Ovqat hazm qilish a`zolarining rentgen anatomiyasi va fiziologiyasi
Download 4.61 Mb.
|
Hasanov A
Halqum. Me`da-ichak yo‘lining oldingi qismi. Uzunligi 10-15 sm. Halqum bo‘shlig‘i bir tomondan og‘iz va burun bo‘shlig‘i, ikkinchi tomondan qiqildoq va qizilo‘ngach bo‘shliqlari bilan chegaralanadi. Ovqatni og‘iz bo‘shlig‘idan hiqildoqqa o‘tkazib beradi. Shunday qilib, halqum bo‘shlig‘ida ovqat hazm qilish va nafas olish yo‘llarining kesishmasi o‘tadi. YUtish jarayonida hiqildoq yuqoriga ko‘tariladi, til orqaga ketadi va hiqildoq usti qopqog‘i hiqildoqqa kirish yo‘lini yopadi. Halqum holati rentgenoskopiya, rentgenografiya usullari (oddiy yoki kontrast moddalar) bilan ikki holatda (old va yon) o‘rganiladi. Kerak bo‘lsa qiya holatda surat olish va tomografiya usulidan foydalanish mumkin. Halqum holatini o‘rganishda ko‘proq halqum-kekirdak qismining holatiga katta ahamiyat beriladi. Old (to‘g‘ri) holatda rentgenologik tekshirganda kontrast modda bilan to‘ldirilgan halqum to‘g‘nog‘ichsimon shaklda, yon devorlarining konturlari silliq va aniq bo‘ladi. Yon va qiya holatlarda hiqildoq-halqum voronkasimon bo‘lib, uning orqa devori umurtqa oldida joylashadi. To‘g‘ri holatda halqumdan kontrast modda o‘tib bo‘lgandan keyin unda vallekulalar, til-hiqildoq usti chuqurchalari va noksimon sinuslar aniq ko‘rinadi. Halqum shilliq pardasi rel‘efini o‘rganish uchun bariy sulfat aralashmasiga yodolipol qo‘shish kerak yoki anor po‘chog‘ining qaynatmasida tayyorlangan bariy sulfat aralashmasini ishlatish lozim. Qizilo‘ngach - harakatchan, oson qisqarib kengayuchan, fibroz-muskulli silindrsimon naycha, uzunligi 25-30 sm, ichki eni 1-2 sm. Ichki tomondan shilliq parda bilan qoplangan. Devorining qalinligi 4-5 mm atrofida (238-rasm).
Download 4.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling