Oвid haydarov


nazoratining  sub‘ektlaridir


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana11.11.2020
Hajmi1.27 Mb.
#143728
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati (1)


nazoratining  sub‘ektlaridir:  O„zbekiston  Respublikasi  fuqarolari, 
fuqarolarning  o„zini  o„zi  boshqarish  organlari,  shuningdek  qonun 
hujjatlarida  belgilangan  tartibda  ro„yxatga  olingan  nodavlat  notijorat 
tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari. 
Qonunning  4-moddasida  belgilanishicha  jamoatchilik  nazoratining 
ob‘ekti davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining: 
-  qabul  qilinayotgan  normativ-huquqiy  hujjatlarda,  qarorlarda, 
shuningdek  rivojlanish  davlat,  tarmoq  va  hududiy  dasturlarida 
jamoatchilik manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga olishga; 
-  fuqarolarning,  yuridik  shaxslarning  huquqlari  va  qonuniy 
manfaatlarini,  jamiyat  manfaatlarini  himoya  qilish  sohasidagi  qonun 
hujjatlari talablarining ijro etilishini ta‟minlashga; 
-  o„z  zimmasiga  yuklatilgan,  ijtimoiy  va  jamoatchilik  manfaatlariga 
daxldor bo„lgan vazifalar va funksiyalarni bajarishga
- davlat xizmatlarini ko„rsatishga; 
-  ijtimoiy  sheriklik  doirasida  amalga  oshiriladigan  bitimlar, 
shartnomalar, loyihalar va dasturlarni bajarishga doir faoliyatidir.  
Qonunning  5-moddasiga  ko‗ra  jamoatchilik  nazoratining  asosiy 
prinsiplari  quyidagilardan  iborat:  qonuniylik,  fuqarolarning  huquqlari, 
erkinliklari  va  qonuniy  manfaatlari  ustuvorligi,  jamoatchilik  nazoratini 
amalga  oshirishda  ishtirok  etishning  ixtiyoriyligi,  jamoatchilik  nazoratini 
amalga  oshirishning  ommaviyligi  va  ochiqligi,  jamoatchilik  nazorati 
sub‟ektlarining xolisligi va beg„arazligi va boshqalar.  
Qonunning  6-moddasida  jamoatchilik  nazoratining  shakllari 
belgilab qo‗yilgan bo‗lib, ular quyidagilardan iborat:  
davlat organlariga murojaatlar va so„rovlar;  
- davlat organlarining ochiq hay‟at majlislarida ishtirok etish; 
- jamoatchilik muhokamasi
- jamoatchilik eshituvi; 
- jamoatchilik monitoring; 
- jamoatchilik ekspertizasi
- jamoatchilik fikrini o„rganih; 
-  fuqarolarning  o„zini  o„zi  boshqarish  organlari  tomonidan  davlat 
organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish. 
Ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni, shuningdek normativ-huquqiy 
hujjatlar,  davlat  organlarining  boshqa  qarorlari  loyihalarini  ommaviy 
muhokama  qilish  jamoatchilik  muhokamasi  deb  ataladi.  Davlat 

146 
 
organlarining  va  ular  mansabdor  shaxslarining  faoliyatini  jamoatchilik 
manfaatiga daxldor axborotni yig‗ish, umumlashtirish va tahlil etish orqali 
kuzatish jamoatchilik monitoringidir.    
Mamlakatimizda  jamoatchilik  nazoratining  eng  ko‗p  tarqalgan 
ko‗rinishlaridan  biri  tuman  va  shaharlarda  mahalliy  hokimiyat  organlari 
rahbarlari,  xususan  hokimlarning  hudud  aholisi  oldida  muayyan  davr 
(chorak,  yarim  yil,  yil)  davomida  rejalarning  qanday  bajarilayotgani 
to‗g‗risida axborot berishidir. Bunda hokimdan tashqari hududdagi aholiga 
xizmat ko‗rsatadigan barcha tashkilot va muassasalarning rahbarlari hozir 
bo‗lishadi.  Tinglov  davomida  erishilgan  yutuqlar  bilan  bir  qatorda  yo‗l 
qo‗yilgan  kamchiliklar,  rejadan  orqada  qolish,  ko‗rsatilayotgan 
xizmatlarning to‗laligi va sifati singari masalalar ham muhokama qilinadi. 
Bunday tinglovlar mamlakatimizdagi barcha hududlarda an‘ana tusini oldi. 
Jamoatchilik 
nazorati 
tog‗r‗isidagi 
Qonunning 
15-moddasida 
jamoatchilik  nazorati  sub‟ektlarining  huquq  va  majburiyatlari  haqida 
aytilgan  bo‗lsa,  16-moddada  davlat  organlarining  jamoatchilik  nazorati 
sohasidagi  huquq  va  majburiyatlari  belgilab  qo‗yilgan.  Qonunning  17-
moddasiga ko‗ra jamoatchilik nazoratining natijalariga  ko‗ra bayonnoma, 
xulosa, ma‘lumotnoma shaklida yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
boshqa shaklda yakuniy hujjat tayyorlanishi mumkin. 
Mamlakatimizda  fuqarolik  jamiyatining  rivojlanishida  muhim 
omillardan  hisoblangan  ommaviy  axborot  vositalari  taraqqiy  topmoqda. 
Hozirgi  kunda  mamlakatimizda  o‗nlab  nodavlat  telekanallari,  yuzlab 
bosma  axborot  vositalari  faoliyat  yuritmoqda.  Ularning  bari  jamoatchilik 
nazoratining  sub‟ektlari  hisoblanadi.  Jamoatchilik  nazoratida  ular 
ishtirokining  o‗ziga  xos  xususiyatlari  shundan  iboratki,  ular  mazkur 
jarayonda  bevosita  ishtirok  etishlaridan  tashqari  nazoratning  boshqa 
sub‘ektlari  tomonidan  aniqlangan  qonunga  xilof  holatlarni  keng 
jamoatchilikka  yetkazishda  muhim  rol  o‗ynaydi.  Ular  yetkazgan 
ma‘lumotlar  jamoatchilikning  qonunlarni  buzish  hollariga  nisbatan 
murosasiz munosabatlarini shakllantiradi. 
O‗zbekistonda  huquqiy  davlat  qurish  va  fuqarolik  jamiyatini 
rivojlantirish  davlat  organlari  barcha  sohalaridagi  faoliyatini  jamoatchilik 
tomonidan nazorat qilinishini eng dolzarb masalalardan biriga aylantiradi. 
Jamoatchilik  nazoratining  hokimiyat  vakolatlariga  ega  emasligi,  uning 
yetarli ta‘sir kuchiga ega emasligi to‗g‗risida noto‗g‗ri tasavvurlar keltirib 
chiqarishi  mumkin.  Aslida,  unday  emas.  Jamoatchilik  nazorati  jarayonida 
aniqlangan  qonundan  chetga  chiqish  holatlari  vakolatli  davlat  organlariga 
yoki  jamoatchilik  fikriga  murojaat  etish  orqali  bartaraf  etiladi.  Mazkur 

147 
 
holat  jamoatchilik  nazorati  sub‟ektlari  nazoratning  ham  huquqiy,  ham 
ijtimoiy  mexanizmlardan  foydalanishi  mumkinligini  anglatadi.  Davlat 
nazorati esa, asosan, huquqiy mexanizmlardan foydalanadi.  
Jamoatchilik  nazoratining  mohiyati  davlat  hokimiyati  organlari 
faoliyatiga  tanqidiy  munosabatda  bo‗lishdagina  emas,  ana  shu  tanqidiy 
munosabat orqali davlatni qo‗llab-quvvatlashda ham namoyon bo‗ladi.  
3. Ijtimoiy sheriklik g‗oyasi ijtimoiy va siyosiy sohada insoniyat kashf 
qilgan  eng  buyuk  ixtirolardan  biridir.  Insoniyat  ijtimoiy  sheriklikning 
zarurligini  anglab  yetishi  uchun  ko‗p  asrlar  kerak  bo‗ldi.  Bu  jarayonda 
uzoq davom etgan konfrontatsiyani, murosasiz kurashlarni, keskin ijtimoiy 
nizolarni boshdan kechirishga to‗g‗ri keldi. 
“Ijtimoiy sheriklik” tushunchasi ijtimoiy fanlarga kirib kelganiga ko„p 
vaqt  bo„lgani  yo„q.  Bu  tushuncha  dastavval  mehnat  munosabatlari 
doirasida  va  ularni  tartibga  solish  maqsadida  yaratildi.  Kapital  bilan 
mehnat, ish beruvchilar bilan yollanma ishchilar  o‗rtasidagi  munosabatlar 
asrlar davomida rivojlanib kelayotgan bo‗lsa ham, ularni tartibga soladigan 
ijtimoiy sheriklikning zarurligi va mumkinligini XIX asrning oxirlari- XX 
asr boshlariga kelibgina  anglay boshlandi. Bu davrgacha  ijtimoiy mehnat 
jarayonlaridagi ziddiyatlar goh pasayib, goh kuchayib davom etaverdi. Bu 
ziddiyatlar 
ijtimoiy 
munosabatlarning 
negizini 
tashkil 
etuvchi 
munosabatlar,  ya‘ni  ish  beruvchilar  bilan  yollanma  ishchilar 
manfaatlarining mos kelmasligi natijasida vujudga kelgan edi.  
Ijtimoiy  sheriklik  ijtimoiy  va  siyosiy  sohada  insoniyat  kashf  qilgan 
eng buyuk ixtiro sifatida XX asrda maydonga keldi. Ungacha ham odamlar 
orasida  sheriklik  munosabatlari  mavjud  bo‗lgan.  Bunday  munosabatlar 
minglab  yillardan  buyon  davom  etib  keladi.  Ijtimoiy  sheriklikning  XX 
asrgacha  jamiyatda  mavjud  bo‗lgan  sheriklikdan  asosiy  farqi  shundaki, 
avvallari sheriklik alohida shaxslar, nari borsa, kichik guruhlar  o‗rtasidagi 
sheriklikdan  iborat  edi.  Masalan,  bir  jamoada  mehnat  qilayotganlar,  bir 
kasb  egalari,  qo‗ni-qo‗shnilar,  qarindosh-urug‗lar,  tanish-bilishlar  biror 
yumushni  bajarishda  bir-birlari  bilan  sheriklik  qilar  edi.  Sheriklikning  bu 
ko‗rinishi hozir ham davom etib kelmoqda.  
XX  asrgacha  mavjud  bo„lgan  sheriklik  alohida  shaxslar  va  kichik 
guruhlar o„rtasidagi munosabatlarni tartibga solib kelgan bo„lsa, ijtimoiy 
sheriklik  katta  ijtimoiy  guruhlar  o„rtasidagi  munosabatlarni  tartibga  sola 
boshladi.  Masalan,  ish  beruvchi  sarmoyadorlar  bilan  yollanma 
ishchilarning  manfaatlari  o‗rtasidagi  asosiy  ziddiyat  shundan  iborat  ediki, 
sarmoyadorlar  yollanma  ishchilarni  ko‗proq  ishlatib  kamroq  haq 

148 
 
to‗lashdan,  yollanma  ishchilar  esa  kamroq  ishlab  ko‗proq  haq  olishdan 
manfaatdor edilar.  
Birinchi Prezident Islom Karimov o‗zining 2010 yil 12 noyabrida Oliy 
Majlis Senati va Qonunchilik Palatasining qo‗shma majlisida bayon qilgan 
―Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va 
fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  Konsepsiyasi‖da  davlat  hokimiyat 
organlari  va  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  o‗rtasida  ijtimoiy 
sheriklik  munosabatlarini  o‗rnatish  zarurligini  ko‗rsatib  o‗tdi.  Bu 
ko‗rsatma mazmun e‘tibori bilan juda dolzarb va sermazmundir.  
Islom Karimovning ―Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  konsepsiyasi‖da 
belgilangan  vazifalarni  amalga  oshira  borib  2014 yilda  mamlakatimizda 
―Ijtimoiy sheriklik to‗g‗risida‖gi Qonun qabul qilindi va u 2015 yil 1 
yanvaridan kuchga kirdi. Bu Qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda 
ijtimoiy  sheriklikni  hayotga  tadbiq  qilishda  muhim  bosqich  bo‗ldi.  Shuni 
ham  ta‘kidlash  joizki,  ―Ijtimoiy  sheriklik  to‗g‗risida‖gi  Qonunning  qabul 
qilinishi  ijtimoiy  sheriklik  sohasidagi  ishlarning  yakunlanganini  emas, 
yangi mas‘uliyatli bosqich boshlanganini anglatadi. 
O‗zbekistonda  ijtimoiy  sheriklikning  o‗ziga  xos  xususiyatlari, 
maqsadlari  va  sub‘ektlari  ―Ijtimoiy  sheriklik  to‗g‗risida‖gi  Qonunda 
mustahkamlab qo‗yilgan. Mazkur Qonunning 3-bandida bu haqda shunday 
deyiladi:  ―Ijtimoiy  sheriklik  davlat  organlarining  nodavlat  notijorat 
tashkilotlari  va  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlari  bilan 
mamlakatni 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish 
dasturlarini, 
shu 
jumladan  tarmoq,  hududiy  dasturlarni,  shuningdek  normativ-
huquqiy  hujjatlarni  hamda  fuqarolarning  huquqlari  va  qonuniy 
manfaatlariga  daxldor  bo‗lgan  boshqa  qarorlarni  ishlab  chiqish 
hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir‖
1
 
Shuni  unutmaslik  kerakki,  ―Ijtimoiy  sheriklik  to‗g‗risida‖gi  Qonunda 
ijtimoiy  sheriklik  sub‘ektlari  davlat  organlarining  nodavlat  notijorat 
tashkilotlari  va  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlari  deb 
ko‗rsatilishi  mamlakatimizda  mehnat  munosabatlarida  ham  ijtimoiy 
sheriklik  mavjudligini  inkor  qilmaydi.  Mehnat  munosabatlari  sohasidagi 
ijtimoiy  sheriklik  masalalarini  O‗zbekiston  Respublikasining  ―Mehnat 
Kodeksi‖, o‗ttizdan ortiq qonunlari va boshqa me‘yoriy- huquqiy hujjatlari 
tartibga  soladi.  Bu  haqda  ―Mehnat  Kodeksi‖ning  1-moddasida  shunday 
deyiladi: ―O‗zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat 
                                                           
1
 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2014 й., 39-сон, 488-модда
 

149 
 
to‗g‗risidagi  qonun  hujjatlari,  jamoa  kelishuvlari,  shuningdek  jamoa 
shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi‖
1
.  
Mehnat  sohasidagi  ijtimoiy  sheriklik  munosabatlari  mamlakatimizda 
dunyoning  ko‗p  mamlakatlarida  bo‗lgani  singari  bipartizm  (ikki 
tomonlama)  shaklida,  masalan,  jamoa  shartnomalari  hamda  tripartizm 
(uch  tomonlama)  masalan,  ish  beruvchilar,  yollanma  ishchi  va 
xizmatchilar  hamda  davlat  hokimiyati  organlari  yoki  ularning  vakillari 
ishtirokida olib borilmoqda. Mamlakatimizda 2011 va 2014 yillarda ijroiya 
hokimiyati (Vazirlar Mahkamasi), biznes vakillari (Savdo-sanoat palatasi) 
hamda 
yollanma 
ishchi 
va 
xizmatchilar 
(Kasaba 
uyushmalari 
Federatsiyasi)  tonidan  imzolagan  “Bosh  kelishuv”lar  ham  mehnat 
munosabatlari  sohasidagi  ijtimoiy  sheriklik  ham  mustahkam  me‘yoriy-
huquqiy asosda olib borilayotganidan dalolat beradi. 
Har  qanday  mamlakat  hududida  aholining  ko‗pchiligi  manfaatlarini 
ko‗zlaydigan  adolatli  ijtimoiy  tartibotlarni  joriy  etish  faqatgina  davlat 
organlarining  ishi  emas.  Jahon  tarixi  guvohlik    berishicha,  ijtimoiy 
nizolarni  alohlida  holda  davlat  ham,  oila  ham,  bozor  munosabatlari  ham 
hal  etolmaydi.  Faqatgina  ijtimoiy  sheriklik,  ya‟ni  ijtimoiy-siyosiy 
maydondagi  turli  kuchlarning  konstruktiv  muloqotigina  insonlarga  xos 
turmush  kechirish  imkoniyatlarini  berishi  mumkin.  Hozirgi  kunda 
O‗zbekistonda  ijtimoiy  sheriklik    munosabatlarini    hayotga    tadbiq 
etishning  asosiy  maqsadi  davlat  va  fuqarolik  jamiyati  o„rtasida  katta 
ijtimoiy  ahamiyatga  molik  dasturlarni  amalga  oshirishda  o„zaro 
hamkorlikni ta‟minlashdir. 
O‗zaro  hamkorlik  jamiyatda  mavjud  bo‗lgan  qashshoqlik, 
jinoyatchilik,  atrof-muhitning  ifloslanishi,  yetimlik  singari  ijtimoiy 
muammolarni  hal  qilish  uchun  zarur.  Bu  jarayonda  ishtirok  etayotgan 
barcha  tomonlar  ana  shu  muammolarni  hal  etishda  o‗zlarining 
mas‘uliyatlarini his etishlari lozim.  
Hozirgi  kunda  ijtimoiy  sheriklikning  mohiyati  ijtimoiy-siyosiy 
maydondagi  kuchlar:  davlat  tuzilmalari,  tijorat  korxonalari  va  notijorat 
tashkilotlari  o„rtasidagi  konstruktiv  aloqadorlik  sifatida  anglashiladi. 
Ijtimoiy fanlarda  bu kuchlar  1-, 2-  va 3-sektor nomlari bilan yuritiladi. 
Ijtimoiy sheriklik har uch sektor vakillari  o‗rtasida hamkorlik paydo 
bo‗lganda va bu hamkorlik har uch guruh va jamiyat uchun manfaatli 
ekani anglashilganda vujudga keladi. 
Davlatning  NNTlarga  har  tomonlama  ko‗mak  ko‗rsatayotganining 
sabablaridan biri shundaki, NNTlarning asosiy maqsadi – aholiga ijtimoiy 
                                                           
1
 Ўзбекистон Республикасининг ―Меҳнат Кодекси‖, Тошкент, ―Адолат‖ нашриѐти, 2008 йил,4-бет.
 

150 
 
xizmatlar  ko‗rsatishdir.  Aholiga  ijtimoiy  xizmatni  davlat  idoralari  ham 
ko‗rsatadi.  Lekin  NNTlar  tarkibi  ixchamligi  va  bevosita  aholi  tashabbusi 
bilan tuzilgani sababli ularning xizmati tezkor va aniq manzilga qaratilgan 
bo‗ladi.  Bundan  tashqari,  NNTlar  ijtimoiy  xizmatlar  ko‗rsatishga  davlat 
byudjeti  mablag‗laridan  tashqari  xususiy  sektor  mablag‗larini  ham 
grantlar, xayriya ishlari, badallar, volontyorlar faoliyati shaklida jalb etish 
imkoniyatiga  ega.  O‗zbekistonda  davlat  NNTlarning  mana  shu  xususiyat 
va  imkoniyatlarini  hisobga  olib  har  tomonlama  yordam  ko‗rsatmoqda. 
Davlatning  ko‗magi  grantlar,  ijtimoiy  buyurtmalar,  subsidiyalar  tarzida 
amalga oshirilmoqda. 
  Mamlakatimizda 
ijtimoiy 
sheriklikni 
qo‗llab-quvvatlash 
va 
rivojlantirish  sohasida  olib  borilayotgan  ishlarga  qisqacha  ko‗z  yugurtirib 
chiqishning  o‗zi  ham  bu  masalada  jahon  fani  yaratgan  nazariya  yangi 
yondashuv  bilan  boyitilgani,  uning  bir  qator  jihatlari  aniqlashtirilgani, 
mazkur soha amaliyoti esa jiddiy boyitilganidan guvohlik bermoqda.  
 
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 
 
1. Jamoatchilik nazoratining maqsadlari nimalardan iborat? 
2. Jamoatchilik nazoratining sub‘ekti kimlar bo‗lishi mumkin? 
3. Jamoatchilik nazoratining qanday shakllarini bilasiz? 
4. Ichki ishlar organlari yoki prokuraturaning qonunlar bajarilishini nazorat 
qilishi jamoatchilik nazorati bo‗lishi mumkinmi? 
5. Jamoatchilik nazoratining zamonaviy shakllarini ko‗rsating. 
6. Ijtimoiy sheriklik nazariyasi qachon shakllandi? 
7. Ijtimoiy sheriklikning sub‘ektlari kimlar bo‗lishi mumkin? 
8. Ijtimoiy sheriklikning zamonaviy shakllarini ko‗rsating? 
 
TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR 
 
1. ―Ijtimoiy  sheriklik  tog‗r‗isida‖  O‗zbekiston  Respublikasining  Qonuni. 
2014 yil 25 sentabr, № ЎРҚ-376 
2. ―Jamoatchilik  nazorati  to‗g‗risida‖  O‗zbekiston  Respublikasining 
Qonuni. 2018 yil 12 aprel, № ЎРҚ-474 
3. Жалилов  A.  ва  бошқалар.  Фуқаролик  жамияти  асослари.  –  Т.: 
Baktria press, 2015.  
4. Фуқаролик жамияти: 2016. Ziyonet.uz.  
5.  O‗tamurodov A. va boshqalar. Fuqarolik jamiyati fanidan tushuncha va 
atamalar lug‗ati. T.: Turon-zamin-ziyo. 2017. 23 b.t.  

151 
 
INTERNET SAYTLARI  
 
1. www.president.uz 
2. www.ziyonet.uz 
3. www.xs.uz 
4. www.nimfogo.uz 
 
Mavzu: FAOL FUQAROLIK POZITSIYASIGA EGA BO‗LGAN 
YOSH AVLODNI TARBIYALASHNING ASOSIY 
YO‗NALISHLARI 
 
Reja: 
1. Faol  fuqarolik  pozitsiyasi  tushunchasi  va  uni  shakllantiradigan  asosiy 
omillar 
2. Fuqarolik 
jamiyatini 
rivojlantirishda 
fuqarolik 
madaniyati 
va 
mas‘uliyatining o‗rni 
3. O‗zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati 
 
Tayanch so‗z va iboralar: 
Fuqarolik  pozitsiyasi,  fuqarolik  madaniyati,  fuqarolik  mas‟uliyati, 
yoshlar,  yoshlarning  ijtimoiy-siyosiy  faolligi,  ta‟lim-tarbiyasi,  yoshlarga 
oid davlat siyosati, ma‟naviy barkamol avlod, Yoshlar ittifoqi 
 
1.  Respublikamizda  yoshlar  qatlami  aholining  umumiy  tarkibida 
salmoqli  o‗rin  egallaydi.  Hozirgi  vaqtda  mamlakatimiz  aholisining  32 
foizini  yoki  10  millionini  30  yoshgacha  bo‗lgan  yoshlar  tashkil  etadi. 
Qonunchiligimizda  yoshlar  (yosh  fuqarolar)  deyilganda  o„n  to„rt  yoshga 
to„lgan  va  o„ttiz  yoshdan  oshmagan  shaxslar
1
  tushuniladi.  Yoshlar 
masalasi,  yoshlarga  oid  davlat  siyosati  hamma  vaqt  ham  respublikamizda 
ustuvor  vazifalardan  biri  sifatida  muhim  ahamiyat  kasb  etib  kelgan.  Bu 
xalqimizning  tarixiy  va  milliy  an‘nalari,  shuningdek  islom  dinida  ham 
yosh  avlod  tarbiyasiga  muhim  e‘tibor  qaratilgani  bilan  ham  bog‗liq, 
albatta.  Shu  bilan  birgalikda  jahon  hamjamiyatida  o‗zining  munosib 
o‗rnini topib borayotgan yosh mustaqil davlatni dunyoning ilg‗or davlatlari 
qatoriga  chiqib  olishida  ham  yetuk  kadrlar  hal  qiluvchi  ahamiyat  kasb 
etadi.  
                                                           
1
  Қаранг:  ―Ёшларга  оид  давлат  сиѐсати  тўғрисида‖.  Ўзбекистон  Республикасининг  Қонуни.  (Ўзбекистон 
Республикаси  қонун  ҳужжатлари  тўплами,  2016  й.,  37-сон,  426-модда;  2017  й.,  24-сон,  487-модда;  Қонун 
ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.07.2018 й., 03/18/486/1559-сон)
 

152 
 
O‗zbekiston  fuqarolari  millati,  irqi,  jinsi,  kasb-kori,  ijtimoiy  kelib 
chiqishidan  qat‘iy  nazar  fuqaro  sifatida  qonun  oldida  huquqan  teng  va 
birdek  mas‘uliyatlidirlar.  Shuning  uchun  ham  mavjud  muammolarni 
bartaraf  etishda  fuqarolarning  o‗z  fuqarolik  huquqlarini  bilib  olishlari  va 
ular  himoya  qilishlari  hamda  burchlarini  chuqur  anglab  yetishlari  uchun 
ularni huquqiy jihatdan tarbiyalab borish dolzarb vazifalardan biri sifatida 
qaralmoqda.  Bu  jarayon  fuqarolar  uchun  ma‘naviy  kamolot  manbai 
bo‗lishi bilan birga, ularning bu boradagi mas‘uliyatini yanada oshirishda 
ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shuning uchun ham, O‗zbekistonda 
demokratik  jamiyat  qurish  kuchli  davlatdan  kuchli  fuqarolik  jamiyatiga 
o‗tish konsepsiyasi zamirida inson erkinliklarini fuqaro, xalq manfaatlariga 
mos  holda  bosqichma-bosqich  yuzaga  chiqarish  asosiy  vazifa  sifatida 
belgilangan.  
Bugun  biz  qurayotgan  huquqiy  demokratik  davlat  va  fuqarolik 
jamiyatining  ma‘naviy  binosi  mustahkam  bo‗lishi  lozim.  Bu  esa,  eng 
avvalo,  fuqarolarni,  ayniqsa,  yoshlarni  chuqur  bilimli,  teran  fikrli,  o‗z 
o‗tmishi  durdonalaridan  va  ma‘naviy  qadriyatlaridan  xabardor, 
vatanparvar, haqiqatparvar, fidoyi qilib tarbiyalashni taqozo etadi. Komil 
inson  shaxsini  tarbiyalash  esa  eng  murakkab  va  qiyin  jarayondir.  Bu 
jarayonni  amalga  oshirish  ular  ongiga  milliy  qadriyatlarni  singdirish 
maqsadga  muvofiqdir.  Demak,  bugungi  yosh  avlod  o‗z  tarixini, 
madaniyatini,  milliy  qadriyatlarini,  tilini,  dinini  va  urf-odatlarini 
mukammal  bilsagina,  mustaqillikning  asl  mohiyatini  chuqurroq  anglab 
yetadilar.  Fuqarolik  jamiyati  ham  ana  shu  milliy  qadriyatlarimizga 
asoslanib  rivojlantirilishi  bejiz  emas.  Zero,  “Modomiki  biz  huquqiy 
demokratik  davlat,  erkin  fuqarolik  jamiyati  qurayotgan  ekanmiz, 
ma‟naviyat  sohasidagi  XXI  asrga  mo„ljallangan  harakat  dasturimiz 
shundan kelib chiqmog„i darkor, ya‟ni erkin fuqaro  – ongli yashaydigan, 
mustaqil fikrga ega bo„lgan shaxs ma‟naviyatini kamol toptishirish bizning 
bosh  milliy  g„oyamiz  bo„lishi  zarur”
1
.  Har  birimiz  ushbu  vazifalarni 
amalga  oshirilishida  faol  fuqarolik  pozitsiyamizni  ko‗rsatishimiz  hamda 
biz yoshlarga qarata aytilgan ―Farzandlarimiz, yoshlarimiz bizning nafaqat 
ishonchimiz  va  kelajagimiz,  yoshlarimiz  bugungi  va  ertangi  kunimizning 
hal  qiluvchi  kuchidir‖
2
  degan  so‗zlarni  doimo  yodimizda  saqlashimiz 
zarur.  
                                                           
1
  Каримов  И.А.  Ўз  келажагимизни  ўз  қўлимиз  билан  қурмоқдамиз.  Биз  ўз  келажагимизни  ўз  қўлимиз  билан 
қурамиз. 7-том.-Т.: «Ўзбекистон», 1999. 303-б. 
2
Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 15 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маъруза. 

153 
 
Fuqarolik  tuyg‗usi  shaxsning  ―Avloddan-avlodga  o‗tib  kelayotgan 
madaniy  jarayonlar  axloqiy  qadriyatlarning  o‗tmish  bilan  kelajakni  uzviy 
aloqadorligini ta‘minlab, tarixiy merosning nodir ne‘matlarini o‗zgartirish 
asosida shakllanadi‖
1
. Fuqarolik jamiyatining asosiy  mezonlaridan biri bu 
fuqarolarning  yuksak  darajada  ong  va  madaniyatga  ega  bo‗lishliklari 
hisoblanadi.  Shu  nuqtai-nazardan  qaraganda,  fuqarolik  jamiyatida  faol, 
Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling