Oвid haydarov


tashabbuskor,  g‗ayratli,  faqat  yaratuvchanlik,  ijodkorlik  ruhi  va


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/14
Sana11.11.2020
Hajmi1.27 Mb.
#143728
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati (1)


tashabbuskor,  g‗ayratli,  faqat  yaratuvchanlik,  ijodkorlik  ruhi  va 
kayfiyati  bilan  yashovchi  shaxslarga  e‘tibor  va  ehtiyoj  katta  bo‗ladi. 
Bunday  yuksak  intellektual  salohiyat  tafakkur  erkinligining  qay  darajada 
shakllanishi  bilan  uzviy  bog‗liq.  Jamiyatning  inson  uchun  yaratgan  real 
iqtisodiy qulayliklari va imkoniyatlari, yuridik haq-huquqlari, qaror topgan 
axloqiy  va  ma‘naviy  muhit  uning  tafakkuri  erkin,  ilg‗or  va  yuksak 
ideallarni ko‗zlashi bilan uyg‗unlashmog‗i lozim.  
Fuqarolik  madaniyatini  yuksaltirishda  ta‘lim  beqiyos  o‗rin  tutadi. 
Bugungi  kunda  ham  oldimizga  qo„ygan  asosiy  maqsad  -  fuqarolik 
jamiyatini  barpo  etish  va  uni  takomillashtirish  uchun  bilimli,  ongli, 
tafakkuri  ozod,  zamonaviy  dunyoqarashli,  milliy  va  umuminsoniy 
qadriyatlarga  sodiq  insonlarni  tarbiyalashga  yanada  muhim  e‟tibor 
qaratish  va  bu  masalalar  ta‟lim  islohotlarining  bosh  vazifasi  deb  qabul 
qilib,  uni  amalga  oshirishdan  iborat.  Unutmasligimiz  kerakki,  ma‘rifat 
xalqimiz,  millatimiz  qonidadir.  Bizda  qadimdan  ―Ma‘rifatli  inson‖ 
tushunchasi ancha keng ma‘noni anglatadi. An‘anaviy sharqona qarashga 
ko‗ra,  ma‘rifatlilik–faqat  bilim  va  malaka  emas,  ayni  paytda  chuqur 
ma‘naviyat  va  go‗zal  axloq  degani  hamdir.  Xalqimiz  bilimli,  kamolotli 
inson deganida aynan shunday odamlarni ko‗z oldiga keltiradi. 
Fuqarolik 
jamiyat 
asoslari 
shakllanayotgan 
respublikamizda, 
yoshlarimizning  faollikni  yuksaltirish,  ularda  millat,  xalq  va  jamiyat 
oldidagi burch hamda mas‘uliyatini yurakdan his qilish tuyg‗ularini kamol 
toptirish  hamda  ularning  ongu  shuurida  mustahkam  hayotiy  pozitsiyani, 
e‘tiqod  hamda  maslakni  shakllantirish  bugungi  kunning  muhim 
vazifalaridan biridir. Shuning uchun ham bugungi kunda ta‘lim tizimining 
barcha  bosqichlarida  yoshlarning  intellektual  salohiyatini  yuksaltirishga 
qaratilgan  dars  soatlari,  o‗quv  kurslari  yo‗lga  qo‗yilgan.  Mazkur  sa‘y-
harakatlarni  amalga  oshirish,  egallagan  bilimlarini  amaliyotda  qo‗llash 
ko‗nikmalarini  mustahkamlash,  qolaversa,  bu  borada  faol  fuqarolik 
pozitsiyasiga ega bo‗lgan yoshlarni qo‗llab-quvvatlash kelajakda natijalar 
keltiradi.  Zero,  zamonaviy  ta‘limning  maqsadi  har  bir  kishiga  o‗z 
faoliyati uchun zarur bo‗lgan yangi bilimlarni olish va ularni jamiyat 
                                                           
1
 Губман Б.Л. Смысл истории. Очерки современных западных концепции. - М.: Наука, 1991. – 15 с. 

154 
 
hayotiga  tadbiq  etish  imkoniyatini  yaratishdan  iboratdir.  Shu  bois 
tarbiyaviy  va  o‗quv  ishlari  shaxsning  intellektual  ong  va  madaniyat 
darajasini inson, jamiyat, davlat manfaatlariga javob beradigan eng muhim 
prinsiplarni anglab yetishga qadar oshirishga yo‗naltirilishi lozim.  
Ayniqsa fuqarolik jamiyatini barpo qilishda fuqaro ongi, madaniyati, 
daxldorlik  hissi  va  mas‟uliyatini  yuksaltirish  hamda  takomillashtirishni 
hozirgi  talab  darajasida  yo„lga  qo„yish  muhim  ahamiyatga  egadir. 
Albatta, yoshlar faoliyatida ushbu zaruriy masala o‗zining dolzarb jihatlari 
bilan ajralib turadi va samarali tarzda amalga oshirishni yo‗lga qo‗yishimiz 
lozimligini yana bir bor qayd qilamiz. 
Hozirgi fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishga doir islohotlarni 
chuqurlashtirish  jarayonida  yoshlarni  shu  yurtga,  shu  Vatanga  munosib 
farzand  sifatida  tarbiyalash  dolzarb  vazifalardan  biriga  aylandi.  Shuning 
uchun  davlatimiz  va  xalqimiz  ta‘lim-tarbiya  tashkilotlari  hamda  jamoat 
birlashmalaridan  yoshlarni  yetuk  inson  bo‗lishlariga  munosib  hissa 
qo‗shishiga  katta  umid  bilan  qaraydi.  Xalqimiz  mazkur  demokratik 
institutlarga,  ularning  tashkilotchilik,  tashabbuskorlik  harakatlariga  katta 
ishonch  bog‗lamoqda.  O‗ylaymizki,  yoshlarning  respublika  miqyosidagi 
yangi  tashkil  qilingan  tashkiloti  Yoshlar  ittifoqi,  siyosiy  partiyalar 
faoliyatini  davlat  tomonidan  moliyalashtirishning  joriy  qilinishi  ularning 
yoshlar  o‗rtasida  keng  qamrovli  ijtimoiy-siyosiy,  ma‘naviy-ma‘rifiy 
faoliyat  olib  borishini  ta‘minlaydi.  Yoshlar  jamiyatni  erkinlashtirish  va 
boshqarish bilan bog‗liq islohotlarga ko‗proq jalb etiladi. 
Fuqarolik  jamiyati  asoslari  shakllanayotgan  bir  sharoitda  shaxs 
erkinligini  yanada  kengaytirish,  ularda  davlat  va  jamiyat  hayoti,  uning 
ravnaqini  ta‘minlashdagi  burch  va  mas‘uliyatlarini  chuqur  anglab  yetish, 
ko‗nikmalarini 
hosil  qilish,  huquqiy  saviyasi  va  madaniyatini 
yuksaltirishda  davlat  organlari,  ta‘lim  muassasalarigina  mas‘ul  bo‗lib 
qolmay  shu  bilan  birga  jamoat  tashkilotlari  va  boshqa  nodavlat 
tuzilmalarining faollik darajasini ortishini ham taqozo etadi.  
2.Fuqarolik  madaniyati  shakllangan  muhitda  odamlarda  siyosiy 
hayotda  ishtirok  etish  ehtiyoji  paydo  bo‗ladi.  Bunda  kishilar  fuqarolik 
jamiyati institutlariga birlasha boshlaydilar.Fuqarolik madaniyati kuchayib 
borgan  sari  odamlar  siyosiy  jihatdan  faollashib,  partiyalarga  a‘zo  bo‗lish 
tendensiyasi  kuchayadi.  Demak,  siyosiy  partiyalar  a‟zolari  soni  va 
sifatining oshib borishi darajasi ham fuqarolik madaniyatini ko„rsatuvchi 
mezonlardan  biridir.   Fuqarolik  madaniyati  shaxsning  jamiyatdagi  faol 
a‘zosi  sifatida  ma‘lum  haq-huquqlarga  ega  bo‗lish  bilan  birga  o‗z 
zimmasidagi  burch  va  majburiyatlarni  vijdonan  ado  etishdir.  Yoshlarda 

155 
 
fuqarolik  madaniyatini  shakllantirishda  -  ularga  mustaqil  davlat 
tuzilmasining xususiyatlari, mamlakatning xalqaro maydonda tutgan o‗rni, 
vatanparvarlik  va  millatlararo  do‗stlik  tuyg‗ulari,  respublikamiz 
iqtisodiyotini  rivojlantirish  yo‗lida  amalga  oshirilayotgan  islohotlar, 
mehnat  an‘analari,  milliy  g‗oya  va  mafkura  asoslari  haqidagi  bilimlarni 
berish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Fuqarolik  madaniyatini  shakllantirish 
yoshlarda  fuqarolik  hissi,  zimmalaridagi  burch  va  majburiyatlarni 
bajarishga  nisbatan  mas‘uliyat,  yot  mafkuraviy  qarashlarni  anglash  va 
unga  qarshi  bo‗lish,  ijtimoiy  faollik  va  fidoyilik  kabi  sifatlarni 
mujassamlashtirgan yaxlit bir tarbiya jarayoni hisoblanadi.  
Fuqarolik  jamiyatining  institutlari  -  o‗zini-o‗zi  boshqarish  organlari, 
nodavlat  va  jamoat  tashkilotlarini  mustahkamlash  hamda  rivojlantirish 
yoshlarning  siyosiy  madaniyatini,  faolligini  oshirishning  muhim 
shartlaridan  biridir. O‗zbekistonda davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini 
erkinlashtirish,  kuchli  davlatdan  kuchli  jamiyatga  o‗tish  vazifalarini 
amalga  oshirishda  har  bir  yoshning  jamiyatda  o‗z  o‗rni  bo‗lishini  bilish, 
eng  muhimi,  o‗zini  jamiyatning  ajralmas  qismi  deb  tushunishi  ulkan 
ahamiyat  kasb  etadi.  Chunki,  jamiyatda  yashayotgan  har  bir  yoshning 
ijtimoiy-siyosiy  faoliyati  mavjud  siyosiy  institutlar,  partiyalar  yoki 
nodavlat  va  jamoat  tashkilotlari  orqali  amalga  oshiriladigan  demokratik 
siyosiy  jarayonlarda  aks  etadi.  Bu,  bir  tomondan,  yoshlarning  siyosiy 
faollik  darajasiga,  ularning  siyosiy  qarashlarni  idrok  etib,  unda  ishtirok 
etishiga bog‗liq bo‗lsa, ikkinchi tomondan, jamiyatdagi mavjud o‗z-o‗zini 
boshqarish  organlari,  nodavlat  va  jamoat  tashkilotlarining  ish  faoliyatiga, 
yoshlarni o‗z atrofiga birlashtirishiga bog‗liq. 
Jamiyat 
hayotining 
demakratlashuvi 
hamda 
mamlakatni 
modernizatsiyalash  jarayonlari  aholining  eng  katta  ijtimoiy  qatlamini 
tashkil etadigan yoshlarning ijtimoiylashishiga hamda ularning tarbiyasiga 
katta  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Yoshlar  -  jamiyatning  tub  negizi,  aholining  ilg„or 
qatlami,  kelajakning  ishonchli  egalari  hisoblanadi.  Shu  nuqtai-nazardan 
qaraganda,  har  bir  davr  yoshlarining  bilim  darajasi,  dunyoqarashi,  o„y-
fikri,  ma‟naviy  qiyofasiga  qarab  o„sha  jamiyatning  ertangi  kunini  aniq 
tasavvur  etish  mumkin.  Shu  boisdan  ham  mustaqillikka  erishilgach, 
aniqrog‗i,  1991  yilning  20  noyabrida  "O‗zbekiston  Respublikasida 
yoshlarga  oid  davlat  siyosatining  asoslari  to‗g‗risida"gi  Qonunning  qabul 
qilinishi  bilan  mamlakatimizda  yoshlarga  e‘tibor  masalasi  davlat  siyosati 
darajasiga ko‗tarilgan edi. Ushbu Qonunning 1-moddasida: "Yoshlarga oid 
siyosat  O„zbekiston  Respublikasi  davlat  faoliyatining  ustuvor  yo„nalishi 
bo„lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, 

156 
 
ijodiy  iqtidori  jamiyat  manfaatlari  yo„lida  imkoni  boricha  to„la-to„kis 
ro„yobga  chiqishi  uchun  ijtimoiy-iqtisodiy,  huquqiy,  tashkiliy  jihatdan 
shart-sharoit  yaratish  hamda  ularni  kafolatlashdan  iboratdir",  –  deya 
mustahkamlab  qo‗yilgan  edi. O‗z-o‗zidan,  davlatning  bu  jarayondagi 
asosiy  vazifasi  –  yoshlarning  jamiyatga  turli  xil  salbiy  oqibatlarsiz  kirib 
kelishini  ta‘minlash,  ularning  o‗z  huquq  va  erkinliklarini  to‗la  amalga 
oshirishlarini  kafolatlashdan  iborat.  Bu  esa,  davlatning  yoshlarga  oid 
siyosatini amalga oshirishida o‗z ifodasini topadi.  
2008  yil  7  yanvarda  qabul  qilingan  “Bola  huquqlarining  kafolatlari 
to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi milliy 
qonunchilikni  bola  huquqlari  bo‗yicha  xalqaro  andozalar  bilan 
muvofiqlashtirish,  bola  huquqlarini  himoya  qilish  sohasida  tegishli 
dasturlar tuzish, davlat organlari va nodavlat tashkilotlarining bu boradagi 
vazifalari, vakolatlarini va o‗zaro faoliyatini aniqlashtirish, bola huquqlari 
himoyasi mexanizmining ishlashi va amaliy natijalari berishini ta‘minlash, 
shu  sohaga  oid  qonunchilikning  kelgusidagi  rivoji  uchun  keng 
imkoniyatlarga yo‗l ochib berdi.  
Shuningdek,  Oila  kodeksi,  Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi, ―Bola 
huquqlarining  kafolatlari  to‗g‗risida‖gi, ―Ta‘lim  to‗g‗risida‖gi, ―Aholini 
ish 
bilan 
ta‘minlash  to‗g‗risida‖gi, ―Jismoniy  tarbiya  va  sport 
to‗g‗risida‖gi, ―Voyaga 
yetmaganlar 
o‗rtasida 
nazoratsizlik 
va 
huquqbuzarliklarning  profilaktikasi  to‗g‗risida‖gi, ―Vasiylik  va  homiylik 
to‗g‗risida‖gi, ―Yoshlarga oid davlat siyosati‖ to‗g‗risidagi (2016 yil 16 
sentabr)  qonunlar  yoshlar  tarbiyasida,  ularni  sog‗lom  turmush  tarziga 
o‗rgatishda,  ish  bilan  band  qilishda,  huquqbuzarliklarning  oldini  olishda 
muhim  huquqiy  baza  vazifasini  o‗tamoqda.  Shuningdek,  respublika 
Prezidentining  2014  yil  6  fevraldagi “O„zbekiston  Respublikasida  yosh-
larga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo„shimcha cho-
ra-tadbirlar  to„g„risida”gi  Qarori  mustaqillik  yillarida  olib  borilgan 
bosqichma-bosqich,  tadrijiy  islohotlarning  mantiqiy  va  qonuniy  davomi 
bo‗lib,  bu  boradagi  ishlarning  yangi  bosqichini  boshlab  berdi. 
Respublikamizda  mazkur  qaror  ijrosini  ta‘minlash,  shuningdek, 
mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  keng  ko‗lamli  islohotlarda 
yoshlarning  faol  ishtirokini  ta‘minlash,  yuksak  ma‘naviyatli,  mustaqil  va 
erkin  fikrlaydigan,  zamonaviy  ilm-fan  yutuqlarini  puxta  o‗zlashtirgan  har 
tomonlama  sog‗lom  va  barkamol  avlodni  voyaga  etkazishga  qaratilgan 
yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirib kelinmoqda. 
Qarorning ahamiyati quyidagilar bilan izohlanadi:  

157 
 
Birinchidan, mustaqillik  yillarida  yoshlar  siyosati  bo‗yicha  amalga 
oshirgan ishlarimizni sarhisob qilar ekanmiz, ularni haqqoniy baholash va 
islohotlar  dasturiga  ma‘lum  o‗zgartishlar  kiritish  bilan  birga,  birinchi 
navbatda,  ertangi  kun  talablaridan  kelib  chiqqan  holda  mamlakatimizda 
demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini 
rivojlantirish yo‗lidagi izchil harakatlarimizda yoshlarning faol ishtirokini 
kuchaytirishimizga ehtiyoj tug‗ilgani; 
Ikkinchidan, hozirgi  paytda  mamlakatimiz  yoshlarining  siyosiy-
huquqiy  madaniyati  va  ijtimoiy  ong  darajasining  o‗sib  borishi,  jamiyatni 
demokratlashtirish  va  liberallashtirish  jarayonlarining  jadal  rivojlanishi, 
yosh avlodning ilm-fan, sport sohasida erishayotgan yutuqlari bu sohadagi 
islohotlarni  yangi,  yanada  yuqori  bosqichga  ko‗tarishimiz  uchun  zarur 
shart-sharoitlarni yuzaga keltirayotgani va boshqalar. 
3.  Respublikada  oxirgi  uch  yil  ichida  barcha  sohalarda  bo‗lgani  kabi 
yoshlarga  oid  davlat  siyosatini  olib  borish,  yoshlarni  jamiyat  hayotidagi 
rolini  oshirish,  ularning  bandligini  ta‘minlash,  ma‘naviy-axloqiy  jihatdan 
barkamol shaxs etib tarbiyalash,  ularni har tomonlama qo‗llab-quvvatlash 
borasida turli yo‗nalishdagi ko‗pgina ishlar amalga oshirilmoqda.  
Mamlakatimizda   voyaga  yetib  kelayotgan  yosh  avlodni  har 
tomonlama  sog‗lom  va  ma‘naviy  barkamol  ruhda  tarbiyalash,  ularning 
 huquq va erkinliklarini ta‘minlash, qonuniy manfaatlarini muhofaza etish 
davlat siyosati darajasiga ko‗tarilganligi barchamizga ma‘lum. Davlatimiz 
rahbarining  tashabbusi  va  rahnamoligida  yoshlar  tarbiyasining  ustuvor 
yo‗nalishlari  belgilab  olindi  va  bu  borada  tub  islohotlar  amalga 
oshirilmoqda.  
Ma‘naviy barkamol yoshlarni tarbiyalashda O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidenti  Sh.Mirziyoevning  2017  yil  7  fevraldagi  ―O‗zbekiston 
Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‗nalishi  bo‗yicha 
Harkatlar  strategiyasi  to‗g‗risida‖gi  PF-4947-son  Farmonida
1
  yoshlarga 
oid  davlat  siyosatini  takomillashtirish  bo‗yicha  alohida  band  kiritilganligi 
muhim  ahamiyatga  ega  bo‗ldi.  Farmonda  jismonan  sog‗lom,  ruhan  va 
aqlan  rivojlangan,  mustaqil  fikrlaydigan,  Vatanga  sodiq,  qat‘iy  hayotiy 
nuqtai  nazarga  ega  yoshlarni  tarbiyalash,  demokratik  islohotlarni 
chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  jarayonida  ularning 
ijtimoiy  faolligini  oshirish  muhim  ustuvor  yo‗nalish  sifatida  belgilab 
qo‗yildi.  
                                                           
1
 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиѐевнинг 2017 йил 7 февралдаги ―Ўзбекистон Республикасини 
ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаркатлар стратегияси тўғрисида‖ги ПФ-4947-сон 
Фармони // ―Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами‖, 2017 й., 6-сон, 70-модда 

158 
 
Yoshlar  har  bir  davlatning  kelajagini  belgilovchi  kuch  ekanini 
e‘tiborga  olsak,  dunyoning  deyarli  barcha  davlatlarida  bejiz  yoshlar 
siyosatini  amalga  oshirish  bo‗yicha  milliy  konsepsiyalar  ishlab  chiqilib, 
samarali  faoliyat  olib  bormayotganining  guvohi  bo‗lamiz.  Masalan, 
Yevropa  davlatlaridan  Germaniya,  Fransiya,  Buyuk  Britaniya  va 
Shvetsiyada  bu  borada  erishilgan  natajalar  diqqatga  sazovor.  Bugungi 
kunda  dunyoning  taraqqiy  etgan  davlatlarida  yoshlarga  oid  davlat 
siyosatini  amalga  oshirishning  quyidagi  ikki  xil  strategiyasi  amal 
qilmoqda: 
1) yoshlar siyosati sohasida davlatning yetakchilik roliga asoslangan 
strategiya;  
2)  yoshlar  siyosati  sohasida  davlat  va  fuqarolik  jamiyati  tuzilmalari 
tengligiga asoslangan strategiya.  
Yurtimizda  har  yili  qabul  qilinayotgan  Davlat  dasturlarida  ham 
yoshlar  masalasiga  alohida  ahamiyat  berilmoqda.  ―2017  yil  -  Xalq  bilan 
muloqot  yili‖  Davlat  dasturining  99-bandi  asosida  aholini,  ayniqsa, 
yoshlarni  diniy  ekstremizm,  aqidaparastlik  kabi  buzg‗unchi  harakatlar 
ta‘siridan  asrash  maqsadida  mahallalarda  hamda  ta‘lim  muassasalarida 
―Islom  ma‘rifati  aqidaparastlikni  qoralaydi‖,  ―Diniy  ekstremizm  va 
terrorizm  -  yoshlar  kelajagiga  tahdid‖  mavzularida  uchrashuv  va  davra 
suhbatlarini  tashkil  etish  bo‗yicha  maxsus  dastur  ishlab  chiqildi  va 
tadbirlar  amlaga  oshirildi.  Ushbu  tadbirlar  natijasida  yoshlarda  dinlar 
bo‗yicha  to‗g‗ri  va  haqqoniy  ma‘lumotlar  shakllanishiga,  milliy 
an‘analarga, boy madaniy merosga tayangan holda, ma‘naviy va ma‘rifiy 
ishlarni tizimli olib borishga erishilmoqda.  
 ―2017  yil  -  Xalq  bilan  muloqot  yili‖  Davlat  dasturida  yosh  avlodni 
tarbiyalash,  uning  ma‘naviyati  va  madaniyatini  yuksaltirishga  qaratilgan 
tadbirlar  samaradorligini  oshirish  maqsadida  kompleks  chora-tadbirlar 
rejasi  ishlab  chiqilishi  belgilandi
1
.  Vatanimiz  ravnaqini  ta‘minlashda 
yoshlarning  mas‘uliyatini  oshirishga  qaratilgan  ―Eng  buyuk  jasorat  - 
ma‘naviy  jasoratdir‖  mavzusida  davra  suhbatlari,  yoshlar  ongiga  tahdid 
soluvchi  axborot  xurujlarining  oldini  olish,  yoshlarda  internet  va  boshqa 
axborot resurslaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan 
seminar-treninglar tashkil qilish belgilangan bo‗lib, buning natijasida yosh 
avlodni  tarbiyalash,  ularning  ma‘naviyati  va  madaniyatini  yuksaltirish 
samaradorligi va natijadorligi oshdi.  
                                                           
1
  2017-2021  йилларда  Ўзбекистон  Республикасини  ривожлантиришнинг  бешта  устувор  йўналиши  бўйича 
Ҳаракатлар  стратегиясини  ―Халқ  билан  муоқот  ва  инсон  манфаатлари  йили‖да  амалга  оширишга  оид  Давлат 
дастурини ўрганиш бўйича илмий-услубий рисола Т. ―Маънавият‖ 2017 

159 
 
―2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‗oyalar va texnologiyalarni 
qo‗llab-quvvatlash  yili‖  Davlat  dasturida  huquqni  muhofaza  qiluvchi 
organlar  tizimini  isloh  qilishda  ilgari,  asosan  xavfsizlikka,  xavf-xatar  va 
tahdidlar  oqibatlariga  qarshi  kurashish  bilan  cheklangan  terrorizm  va 
ekstremizmga  qarshi  kurashish  bo‗yicha  chora-tadbirlarni  amalga 
oshirishga  yondashuvlar  konseptual  qayta  ko‗rib  chiqildi.  Mazkur 
muammolarni  hal  qilishda,  birinchi  navbatda,  yoshlarning  huquqiy 
madaniyati  va  ma‘naviyatini  yuksaltirish  orqali  odamlarning  ongi  uchun 
kurashish ustuvor vazifa etib belgilandi
1
.  
Prezidentimizning  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti    minbaridan  (2017 
yil sentabr)  turib bildirgan taklifi asosida BMT va xorijiy hamkorlar bilan 
birgalikda  BMTning  Yoshlar  huquqlari  bo‗yicha  konvensiyasi  loyihasini 
ishlab  chiqish,  loyihada  yoshlarga  doir  turli  tadbirlar  qatorida  ularning 
ongu tafakkurini ma‘rifat asosida shakllantirish va tarbiyalashga qaratilgan 
masalalar ham nazarda tutilgan edi. 
Ma‘lumki,  Prezidentimiz  tashabbusi  bilan  2019  yil  ―Faol 
investitsiyalar  va  ijtimoiy  rivojlanish  yili‖  deb  e‘lon  qilindi.  Shu 
munosabat  bilan  tasdiqlangan  Davlat  dasturida  ham  yoshlarni  ma‘naviy-
axloqiy,  g‗oyaviy-mafkuraviy  tarbiyalash  masalalari  o‗z  aksini  topgan. 
Jumladan,  Davlat  dasturining 190-bandida  buyuk  alloma  va  adiblar,  aziz-
avliyolarning  bebaho  merosi,  yengilmas  sarkarda  va  arboblarimizning 
jasoratini  yoshlar  ongiga  singdirish,  ularda  milliy  g‗urur  va  iftixor 
tuyg‗ularini kuchaytirishga alohida e‘tibor qaratish maqsadida O‗zbekiston 
Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida ―O‗zbekiston tarixi‖ kanalini tashkil 
etish  rejalashtirilgan  edi.  2019  yil  1  sentabrdan  ushbu  kanal  o‗z  ishini 
boshladi.  
Yuqoridagilardan  ko‗rinib  turibdiki  yoshlar  masalasi,  ularni  ma‘nan 
va axloqan barkamol, turli xil yot oqim va g‗oyalarga qarshi tura oladigan 
yetuk  shaxs  sifatida  tarbiyalash,  bunda  kitobxonlikka  alohida  e‘tibor 
qaratish  davlat  siyosatining  ustuvor  yo‗nilishi  sifatida  muhim  ahamiyat 
kasb etib kelmoqda.   
―Biz  ta‘lim  va  tarbiya  tizimining  barcha  bo‗g‗inlari  faoliyatini 
bugungi  zamon  talablari  asosida  takomillashtirishni  o‗zimizning  birinchi 
darajali vazifamiz deb bilamiz‖
2
, deb ta‘kidlaydi Prezident. Bugungi kunda 
                                                           
1
  Ўзбекистон  Республикаси  Президентининг  2018  йил  22  январдаги  2017  —  2021  йилларда  Ўзбекистон 
Республикасини  ривожлантиришнинг  бешта  устувор  йўналиши  бўйича  ҳаракатлар  стратегиясини  «Фаол 
тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили»да амалга оширишга оид давлат 
Дастури  тўғрисидаги  ПФ-5308  сон  Фармони  //  www.lex.uz  –  Ўзбекистон  Республикаси  Қонун  ҳужжатлари 
маълумотлари миллий базаси 
2
 Мирзиѐев Ш. ―Миллий тараққиѐт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз‖. 1-жилд. 
– Т.: ―Ўзбекистон‖ НМИУ, 2017  

160 
 
yon-atrofimizda diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, 
noqonuniy  migratsiya,  ―ommaviy  madaniyat‖  degan  balo-qazolarning 
xavfi  tobora  kuchayib  borayotgan  bir  vaqtda  yoshlar  tarbiyasi  biz  uchun 
o‗z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo‗qotmaydigan masala bo‗lib 
qolmoqda.  G‗arazli  kuchlar  sodda,  g‗o‗r  bolalarni  o‗z  ota-onasiga,  o‗z 
yurtiga  qarshi  qayrab,  ularning  hayotiga,  umriga  zomin  bo‗lmoqda. 
Bunday  keskin  va  tahlikali  sharoitda  biz,  ota-onalar,  ustoz-murabbiylar, 
jamoatchilik,  mahalla-ko‗y  bu  masalada  hushyorlik  va  ogohlikni  yanada 
oshirishimiz  kerak.  Bolalarimizni  birovlarning  qo‗liga  berib  qo‗ymasdan, 
ularni o‗zimiz tarbiyalashimiz lozim
1
.  
2001-2017  yillarda  respublikamizda  ―Kamolot‖  yoshlar  ijtimoiy 
harakati  o‗z  faoliyatini  olib  bordi.  Ushbu  harakatning  yoshlar  hayotidagi 
o‗rni,  yutuq  va  kamchiliklari  harakatning  IV  Qurultoyida  muhokama 
qilindi.  Unda  nutq  so‗zlagan  Prezident  Sh.Mirziyoev  (2017  yil  30  iyun) 
yoshlarning ta‘lim-tarbiyasi masalalariga ham alohida to‗xtalib o‗tdi. Yosh 
avlod  tarbiyasi  hamma  zamonlarda  ham  muhim  va  dolzarb  ahamiyatga 
ega bo„lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan 
ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda, deb ta‘kidladi Prezident 
o‗z  nutqida.  Ushbu  Qurultoyda  Prezidentimizning  tashabbusi  bilan 
―Kamolot‖  yoshlar  ijtimoiy  harakati  o‗rnida  Yoshlar  Ittifoqi  tashkiloti 
tuzildi va 30 iyun respublikamizda Yoshlar kuni deb belgilandi.  
Prezidentning  2017  yil  22  dekabr  kuni  parlamentga  taqdim  etgan 
Murojaatnomasida ham yosh avlodni har tomonlama sog‗lom va barkamol 
etib  tarbiyalash  borasida  bir  qator  fikrlar  bildirildi.  Ma‘lumki, 
O‗zbekistonni  jahonga  chiqishi,  respublikamizga  turistlar  oqimini 
ko‗paytirish,  dunyo  texnika  va  texnologiyasidan  xabardor  bo‗lishda  chet 
tillarini,  jumladan  ingliz  tilini  bilish  katta  ahamiyatga  ega.  Biz  bundan 
buyon ham ingliz tili va boshqa xorijiy tillarni chuqur o‗qitish masalasiga 
ustuvor  ahamiyat  qaratamiz.  Shu  bilan  birga,  biz  uchun  zarur  bo‗lgan 
mutaxassisliklar  bo‗yicha  ta‘lim  olish  va  kadrlar  malakasini  oshirish 
ishlarini keng ko‗lamda yo‗lga qo‗yamiz
2
, deb ta‘kidladi Sh.Mirziyoev o‗z 
so‗zida. 
Xulosa  qilib  aytadigan  bo‗lsak,  yosh  avlodda  vatanga  sadoqat 
tuyg‗usini  shakllantirish,  ularni  har  tomonlama  yetuk,  barkamol  qilib 
voyaga etkazish uchun oila, mahalla, ta‘lim muassasalari va turli ijtimoiy 
institutlarning  birgalikdagi  faoliyatini  ta‘minlash  oliy  maqsadimiz 
                                                           
1
 Ўша асар.  
2
  Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  Ш.Мирзиѐевнинг  Олий  Мажлисга  Мурожаатномаси.  22  декабр  2017 
йил. Тошкент.:Ўзбекистон., 2018 

161 
 
hisoblangan ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etish uchun 
asos bo‗ladi.  
 
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 
 
1. Fuqarolik pozitsiyasi tushunchasiga izoh bering? 
2. Fuqarolik  madaniyati  va  mas‘uliyatining  o‗zaro  aloqadorligini  qanday 
tushunish kerak? 
3. O‗zbekiston  Respublikasida  yoshlarga  oid  davlat  siyosatini  amalga 
oshirishga qaratilgan qanday ustuvor yo‗nalishlarni bilasiz? 
4. Yoshlarga oid davlat siyosatining tashkiliy-huquqiy asoslari nimalardan 
iborat? 
5. Barkamol  avlodni  tarbiyalash  g‗oyasi  va  uni  amalga  oshirish 
mexnaizmlarini qanday tasavvur qilasiz? 
 
TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR 
 
1. Шарифхўжаев  М.  Ўзбекистонда  очиқ  фуқаролик  жамиятининг 
шаклланиши. – Т.: Шарқ, 2003 
2. Жалилов  A.  ва  бошқалар.  Фуқаролик  жамияти  асослари.  –  Т.: 
Baktria press, 2015.  
3. Фуқаролик жамияти: 2016. Ziyonet.uz.  
4.  O‗tamurodov A. va boshqalar. Fuqarolik jamiyati fanidan tushuncha va 
atamalar lug‗ati. T.: Turon-zamin-ziyo. 2017. 23 b.t.  
 
INTERNET SAYTLARI  
 
1. www.president.uz 
2. www.ziyonet.uz 
3. www.yoshlarittofoqi.uz 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling