Ovqat hazm qilish a`zolarining rentgen anatomiyasi va fiziologiyasi


Download 4.61 Mb.
bet4/11
Sana12.11.2023
Hajmi4.61 Mb.
#1768184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Hasanov A

Qizilo‘ngach orqa ko‘ks oralig‘ida, yurak-tomir sistemasi va ko‘krak umurtqalari orasida joylashadi, u VI bo‘yin umurtqasi ro‘parasidan boshlanib, XI ko‘krak umurtqasi ro‘parasida me`daning kirish qismiga ulanadi. Qizilo‘ngachda to‘rtta fiziologik torayish bor: uzuksimon, aortal, bronxial (traxeyaning bifurkasiyasi sohasida) va diafragmal. Qizilo‘ngachning bo‘yin qismi VI bo‘yin umurtqasining tanasi va orqa ko‘ks oralig‘iga kirish oralig‘ida joylashib, uzunligi 5-8 sm ga teng. Qizilo‘ngach old tomoni bilan traxeyaga, pastroqda-qalqonsimon bezning chap qismiga, orqa tomonda238-rasm.Qizilo‘gachning 2 xolatdagi normal renrgeogrammasi. Konturlari to‘g‘ri burmachalari ifodalangan bo‘yin umurtqalariga tegib turadi. Qizilo‘ngachning yon tomonlarida uyqu arteriyalari joylashgan. Qizilo‘ngachning ko‘krak qismi birinchi ko‘krak umurtqasidan diafragmaga kirgunga qadar bo‘lgan masofada joylashgan. Uning uzunligi 16-18 sm. Qizilo‘ngach orqa tomondan aortaning old devoriga, oldidan esa traxeyaga va yurak-tomir sistemasiga tegib turadi. Yurak kattalashganda qizilo‘ngachni orqaga surib, qisib qo‘yadi, bu esa yurak poroklarining differensial diaganostikasida muhim ahamiyatga ega. Qizilo‘ngachning diafragmal qismi eng kalta qismi hisoblanadi, uning uzunligi 1,5 sm ga teng. Diafragma teshigi sohasida membrana (laymer) bor, u fibroz aylanmadan tashkil topgan bo‘lib, qizilo‘ngachni muftaga o‘xshab o‘rab olgan, qizilo‘ngach uning ichida bemalol sirg‘anadi. Qizilo‘ngachning qorin yoki diafragma osti qismi diafragma teshigining pastki qismidan boshlanib, me`da kardiyasigacha boradi. Uzunligi 1-6 sm. Kardiyaning tashqi chegarasi kardial kemtik hisoblanadi - incisura cardiaca (Gis burchagi), u qizilo‘ngachning distal qismi va me`da gumbazidan tashkil topgan. Taxmin qilinishicha shu joyda to‘sqichli mexanizm joylashgan bo‘lib, uning rivojlanganligi Gis burchagining kattaligiga bog‘liq. Burchak qancha o‘tkir bo‘lsa, to‘sqichli mexanizm shuncha rivojlangan bo‘ladi. Brombart (Brombart) fikricha qizilo‘ngach 9 ta segmentga bo‘linadi: traxeal segment (aortaning yuqorisida), aortaning kesishish segmenti, bronxial, bronxial-aorta oralig‘i, bronxial oralik retrokardial (perikardial), diafragma usti, diafragma ichi va qorin segmentlari (239-rasm). Qorin segmenti Gis burchagini hosil qiladi.

  • Qizilo‘ngach orqa ko‘ks oralig‘ida, yurak-tomir sistemasi va ko‘krak umurtqalari orasida joylashadi, u VI bo‘yin umurtqasi ro‘parasidan boshlanib, XI ko‘krak umurtqasi ro‘parasida me`daning kirish qismiga ulanadi. Qizilo‘ngachda to‘rtta fiziologik torayish bor: uzuksimon, aortal, bronxial (traxeyaning bifurkasiyasi sohasida) va diafragmal. Qizilo‘ngachning bo‘yin qismi VI bo‘yin umurtqasining tanasi va orqa ko‘ks oralig‘iga kirish oralig‘ida joylashib, uzunligi 5-8 sm ga teng. Qizilo‘ngach old tomoni bilan traxeyaga, pastroqda-qalqonsimon bezning chap qismiga, orqa tomonda238-rasm.Qizilo‘gachning 2 xolatdagi normal renrgeogrammasi. Konturlari to‘g‘ri burmachalari ifodalangan bo‘yin umurtqalariga tegib turadi. Qizilo‘ngachning yon tomonlarida uyqu arteriyalari joylashgan. Qizilo‘ngachning ko‘krak qismi birinchi ko‘krak umurtqasidan diafragmaga kirgunga qadar bo‘lgan masofada joylashgan. Uning uzunligi 16-18 sm. Qizilo‘ngach orqa tomondan aortaning old devoriga, oldidan esa traxeyaga va yurak-tomir sistemasiga tegib turadi. Yurak kattalashganda qizilo‘ngachni orqaga surib, qisib qo‘yadi, bu esa yurak poroklarining differensial diaganostikasida muhim ahamiyatga ega. Qizilo‘ngachning diafragmal qismi eng kalta qismi hisoblanadi, uning uzunligi 1,5 sm ga teng. Diafragma teshigi sohasida membrana (laymer) bor, u fibroz aylanmadan tashkil topgan bo‘lib, qizilo‘ngachni muftaga o‘xshab o‘rab olgan, qizilo‘ngach uning ichida bemalol sirg‘anadi. Qizilo‘ngachning qorin yoki diafragma osti qismi diafragma teshigining pastki qismidan boshlanib, me`da kardiyasigacha boradi. Uzunligi 1-6 sm. Kardiyaning tashqi chegarasi kardial kemtik hisoblanadi - incisura cardiaca (Gis burchagi), u qizilo‘ngachning distal qismi va me`da gumbazidan tashkil topgan. Taxmin qilinishicha shu joyda to‘sqichli mexanizm joylashgan bo‘lib, uning rivojlanganligi Gis burchagining kattaligiga bog‘liq. Burchak qancha o‘tkir bo‘lsa, to‘sqichli mexanizm shuncha rivojlangan bo‘ladi. Brombart (Brombart) fikricha qizilo‘ngach 9 ta segmentga bo‘linadi: traxeal segment (aortaning yuqorisida), aortaning kesishish segmenti, bronxial, bronxial-aorta oralig‘i, bronxial oralik retrokardial (perikardial), diafragma usti, diafragma ichi va qorin segmentlari (239-rasm). Qorin segmenti Gis burchagini hosil qiladi.

Download 4.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling