Oвid haydarov
TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2017 — 2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini
- I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‗nalishlari
- II. Qonun ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‗nalishlari
- III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‗nalishlari
- IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlari
- V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‗rikenglikni ta‘minlash hamda chuqur o‗ylangan, o‗zaro manfaatli va amaliy
- TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR
- Tayanch so‗z va iboralar
- Jamoat birlashmalari
- O‗zbekiston xalq demokratik partiyasi
- ―Adolat‖ sotsial-demokratik
TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR 1. O‗zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi ―Korrupsiyaga qarshi kurashish to‗g‗risida‖gi Qonuni./ O‗zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‗plami, №1. 2017 2. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi ―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖gi Farmoni // Xalq so‗zi, 2017, 8 fevral 3. Жалилов A. ва бошқалар. Фуқаролик жамияти асослари. – Т.: Baktria press, 2015. 4. Фуқаролик жамияти: 2016. Ziyonet.uz. 5. O‗tamurodov A. va boshqalar. Fuqarolik jamiyati fanidan tushuncha va atamalar lug‗ati. T.: Turon-zamin-ziyo. 2017. 23 b.t. INTERNET SAYTLARI 1. www.president.uz 2. www.ziyonet.uz 3. www.xs.uz 4. www.nimfogo.uz Mavzu: O‗ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATINI BARPO ETISHNING ILMIY-METODOLOGIK, NAZARIY ASOSLARI Reja: 1. Birinchi Prezident I.Karimov tomonidan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilinishini asoslab berilishi 2. Taraqqiyotning ―O‗zbek modeli‖ni yaratilishining asoslari, asosiy tamoyillari va o‗ziga xos xususiyatlari. 90 3. O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‗ljallangan ―Harakatlar strategiyasi‖ning asosiy yo‗nalaishlari Tayanch so‗z va iboralar: O„zbekistonning o„z yo„li, huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, “o„zbek modeli”, besh tamoyil, Harakatlar strategiyasi, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta‟minlash, sud-huquq tizimini isloh qilish, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag„rikenglikni ta‟minlash, o„zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat 1.O‗zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‗ng kelajakda qanday yo‗ldan borishi masalasi kun tartibiga qo‗yilgan eng dolzarb masalalardan biri bo‗ldi. Buning bir qator ob‘ektiv va sub‘ektiv sabablari mavjud. Uning ob‘ektiv sabablaridan biri jahonda ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning barcha davlatlarga mos keladigan biron bir tayyor andozasining yo‗qligi va bo‗lishi ham mumkin emasligi edi. Ikkinchi ob‘ektiv sababi - ma‘muriy buyruqbozlikka asoslangan tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va qoidalar endilikda respublikada barpo etilayotgan yangi ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat manfaatlariga mos kelmasligi edi. Mulkchilik va uni boshqarish, ishlab chiqarishdagi inson omilining ortishini hisobga olgan holda davlat hokimiyatini boshqarishning butunlay yangi shaklini vujudga keltirish zarur edi. Demak, birinchidan har bir davlat demokratik taraqqiyot yo‗liga kirishi uchun ma‘lum bir muddat talab qilinar edi. Ikkinchidan, vaqtni qo‗ldan boy bermasdan rivojlanishning tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an‘analari asosida O‗zbekistonning o‗ziga xos taraqqiyot yo‗lini ishlab chiqishni bir daqiqa ham kechiktirib bo‗lmas, yangi konsepsiya ishlab chiqish zarur edi. O‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov O‗zbekiston fuqarolari uchun tabiiy haq-huquq va shuningdek oliy ne‘mat bo‗lgan mustaqillik to‗g‗risida so‗z yuritar ekan, uni jamiyat rivojining asosi, bugungi va uzoq istiqboldagi taraqqiyotimiz sharti, barcha islohotlarimizning mezoni va nihoyat, barcha amal qiladigan bosh tamoyil deb ta‘rifladi. Shunday ekan, u jamiyat a‘zolari oldiga muttasil yangi- yangi vazifalarni qo‗yadi va uning bajarilishini talab qiladi. Zero, 91 taraqqiyotning har bir bosqichi, turli-tuman muammolar va ularni bartaraf etish yo‗lidagi tadbirlardan iboratdir. Birinchi Prezident I.Karimov milliy taraqqiyot tamoyillarini ishlab chiqar ekan, O‗zbekistonning birinchi navbatda insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e‘tiqodlaridan qat‘i nazar, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta‘minlab beradigan davlat bo‗lishiga katta umid bog‗lagan edi. Bugungi kunda mamlakatda demokratik institutlar faoliyatlari ko‗lamlarini kengaytirish, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish va siyosiy madaniyatini oshirish, jamiyatda manfaatlar, turli xil qarashlar, siyosiy va e‘tiqodiy raqobatlar o‗rtasidagi muvozanatni ta‘minlash, jamoat birlashmalarining hozirgi bosqichdagi ijtimoiy mavqeini oshirish, siyosiy partiyalar faoliyatini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek iqtisodiy hayotni erkinlashtirish, davlat qurilishini erkinlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish, hokimiyat bo‗linishi prinsipining insoniyat tomonidan umume‘tirof etilgan tamoyillarini amalda qo‗llash, davlat hokimiyati organlarining vakolatini nodavlat va jamoat tashkilotlariga o‗tkazish masalalari strategik vazifalardir. Mustaqil taraqqiyot yo‗liga chiqqan O‗zbekiston uchun eng asosiy, bosh masala milliy davlatchilik poydevorini barpo etish, mustaqillikning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini yaratish edi. Mazkur masalaga mustaqillikka erishgan barcha mamlakatlar turli davrlarda duch kelishgan va ular bu masalani turlicha hal etishgan. Shu sababli ilmiy adabiyotlarda ijtimoiy taraqqiyotning «shved modeli», «amerika modeli», «yapon modeli» kabi tushunchalar ishlatilmoqda. Mazkur tushunchalar zamirida muayyan mintaqa yoki mamlakatlar ijtimoiy taraqqiyotida siyosiy-iqtisodiy islohotlarni qaysi yo‗l bilan, qay yo‗sinda amalga oshirilishi bilan bir-biridan farqlanadi. Jumladan, «amerika modeli»da bozor munosabatlari nihoyatda liberalligi bilan xarakterlansa, «yapon modeli» iqtisodiy munosabatlarda davlatning yetakchi o‗rni bilan belgilanadi. «shved modeli»da iqtisodiyotning ijtimoiy yo‗naltirilganligi ustuvordir. Shuningdek, Sharqiy Yevropa mamlakatlarining o‗z modeli bor, Mustaqil Davlatlar Hamdo‗stligi mamlakatlaridagi modellar ham o‗ziga xos jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi. 2.Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlangan keng ko‗lamli islohotlar mamlakatimiz taraqqiyotining strategik maqsadi – demokratik huquqiy davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli fuqarolik jamiyati qurishga qaratilgan edi. 92 Mazkur islohotlar Birinchi Prezident I.Karimov tomonidan yaratilgan beshta tamoyilga asoslanib, amalga oshirila boshlandi. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat: Iqtisodiyot siyosat ustidan hukmron bo„lishi, u har qanday mafkuradan ozod bo‗lishi lozim. Iqtisodiyot o‗z qonuniyatlariga asoslanib rivojlanishi kerak; Iqtisodiyotni boshqarishda, ayniqsa yangi bozor iqsodiyotiga o‗tilayotganda, davlat bosh islohotchi bo‗lib, uning boshqaruv tizimini qo‗ldan chiqarmaslik kerak; Konstitutsiya va qonunning ustunligi. Unga barcha barobar, hayotimizning turli sohasida rioya etishi kerak; Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish. Bu bozor iqtisodiyoti yo‗lidagi eng muhim vazifadir; Bozor iqtisodiyotiga o„tish shoshma-shosharliksiz, bosqichma-bosqich amalga oshirilmog‗i lozim 1 . Mazkur tamoyillar «o‗zbek modeli» sifatida jahonda e‘tirof etilgan O‗zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‗lining g‗oyaviy-nazariy negizi bo‗lib xizmat qildi. Ulug‗ mas‘uliyatni o‗z zimmasiga olgan I.Karimov O‗zbekistonning rahbari sifatida asosan ikki narsani mushtarak holda olib bordi. Ulardan biri mamlakatimizning o‗z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‗lini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko‗p asrlik tajribasini o‗rganish va ularning bizga maqbul jihatlarini ijobiy jihatdan o‗zlashtirish bo‗lsa, ikkinchisi - O‗zbekiston xalqining turmush tarzi, mentaliteti va an‘analariga tayanishdan iborat bo‗ldi. Unga Islom Karimov tomonidan taklif qilingan besh asosiy tamoyil asos qilib olindi. «O‗zbek modeli»ni demokratik jamiyat barpo etish muhim o‗ziga xos modeli ekanini dunyoning juda ko‗plab siyosatshunosh yetakchi olimlari o‗rgandilar va tahlil qildilar 1 . Masalan, rossiyalik tadqiqotchilar Gafarli M.S., Kasayev A.G., germaniyalik L.Levitin, Rossiya Fanlar Akademiyasining akademigi F.Burlatskiy uni yuksak baholashgan. «KPSS» deb atalmish aslida esa ulkan bir hududni o‗z qo‗lida ushlab turgan partiya-davlat mashinasining so‗nggi s‘ezdida (1990 yil iyul) ham Prezidentning masalaga jiddiy e‘tibor berganligi O‗zbekistonning mustaqillik e‘lon qilganligi shunchaki bir his-hayajonni to‗kib solish emas, 1 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислохотларни чуқурлаштириш йўлида. -Т. Ўзбекистон. 1995. 11-б. 2 Қаранг: Гафарли М.С., Касаев А.Г.. Ривожланишнинг ўзбек модели: тинчлик ва барқарорлик – тараққиѐт асоси. Т.: Ўзбекистон, 2001. –430 б. Леонид Левитин «Ўзбекистон тарихий бурилиш палласида». Т.: Ўзбекистон, 2000. 368-б. Дональд Карлайл «Ўзбекистон, Ўрта Осиѐ, истиқболдаги ўтмиш ва ҳозирги замон» ва бошқалар. 93 balki ortga qaytmaydigan strategik maqsad yoki akt ekanliginining yorqin isboti hisoblanadi. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorlik tamoyili jahon tajribasida sinalgan erkin bozor iqtisodiyotining ob‘ektiv qonunlari ijtimoiy taraqqiyotda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini asoslab beradi. Bozor itisodiyotiga o‗tish sharoitida iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmalari, xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning erkin iqtisodiy faoliyat yuritishi muhim ahamiyatga egadir. Chunki, iqtisodiyotning siyosat va mafkuradan ustuvorligi, iqtisodiy faoliyat erkinligi barpo etilayotgan adolatli fuqarolik jamiyatining moddiy asosi bo‗lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyotiga o‗tishning murakkabligini hisobga olgan holda, shuni ta‘kidlash zarurki, bu o‗tish davrida bir qator salbiy holatlar, jumladan, ishsizlik, qonunbuzarlik, jinoyatchilik kabilar yuzaga kelganda davlatning tartibga solish, nazorat qilish va boshqarishdagi roli yanada ortadi. Garchi fuqarolik jamiyatining shakllanishi bilan davlatning vazifasi biroz qisqarsada, lekin jamiyatdagi ijtimoiy bo‗hronlarning oldini olishda, ijtimoiy munosabatlarni muvofiqlashtirishda, ijtimoiy adolatni qaror topishida davlatning o‗rni va roli saqlanib qolaveradi. Konstitutsiya va qonun ustunligi tamoyilining mohiyati mamlakatimiz hayotining hamma sohalarida qonun ustuvorligini ta‘minlash, qonunga itoatkorlikni shakllantirishdan iboratdir. Bu tamoyilni Birinchi Prezident I.A.Karimov shunday ifodalaydi: «Butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunga asoslanmog‗i zarur. Iqtisodiy o‗zgarishlar sinalgan, amaliy kuchga ega bo‗lgan qonunga tayangandagina, bu o‗zgarishlar sezilarli natijalar berilishi muqarar bo‗lishi mumkin» 1 Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qonunning ustunligi huquqiy davlatning asosiy belgisi sanaladi. Garchi, huquqiy davlat nazariyasi G‗arbiy Yevropada XVII-XVIII asrlarda yaratilgan, degan fikr mavjud bo‗lsada, huquqiy davlat an‘analari milliy davlatchiligimiz tarixiy tajribasida o‗rta asrlardayoq mavjud bo‗lgan. Jumladan, o‗zbek davlatchiligining buyuk namoyondasi Amir Temur o‗zi barpo etgan juda katta davlatni «Kuch adolatdadir» degan shior bilan idora etgan. Temur davrida maxsus tuzuklarga amal qilingan. Ana shu tuzuklarda jamiyat a‘zolarining axloq-odob qoidalari, mansabdor shaxslar va hukmdorlarning burchlari, davlat va qo‗shinni boshqarish qoidalari aniq ifoda etilgan. Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish tamoyili ham o‗zbek davlatchiligi an‘analariga hamda milliy qadriyatlarimizga mos bo‗lib, uning mohiyati shundan iboratki, bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitida davlat aholini 1 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислохотларни чуқурлаштириш йўлида. -Т.: «Ўзбекистон», 1995 94 ijtimoiy himoya qilishni o‗z zimmasiga oladi. Bozor iqtisodiyotiga o‗tish doimo murakkab jarayon bo‗lib, bu davr o‗ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shunday sharoitda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini o‗z himoyasiga olish davlatning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Zaif va yordamga muhtoj kishilarga mehr va muruvvat ko‗rsatish, ularni moddiy va ma‘naviy qo‗llab-quvvatlash halqimiz turmush tarzidagi qadimiy an‘ana, azaliy milliy qadriyat sifatida davlatchilik tajribasida ham o‗z ifodasini topgan. Masalan, buyuk davlat arbobi Amir Temur o‗z «Tuzuklarida» davlatni boshqarishda o‗n ikkita qoidaga amal qilgan. Shu qoidalarda davlat, saltanat ustunlarini, aholining barcha qatlamlari bilan quvvatlash va ularning manfaatlarini himoya qilish, ra‘iyat ahvolidan ogoh bo‗lish, ulug‗larini og‗a qatorida, kichiklarini farzand o‗rnida ko‗rish 1 qoidalari ham bor. Mamlakatdagi demografik shart-sharoitlarni, aholining turmush darajasini hisobga olib, O‗zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitida davlat aholini ijtimoiy himoya qilish orqali kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirmoqda. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, o‗tish tamoyili milliy xususiyatlarimizga, o‗zbek davlatchiligi an‘analariga mos bo‗lib, u o‗tish davrining murakkab xarakterini hisobga olgan holda, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni puxta o‗ylab, ijtimoiy larzalarsiz, tadrijiy tarzda amalga oshirishni taqozo etadi. O‗zbek davlatchiligining o‗ziga xos milliy xususiyatlaridan biri bo‗lgan, davlatchilik taraqqiyotining inqilobiy sakrashlarni chetlab, tadrijiy tarzda takomillashib borganligini I.A.Karimovning quyidagi fikrlari bilan asoslashimiz maqsadga muvofiqdir: «Sharqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan o„ziga xos va o„ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo„lmaydi. Ya‟ni, sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy o„zgarishlar yasashga urinishlar g„oyat noxush, hatto fojeali natijalarga olib keladi. Inqilobni G„arb olimlari ham «ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli» deb atashgan. Tabiiyki, bunday yo„l bizga aslo to„g„ri kelmaydi» 2 degan fikrlarning naqadar asosli ekanligini ijtimoiy taraqqiyot ham ko‗rsatib turibdi. 1 «Темур тузуклари». -Т., Ғофур Ғулом номидаги Адабиѐт ва санъат нашриѐти. 1991. 53-54 бет. 2 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг сиѐсий-ижтимоий ва иқтисодий истиқболининг асосий тамойиллари -Т.: Ўзбекистон. 1995. 10-11 бетлар. 95 O‗zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‗li bo‗lgan «o‗zbek modeli» mamlakatimizning ijtimoiy taraqqiyot dasturi bo‗lib, bu dastur ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarning g‗oyaviy-nazariy negizini tashkil etadi. Mazkur islohotlar mustaqillik yillarida bir nechta bosqichlarni bosib o‗tadi. Jumladan, islohotlarning dastlabki bosqichida eski ma‘muriy- buyruqbozlik tizimi tugatildi va milliy davlatchilikning siyosiy-huquqiy poydevori barpo etildi. Keyingi bosqichda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning huquqiy asosi yaratildi, iqtisodiyotning barqarorlashuviga erishildi. Islohotlarning navbatdagi bosqichida I.A.Karimovning «O‗zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli dasturiy asarida belgilab berilgan olti ustuvor vazifalar amalga oshirila boshlandi. Bu vazifalar quyidagilardan iborat: Mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish; Jamiyat ma‘naviyatini yanada yuksaltirish; Jamiyatimiz kelajagini belgilab beruvchi kadrlar siyosati; Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o‗sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish; Iqtisodiyotdagi tarkibiy o‗zgarishlarni ta‘minlash; Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yahlitligini ta‘minlash 1 . Umuman, «o‗zbek modeli» O‗zbekistonning o‗ziga xos bo‗lgan taraqqiyot yo‗li bo‗lib, bu yo‗l mamlakatimizning tarixiy – milliy xususiyatlarini, geografik va demografik shart-sharoitlarni hisobga olgan, respublikaning bosh, strategik maqsadi sari yo‗naltirilgan, islohotlarning har bir bosqichida ijodiy rivojlanib boruvchi dasturdir. 3.2017 yil 7 fevralda Prezident Sh.Mirziyoyevning farmoni asosida respublikada olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart- sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‗yicha ustuvor yo‗nalishlarni amalga oshirish maqsadida aholi va tadbirkorlarni o‗ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‗rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‗llash amaliyoti va ilg‗or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan 2017 — 2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini 1 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. -Т.: Ўзбекистон. 1999. 15-19 бетлар. 96 rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. 2017 — 2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi quyidagilarni nazarda tutadi: I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‗nalishlari: 1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish: davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‗yicha vakolatlarini yanada kengaytirish; qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy- siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta‘sirini kuchaytirishga yo‗naltirgan holda qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish; siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o‗rtasida sog‗lom raqobat muhitini shakllantirish. 1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish: davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta‘minot darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni tartibga solishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini isloh qilish; mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‗yicha vazifalarni amalga oshirishda o‗zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta‘minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish; «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‗rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik sub‘ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish. 1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish: 97 xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish; jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish; fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish; mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‗rni va faoliyati samaradorligini oshirish; ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish. II. Qonun ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‗nalishlari 2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta‟minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish: sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy rag‗batlantirish va ijtimoiy ta‘minot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; sudyalarga g‗ayriqonuniy tarzda ta‘sir o‗tkazishga yo‗l qo‗ymaslik bo‗yicha ta‘sirchan choralar ko‗rish; sudning mustaqilligi va beg‗arazligi, sud protsessida tomonlarining tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish; «Xabeas korpus» institutini qo‗llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish va boshqalar. 2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta‟minlash: fuqarolarning murojaatlarini o‗z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko‗rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va loqayd munosabatda bo‗lish holatlariga yo‗l qo‗yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta‘minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko‗rish; sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta‘minlash va boshqalar. 2.3. Ma‟muriy, jinoyat, fuqarolik va xo„jalik qonunchiligini takomillashtirish: jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish; 98 odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, ma‘muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‗jalik sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirish va boshqalar. 2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish: jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish; diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo‗yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish; korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish; aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o‗zaro samarali hamkorligini tashkil etish. 2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash: huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari ishini samarali rejalashtirish va uning natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va sharoitlarni bartaraf etish; sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlarini o‗qitish, tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rotatsiya qilish tizimini takomillashtirish; huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlari orasida huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish bo‗yicha idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish; huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqni muhofaza qilish tizimiga bo‗lgan ishonchini mustahkamlash. 2.6. Yuridik yordam va xizmat ko‗rsatish tizimini takomillashtirish: davlat organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish; advokatura institutini rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik, ma‘muriy va xo‗jalik ishlarini ko‗rib chiqishda advokatlarning rolini oshirish; notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlari tizimini isloh qilish. III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‗nalishlari 99 3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o„sish sur‟atlarini saqlab qolish: makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‗rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‗zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o‗sish sur‘atlarini ta‘minlash; soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma‘muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‗batlantiruvchi choralarni kengaytirish; bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta‘minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish; xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‗ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish. 3.2. Tarkibiy o„zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish: yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‗shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‗tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish; turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish; eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish; 3.3. Qishloq xo„jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish: tarkibiy o‗zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish; 100 paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‗shagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog‗ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog‗ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish; fermer xo‗jaliklari, eng avvalo, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar ko‗rsatish bilan shug‗ullanayotgan ko‗p tarmoqli fermer xo‗jaliklarini rag‗batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; sug‗oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya ob‘ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo‗lgan qishloq xo‗jaligi texnikasidan foydalanish; kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy er-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xo‗jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‗yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish; 3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag„batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish: xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta‘minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‗lidagi barcha to‗siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‗liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo‗lsa, davlat ham boy va kuchli bo‗ladi» degan tamoyilni amalga oshirish va boshqalar. 3.5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish: ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral- xomashyo, sanoat, qishloq xo‗jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta‘minlash va boshqalar. IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlari 4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish: 101 aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta‘minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo‗yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish; byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyasiya sur‘atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish; yangi ish o‗rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‗rta maxsus va oliy o‗quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta‘minlash, mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta‘minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish va boshqalar. 4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog„liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish: aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko‗rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga, aholi o‗rtasida sog‗lom turmush tarzini shakllantirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‗naltirgan holda sog‗liqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning dastlabki bo‗g‗inini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish; xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‗rnini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunar kolleji bitiruvchi qizlarining bandligini ta‘minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash; pensionerlar, nogiron, yolg‗iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining to‗laqonli hayot kechirishlarini ta‘minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‗rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish; 4.3. Arzon uy-joylar barpo etish bo„yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta‟minlovchi yo„l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish: aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash; teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma‘rifiy tashkilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. 4.4. Ta‟lim va fan sohasini rivojlantirish: uzluksiz ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta‘lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy 102 ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish; maktabgacha ta‘lim muassasalari tarmog‗ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta‘minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish; umumiy o‗rta ta‘lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‗lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‗rganish va boshqalar. 4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish: jismonan sog‗lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat‘iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish; yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish; yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta‘lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish. V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‗rikenglikni ta‘minlash hamda chuqur o‗ylangan, o‗zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‗nalishlar 5.1. Xavfsizlik, diniy bag„rikenglik va millatlararo totuvlikni ta‟minlash sohasidagi ustuvor yo„nalishlar: O‗zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish; axborot xavfsizligini ta‘minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‗z vaqtida va munosib qarshilik ko‗rsatish; fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash; davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O‗zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish; 5.2. Chuqur o„ylangan, o„zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo„nalishlar: 103 davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub‘ekti sifatidagi o‗rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‗zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‗shnichilik muhitini shakllantirish; O‗zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to‗g‗risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot etkazish; O‗zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish; davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etish. TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR 1. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi ―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖gi Farmoni // Xalq so‗zi, 2017, 8 fevral 2. Karimov I.A. Asarlar to‗plami. 1-23 jildlar. T. O‗zbekiston. 1996-2016. 3. Мирзиѐев Ш.М. ―Миллий тараққиѐт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз‖. – Т.: ―Ўзбекистон‖ НМИУ, 2017. 1-жилд. 4. Шарифхўжаев М. Ўзбекистонда очиқ фуқаролик жамиятининг шаклланиши. – Т.: Шарқ, 2003 5. Қирғизбоев М. Фуқаролик жамияти: генезиси, шаклланиши ва ривожланиши. – Т.: Ўзбекистон, 2010 6. Жалилов A. ва бошқалар. Фуқаролик жамияти асослари. – Т.: Baktria press, 2015. 7. Фуқаролик жамияти: 2016. Ziyonet.uz. 8. O‗tamurodov A. va boshqalar. Fuqarolik jamiyati fanidan tushuncha va atamalar lug‗ati. T.: Turon-zamin-ziyo. 2017. 23 b.t. INTERNET SAYTLARI 1. www.president.uz 2. www.ziyonet.uz 3. www.xs.uz 4. www.nimfogo.uz 104 Mavzu: O‗ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI Reja: 1. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda demokratik institutlarning tutgan o‗rni 2. Ko‗ppartiyaviylik – fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim sharti 3. O‗zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanshi uchun yaratilgan shart-sharoitlar Tayanch so‗z va iboralar: Demokratik institutlar, ko„ppartiyaviylik, siyosiy partiya, parlamentdagi ko„pchilik, demokratik kuchlar bloki, parlamentdagi muxolifat, fuqarolik jamiyati institutlari, o„zini o„zi boshqarish, nodavlat notijorat tashkilotlar, uchinchi sektor, manfaatlar guruhlari 1. Fuqarolik jamiyati o‗zining rang-barangligi, turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Unda turfa ko‗rinishdagi ma‘rifiy, madaniy va boshqa mazmundagi tashkilotlar faoliyat ko‗rsatishi mumkin. Keng ko‗lamda rivoj topgan jamoat birlashmalari tizimining mavjudligi - fuqarolik jamiyatining muhim sifat belgilaridan biridir. Bunday ijtimoiy institutlar vositasida fuqarolar o‗zlarining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va turmushning boshqa sohalaridagi ehtiyoj hamda manfaatlarini qondirish va himoyalash, umumiy muammolarni birgalikda hal etish imkoniyatiga ega bo‗ladilar. Jamoat birlashmalari - davlatdan mustaqil bo„lgan, alohida faoliyat yuritadigan, ayni vaqtda, davlat institutlariga ta‟sir o„tkaza oladigan, davlatning ijtimoiy hayotga, shuningdek, fuqarolarning shaxsiy hayotiga asossiz aralashuvidan muhofaza qilishga yo„naltirilgan tashkilotlardir. Jamoat birlashmalarining davlatga nisbatan mustaqilligi quyidagilardan ko‗rinadi: birinchidan, ular o‗z ichki va tarkibiy tuzilishi hamda faoliyatining yo‗nalishlarini mustaqil belgilaydilar; ikkinchidan, o‗z irodalarini o‗zlari ifoda etadilar va bu normativ iroda tashkilot a‘zolariga majburiy bo‗ladi; uchinchidan, mazkur ijtimoiy tuzilmalar o‗z ustav (nizom)lari vositasida tashkilot a‘zolarining huquq va burchlarini mustaqil belgilaydilar; to„rtinchidan, o‗z mulk va mablag‗lariga ega bo‗lib, ularni o‗z ixtiyori va ehtiyojiga qarab tasarruf etadilar. 105 Fuqarolarning jamoat birlashmalariga, siyosiy partiyalarga uyushish borasidagi konstitutsiyaviy huquqi ijtimoiy institutlarning, shu jumladan, kasaba uyushmalarining tashkil topishi va faoliyat yuritishi uchun yuridik asos bo‗lib xizmat qiladi. O‗zbekiston fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga, boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Jamoat birlashmalari xalq ijodkorligi va tashabbusining natijasi bo‗lib, uning ijtimoiy-siyosiy hayotda faol hamda samarali ishtirok etishining ishonchli vositasidir. Ular demokratiyaning tarkibiy qismi va fuqarolik jamiyati hayotining shakli sifatida namoyon bo‗ladilar. Konstitutsiya jamoat birlashmalarining tashkil etilishi va faoliyat yuritishi erkinligini kafolatlaydi. Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin- qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar tashkilotlari, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma‟rifiy, fizkultura-sport va boshqa ko„ngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar uyushmalari, fondlar, assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari deb e‘tirof etiladi. O‗zbekiston fuqarolariga o‗z faoliyatlarini amalga oshirish uchun keng ko‗lamdagi shart-sharoit yaratilgan. Yangilanayotgan jamiyatimizda fuqarolarning davlat ishlarida qatnashish faolligini oshirishda jamoat birlashmalari katta ahamiyat kasb etadi. Jamoat birlashmalari faoliyatining asosiy prinsiplariga quyidagilar kiradi: 1) ixtiyorlik; 2) teng huquqlilik; 3) o‗zini o‗zi boshqarish; 4) qonuniylik; 5) insonparvarlik; 6) oshkoralik. Demokratik institutlar – bu, davlat va jamiyatda demokratik tuzumni shakllantiruvchi demokratik tamoyillarni amalga oshirishning tashkiliy shakllari hisoblanadi. Umumiy demokratik institutlarga yuqori davlat organlarining saylanishi, saylovchilar yoki deputatlar oldida saylab qo„yiladigan organlarning mas‟uliyati va hisobdorligi, vakolat muddati tugaganida saylab qo„yiladigan davlat vakillik organlari tarkibining almashinib turishi kabilarni kiritish mumkin. 2. “Partiya” so‗zi lotincha ―part‖ so‗zidan kelib chiqqan bo‗lib, ―ish‖, ―qism‖ degan ma‘nolarni anglatadi. Siyosiy partiya - aholining, sinfning, ijtimoiy qatlam yoki qatlamlarning bir qismi. Ilmiy nuqtai nazardan siyosiy partiyalar uchun berilgan quyidagi ta‘rifni asos sifatida qabul qilish 106 mumkin: siyosiy partiya – fuqarolarning eng faol, mushtarak mafkura asosida bog„langan, davlat hokimiyatini qo„lga kiritish, uni saqlab qolish va amalga oshirishga intiluvchi qismi, ixtiyoriy ittifoqidir. Siyosiy partiyalar jamoat birlashmasi shaklida tashkil etiluvchi va faoliyat yurituvchi fuqarolik jamiyatining o‗ziga xos instituti bo‗lib, u muhim ijtimoiy-siyosiy va vakillik vazifalarini amalga oshiradi. Zamonaviy siyosatshunoslikda siyosiy partiyaning o‗ziga xosligini ifodalovchi quyidagi bir qator jihatlari ajratib ko‗rsatiladi: - har qanday partiya aholi guruhlari va aniq ijtimoiy qatlamning manfaat va intilishlarini ifoda etuvchi mafkura egasi va uning targ„ibotchisi hisoblanadi; - siyosiy partiya – kishilarning tartibli va davomli birlashuvini ta‟minlovchi respublika, viloyat, tuman va shahar darajasida faoliyat yurituvchi tashkilotdir; - siyosiy partiyaning maqsadi – o„zining elektorati manfaatlarini ifodalovchi dasturiy maqsadlarini ilgari surish imkoniyatiga ega bo„lish uchun davlat hokimiyati vakillik organlarida ko„pchilik o„rinni egallash hisoblanadi; - har bir siyosiy partiya o‗zining xayrixohlari safini kengaytirishga harakat qiladi, ya‘ni saylovlar davrida imkon qadar ko‗proq saylovchilarni o‗z tomoniga og‗dirish bo‗yicha ish olib borsa, saylovlar oralig‗ida esa partiyaga tarafdorlarni jalb qilish hamda ularning tarkibidan partiya a‘zolari va faollarini tanlash hamda tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi 1 . Har bir mamlakat demokratik institutlarni, xususan parlamentarizm va ko‗ppartiyaviylikni shakllantirishda o‗z yo‗liga ega. O‗zbekiston ham bundan mustasno emas. O‗zbekiston tanlab olgan yo‗lning o‗ziga xosligi sobiq sovet totalitar, yakkapartiyaviylik tizimining uzoq vaqt hukmronlik qilganligi bilan izohlanadi. Mustaqillikning ilk yillaridayoq yakkapartiyaviy diktatga barham berildi va ko‗ppartiyaviy siyosiy tizimni shakllantirish maqsad qilib olindi. Yakka partiya hukmronligi bartaraf etilgandan so‗ng jamiyatimizda siyosiy plyuralizmning vujudga kelishi, siyosiy partiyalarning shakllanishi bilan bog‗liq jarayonlar shiddat bilan boshlanib ketdi. 1992 yil 8 dekabrda O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingandan so‗ng, siyosiy partiyalarning shakllanishi uchun muhim huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Qisqa fursat ichida mamlakatimizda 1 Қаранг: Lapalombara J., Weiner M. Origin and Development Political Parties / J.Lapolambara, M.Weiner (eds.) PoliticalPartiesandPoliticalDevelopment.Princeton; N.Y., 1966.P. 33-40. 107 huquqiy asosda, parlamentda faoliyat ko‗rsatuvchi partiyalarning shakllanish jarayoni sodir bo‗ldi. Respublikamizda ko‗ppartiyaviylikning shakllanish jarayonini har biri muayyan voqea bilan ajralib turadigan quyidagi beshta bosqichga bo‗lish mumkin: 1) 1991-1994 yillar: yakka partiyaviylikning tugatilishi va ko‗ppartiyaviylikning shakllanishi uchun zarur bo‗lgan shart- sharoitlarining yaratilishi; 2) 1995-1999 yillar: ko‗ppartiyaviylikning qonunchilik asoslari yaratilishi va yangi partiyalarning tashkil topishi. ―Siyosiy partiyalar to‗g‗risida‖gi (26.11.1996 y.), ―Nodavlat notijorat tashkilotlari to‗g‗risida‖gi (14.04.1999 y.) O‗zbekiston Respublikasi Qonunlarining qabul qilinishi; 3) 2000-2004 yillar: siyosiy tajriba to‗plash va moliyaviy mustaqillikni ta‘minlash, doimiy elektoratni belgilab olish. ―Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to‗g‗risida‖gi (14.12.2000y.), ―O‗zbekiston Respublikasining referendumi to‗g‗risida‖gi (30.08.2001 y.), ―Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy tamoyillari to‗g‗risida‖gi (04.04.2002), yangi tahrirdagi ―O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‗g‗risida‖gi (29.08.2003 y.) O‗zbekiston Respublikasi Qonunlarining qabul qilinishi; 4) 2005-2006 yillar: siyosiy partiyalar parlament nazoratining kuchayishi, konstruktiv muxolifatning shakllanishi; 5) 2007 yilda to hozirgi kunga qadar: siyosiy partiyalar faoliyati ―Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‗g‗risida‖ O‗zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyaviy qonuni asosida (11.04.2007 y.) yanada jadallashuvi, siyosiy partiyalarning O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‗lib o‗tgan saylovlardagi ishtiroki, partiyalararo raqobatning kuchayishi. 2004 yildan amal qila boshlagan ―Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‗g‗risida‖gi Qonun ham nihoyatda muhim qadamlardan biri bo‗ldi. Siyosiy partiyalar saylovlarda ishtirok etib, tegishli organlarga o‗z vakillarini o‗tkazish orqali davlat hokimiyati organlari faoliyatida ishtirok etadi. Shu bilan birga siyosiy partiyalar zamonaviy jamiyat tizimining muhim qismi bo‗lib, ular davlatning siyosiy yo‗nalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini 108 shakllantiradi. Huquqiy demokratik davlat qurish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida ko‗ppartiyaviylikning rivojlanishiga, mustaqil, faol aholining keng qatlami tomonidan qo‗llab-quvvatlanadigan siyosiy partiyalar va boshqa jamoatchilik tashkilotlarining shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratilishiga katta ahamiyat berildi. Alohida ta‘kidlash kerakki, ―Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‗g‗risida‖gi Konstitutsiyaviy Qonunning qabul qilinishi mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish uchun huquqiy asoslarni mustahkamlab, siyosiy partiyalar demokratik tamoyillar asosida faoliyat yuritishlari uchun imkoniyatlar yaratdi. Darhaqiqat, qonunning 2-moddasida siyosiy partiyalar fraksiyasi siyosiy partiyadan ko‗rsatilgan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro‗yxatdan o‗tkazilgan deputatlar birlashmasi ekanligi, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ko‗pchilik o‗rinni egallagan siyosiy partiya fraksiyasi parlamentdagi ko„pchilikni tashkil etishi, o‗z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‗zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar ham parlamentdagi ko‗pchilikni tashkil etishi mumkinligi kabi qoidalar o‗z aksini topdi. Ko„ppartiyaviylik zamonaviy demokratik jamiyatlar siyosiy hayotini tashkil qilishning asosiy konstitutsiyaviy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Aynan ko‗ppartiyaviylik tufayli demokratiyaning siyosiy plyuralizm, qonun ustuvorligi, imkoniyatlar tengligi kabi asoskor tamoyillarini o‗zida mujassam etgan siyosiy partiyalar va ularning vakillari o‗rtasida doimiy muloqot ta‘minlanadi. Hozirgi paytda respublikamizda beshta siyosiy partiya faoliyat ko‗rsatmoqda. Bular: 1.O‗zbekiston xalq demokratik partiyasi (XDP); 2.―Adolat‖ sotsial-demokratik partiyasi (ASDP); 3.―Milliy tiklanish‖ demokratik partiyasi (MTDP); 4. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‗zbekiston Liberal- demokratik partiyasi (O‗zLiDeP); 5.O‗zbekiston Ekologik partiyasi. O‗zbekiston xalq demokratik partiyasi 1991 yil 1 noyabrda tashkil qilingan. O‗zbekiston Xalq demokratik partiyasi O‗zbekiston 109 Respublikasining ijtimoiy qo‗llab-quvvatlashga va himoyaga muhtoj fuqarolari manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. 1995 yil 18 fevralda tashkil qilingan ―Adolat‖ sotsial-demokratik Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling