Ovqat hazm qilish a`zolarining rentgen anatomiyasi va fiziologiyasi


Download 4.61 Mb.
bet2/11
Sana12.11.2023
Hajmi4.61 Mb.
#1768184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Hasanov A

Quloq oldi bezi. Hajmi katta bo‘lib, og‘irligi 30 g gacha, shakli noaniq, og‘iz bo‘shlig‘idan yuqoriroqtsa joylashadi. Yuqori qismidan ajralish yo‘li (ductus paroticus yoki Stenonianus) chiqadi, uzunligi 5-8 sm, eni 3 mm gacha, og‘iz bo‘shlig‘ining old qismida, katta jag‘ tishlar damida ochiladi. Jag‘ osti bezi. Og‘irliga 15 g gacha, oval shaklda, 5-7 sm uzunlikdagi chiqaruv yo‘li (ductus submaxillaris yoki Whartoni) bor, eni 2-4 mm, til ostidaga kichik teshikcha bo‘lib, til yugani yonida ochiladi. 237-rasm.Pastki jag‘ rentgnogrammmmasi. Jag‘ ostida bezida tosh(strelka ko‘rsatilgan).

  • Quloq oldi bezi. Hajmi katta bo‘lib, og‘irligi 30 g gacha, shakli noaniq, og‘iz bo‘shlig‘idan yuqoriroqtsa joylashadi. Yuqori qismidan ajralish yo‘li (ductus paroticus yoki Stenonianus) chiqadi, uzunligi 5-8 sm, eni 3 mm gacha, og‘iz bo‘shlig‘ining old qismida, katta jag‘ tishlar damida ochiladi. Jag‘ osti bezi. Og‘irliga 15 g gacha, oval shaklda, 5-7 sm uzunlikdagi chiqaruv yo‘li (ductus submaxillaris yoki Whartoni) bor, eni 2-4 mm, til ostidaga kichik teshikcha bo‘lib, til yugani yonida ochiladi. 237-rasm.Pastki jag‘ rentgnogrammmmasi. Jag‘ ostida bezida tosh(strelka ko‘rsatilgan).
  • Til osti bezi. Og‘irligi 5 g gacha, uzun va ingichka. Og‘iz bo‘shlig‘ining ostida joylashadi, bo‘lmachalardan tashkil topgan bo‘lib, asosiy yo‘lga ega - ductus sublingualis major (Bartholinianus), uzunligi 2 sm gacha, mustaqil bez bo‘lib, quloq oldi bezi yonida u bilan birga ochiladi. Sulak bezlari rentgen nurlarini singdirmaydi, shuning uchun suratlarda aks etmaydi. Bezlar va uning chiqaruv yo‘llari holatini o‘rganish uchun kontrast moddalar (yodning suvdagi yoki yog‘dagi eritmasi) ishlatiladi. Ular tekshirilayotgan chiqaruv yo‘liga yuboriladi. Bu usul sialografiya deb ataladi. Tekshiruv umumiy surat olish bilan boshlanadi, bunda bezning chiqaruv yo‘lida konkrement borligiga ahamiyat beriladi. Ko‘proq so‘lak toshlari kasalliklarida, yon va old holatlarda suratlar olinadi (237- rasm). Sialogrammani o‘rganishda bez va chiqaruv yo‘llari atrofidagi suyak hamda yumshoq to‘qimalar holatiga, shuningdek ularning to‘lish qobiliyati, joylashishi, o‘lchami, teshigining holati, shakli, konturi, soya strukturasi, chiqaruv yo‘lining tonusi va harakatlanish faoliyatiga e`tibor beriladi. Til. Muskulli a`zo bo‘lib, unda tana va ildiz farq qilinadi. Uning asosiy fiziologik vazifasidan biri ovqatni og‘iz bo‘shlig‘ida har xil harakatlar ostida aralashtirish va har tomonlama harakatlantirishdir, bu esa ovqatning maydalanishiga yordam beradi. Tishlar, til va so‘lak ovqatni maydalashda katta rol o‘ynaydi, ovqat og‘iz bo‘shlig‘ida bo‘tqasimon holatga aylanishi kerak. Ovqatni yaxshilab chaynash ovqat hazm qilishning buzilishidan saqlaydi.

Download 4.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling