Ovqat hazm qilish a`zolarining rentgen anatomiyasi va fiziologiyasi
Download 4.61 Mb.
|
Hasanov A
Qizilo‘ngach ovqatni halqumdan me`daga o‘tkazib berish vazifasini bajaradi. Yutish akti ikki fazaga bo‘linadi: ixtiyoriy va ixtiyorsiz. Ixtiyoriy faza (buko-farengial) ovqat bo‘lagining halqumdan qizilo‘ngachga o‘tish muddati hisoblanadi (0,71-1 sekund). Ixtiyorsiz faza (ezofagial) bemorning vertikal holatida ovqatning qizilo‘ngach bo‘ylab 5-6 sekund (normada) davomida o‘tishidir. Gorizontal holatda ovqatning o‘tishi qiyinlashadi, peristaltik qisqarishi esa yaqqollashadi. Rentgenologik tekshirishlarda qizilo‘ngach ko‘ks oralig‘i a`zolari soya-sida differentsiasiya qilinmaydi, bu uning bir xil nur singdirishi bilan bog‘liq. Shuning uchun qizilo‘ngachni sun`iy kontrastlash orqali tekshiriladi. Kontrast modda sifatida har xil konsistensiyadagi (suyuq, qaymoqsimon, bo‘tqasimon) bariy sulfat aralashmasi ishlatiladi. Qizilo‘ngachni tekshirishda rentgenoskopiya va rentgenografiya eng ko‘p qo‘llaniladi, uni turgan, yotgan, to‘g‘ri, yon, qiya va b.q. holatlarda o‘tkazish mumkin. Zarur paytlarda qo‘shimcha tekshirish usullaridan foydalaniladi, qizilo‘ngachni bariy sulfat aralashmasi bilan zich to‘ldirib, rentgenologik yo‘l bilan tekshiriladi. Oz miqdorda bariy sulfat aralashmasi bilan to‘ldirilganda, shilliq qavat yaxshi suriladi, bu esa shilliq pardaning rel‘ef tasvirini o‘rganishda qulaydir. Normada shilliq qavat burmachalari (2-4 ta) bo‘ylama holatda bir xil kalibrda aniq konturli bo‘ladi, ular butun uzunliqda kuzatiladi. Shilliq qavat rel‘efini o‘rganish katta diagnostik ahamiyatga ega, chunki qizilo‘ngachning hamma patologiyalarida uning shilliq qavati har xil o‘zgaradi. Zich qilib to‘ldirilganda qizilo‘ngach uzunasiga lentasimon shaklda aniq soya beradi, u orqa ko‘ks 239-rasm.Qizilo‘ngachning Brombart bo‘yicha segmentlari sxemasi oralig‘ida joylashgan bo‘lib, o‘pkaning yorug‘ fonida aniq ko‘rinadi. Bunda uning o‘tkazuvchanligi, joylashishi, konturi, shakli, o‘lchami, kengligi va uzunligiga ahamiyat beriladi.
Download 4.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling