  tahlil  qildilar
1
.  Masalan,  rossiyalik  tadqiqotchilar  Gafarli 
M.S., 
Kasayev 
A.G., 
germaniyalik 
L.Levitin, 
Rossiya 
Fanlar 
Akademiyasining akademigi F.Burlatskiy uni yuksak baholashgan.  
«KPSS» deb atalmish aslida esa ulkan bir hududni o‗z qo‗lida ushlab 
turgan  partiya-davlat  mashinasining  so‗nggi  s‘ezdida  (1990  yil  iyul)  ham 
Prezidentning  masalaga  jiddiy  e‘tibor  berganligi  O‗zbekistonning 
mustaqillik e‘lon qilganligi shunchaki bir his-hayajonni to‗kib solish emas, 
                                                           
1
 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислохотларни чуқурлаштириш йўлида. -Т. Ўзбекистон. 1995. 11-б. 
2
  Қаранг:  Гафарли  М.С.,  Касаев  А.Г..  Ривожланишнинг  ўзбек  модели:  тинчлик  ва  барқарорлик  –  тараққиѐт 
асоси. Т.: Ўзбекистон, 2001. –430 б.  
Леонид Левитин «Ўзбекистон тарихий бурилиш палласида». Т.: Ўзбекистон, 2000. 368-б.  
Дональд Карлайл «Ўзбекистон, Ўрта Осиѐ, истиқболдаги ўтмиш ва ҳозирги замон» ва бошқалар. 

93 
 
balki ortga qaytmaydigan strategik maqsad yoki akt ekanliginining yorqin 
isboti hisoblanadi. 
Iqtisodiyotning  siyosatdan  ustuvorlik  tamoyili  jahon  tajribasida 
sinalgan  erkin  bozor  iqtisodiyotining  ob‘ektiv  qonunlari  ijtimoiy 
taraqqiyotda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini asoslab beradi. Bozor 
itisodiyotiga  o‗tish sharoitida iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmalari, xo‗jalik 
yurituvchi  sub‘ektlarning  erkin  iqtisodiy  faoliyat  yuritishi  muhim 
ahamiyatga  egadir.  Chunki,  iqtisodiyotning  siyosat  va  mafkuradan 
ustuvorligi, iqtisodiy faoliyat erkinligi barpo etilayotgan adolatli fuqarolik 
jamiyatining moddiy asosi bo‗lib xizmat qiladi.  
Bozor  iqtisodiyotiga  o‗tishning  murakkabligini  hisobga  olgan  holda, 
shuni  ta‘kidlash  zarurki,  bu  o‗tish  davrida  bir  qator  salbiy  holatlar, 
jumladan,  ishsizlik,  qonunbuzarlik,  jinoyatchilik  kabilar  yuzaga  kelganda 
davlatning  tartibga  solish,  nazorat  qilish  va  boshqarishdagi  roli  yanada 
ortadi. Garchi fuqarolik jamiyatining shakllanishi bilan davlatning vazifasi 
biroz qisqarsada, lekin jamiyatdagi ijtimoiy bo‗hronlarning oldini olishda, 
ijtimoiy  munosabatlarni  muvofiqlashtirishda,  ijtimoiy  adolatni  qaror 
topishida davlatning o‗rni va roli saqlanib qolaveradi. 
Konstitutsiya va qonun ustunligi tamoyilining mohiyati mamlakatimiz 
hayotining  hamma  sohalarida  qonun  ustuvorligini  ta‘minlash,  qonunga 
itoatkorlikni  shakllantirishdan  iboratdir.  Bu  tamoyilni  Birinchi  Prezident 
I.A.Karimov  shunday  ifodalaydi:  «Butun  yangilanish  va  taraqqiyot 
jarayoni  qonunga  asoslanmog‗i  zarur.  Iqtisodiy  o‗zgarishlar  sinalgan, 
amaliy  kuchga  ega  bo‗lgan  qonunga  tayangandagina,  bu  o‗zgarishlar 
sezilarli natijalar berilishi muqarar bo‗lishi mumkin»
1
 
Ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalarida  qonunning  ustunligi  huquqiy 
davlatning  asosiy  belgisi  sanaladi.  Garchi,  huquqiy  davlat  nazariyasi 
G‗arbiy  Yevropada  XVII-XVIII  asrlarda  yaratilgan,  degan  fikr  mavjud 
bo‗lsada,  huquqiy  davlat  an‘analari  milliy  davlatchiligimiz  tarixiy 
tajribasida  o‗rta  asrlardayoq  mavjud  bo‗lgan.  Jumladan,  o‗zbek 
davlatchiligining  buyuk  namoyondasi  Amir  Temur  o‗zi  barpo  etgan  juda 
katta  davlatni  «Kuch  adolatdadir»  degan  shior  bilan  idora  etgan.  Temur 
davrida  maxsus  tuzuklarga  amal  qilingan.  Ana  shu  tuzuklarda  jamiyat 
a‘zolarining axloq-odob qoidalari, mansabdor shaxslar va hukmdorlarning 
burchlari, davlat va qo‗shinni boshqarish qoidalari aniq ifoda etilgan. 
Kuchli  ijtimoiy  siyosat  yuritish  tamoyili  ham  o‗zbek  davlatchiligi 
an‘analariga  hamda  milliy  qadriyatlarimizga  mos  bo‗lib,  uning  mohiyati 
shundan  iboratki,  bozor  iqtisodiyotiga  o‗tish  sharoitida  davlat  aholini 
                                                           
1
 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислохотларни чуқурлаштириш йўлида. -Т.: «Ўзбекистон», 1995  

94 
 
ijtimoiy  himoya  qilishni  o‗z  zimmasiga  oladi.  Bozor  iqtisodiyotiga  o‗tish 
doimo  murakkab  jarayon  bo‗lib,  bu  davr  o‗ziga  xos  qiyinchiliklarni 
keltirib chiqaradi.  Shunday  sharoitda aholining ijtimoiy himoyaga  muhtoj 
qatlamlarini  o‗z  himoyasiga  olish  davlatning  muhim  vazifalaridan  biri 
hisoblanadi.  
Zaif  va  yordamga  muhtoj  kishilarga  mehr  va  muruvvat  ko‗rsatish, 
ularni moddiy va ma‘naviy qo‗llab-quvvatlash halqimiz turmush tarzidagi 
qadimiy an‘ana, azaliy milliy qadriyat sifatida davlatchilik tajribasida ham 
o‗z  ifodasini  topgan.  Masalan,  buyuk  davlat  arbobi  Amir  Temur  o‗z 
«Tuzuklarida» davlatni boshqarishda  o‗n ikkita qoidaga amal qilgan. Shu 
qoidalarda  davlat,  saltanat  ustunlarini,  aholining  barcha  qatlamlari  bilan 
quvvatlash va ularning manfaatlarini himoya qilish, ra‘iyat ahvolidan ogoh 
bo‗lish,  ulug‗larini  og‗a  qatorida,  kichiklarini  farzand  o‗rnida  ko‗rish
1
 
qoidalari ham bor.  
Mamlakatdagi  demografik  shart-sharoitlarni,  aholining  turmush 
darajasini  hisobga  olib,  O‗zbekistonda  bozor  iqtisodiyotiga  o‗tish 
sharoitida  davlat  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  orqali  kuchli  ijtimoiy 
siyosatni amalga oshirmoqda.  
Bozor  iqtisodiyotiga  bosqichma-bosqich,  o‗tish  tamoyili  milliy 
xususiyatlarimizga,  o‗zbek  davlatchiligi  an‘analariga  mos  bo‗lib,  u  o‗tish 
davrining  murakkab  xarakterini  hisobga  olgan  holda,  ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarni  puxta  o‗ylab,  ijtimoiy  larzalarsiz,  tadrijiy  tarzda  amalga 
oshirishni taqozo etadi. 
O‗zbek  davlatchiligining  o‗ziga  xos  milliy  xususiyatlaridan  biri 
bo‗lgan,  davlatchilik  taraqqiyotining  inqilobiy  sakrashlarni  chetlab, 
tadrijiy  tarzda  takomillashib  borganligini  I.A.Karimovning  quyidagi 
fikrlari  bilan  asoslashimiz  maqsadga  muvofiqdir:  «Sharqda  demokratik 
jarayonlarning  qadimdan  shakllangan  o„ziga  xos  va  o„ziga  mos 
xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo„lmaydi. Ya‟ni, sharqda 
demokratik  jarayonlar  uzviy  ravishda  va  asta  sekin  taraqqiy  topadi.  Bu 
sohada  inqilobiy  o„zgarishlar  yasashga  urinishlar  g„oyat  noxush,  hatto 
fojeali  natijalarga  olib  keladi.  Inqilobni  G„arb  olimlari  ham  «ijtimoiy 
taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli» deb atashgan. Tabiiyki, bunday 
yo„l  bizga  aslo  to„g„ri  kelmaydi»
2
  degan  fikrlarning  naqadar  asosli 
ekanligini ijtimoiy taraqqiyot ham ko‗rsatib turibdi. 
                                                           
1
 «Темур тузуклари». -Т., Ғофур Ғулом номидаги Адабиѐт ва санъат нашриѐти. 1991. 53-54 бет. 
2
  Каримов  И.А.  Ўзбекистоннинг  сиѐсий-ижтимоий  ва  иқтисодий  истиқболининг  асосий  тамойиллари  -Т.: 
Ўзбекистон. 1995. 10-11 бетлар. 

95 
 
O‗zbekistonning  mustaqil  taraqqiyot  yo‗li  bo‗lgan  «o‗zbek  modeli» 
mamlakatimizning  ijtimoiy  taraqqiyot  dasturi  bo‗lib,  bu  dastur  ijtimoiy, 
iqtisodiy va siyosiy islohotlarning  g‗oyaviy-nazariy negizini tashkil etadi. 
Mazkur  islohotlar  mustaqillik  yillarida  bir  nechta  bosqichlarni  bosib 
o‗tadi.  Jumladan,  islohotlarning  dastlabki  bosqichida  eski  ma‘muriy-
buyruqbozlik  tizimi  tugatildi  va  milliy  davlatchilikning  siyosiy-huquqiy 
poydevori barpo etildi. Keyingi bosqichda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning 
huquqiy  asosi  yaratildi,  iqtisodiyotning  barqarorlashuviga  erishildi. 
Islohotlarning navbatdagi bosqichida I.A.Karimovning «O‗zbekiston XXI 
asrga  intilmoqda»  nomli  dasturiy  asarida  belgilab  berilgan  olti  ustuvor 
vazifalar amalga oshirila boshlandi. Bu vazifalar quyidagilardan iborat:  

 Mamlakat  siyosiy,  iqtisodiy  hayotini,  davlat  va  jamiyat  qurilishini 
yanada erkinlashtirish; 

 
Jamiyat ma‘naviyatini yanada yuksaltirish; 

 Jamiyatimiz kelajagini belgilab beruvchi kadrlar siyosati

 Xalq  turmush  darajasining  izchil  va  barqaror  o‗sishi,  aholini  yanada 
kuchli ijtimoiy himoya qilish; 

 Iqtisodiyotdagi tarkibiy o‗zgarishlarni ta‘minlash; 

 Jamiyatdagi  barqarorlik,  tinchlik,  millatlar  va  fuqarolararo  totuvlikni, 
sarhadlarimiz  daxlsizligini,  mamlakatimiz  hududiy  yahlitligini 
ta‘minlash
1

Umuman,  «o‗zbek  modeli»  O‗zbekistonning  o‗ziga  xos  bo‗lgan 
taraqqiyot  yo‗li  bo‗lib,  bu  yo‗l  mamlakatimizning  tarixiy  –  milliy 
xususiyatlarini,  geografik  va  demografik  shart-sharoitlarni  hisobga  olgan, 
respublikaning  bosh,  strategik  maqsadi  sari  yo‗naltirilgan,  islohotlarning 
har bir bosqichida ijodiy rivojlanib boruvchi dasturdir. 
3.2017  yil  7  fevralda  Prezident  Sh.Mirziyoyevning  farmoni  asosida 
respublikada  olib  borilayotgan  islohotlar  samarasini  yanada  oshirish, 
davlat  va  jamiyatning  har  tomonlama  va  jadal  rivojlanishi  uchun  shart-
sharoitlar  yaratish,  mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish  hamda 
hayotning 
barcha 
sohalarini 
liberallashtirish 
bo‗yicha 
ustuvor 
yo‗nalishlarni  amalga  oshirish  maqsadida  aholi  va  tadbirkorlarni 
o‗ylantirayotgan  dolzarb  masalalarni  har  tomonlama  o‗rganish,  amaldagi 
qonunchilik,  huquqni  qo‗llash  amaliyoti  va  ilg‗or  xorijiy  tajribani  tahlil 
qilish,  shuningdek  keng  jamoatchilik  muhokamasi  natijasida  ishlab 
chiqilgan  2017  —  2021  yillarda  O‗zbekiston  Respublikasini 
                                                           
1
 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. -Т.: Ўзбекистон. 1999. 15-19 бетлар. 

96 
 
rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‗nalishi  bo‗yicha  Harakatlar 
strategiyasi tasdiqlandi.  
2017  —  2021  yillarda  O‗zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning 
beshta  ustuvor  yo‗nalishi  bo‗yicha  Harakatlar  strategiyasi  quyidagilarni 
nazarda tutadi: 
I.  Davlat  va  jamiyat  qurilishi  tizimini  takomillashtirishning 
ustuvor yo‗nalishlari: 
1.1.  Demokratik  islohotlarni  chuqurlashtirish  va  mamlakatni 
modernizatsiya  qilishda  Oliy  Majlis,  siyosiy  partiyalarning  rolini  yanada 
kuchaytirish: 
davlat  hokimiyati  tizimida  Oliy  Majlisning  rolini  oshirish,  uning 
mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda 
ijro  hokimiyati  faoliyati  ustidan  parlament  nazoratini  amalga  oshirish 
bo‗yicha vakolatlarini yanada kengaytirish; 
qabul  qilinayotgan  qonunlarning  amalga  oshirilayotgan  ijtimoiy-
siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  sud-huquq  islohotlari  jarayoniga  ta‘sirini 
kuchaytirishga  yo‗naltirgan  holda  qonun  ijodkorligi  faoliyati  sifatini 
tubdan oshirish; 
siyosiy  tizimni  rivojlantirish,  davlat  va  jamiyat  hayotida  siyosiy 
partiyalarning  rolini  kuchaytirish,  ular  o‗rtasida  sog‗lom  raqobat  muhitini 
shakllantirish. 
1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish: 
davlat 
boshqaruvini 
markazlashtirishdan 
chiqarish, 
davlat 
xizmatchilarining  kasbiy  tayyorgarlik,  moddiy  va  ijtimoiy  ta‘minot 
darajasini  oshirish  hamda  iqtisodiyotni  tartibga  solishda  davlat  ishtirokini 
bosqichma-bosqich qisqartirish orqali davlat boshqaruvi va davlat xizmati 
tizimini isloh qilish
mamlakatni  ijtimoiy-siyosiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish 
bo‗yicha  vazifalarni  amalga  oshirishda  o‗zaro  manfaatli  hamkorlikning 
samarasini  oshirishga  qaratilgan  davlat-xususiy  sheriklikning  zamonaviy 
mexanizmlarini joriy etish
davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari  faoliyatining  ochiqligini 
ta‘minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda 
qonuniy  manfaatlariga  oid  axborotni  taqdim  qilishning  zamonaviy 
shakllarini joriy etish; 
«Elektron  hukumat»  tizimini  takomillashtirish,  davlat  xizmatlari 
ko‗rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda 
tadbirkorlik sub‘ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish. 
1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish: 

97 
 
xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish; 
jamoatchilik  nazoratini  amalga  oshirishning  zamonaviy  shakllarini 
rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish; 
fuqarolik  jamiyati  institutlarini  rivojlantirish,  ularning  ijtimoiy  va 
siyosiy faolligini oshirish; 
mahalla  institutining  jamiyat  boshqaruvidagi  o‗rni  va  faoliyati 
samaradorligini oshirish; 
ommaviy  axborot  vositalarining  rolini  kuchaytirish,  jurnalistlarning 
kasbiy faoliyatini himoya qilish.  
II. Qonun ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizimini yanada 
isloh qilishning ustuvor yo‗nalishlari 
2.1.  Sud  hokimiyatining  chinakam  mustaqilligini  ta‟minlash,  sudning 
nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish: 
sudyalar  va  sud  apparati  xodimlarining  mavqeini,  moddiy 
rag‗batlantirish  va  ijtimoiy  ta‘minot  darajasini  oshirish,  sudlarning 
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; 
sudyalarga  g‗ayriqonuniy  tarzda  ta‘sir  o‗tkazishga  yo‗l  qo‗ymaslik 
bo‗yicha ta‘sirchan choralar ko‗rish; 
sudning  mustaqilligi  va  beg‗arazligi,  sud  protsessida  tomonlarining 
tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish
«Xabeas  korpus»  institutini  qo‗llash  sohasini  kengaytirish,  tergov 
ustidan sud nazoratini kuchaytirish va boshqalar. 
2.2.  Fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini  ishonchli  himoya  qilish 
kafolatlarini ta‟minlash: 
fuqarolarning murojaatlarini o‗z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko‗rib 
chiqishda  sansalorlik,  rasmiyatchilik  va  loqayd  munosabatda  bo‗lish 
holatlariga  yo‗l  qo‗yganlik  uchun  javobgarlikning  muqarrarligini 
ta‘minlash,  shuningdek,  buzilgan  huquqlarni  tiklashning  barcha  zarur 
choralarini ko‗rish;  
sud,  huquqni  muhofaza  qiluvchi  va  nazorat  idoralari  faoliyatida 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini 
ta‘minlash va boshqalar. 
2.3.  Ma‟muriy,  jinoyat,  fuqarolik  va  xo„jalik  qonunchiligini 
takomillashtirish: 
jinoyat  va  jinoyat-protsessual  qonunchiligini  takomillashtirish  va 
liberallashtirish,  alohida  jinoiy  qilmishlarni  dekriminallashtirish,  jinoiy 
jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish; 

98 
 
odil  sudlovni  amalga  oshirish  samaradorligi  va  sifatini  oshirish, 
ma‘muriy,  jinoyat,  fuqarolik  va  xo‗jalik  sud  ish  yurituvining  protsessual 
asoslarini takomillashtirish va boshqalar. 
2.4.  Jinoyatchilikka  qarshi  kurashish  va  huquqbuzarliklarning  oldini 
olish tizimini takomillashtirish: 
jinoyatchilikka  qarshi  kurashish  va  huquqbuzarliklarning  oldini  olish 
borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish; 
diniy  ekstremizm  va  terrorizmga,  uyushgan  jinoyatchilikning  boshqa 
shakllariga  qarshi  kurashish  bo‗yicha  tashkiliy-amaliy  choralarni 
kuchaytirish; 
korrupsiyaga  qarshi  kurashishning  tashkiliy-huquqiy  mexanizmlarini 
takomillashtirish  va  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  tadbirlarining 
samaradorligini oshirish; 
aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat 
tuzilmalarining  fuqarolik  jamiyati  institutlari,  ommaviy  axborot  vositalari 
bilan o‗zaro samarali hamkorligini tashkil etish. 
2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash: 
huquqni  muhofaza  qiluvchi  va  nazorat  idoralari  ishini  samarali 
rejalashtirish  va  uning  natijalarini  tahlil  qilish,  tizimli  huquqbuzarliklarni 
aniqlash  hamda  ularga  imkoniyat  yaratayotgan  sabab  va  sharoitlarni 
bartaraf etish; 
sud,  huquqni  muhofaza  qiluvchi  va  nazorat  idoralari  xodimlarini 
o‗qitish,  tanlash,  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish, 
rotatsiya qilish tizimini takomillashtirish; 
huquqni  muhofaza  qiluvchi  va  nazorat  idoralari  xodimlari  orasida 
huquqbuzarliklarni  oldini  olish,  profilaktika  qilish  va  bartaraf  etish 
bo‗yicha idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish; 
huquqni  muhofaza  qiluvchi  va  nazorat  idoralari  faoliyati  ustidan 
jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning 
huquqni muhofaza qilish tizimiga bo‗lgan ishonchini mustahkamlash. 
2.6. Yuridik yordam va xizmat ko‗rsatish tizimini takomillashtirish: 
davlat organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish; 
advokatura  institutini  rivojlantirish,  jinoyat,  fuqarolik,  ma‘muriy  va 
xo‗jalik ishlarini ko‗rib chiqishda advokatlarning rolini oshirish
notariat  va  fuqarolik  holatlari  dalolatnomalarini  yozish  organlari 
tizimini isloh qilish. 
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor 
yo‗nalishlari 

99 
 
3.1.  Makroiqtisodiy  barqarorlikni  yanada  mustahkamlash  va  yuqori 
iqtisodiy o„sish sur‟atlarini saqlab qolish: 
makroiqtisodiy  mutanosiblikni  saqlash,  qabul  qilingan  o‗rta  muddatli 
dasturlar  asosida  tarkibiy  va  institutsional  o‗zgarishlarni  chuqurlashtirish 
hisobiga  yalpi  ichki  mahsulotning  barqaror  yuqori  o‗sish  sur‘atlarini 
ta‘minlash; 
soliq  yukini  kamaytirish  va  soliqqa  tortish  tizimini  soddalashtirish 
siyosatini  davom  ettirish,  soliq  ma‘muriyatchiligini  takomillashtirish  va 
tegishli rag‗batlantiruvchi choralarni kengaytirish; 
bank  tizimini  isloh  qilishni  chuqurlashtirish  va  barqarorligini 
ta‘minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, 
ularning  moliyaviy  barqarorligi  va  ishonchliligini  mustahkamlash, 
istiqbolli  investitsiya  loyihalari  hamda  kichik  biznes  va  xususiy 
tadbirkorlik sub‘ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish; 
xalqaro  iqtisodiy  hamkorlikni  yanada  rivojlantirish,  jumladan, 
yetakchi  xalqaro  va  xorijiy  moliyaviy  institutlar  bilan  aloqalarni 
kengaytirish,  puxta  o‗ylangan  tashqi  qarzlar  siyosatini  amalga  oshirishni 
davom  ettirish,  jalb  qilingan  xorijiy  investitsiya  va  kreditlardan  samarali 
foydalanish. 
3.2. Tarkibiy o„zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning 
etakchi  tarmoqlarini  modernizatsiya  va  diversifikatsiya  qilish  hisobiga 
uning raqobatbardoshligini oshirish: 
yuqori  texnologiyali  qayta  ishlash  tarmoqlarini,  eng  avvalo,  mahalliy 
xomashyo  resurslarini  chuqur  qayta  ishlash  asosida  yuqori  qo‗shimcha 
qiymatli  tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarishni  jadal  rivojlantirishga 
qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‗tkazish orqali sanoatni yanada 
modernizatsiya va diversifikatsiya qilish; 
turizm  industriyasini  jadal  rivojlantirish,  iqtisodiyotda  uning  roli  va 
ulushini  oshirish,  turistik  xizmatlarni  diversifikatsiya  qilish  va  sifatini 
yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish;  
eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini 
va  geografiyasini  diversifikatsiya  qilish,  iqtisodiyot  tarmoqlari  va 
hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish; 
3.3. Qishloq xo„jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish: 
tarkibiy  o‗zgartirishlarni  chuqurlashtirish  va  qishloq  xo‗jaligi  ishlab 
chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada 
mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, 
agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish

100 
 
paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‗shagan 
yerlarga  kartoshka,  sabzavot,  ozuqa  va  yog‗  olinadigan  ekinlarni  ekish, 
shuningdek,  yangi  intensiv  bog‗  va  uzumzorlarni  joylashtirish  hisobiga 
ekin maydonlarini yanada optimallashtirish; 
fermer xo‗jaliklari, eng avvalo, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab 
chiqarish  bilan  bir  qatorda,  qayta  ishlash,  tayyorlash,  saqlash,  sotish, 
qurilish  ishlari  va  xizmatlar  ko‗rsatish  bilan  shug‗ullanayotgan  ko‗p 
tarmoqli fermer xo‗jaliklarini rag‗batlantirish va rivojlantirish uchun qulay 
shart-sharoitlar yaratish
sug‗oriladigan  yerlarning  meliorativ  holatini  yanada  yaxshilash, 
melioratsiya  va  irrigatsiya  ob‘ektlari  tarmoqlarini  rivojlantirish,  qishloq 
xo‗jaligi  ishlab  chiqarish  sohasiga  intensiv  usullarni,  eng  avvalo,  suv  va 
resurslarni  tejaydigan  zamonaviy  agrotexnologiyalarni  joriy  etish, 
unumdorligi yuqori bo‗lgan qishloq xo‗jaligi texnikasidan foydalanish; 
kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy er-iqlim va ekologik 
sharoitlarga  moslashgan  qishloq  xo‗jaligi  ekinlarining  yangi  seleksiya 
navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va 
ishlab  chiqarishga  joriy  etish  bo‗yicha  ilmiy-tadqiqot  ishlarini 
kengaytirish; 
3.4.  Iqtisodiyotda  davlat  ishtirokini  kamaytirish,  xususiy  mulk 
huquqini  himoya  qilish  va  uning  ustuvor  mavqeini  yanada  kuchaytirish, 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag„batlantirishga qaratilgan 
institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish: 
xususiy  mulk  huquqi  va  kafolatlarini  ishonchli  himoya  qilishni 
ta‘minlash,  xususiy  tadbirkorlik  va  kichik  biznes  rivoji  yo‗lidagi  barcha 
to‗siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‗liq erkinlik berish, «Agar xalq 
boy  bo‗lsa,  davlat  ham  boy  va  kuchli  bo‗ladi»  degan  tamoyilni  amalga 
oshirish va boshqalar.  
3.5.  Viloyat,  tuman  va  shaharlarni  kompleks  va  mutanosib  ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal 
foydalanish: 
ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishni  jadallashtirish,  xalqning  turmush 
darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-
xomashyo,  sanoat,  qishloq  xo‗jaligi,  turistik  va  mehnat  salohiyatidan 
kompleks va samarali foydalanishni ta‘minlash va boshqalar. 
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlari 
4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish: 

101 
 
aholining  real  pul  daromadlarini  va  xarid  qobiliyatini  oshirish,  kam 
ta‘minlangan  oilalar  sonini  va  aholining  daromadlari  bo‗yicha  farqlanish 
darajasini yanada kamaytirish;  
byudjet  muassasalari  xodimlarining  ish  haqi,  pensiya,  stipendiya  va 
ijtimoiy nafaqalar  hajmini inflyasiya sur‘atlaridan yuqori  miqdorda  izchil 
oshirish; 
yangi  ish  o‗rinlarini  yaratish  hamda  aholining,  eng  avvalo,  o‗rta 
maxsus  va  oliy  o‗quv  muassasalari  bitiruvchilari  bandligini  ta‘minlash, 
mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta‘minlash, 
ishsizlik darajasini kamaytirish va boshqalar. 
4.2.  Aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  va  sog„liqni  saqlash  tizimini 
takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish: 
aholiga  tibbiy  va  ijtimoiy-tibbiy  xizmat  ko‗rsatish  qulayligi  hamda 
sifatini oshirishga, aholi o‗rtasida sog‗lom turmush tarzini shakllantirishga, 
tibbiyot  muassasalarining  moddiy-texnika  bazasini  mustahkamlashga 
yo‗naltirgan  holda  sog‗liqni  saqlash sohasini,  eng  avvalo,  uning  dastlabki 
bo‗g‗inini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish; 
xotin-qizlarning  ijtimoiy-siyosiy  faolligini  oshirish,  ularni  davlat  va 
jamiyat  boshqaruvidagi  o‗rnini  kuchaytirish,  xotin-qizlar,  kasb-hunar 
kolleji  bitiruvchi  qizlarining  bandligini  ta‘minlash,  ularni  tadbirkorlik 
faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash; 
pensionerlar, nogiron, yolg‗iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand 
toifalarining  to‗laqonli  hayot  kechirishlarini  ta‘minlash  uchun  ularga 
tibbiy-ijtimoiy  yordam  ko‗rsatish  tizimini  yanada  rivojlantirish  va 
takomillashtirish;  
4.3.  Arzon  uy-joylar  barpo  etish  bo„yicha  maqsadli  dasturlarni 
amalga  oshirish, aholining  hayot  sharoitlari  yaxshilanishini  ta‟minlovchi 
yo„l-transport,  muhandislik-kommunikatsiya  va  ijtimoiy  infratuzilmani 
rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish: 
aholi,  eng  avvalo,  yosh  oilalar,  eskirgan  uylarda  yashab  kelayotgan 
fuqarolar  va  uy-joy  sharoitini  yaxshilashga  muhtoj  boshqa  fuqarolarning 
yashash  sharoitini  imtiyozli  shartlarda  ipoteka  kreditlari  ajratish  hamda 
shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash; 
teatr  va  tomosha  maskanlarini,  madaniy-ma‘rifiy  tashkilotlar  va 
muzeylar  faoliyatini  rivojlantirish  hamda  takomillashtirish,  ularning 
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. 
4.4. Ta‟lim va fan sohasini rivojlantirish: 
uzluksiz  ta‘lim  tizimini  yanada  takomillashtirish,  sifatli  ta‘lim 
xizmatlari  imkoniyatlarini  oshirish,  mehnat  bozorining  zamonaviy 

102 
 
ehtiyojlariga  mos  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlash  siyosatini  davom 
ettirish; 
maktabgacha  ta‘lim  muassasalari  tarmog‗ini  kengaytirish  va  ushbu 
muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy 
rivojlanishi  uchun  shart-sharoitlarni  tubdan  yaxshilash,  bolalarning 
maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish 
imkoniyatlarini  ta‘minlash,  pedagog  va  mutaxassislarning  malaka 
darajasini yuksaltirish; 
umumiy  o‗rta  ta‘lim  sifatini  tubdan  oshirish,  chet  tillar,  informatika 
hamda  matematika,  fizika,  kimyo,  biologiya  kabi  boshqa  muhim  va  talab 
yuqori bo‗lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‗rganish va boshqalar. 
4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish: 
jismonan sog‗lom, ruhan va aqlan rivojlangan,  mustaqil fikrlaydigan, 
Vatanga  sodiq,  qat‘iy  hayotiy  nuqtai  nazarga  ega  yoshlarni  tarbiyalash, 
demokratik 
islohotlarni 
chuqurlashtirish 
va 
fuqarolik 
jamiyatini 
rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish; 
yoshlarni  ijtimoiy  himoya  qilish,  yosh  oilalar  uchun  munosib  uy-joy 
va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish; 
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va 
boshqaruvi  organlari,  ta‘lim  muassasalari,  yoshlar  va  boshqa 
tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish. 
V.  Xavfsizlik,  millatlararo  totuvlik  va  diniy  bag‗rikenglikni 
ta‘minlash  hamda  chuqur  o‗ylangan,  o‗zaro  manfaatli  va  amaliy 
tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‗nalishlar 
5.1.  Xavfsizlik,  diniy  bag„rikenglik  va  millatlararo  totuvlikni 
ta‟minlash sohasidagi ustuvor yo„nalishlar: 
O‗zbekiston  Respublikasining  konstitutsiyaviy  tuzumi,  suvereniteti, 
hududiy yaxlitligini muhofaza qilish; 
axborot  xavfsizligini  ta‘minlash  va  axborotni  himoya  qilish  tizimini 
takomillashtirish,  axborot  sohasidagi  tahdidlarga  o‗z  vaqtida  va  munosib 
qarshilik ko‗rsatish; 
fuqarolik,  millatlararo  va  konfessiyalararo  tinchlik  hamda  totuvlikni 
mustahkamlash; 
davlatning 
mudofaa 
qobiliyatini 
mustahkamlash, 
O‗zbekiston 
Respublikasi  Qurolli  Kuchlarining  jangovar  qudrati  va  salohiyatini 
oshirish; 
5.2.  Chuqur  o„ylangan,  o„zaro  manfaatli  va  amaliy  tashqi  siyosat 
sohasidagi ustuvor yo„nalishlar: 

103 
 
davlat  mustaqilligi  va  suverenitetini  mustahkamlash,  mamlakatning 
xalqaro  munosabatlarning  teng  huquqli  sub‘ekti  sifatidagi  o‗rni  va  rolini 
oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‗zbekistonning 
yon-atrofida  xavfsizlik,  barqarorlik  va  ahil  qo‗shnichilik  muhitini 
shakllantirish; 
O‗zbekiston  Respublikasining  xalqaro  nufuzini  mustahkamlash, 
mamlakatda  olib  borilayotgan  islohotlar  to‗g‗risida  jahon  hamjamiyatiga 
xolis axborot etkazish;  
O‗zbekiston  Respublikasining  tashqi  siyosiy  va  tashqi  iqtisodiy 
faoliyatining  normativ-huquqiy  bazasini  hamda  xalqaro  hamkorlikning 
shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish; 
davlat  chegarasini  delimitatsiya  va  demarkatsiya  qilish  masalalarini 
hal etish. 
 
TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR 
 
1. O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  7  fevraldagi 
―O‗zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo‗yicha  Harakatlar 
strategiyasi to‗g‗risida‖gi Farmoni // Xalq so‗zi, 2017, 8 fevral  
2. Karimov I.A. Asarlar to‗plami. 1-23 jildlar. T. O‗zbekiston. 1996-2016. 
3. Мирзиѐев  Ш.М.  ―Миллий  тараққиѐт  йўлимизни  қатъият  билан 
давом  эттириб,  янги  босқичга  кўтарамиз‖.  –  Т.:  ―Ўзбекистон‖ 
НМИУ, 2017. 1-жилд. 
4. Шарифхўжаев  М.  Ўзбекистонда  очиқ  фуқаролик  жамиятининг 
шаклланиши. – Т.: Шарқ, 2003 
5. Қирғизбоев  М.  Фуқаролик  жамияти:  генезиси,  шаклланиши  ва 
ривожланиши. – Т.: Ўзбекистон, 2010   
6. Жалилов  A.  ва  бошқалар.  Фуқаролик  жамияти  асослари.  –  Т.: 
Baktria press, 2015.  
7. Фуқаролик жамияти: 2016. Ziyonet.uz.  
8.  O‗tamurodov A. va boshqalar. Fuqarolik jamiyati fanidan tushuncha va 
atamalar lug‗ati. T.: Turon-zamin-ziyo. 2017. 23 b.t.  
 
INTERNET SAYTLARI  
 
1. www.president.uz 
2. www.ziyonet.uz 
3. www.xs.uz 
4. www.nimfogo.uz 

104 
 
Mavzu: O‗ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI 
INSTITUTLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI 
 
Reja: 
1. Fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  va  rivojlantirishda  demokratik 
institutlarning tutgan o‗rni 
2. Ko‗ppartiyaviylik – fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim sharti 
3. O‗zbekistonda  nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  fuqarolik  jamiyati 
instituti sifatida rivojlanshi uchun yaratilgan shart-sharoitlar 
 
Tayanch so‗z va iboralar: 
Demokratik 
institutlar, 
ko„ppartiyaviylik, 
siyosiy 
partiya, 
parlamentdagi  ko„pchilik,  demokratik  kuchlar  bloki,  parlamentdagi 
muxolifat,  fuqarolik  jamiyati  institutlari,    o„zini  o„zi  boshqarish,  nodavlat 
notijorat tashkilotlar, uchinchi sektor, manfaatlar guruhlari 
 
1.  Fuqarolik  jamiyati  o‗zining  rang-barangligi,  turli-tumanligi  bilan 
ajralib  turadi.  Unda  turfa  ko‗rinishdagi  ma‘rifiy,  madaniy  va  boshqa 
mazmundagi tashkilotlar faoliyat ko‗rsatishi mumkin. Keng ko‗lamda rivoj 
topgan jamoat birlashmalari tizimining mavjudligi - fuqarolik jamiyatining 
muhim  sifat  belgilaridan  biridir.  Bunday  ijtimoiy  institutlar  vositasida 
fuqarolar  o‗zlarining  siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy  va  turmushning  boshqa 
sohalaridagi  ehtiyoj  hamda  manfaatlarini  qondirish  va  himoyalash, 
umumiy muammolarni birgalikda hal etish imkoniyatiga ega bo‗ladilar. 
Jamoat birlashmalari - davlatdan mustaqil bo„lgan, alohida faoliyat 
yuritadigan,  ayni  vaqtda,  davlat  institutlariga  ta‟sir  o„tkaza  oladigan, 
davlatning  ijtimoiy  hayotga,  shuningdek,  fuqarolarning  shaxsiy  hayotiga 
asossiz aralashuvidan muhofaza qilishga yo„naltirilgan tashkilotlardir.  
Jamoat 
birlashmalarining 
davlatga 
nisbatan 
mustaqilligi 
quyidagilardan ko‗rinadi:  
birinchidan,  ular  o‗z  ichki  va  tarkibiy  tuzilishi  hamda  faoliyatining 
yo‗nalishlarini mustaqil belgilaydilar;  
ikkinchidano‗z irodalarini o‗zlari ifoda etadilar va bu normativ iroda 
tashkilot a‘zolariga majburiy bo‗ladi;  
uchinchidan,  mazkur  ijtimoiy  tuzilmalar  o‗z  ustav  (nizom)lari 
vositasida  tashkilot  a‘zolarining  huquq  va  burchlarini  mustaqil 
belgilaydilar;  
to„rtinchidan, o‗z mulk va mablag‗lariga ega bo‗lib, ularni o‗z ixtiyori 
va ehtiyojiga qarab tasarruf etadilar.  

105 
 
Fuqarolarning  jamoat  birlashmalariga,  siyosiy  partiyalarga  uyushish 
borasidagi  konstitutsiyaviy  huquqi  ijtimoiy  institutlarning,  shu  jumladan, 
kasaba uyushmalarining tashkil topishi  va faoliyat yuritishi uchun yuridik 
asos  bo‗lib  xizmat  qiladi.  O‗zbekiston  fuqarolari  kasaba  uyushmalariga, 
siyosiy  partiyalarga,  boshqa  jamoat  birlashmalariga  uyushish,  ommaviy 
harakatlarda  ishtirok  etish  huquqiga  egadirlar.  Jamoat  birlashmalari  xalq 
ijodkorligi  va  tashabbusining  natijasi  bo‗lib,  uning  ijtimoiy-siyosiy 
hayotda faol hamda samarali ishtirok etishining ishonchli vositasidir. Ular 
demokratiyaning  tarkibiy  qismi  va  fuqarolik  jamiyati  hayotining  shakli 
sifatida namoyon bo‗ladilar. Konstitutsiya jamoat birlashmalarining tashkil 
etilishi va faoliyat yuritishi erkinligini kafolatlaydi.  
Siyosiy  partiyalar,  ommaviy  harakatlar,  kasaba  uyushmalari,  xotin-
qizlar,  yoshlar  va  bolalar  tashkilotlari,  faxriylar  va  nogironlar 
tashkilotlari,  ilmiy-texnikaviy,  madaniy-ma‟rifiy,  fizkultura-sport  va 
boshqa  ko„ngilli  jamiyatlar,  ijodiy  uyushmalar,  yurtdoshlar  uyushmalari, 
fondlar,  assotsiatsiyalar  va  fuqarolarning  boshqa  birlashmalari  jamoat 
birlashmalari deb e‘tirof etiladi.  
O‗zbekiston  fuqarolariga  o‗z  faoliyatlarini  amalga  oshirish  uchun 
keng  ko‗lamdagi  shart-sharoit  yaratilgan.  Yangilanayotgan  jamiyatimizda 
fuqarolarning  davlat  ishlarida  qatnashish  faolligini  oshirishda  jamoat 
birlashmalari katta ahamiyat kasb etadi. Jamoat birlashmalari faoliyatining 
asosiy prinsiplariga quyidagilar kiradi:  
1) ixtiyorlik;  
2) teng huquqlilik;  
3) o‗zini o‗zi boshqarish;  
4) qonuniylik;  
5) insonparvarlik; 
6) oshkoralik. 
Demokratik  institutlar  –  bu,  davlat  va  jamiyatda  demokratik  tuzumni 
shakllantiruvchi  demokratik  tamoyillarni  amalga  oshirishning  tashkiliy 
shakllari  hisoblanadi.  Umumiy  demokratik  institutlarga  yuqori  davlat 
organlarining  saylanishi,  saylovchilar  yoki  deputatlar  oldida  saylab 
qo„yiladigan  organlarning  mas‟uliyati  va  hisobdorligi,  vakolat  muddati 
tugaganida  saylab  qo„yiladigan  davlat  vakillik  organlari  tarkibining 
almashinib turishi kabilarni kiritish mumkin. 
2. “Partiya” so‗zi lotincha ―part‖ so‗zidan kelib chiqqan bo‗lib, ―ish‖, 
―qism‖  degan  ma‘nolarni  anglatadi. Siyosiy  partiya  -  aholining,  sinfning, 
ijtimoiy  qatlam  yoki  qatlamlarning  bir  qismi.  Ilmiy  nuqtai  nazardan 
siyosiy partiyalar uchun berilgan quyidagi ta‘rifni asos sifatida qabul qilish 

106 
 
mumkin:  siyosiy  partiya  –  fuqarolarning  eng  faol,  mushtarak  mafkura 
asosida bog„langan, davlat hokimiyatini qo„lga kiritish, uni saqlab qolish 
va  amalga  oshirishga  intiluvchi  qismi,  ixtiyoriy  ittifoqidir.  Siyosiy 
partiyalar  jamoat  birlashmasi  shaklida  tashkil  etiluvchi  va  faoliyat 
yurituvchi  fuqarolik  jamiyatining  o‗ziga  xos  instituti  bo‗lib,  u muhim 
ijtimoiy-siyosiy va vakillik vazifalarini amalga oshiradi. 
Zamonaviy  siyosatshunoslikda  siyosiy  partiyaning  o‗ziga  xosligini 
ifodalovchi quyidagi bir qator jihatlari ajratib ko‗rsatiladi: 
har  qanday  partiya  aholi  guruhlari  va  aniq  ijtimoiy  qatlamning 
manfaat  va  intilishlarini  ifoda  etuvchi  mafkura  egasi  va  uning 
targ„ibotchisi hisoblanadi; 
- siyosiy  partiya  –  kishilarning  tartibli  va  davomli  birlashuvini 
ta‟minlovchi  respublika,  viloyat,  tuman  va  shahar  darajasida  faoliyat 
yurituvchi tashkilotdir
siyosiy  partiyaning  maqsadi  –  o„zining  elektorati  manfaatlarini 
ifodalovchi  dasturiy  maqsadlarini  ilgari  surish  imkoniyatiga  ega  bo„lish 
uchun  davlat  hokimiyati  vakillik  organlarida  ko„pchilik  o„rinni  egallash 
hisoblanadi; 
- har  bir  siyosiy  partiya  o‗zining  xayrixohlari  safini  kengaytirishga 
harakat qiladi, ya‘ni saylovlar davrida imkon qadar ko‗proq saylovchilarni 
o‗z  tomoniga  og‗dirish  bo‗yicha  ish  olib  borsa,  saylovlar  oralig‗ida  esa 
partiyaga  tarafdorlarni  jalb  qilish  hamda  ularning  tarkibidan  partiya 
a‘zolari  va  faollarini  tanlash  hamda  tayyorlash  chora-tadbirlarini  amalga 
oshiradi
1

Har bir mamlakat demokratik institutlarni, xususan parlamentarizm va 
ko‗ppartiyaviylikni  shakllantirishda  o‗z  yo‗liga  ega.  O‗zbekiston  ham 
bundan  mustasno  emas.  O‗zbekiston  tanlab  olgan  yo‗lning  o‗ziga  xosligi 
sobiq  sovet  totalitar,  yakkapartiyaviylik  tizimining  uzoq  vaqt  hukmronlik 
qilganligi 
bilan 
izohlanadi. 
Mustaqillikning 
ilk 
yillaridayoq 
yakkapartiyaviy diktatga barham berildi va ko‗ppartiyaviy siyosiy tizimni 
shakllantirish  maqsad  qilib  olindi.  Yakka  partiya  hukmronligi  bartaraf 
etilgandan  so‗ng  jamiyatimizda  siyosiy  plyuralizmning  vujudga  kelishi, 
siyosiy  partiyalarning  shakllanishi  bilan  bog‗liq  jarayonlar  shiddat  bilan 
boshlanib ketdi.  
1992  yil  8  dekabrda  O‗zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  qabul 
qilingandan  so‗ng,  siyosiy  partiyalarning  shakllanishi  uchun  muhim 
huquqiy  shart-sharoitlar  yaratildi.  Qisqa  fursat  ichida  mamlakatimizda 
                                                           
1
Қаранг:  Lapalombara  J.,  Weiner  M.  Origin  and  Development  Political  Parties  /  J.Lapolambara,  M.Weiner  (eds.) 
PoliticalPartiesandPoliticalDevelopment.Princeton; N.Y., 1966.P. 33-40. 

107 
 
huquqiy  asosda,  parlamentda  faoliyat  ko‗rsatuvchi  partiyalarning 
shakllanish jarayoni sodir bo‗ldi. 
Respublikamizda ko‗ppartiyaviylikning shakllanish jarayonini har biri 
muayyan  voqea  bilan  ajralib  turadigan  quyidagi  beshta  bosqichga  bo‗lish 
mumkin: 
1)  1991-1994  yillar:  yakka  partiyaviylikning  tugatilishi  va 
ko‗ppartiyaviylikning 
shakllanishi 
uchun 
zarur 
bo‗lgan 
shart-
sharoitlarining yaratilishi; 
2)  1995-1999  yillar:  ko‗ppartiyaviylikning  qonunchilik  asoslari 
yaratilishi  va  yangi  partiyalarning  tashkil  topishi.  ―Siyosiy  partiyalar 
to‗g‗risida‖gi 
(26.11.1996  y.),  ―Nodavlat  notijorat  tashkilotlari 
to‗g‗risida‖gi  (14.04.1999  y.)  O‗zbekiston  Respublikasi  Qonunlarining 
qabul qilinishi; 
3)  2000-2004  yillar:  siyosiy  tajriba  to‗plash  va  moliyaviy 
mustaqillikni  ta‘minlash,  doimiy  elektoratni  belgilab  olish.  ―Qonun 
loyihalarining  umumxalq  muhokamasi  to‗g‗risida‖gi  (14.12.2000y.), 
―O‗zbekiston Respublikasining referendumi to‗g‗risida‖gi (30.08.2001 y.), 
―Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy 
tamoyillari  to‗g‗risida‖gi  (04.04.2002),  yangi  tahrirdagi  ―O‗zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov  to‗g‗risida‖gi  (29.08.2003  y.) 
O‗zbekiston Respublikasi Qonunlarining qabul qilinishi; 
4)  2005-2006  yillar:  siyosiy  partiyalar  parlament  nazoratining 
kuchayishi, konstruktiv muxolifatning shakllanishi;  
5)  2007  yilda  to  hozirgi  kunga  qadar:  siyosiy  partiyalar  faoliyati 
―Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada  demokratlashtirish  hamda 
mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy  partiyalarning  rolini 
kuchaytirish 
to‗g‗risida‖ 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
yangi 
Konstitutsiyaviy  qonuni  asosida  (11.04.2007  y.)  yanada  jadallashuvi, 
siyosiy partiyalarning O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‗zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisi,  xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar 
Kengashlariga  bo‗lib  o‗tgan  saylovlardagi  ishtiroki,  partiyalararo 
raqobatning kuchayishi.  
2004 yildan amal qila boshlagan ―Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish 
to‗g‗risida‖gi Qonun ham nihoyatda muhim qadamlardan biri bo‗ldi.  
Siyosiy  partiyalar  saylovlarda  ishtirok  etib,  tegishli  organlarga  o‗z 
vakillarini o‗tkazish orqali davlat hokimiyati organlari faoliyatida ishtirok 
etadi.  Shu  bilan  birga  siyosiy  partiyalar  zamonaviy  jamiyat  tizimining 
muhim  qismi  bo‗lib,  ular  davlatning  siyosiy  yo‗nalishini  belgilashda 
ishtirok  etadi,  hukumatning  vakillik  va  ijro  etuvchi  muassasalarini 

108 
 
shakllantiradi.  Huquqiy  demokratik  davlat  qurish,  kuchli  fuqarolik 
jamiyatini  shakllantirish  jarayonida  ko‗ppartiyaviylikning  rivojlanishiga, 
mustaqil,  faol  aholining  keng  qatlami  tomonidan  qo‗llab-quvvatlanadigan 
siyosiy  partiyalar  va  boshqa  jamoatchilik  tashkilotlarining  shakllanishi 
uchun shart-sharoitlar yaratilishiga katta ahamiyat berildi. 
Alohida ta‘kidlash kerakki, ―Davlat boshqaruvini yangilash va yanada 
demokratlashtirish  hamda  mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy 
partiyalarning 
rolini 
kuchaytirish 
to‗g‗risida‖gi 
Konstitutsiyaviy 
Qonunning  qabul  qilinishi  mamlakatda  fuqarolik  jamiyati  institutlarini 
yanada  rivojlantirish  uchun  huquqiy  asoslarni  mustahkamlab,  siyosiy 
partiyalar  demokratik  tamoyillar  asosida  faoliyat  yuritishlari  uchun 
imkoniyatlar  yaratdi.  Darhaqiqat,  qonunning  2-moddasida  siyosiy 
partiyalar  fraksiyasi  siyosiy  partiyadan  ko‗rsatilgan  deputatlar  tomonidan 
partiya  manfaatlarini  O‗zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 
Qonunchilik  palatasida  ifodalash  maqsadida  tuziladigan  va  belgilangan 
tartibda 
ro‗yxatdan 
o‗tkazilgan  deputatlar  birlashmasi  ekanligi, 
O‗zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasida 
ko‗pchilik  o‗rinni  egallagan  siyosiy  partiya  fraksiyasi  parlamentdagi 
ko„pchilikni  tashkil  etishi,  o‗z  dasturiy  maqsadli  vazifalarining 
yaqinligidan  yoki  mosligidan  kelib  chiqqan  holda  blok  tuzadigan  bir 
nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‗zbekiston ekologik harakatidan 
saylangan  deputatlar  ham  parlamentdagi  ko‗pchilikni  tashkil  etishi 
mumkinligi kabi qoidalar o‗z aksini topdi. 
Ko„ppartiyaviylik  zamonaviy  demokratik  jamiyatlar  siyosiy  hayotini 
tashkil  qilishning  asosiy  konstitutsiyaviy  tamoyillaridan  biri  hisoblanadi. 
Aynan  ko‗ppartiyaviylik  tufayli  demokratiyaning  siyosiy  plyuralizm, 
qonun  ustuvorligi,  imkoniyatlar  tengligi  kabi  asoskor  tamoyillarini  o‗zida 
mujassam  etgan  siyosiy  partiyalar  va  ularning  vakillari  o‗rtasida  doimiy 
muloqot ta‘minlanadi.  
Hozirgi  paytda  respublikamizda  beshta  siyosiy  partiya  faoliyat 
ko‗rsatmoqda. Bular:  
1.O‗zbekiston xalq demokratik partiyasi (XDP); 
2.―Adolat‖ sotsial-demokratik partiyasi (ASDP); 
3.―Milliy tiklanish‖ demokratik partiyasi (MTDP); 
4.  Tadbirkorlar  va  ishbilarmonlar  harakati  -  O‗zbekiston  Liberal-
demokratik partiyasi (O‗zLiDeP); 
5.O‗zbekiston Ekologik partiyasi. 
O‗zbekiston xalq demokratik partiyasi 1991 yil 1 noyabrda tashkil 
qilingan. 
O‗zbekiston 
Xalq 
demokratik 
partiyasi 
O‗zbekiston 

109 
 
Respublikasining  ijtimoiy  qo‗llab-quvvatlashga  va  himoyaga  muhtoj 
fuqarolari manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi.  
1995  yil  18  fevralda  tashkil  qilingan  ―Adolat‖  sotsial-demokratik 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling