Oвid haydarov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana11.11.2020
Hajmi1.27 Mb.
#143728
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati (1)


NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 
 
1. Axborot tushunchasi, axborotning predmeti va asosiy shakllari nimadan 
iborat? 
2. Ommaviy  axborot  vositalari  va  ommaviy  kommunikatsiya  kanallari 
deganda nimani tushunasiz? 
3. Axborot  sohasida  davlat  boshqaruvi  jarayonini  joriy  etishning  elementi 
va sub‘ektlari bormi? 
4. Fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirishda  ommaviy  kommunikatsiyadan 
foydalanishning ahamiyati nimadan iborat? 
5. Davlat axborot siyosatining vazifalari va funksiyalari qaysilar?  
 
TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR 
 
1. O‗zbekiston Respublikasining ―Elektron hukumat to‗g‗risida‖gi Qonuni, 
2015 yil 9 dekabr. 
2. Karimov  I.A.  Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.  T. – 
O‗zbekiston. 2010. 
3. Шарифхўжаев  М.  Ўзбекистонда  очиқ  фуқаролик  жамиятининг 
шаклланиши. – Т.: Шарқ, 2003 
4. Қирғизбоев  М.  Фуқаролик  жамияти:  генезиси,  шаклланиши  ва 
ривожланиши. – Т.: Ўзбекистон, 2010   
5. Жалилов  A.  ва  бошқалар.  Фуқаролик  жамияти  асослари.  –  Т.: 
Baktria press, 2015.  
6. Фуқаролик жамияти: 2016. Ziyonet.uz.  

127 
 
7.  O‗tamurodov A. va boshqalar. Fuqarolik jamiyati fanidan tushuncha va 
atamalar lug‗ati. T.: Turon-zamin-ziyo. 2017. 23 b.t.  
 
INTERNET SAYTLARI  
 
1. www.president.uz 
2. www.pm.gov.uz 
3. www.parliament.uz 
4. www.gov.uz 
5. www.ziyonet.uz 
6. www.xs.uz 
 
Mavzu: FUQAROLARNING O‗ZINI-O‗ZI BOSHQARISH 
ORGANLARI 
 
Reja: 
1. O‗zbekistonda  demokratik  jamiyat  barpo  etishda  fuqarolarning  o‗zini 
o‗zi boshqarish organlarining o‗rni 
2. ―Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari‖ konsepsiyasi 
3. Mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish va 
uning asosiy yo‗nalishlari 
 
1.
  Yurtimizda  azal-azaldan  mahalla  tarbiya  o‗chog‗i  hisoblanadi. 
Avloddan-avlodga  o‗tib  kelayotgan  milliy  qadriyatlarimiz,  xalqimizning 
turmush  va  tafakkur  tarzini  ko‗z  qorachig‗idek  asrab-avaylashda  uning 
o‗rni va ahamiyati beqiyos.  
Mustaqillik  yillarida  mahalla  institutining  nufuzini  oshirish  nafaqat 
ijtimoiy-iqtisodiy, balki siyosiy, tarbiyaviy va ulkan ma‘naviy ahamiyatga 
ega  bo‗lgan  ustuvor  vazifa  sifatida  belgilanib,  mamlakatimizda  fuqarolik 
jamiyatini  rivojlantirishda  uning  ishonchli  tayanch  va  ta‘sirchan  kuch 
bo‗lib  xizmat  qilishi  uchun  zarur  shart-sharoitlar  yaratish  borasida  keng 
ko‗lamli chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi.  
Xususan,  milliy  davlatchiligimiz  tarixida  ilk  bor  shaharcha,  qishloq, 
ovul  va  mahalla  fuqarolar  yig‗inlari  o‗zini  o‗zi  boshqarishning  hududiy 
birliklari  sifatida  O‗zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  105-
moddasida
 
mustahkamlab  qo‗yildi:  «Shaharcha,  qishloq  va  ovulllarda, 
shuningdek  ular  tarkibidagi  mahallalarda  fuqarolarning  yig„inlari  o„zini 
o„zi  boshqarish  organlari  bo„lib,  ular  ikki  yarim  yil  muddatga  (2019 
yildan  boshlab  3  yilga)    raisni  (oqsoqolni)  va  uning  maslahatchilarini 

128 
 
saylaydi.  O„zini  o„zi  boshqarish  organlari  saylash  tartibi,  faoliyatini 
tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi»
Yuzdan  ortiq  normativ-huquqiy  hujjatlarda  fuqarolar  o‗zini  o‗zi 
boshqarish organlarining jamiyat hayotining muayyan sohasidagi ishtiroki 
o‗z aksini topdi.  
Birgina  so‗nggi  besh  yilda  yangi  tahrirdagi  “Fuqarolarning  o„zini 
o„zi  boshqarish  organlari  to„g„risida”gi  hamda  “Fuqarolar  yig„ini  raisi 
(oqsoqoli)  va  uning  maslahatchilari  saylovi  to„g„risida”gi  O‗zbekiston 
Respublikasining  qonunlari,  mahallalar  hamda  ulardagi  jamoatchilik 
tuzilmalari  faoliyatiga  oid  20  ga  yaqin  nizom  qabul  qilinib,  ijtimoiy 
hayotga  tatbiq  etildi.  Shuningdek,  tizimda  faoliyat  ko‗rsatayotgan 
xodimlarning  malakasini  oshirish  bo‗yicha  o‗quv  kurslari  hamda 
―Mahalla‖ ma‘rifiy teleradiokanali tashkil etildi.  
Hozirgi  kunda  yurtimizda  10  mingga  yaqin  fuqarolar  yig‗inlari 
tomonidan  ilgari  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlariga  taalluqli  bo‗lgan 
30 dan ziyod ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik vazifalar muvaffaqiyatli 
bajarib kelinmoqda.  
Amalga  oshirilgan  keng  ko‗lamli  tashkiliy-huquqiy  chora-tadbirlar 
natijasida  mahalla  noyob,  dunyoda  o‗xshashi  bo‗lmagan  tuzilmaga 
aylandi, fuqarolar o‗zini o‗zi boshqarish organlarining ijtimoiy-siyosiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish  jarayonida  faol  ishtirok 
etishi uchun mustahkam zamin yaratildi.
  
Konstitusiyaviy  asosdan  kelib  chiqib,  1999  yil  14  aprelda  qabul 
qilingan  «Fuqarolarning  o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlari  to‗g‗risida»gi 
(yangi  tahrirda)  Qonunning  1-moddasida  fuqarolarning  o‗zini  o‗zi 
boshqarish  tushunchasi  quyidagicha  ta‘riflanadi:  «Fuqarolarning  o„zini 
o„zi  boshqarishi  –  fuqarolarning  O„zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasi 
va  qonunlari  bilan  kafolatlanadigan,  ularning  o„z  manfaatlaridan, 
rivojlanishning  tarixiy  xususiyatlaridan,  shuningdek  milliy  va  ma‟naviy 
qadriyatlardan,  mahalliy  urf-odat  va  an‟analaridan  kelib  chiqqan  holda 
milliy  mahalliy  ahamiyatga  molik  masalalarni  hal  qilish  borasidagi 
mustaqil faoliyatdir»
Mahalliy  o‗zini  o‗zi  boshqarish,  mashhur  olim  Aleksis  Tokvilning 
talqinicha,  fuqarolarning  keng  siyosiy  ishtiroki  uchun  shart-sharoitlar 
yaratib  beradi  hamda  o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlari  siyosiy  madaniyat 
elementlarini shakllantirishning ham beqiyos omilidir.  
Mamlakatimizda 
o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlari  fuqarolik 
jamiyatining asosiy instituti sifatida yildan-yilga takomillashib bormoqda. 
Shuningdek,  mazkur  organlarning  boshqaruv  tizimidagi  ko‗lamining 

129 
 
kengayib  borishi  bilan  huquqiy  davlatning  o‗z  vakolatlarini  demokratik 
tamoyillar  asosida  amalga  oshirishi  uchun  qulay  va  keng  imkoniyatlar 
paydo bo‗lmoqda.  
Demokratik  jamiyat  shakllanishida  mahalla  instituti  alohida  o‗rin 
tutadi. «Mahalla» arabcha so„zdan kelib chiqib, «shahar ichidagi shahar» 
ma‟nosini  anglatadi.  Tarixchi  olim  Narshaxiy  «Buxoro  tarixi»  asarida 
bundan  1100  yil  ilgari  mahalla  xalqning  boshqaruv  uslubi  ekanlinigi 
yozgan  edi.  Qadimda  mahalla  nafaqat  ijtimoiy,  balki  ma‘muriy-hududiy 
tuzilma  tarzida  ham  e‘tirof  etilgan.  O‗rta  asrlarda  Xiri  deb  atalgan  Hirot 
shahri yuzta kichik «shaharcha» - mahallalardan tashkil topgan ekan.  
Demak, qadim zamonlardayoq o‗zini o‗zi boshqarish organlarining ilk 
kurtaklari  namoyon  bo‗lgan.  Sharqda  bu  jarayon  bir  necha  ming  yillik 
tarixga  ega  bo‗lgan  mahallalar  ko‗rinishida  rivojlangan  bo‗lsa,  G‗arb 
mamlakatlarida  kishilarning  o‗z  manfaat  va  qiziqishlarida  jamiyatdagi 
munosabatlarda  ifodalash  hamda  himoya  qilish  maqsadida  har  xil 
uyushmalar, partiyalar, jamiyatlar, harakatlar va boshqa tuzilmalar sifatida 
paydo bo‗lishiga asos solindi.  
Sobiq  SSSR  davrida  mahalla  intstitutining  mazmuni  va  vazifalari 
butunlay  izdan  chiqqan  edi.  Bu  davrda  mahallalar  o‗zining  huquqiy 
maqomini yo‗qotdilar. Bu davrda qadimdan  ma‘naviyat, ta‘lim va tarbiya 
masalalarini hal etib kelgan mahallalarning o‗rni deyarli yo‗qqa chiqarildi. 
Mustaqillik  davriga  kelib  fuqarolarning  mahalliy  o‗zini  o‗zi  boshqarish 
organlari 
qonuniy 
maqomini 
mustahkamlashga, 
ularni 
fuqarolik 
jamiyatining  asosiy  institutga  aylantirishiga  doir  jiddiy  isloholar  amalga 
oshirildi.  O‗zbekistonda  mahalalar  milliy  mustaqillik  davriga  kelibgina, 
o‗zini  o‗zi  boshqarish  organiga  aylandi.  O‗zbekiston  Konstitusiyasi 
mahalla  maqomini  fuqarolarni  o‗zini  o‗zi  boshqarish  organi  sifatida 
mustahkamladi.  Mamlakatda  shaharcha,  posyolka,  qishloq,  ovul  va 
mahalla  fuqarolar  yig‗inlari  o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlari  huquqiy 
maqomini  oldilar.  Jumladan,  mustaqillik  davrida  mamlakatda  10  mingga 
yaqin  o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlari  shakllangan  bo‗lsa,  ulardan  8142 
tasini mahalla fuqarolar yig‗inlari tashkil etadi.  
Mustaqillikning  ilk  davridan  boshlab  Birinchi  Prezident  I.Karimov 
mahallalarni  fuqarolik  jamiyatining  asosi  deb  bildi  va  ularni  har 
tomonlama  rivojlantirish  chora-tadbirlarini  amalga  oshirdi.  Mustaqillik 
davrida  mahallalarning  tashkiliy  ijtimoiy  va  huquqiy  maqomini 
mustahkamlash  borasida  chuqur  islohotlar  amalga  oshirildi.  Eng  avvalo 
«mahalla»  atamasi  tarixda  birinchi  marta  Konstitusiyaga  kiritildi.  Unga 
aholining 
o„zini  o„zi  boshqaruvining  noyob  shakli  sifatidagi 

130 
 
konstitusiyaviy  huquqiy  maqom  berildi.  1992  yilda  O‗zbekiston 
prezidentining 
―Respublika  «Mahalla»  xayriya  jamg‗armasining 
faoliyatini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‗g‗risida‖gi  1992 
yildagi  «Fuqarolarning  o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlarini  qo‗llab-
quvvatlash  haqida»gi,  1999  yildagi  «Aholini  aniq  yo‗naltirilgan  ijtimoiy 
madad  bilan  ta‘minlashda  fuqarolarning  o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlari 
rolini oshirish to‗g‗risida»gi farmonlar, shuningdek, kam ta‘minlangan va 
ko‗p  bolali  oilalarni  ijtimoiy  himoya  qilishga  qaratilgan  qator  farmon, 
qarorlar, qonunlar va me‘yoriy hujjatlar e‘lon qilinganligi buning isbotidir.  
Birinchi  Prezident  I.A.Karimov  ikkinchi  chaqiriq  Oliy  Majlisning  XI 
sessiyasidagi  ma‘ruzasida  o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlari  faoliyati 
takomillashtirish  xususida  quyidagi  fikrni  bildirdi:  «Hayotimizni 
erkinlashtirish  yo„nalishlarining  yana  bir  muhim  yo„li  –  markaziy  va 
yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi 
tizimlariga,  fuqarolarning  o„zini  o„zi  boshqarish  organlariga  bosqichma 
bosqich o„tkaza borishni ta‟minlashdir».  
Hozirgi 
davrda 
jamiyatning 
siyosiy 
sohasini 
erkinlashtirish 
maqsadlaridan  kelib  chiqib  mahalla  fuqarolar  yig‗inlariga  boshqaruvning 
turli  yo‗nalishlariga  yetakchilik  qilish  vakolatlari  berildi.  Mahallalar  o‗z 
hududida yashayotgan fuqarolarning turli ijtimoiy muammolarini hal qilib 
berishda  bevosita  ishtirok  etadilar:  qariyalar,  faxriylar,  yetimlar, 
baynalmilal-harbiylar,  kam  ta‘minlangan  va  ko‗p  bolali  olilalar 
manfaatlarini  himoya  qiladi;  mahalla  faollarining  mazkur  faoliyatda 
ishtirok  etishiga  boshchilik  qiladi;  insonni  ma‘naviy  yuksalishi  va 
tashabbuslarini  namoyon  bo‗lishi  uchun  shart-sharoit  yaratadi;  fuqarolar 
moddiy va ma‘naviy jihatdan qo‗llab-quvvatlanadi. 
Mahalla fuqarolar yig‗ini ijtimoiy ta‘minot organlari va boshqa homiy 
tashkilotlar bilan birgalikda ijtimoiy yordam, kam ta‘minlangan oilalar va 
yolg‗iz  kishilarga  beg‗araz  moddiy  yordam  ajratishning  barcha  tashkiliy 
jihatlarini  o‗zi  mustaqil ravishda bajaradi. Shu bilan birga,  mahallalar  o‗z 
hududlarida  ekologik  muammolarni  yechish  va  aholi  moddiy  ahvolini 
yaxshilash, hashar yo‗li bilan ko‗kalamzorlashtirish, tozalash ishlariga jalb 
qilish, mahalliy aholi o‗rtasida atrof-muhitni asrash yuzasidan tushuntirish 
va  tarbiyaviy  ishlar  olib  borishga  ham  mas‘uldir.  Albatta,  bu  kabi 
faoliyatlar fuqarolar faolligini oshirish vositasida amalga oshirilmoqda. 
Shuningdek  ko‗plab  qonunlar  loyihalari,  Konstitusiyaga  kiritiladigan 
qo‗shimcha 
va 
o‗zgarishlarni 
o‗zida 
ifodalagan 
umumxalq 
referendumlariga tayyorgarlik ko‗rish va o‗tkazish avvalo mahalla ahli va 
faollari 
tomonidan 
muhokama 
qilinmoqda 
hamda 
qo‗llab-

131 
 
quvvatlanmoqda.  Boshqacha  aytganda,  mahallalar  siyosiy  qarorlar  qabul 
qilishda  jamoatchilik  ishtirokini  faollashtirishning  muhim  vositasi 
ekanligini  hayotning  o‗zi  isbotlab  berdi.  Mamlakat  siyosiy  hayotida 
fuqarolarning siyosiy qaror qabul qilishdagi ishtirokini ta‘minlab beruvchi 
asosiy  bo‗g‗in,  bu  –  mahalla  fuqarolar  yig‗inlaridadir.  Shuningdek, 
fuqarolarning  ijtimoiy  hayotdagi  faolligini  oshirish  qobiliyatiga  ega 
bo‗lgan birdan bir boshqaruv tizimi ham mahalla fuqarolar yig‗inlaridir. 
Respublika  «Mahalla»  xayriya  jamoat  fondi,  uning  viloyat,  shahar, 
tuman  bo‗limlari  bilan  hamkorlikda  har  yili  «Eng  yaxshi  mahalla»,  «Eng 
ibratli  oqsoqol»,  «Mahalla  jonkuyari»,  «Eng  tadbirkor  mahalla  oqsoqoli» 
shiori  ostida  muttasil  ko‘rik-tanlovlar  o‗tkazib  kelinadi.  Ko‗rik-tanlovlar 
g‗oliblari  har  yili  obro‗li  komissiyalar  tomonidan  maxsus  nishonlar, 
qimmatli  esdalik  sovg‗alari  bilan  taqdirlanadilar.  Mazkur  tadbirlar 
mahallalarni  obodonlashtirish,  ozoda  saqlash,  ayniqsa  yoshlarni  komil 
inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mustaqillik  davrida  mahallalar  fuqarolar  yig‗inlari  oqsoqollari, 
«Mahalla» jamg‗rmasi va uning mahalliy tashkilotlari rahbarlarining sifat 
tarkibi yaxshilanib bordi va bormoqda. 
Huquqiy  demokratik  davlatda  saylov  qonunlari  va  uni  o‗tkazish 
muhim  o‗rinni  egayllaydi.  Bundan  fuqarolarning  o‗zini  –  o‗zi  boshqarish 
organlariga  saylov  o‗tkazish  ham  istisno  emas.  2019  yil  may  –  iyun 
oylarida  mamlakatimizda  o‗zini  –  o‗zi  boshqarish  organlari  –  mahalla, 
ovul, qishloq, shaharcha fuqarolar yig‗inlariga saylov o‗tkazildi.  
2003  yilda  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  qarori 
bilan  tasdiqlangan  «Obod  mahalla  yili»  dasturini  (2003  yil  7  fevral) 
hayotda  amalga  oshirish  natijasida  barcha  mahallalarda  ulkan  ishlar 
amalga  oshirildi.  Mahallalardagi  kichik  va  o‗rta  biznesni  rivojlantirish 
uchun 41760,5 mln.so‗m hajmdagi kreditlar ajratildi. Mahallarda 12527 ta 
ish  o‗rinlari  yaratish  uchun  mazkur  rejaga  ko‗maklashuvchi  davlat 
jamg‗armasidan  11571  mln.so‗m,  oilaviy  tadbirkorlikni  rivojlantirish 
maqsadlarida  2765  ta  oilaga  2005,5  mln.so‗m  hajmdagi  mablag‗lar 
ajratildi. 
Aholining  huquqiy  va  siyosiy  madaniyatini  oshirish,  siyosiy  qarorlar 
qabul qilishda mahallalarning  o„rnini yuksaltirish, mahallalarni mahalliy 
davlat  hokimiyati  organlaridan  to„la  mustaqil  bo„lishini  ta‟minlaydigan 
huquqiy  mexanizmlar  yaratish,  fuqarolarni  mahallalar  vositasida 
qonunlar  ishlab  chiqish  va  qabul  qilish  jarayonlaridagi  umumxalq 
muhokamalarida  faol  ishtirok  etishlarini  ta‟minlash  yaqin  istiqboldagi 
islohotlarning asosiy vazifasidir. 

132 
 
Kuchli  fuqarolik  jamiyatida  fuqarolarning  o‗zini-o‗zi  boshqarish 
organlarining  o‗rni  muhim  hisblanadi.  Reppublikamizda  «Fuqarolarning 
o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlari  to‗g‗risida»gi  Qonun  bilan  o‗zini  o‗zi 
boshqarishning  yaxlit  tizimi  yaratilgan.  Dunyoning  kamdan-kam 
mamlakatida  uchraydigan  bunday  ijtimoiy  tuzilma  o‗zining  demokratligi 
va  izchil  boshqaruvga  asoslanganligi  bilan  ajralib  turadi.  Birinchi 
Prezidentimiz I.Karimov aytganidek, «...odamlarning siyosiy ongi, siyosiy 
madaniyati,  siyosiy  faolligi  yuksalib  borgani  sari,  davlat  vazifalarini 
nodavlat  tuzilmalar  va  fuqarolarning  o„zini  o„zi  boshqarish  organlariga 
bosqichma-bosqich  o„tkazib  borish  zarur.  Bu  borada  o„zini  o„zi 
boshqaradigan  idoralarning,  mahallalarning  nufuzini  va  mavqeini 
oshirish, ularga ko„proq huquqlar berish katta ahamiyat kasb etadi».  
2.Mamlakatimizda ―Kuchli davlatdan  –  kuchli jamiyat sari‖ tamoyili 
asosida  ham  islohotlar  olib  borilmoqda.  Haqiqatan  ham  bugungi  kunda 
davlatning  bir  qator  funksiyalari  o‗zini  -  o‗zi  boshqarish  organlariga 
o‗tkazilganligi  ijobiy  natijalar  berayotganining  guvohimiz.  Ya‘ni,  bu 
organlar joylarda bir qator ijtimoiy himoya, iqtisodiy masalalar, madaniy-
ma‘rifiy  soha,  atrof-muhit  himoyasiga  oid  davlat  zimmasida  bo‗lgan 
ko‗plab masalalarni ishonarli ado etib kelmoqda. Fuqarolarning o‗zini-o‗zi 
boshqarish  organlari  ayni  vaqtda  fuqarolarning  siyosiy  faolligini 
oshirishda ham katta bir ijtimoiy maktab hisoblanadi.  
Fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari ham nodavlat notijorat 
tashkilotlariga  o‗xshagan  jamoat  tuzilmasi  hisoblanadi.  Ularning 
shakllantirilishi demokratik asoslarda – saylovlar orqali amalga oshiriladi. 
Shunday  ekan,  fuqarolarning  o‗zini-o‗zi  boshqarish  organlariga  faqat 
ijtimoiy  xarakterga  ega  bo‗lgan  vazifalar  yuklatilishi  lozim.  Bunday 
tuzilmalar  bevosita  davlat  organlari  vakolatiga  kiradigan  vazifalarni 
bajarishdan  ozod  etilishi  kerak.  Ijtimoiy  tuzilmalar  jamiyat  boshqaruvida 
munosib  ishtirok  etsa,  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  shakllantirishni 
zimmasiga  olsa,  har  bir  fuqaroning  davlat  va  jamiyat  boshqaruvida  erkin 
ishtirokini  ta‘minlashga  erishsa,  bu  jamiyat  kuchli  jamiyat  sifatida  tan 
olinadi.  Kuchli  jamiyat  har  qanday  muammoni  o‗zi  hal  etadi.  Har  bir 
fuqaro  esa  o‗zining  siyosiy  hamda  iqtisodiy  imkoniyatlaridan  foydalana 
oladi, jamiyatning faol a‘zosiga, muhimi uning boshqaruvchisiga aylanadi. 
Boshqaruv  jarayonida  jamatchilikning  ishtiroki  ortib,  mahalliy  hokimiyat 
bilan ular o‗rtasidagi munosabatlar birlashib boradi. Shu yo‗l bilan o‗zini-
o‗zi  boshqaradigan  jamiyat  barpo  etiladi.  Ammo,  bu  jarayon  tez 
kechadigan  ijtimoiy  hodisa  emas.  Bular  demokratik  huquqiy  davlatning 
asosini  tashkil  etadi.  Kuchli  fuqarolik  jamiyati-turli  xil  nodavlat  notijorat 

133 
 
tashkilotlari,  siyosiy  partiyalar,  yuqori  saviyadagi  siyosiy  fuqarolar 
faolligi bilan xarakterlanadi.  
Kuchli  davlat  esa  kuchli  jamiyat  shakllanishida  islohotchilik  qilishi 
mumkin. Davlat islohotchi sifatida o‗zining qator vazifalarini turli ijtimoiy 
tuzilmalarga bosqichma-bosqich o‗tkazib borishi lozim. Buning uchun esa 
jamoat  tuzilmalari  doimo  davlatning  yordamiga,  uning  qo‗llab-
quvvatlashiga  ehtiyoj  sezadi.  O‗zbekiston  Respublikasining  nodavlat 
notijorat  tashkilotlari  va  boshqa  jamoat  tuzilmalarini  davlat  tomonidan 
qo‗llab-quvvatlash  g‗oyasi  Birinchi  Prezidentimiz  I.Karimovga  tegishli 
bo‗lib, u «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» konsepsiyasining tarkibiy 
qismi  hisoblanadi.  Nodavlat  notijorat  tashkilotlari  va  boshqa  jamoat 
tuzilmalari  bilan  bog‗liq  munosabatlar  va  tamoyillar  O‗zbekiston 
Respublikasining  «Jamoat  birlashmalari  to‗g‗risida»,  «Nodavlat  notijorat 
tashkilotlar  to‗g‗risida»,  «Fuqarolarning  o‗zini-o‗zi  boshqarish  organlari 
to‗g‗risida»,  «Siyosiy  partiyalar  to‗g‗risida»gi  Qonunlari  va  boshqa 
qonunlarda o‗z aksini topgan.  
Fuqarolik  jamiyati  yuksak  darajada  uyushgan,  batartib 
munosabatlar tizimiga tayangan,  o‗zini o‗zi boshqarish mexanizmlari 
mukammal  qaror  topgan  jamiyatdir.  Bu  jamiyat  sharoitida  inson  va 
fuqarolarning  huquq,  erkinlik  hamda  manfaatlarini  aks  ettiruvchi, 
muhofaza  etuvchi  turli-tuman  uyushmalar,  birlashmalar,  nodavlat 
tashkilotlar va idoralar mavjud bo‗ladi.   
Respublikamizda fuqarolik jamiyatini barpo etishda ―Kuchli davlatdan 
– kuchli jamiyat sari‖ tamoyili asosida ish olib borilmoqda. Ushbu  g‗oya 
ilk  bor  I.Karimovning  bir  qancha  asarlarida  bayon  qilindi  va 
rivojlantirildi
1
.  Xususan,  I.Karimov  shunday  ta‘kidlaydi:  ―Mahalliy 
hokimiyat  organlari  va  fuqarolarning  o„zini-o„zi  boshqarish  organlari 
bajaradigan 
vazifalar 
doirasini 
kengaytirish, 
ularga 
davlat 
vakolatlarining  bir  qismini  bosqichma-bosqich  topshirish  lozim.  Bunda 
eng  muhimi,  aholining  kasb  va  ijtimoiy  tarkibi  manfaatlarini  yanada 
to„laroq  ifodalash  va  himoya  qilishda  nodavlat,  jamoat  tuzilmalarining 
huquq  va  mavqelarini  oshirish  darkor.  “Kuchli  davlatdan  –  kuchli 
fuqarolik  jamiyati  sari”  degan  siyosiy  qurilish  dasturining  mohiyati  ana 
shunda yaqqol namoyon bo„ladi. Aynan shunday yondoshuv fuqarolarning 
o„zlariga o„z hayotini boshqarishda va tashkil etishda keng ishtirok etish 
                                                           
1
 Қаранг: И.А.Каримов.Жамиятимиз мафкураси халқни – халқ, миллатни – миллат қилишга хизмат этсин. // 
Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. // Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. 7.Ж. – Т.:Ўзбекистон, 1999 
й. 

134 
 
uchun imkoniyat yaratadi. Bu esa fuqarlik jamiyati tamoyillariga to„la mos 
keladi”
1
.  
Shuni unutmaslik lozimki, kuchli davlat tamoyili haqida rap ketganda, 
uning  kimgadir  zo‗ravonlik  bilan  ta‘sir  o‗tkazish  imkoniyati  nazarda 
tutilmaydi,  balki  davlatning  yuksak  iqtisodiy  asosga  ega  bo‗lishi, 
mamlakat  ichkarisida  va  xalqaro  miqyosda  o‗z  manfaatlarini  himoya  qila 
bilish,  barqaror  taraqqiyot  tizimiga  kirib  borish  hamda  demokratiyaning 
umume‘tirof etilgan tamoyillarini shakllantira olish salohiyati tushuniladi. 
Ya‘ni,  aholining  nodavlat  va  jamoat  tashkilotlari  orqali  hokimiyatni 
boshqarishda  faol  ishtirok  qilish  imkoniyatining  vujudga  kelishi  kuchli 
jamiyat mezoni hisoblanadi.  
Kuchli  jamiyat  kuchli  davlat  negizida  shakllanadi  va  hukumatning 
mamlakat  ichkarisidagi  ko‗pgina  faoliyati  cheklanib,  u  fuqarolarning 
qo‗liga  o‗tadi  va  ularning  davlat  faoliyatini  nazorat  qilishi  to‗liq 
ta‘minlanadi.  ―Kuchli  davlatdan  –  kuchli  jamiyat  sari‖  degan  tamoyilni 
amalda hayotga joriy etish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog‗liq ko‗p 
masalalarni  hal  qilishda  davlat  tuzilmalarining  rolini  kamaytirish  va  bu 
vazifalarni  bosqichma-bosqich  jamoat  tashkilotlariga  o‗tkaza  borishni 
taqozo etadi. Shu o‗rinda savol tug‗iladi. Agar ushbu jarayon rivojlanishda 
bo‗lsa,  davlatimizning  roli  va  mavqei  tushib  ketmaydimi  yoki  davlat 
bunday  sharoitda  qaysi  sohalarda  faoliyat  ko‗rsatishi  lozim  bo‗ladi?  Bu 
savolga  I.Karimov  aniq  javob  beradi:  ―...davlatning  iqtisodiy  sohaga, 
xo„jalik  yurituvchi  tuzilmalar,  birinchi  galda  xususiy  faoliyatga 
aralashuvini cheklash lozim. Shu o„rinda savol tug„ilishi mumkin: bunday 
vaziyatda  davlat  tizimining  roli  nimadan  iborat  bo„ladi?  Bu  masalada 
davlatning  roli  avvalo  iqtisodiyotni  rivojlantirish  borasidagi  ustuvor 
yo„nalishlarni  aniqlashga,  qabul  qilinadigan  qonunlar  va  huquqiy 
normalarning  barcha  tomonidan  so„zsiz  bajarilishini  ta‟minlashga, 
tashabbus  va  tadbirkorlikni  rag„batlantirishga,  xo„jalik  yurituvchi 
sub‟ektlar  o„rtasida  raqobat  muhitini  qaror  toptirish  uchun  zarur  va 
hammaga  barobar  bo„lgan  shart-sharoitlar  yaratishga  qaratilmog„i 
darkor‖. 
Kuchli  davlatdan  –  kuchli  fuqarolik  jamiyatiga  o‗tish  jarayoni 
mustahkam  huquqiy  asosda  va  Konstitutsiya  hamda  qonun  ustuvorligi 
tamoyiliga 
muvofiq 
kechmog‗i 
lozim. 
Chunonchi, 
O‗zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasi,  jamoat  birlashmalari,  kasaba  uyushmalari, 
                                                           
1
 И.А.Каримов.Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. // Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. 7.Ж. – 
Т.:Ўзбекистон, 1999 й. 
 

135 
 
siyosiy  partiyalar,  siyosiy  partiyalarni  moliyalashtirish,  ommaviy  axborot 
vositalari, fuqarolarning o‗zini o‗z boshqarish organlari, nodavlat notijorat 
tashkilotlari,  jamoat  fondlari,  vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar, 
to‗g‗risidagi  qonunlar,  fuqarolik  va  soliq  kodekslari  kabi  qonun  hujjatlari 
O‗zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning mustahkam huquqiy 
asoslari yaratilganidan yaqqol dalolat beradi.  
Nodavlat va jamoat tashkilotlari hokimiyatni qo‗lga kiritishni maqsad 
qilmasa  ham,  ular  aholining  moddiy  farovonligini  oshirish,  ma‘naviy 
saviyasini  ko‗tarish  uchun  qilinadigan  sa‘y-harakatlarda,  kishilarni 
uyushtirish va faollashtirish, siyosiy ongining o‗sib borishida faol ishtirok 
etadi.  Bu,  o‗z  navbatida,  demokratik  jarayonlar  rivojiga  ijobiy  ta‘sir 
o‗tkazadi.  Nodavlat  va  jamoat  tashkilotlari  xuddi  ana  shu  xususiyatlari 
bilan  bir  tomondan,  kuchli  davlatning  shakllanishida  etakchi  rol  o‗ynasa, 
ikkinchi  tomondan,  davlatning  ko‗pgina  funksiyalarini  o‗z  zimmasiga 
olish  orqali  fuqarolarning  o‗zini  o‗zi  boshqarish  jarayonining  vujudga 
kelishida,  yanada  aniqrog‗i,  kuchli  fuqarolik  jamiyatining  shakllanishida 
beqiyos  ahamiyat  kasb  etadi.  ―Kuchli  davlatdan  –  kuchli  fuqarolik 
jamiyati‖ga  o‗tishning  asosiy  mezoni  ham  hokimiyatning  jamiyat 
taraqqiyotida  ommaga  suyanishi,  ishonchiga  ega  bo‗lishi  va  u  bilan 
hamkorlikning yo‗lga qo‗yilishi hisoblanadi.  
―Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari‖ tamoyilidan kelib 
chiqib,  markaziy  davlat  hokimiyati  tasarrufida  asosan,  faqat  konstitutsion 
tuzumni, mamlakatning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish, 
huquq-tartibot  va  mudofa  qobiliyatini  ta‟minlash,  inson  huquqlari  va 
erkinliklarini,  mulk  egalarining  huquqlarini,  iqtisodiy  faoliyat  erkinligini 
himoya qilish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, samarali tashqi siyosat olib 
borish  kabi  vakolatlarni  qoldirish  ko‗zda  tutilmoqda.  Nodavlat  notijorat, 
jamoat  tashkilotlari  va  mahalliy  hokimiyatlar  zimmasiga  esa  quyidagi 
vakolatlar berilmoqda:  bozor islohotlarini amalga oshirish, tadbirkorlikni 
rivojlantirib borish,  xususiy mulkni rivojlantirib borish, iste‟mol bozorini 
to„ldirish,  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish,  fuqarolarning  moddiy 
farovonligini oshirish, aholini ijtimoiy himoya qilish va boshqalar. 
I.Karimovning  ―O‗zbekistonda  demokratik  o‗zgarishlarni  yanada 
chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  shakllantirishning  asosiy 
yo‗nalishlari‖ 
hamda  ―Bizning  bosh  maqsadimiz  –  jamiyatni 
demokratlashtirish  va  yangilash,  mamlakatni  modernizatsiya  va  isloh 
etishdir‖ 
asarlarida 
mamlakatimizda 
demokratik 
o‗zgarishlarni 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning muhim 
sharti  -  kuchli  davlatdan  –  kuchli  fuqarolik  jamiyatiga  o‗tishning 

136 
 
mexanizmlari bo‗lgan nodavlat va jamoat tashkilotlarining faolligini yangi 
bosqichga  ko‗tarish  bugungi  kunimizdagi  dolzarb  vazifa  ekani  ilmiy-
nazariy jihatdan asoslab berilgan.  
Yuqoridagilardan  ko‗rinib  turibdiki,  demak,  O‗zbekiston  davlati 
ijtimoiy  xarakterga  ega  bo‗ladi  va  shu  sababli  demokratik  huquqiy  davlat 
deb  ataladi.  Davlat  ma‘muriy  buyruqbozlik  va  byurokratiyadan  butunlay 
voz kechib, hukm qiluvchi emas, balki ta‘sir etuvchi kuchga aylanadi. Bu 
esa O‗zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishning ―Kuchli davlatdan 
– kuchli fuqarolik jamiyati sari‖ strategik maqsadining amaliy ifodasidir. 
3
.  2017  yil  3  fevral  kuni  respublika  Prezidentining  ―Mahalla 
Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling