Ovqat resepti
TA’LIMDAN OLINADIGAN NATIJA
Download 0.95 Mb.
|
f17c5dc6cfc54c35d02030b2b706cfef «DASTURIY INJENERING” FANINING O’QUV – USLUBIY MAJMUA (Moddle tizimi asosida)
8. TA’LIMDAN OLINADIGAN NATIJA
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar: Dasturiy injiniringi o’quv fanini o’rganish jarayonida magistratura talabasi: programmalash asoslari va nazariyasi; kompyuterni programmalash ta’minoti; operasion tizimlar; programmalash nazariyalari; OT qurish tamoillari, OT asosiy vazifalari, jarayonlarni sinxronlash mexanizmi va algoritmlari, uzilishlarni boshqarish, xotirani tashkil qilinishi; Windows, UNIX OT asosiy xususiyatlari, zamonaviy programmalash tizimlarning tuzilishi; translyatorlarning ishlash tamoillari; makroslar; virtual, tashqi va tezkor xotira qurilmalari bilan ishlash usullari; tatbiqiy dasturiy ta’minoti; yuqori bosqichli algoritmik tillar va boshqa programmalash tillarida masalalarini yechish uchun algoritmlar qurish va ular asosida dasturlar tuzish; obyektga yo’naltirilgan tillar; matematik mantiq va diskret matematika elementlari, programma yaratish va ularning murakkabligini baholash; har xil berilganlarni tuzilishi to’g’risida tushunchalar va programmalash tillarini afzalliklari haqida tasavvurga ega bo’lishi; programmalarni analitik tekshirish (verifikasiya) usullarini; barcha turdagi sistemali, instrumental va amaliy programma ta’minotini tarkibini, tuzilishini, funksiyasini, ishlash prinsipini va qo’llanilish usulini; programma vositasini tahlil qilish, ishlab chiqish, va sinash vaqtida qo’llaniladigan rasmiy modelarni; programma vositasini axborot xavfsizligini va ishonchligini ta’minlash usullarini; programmalash tillari nazariyasi va translyasiya usullarini asosiy modellarini, usullarini va algoritmalarini; ko’pmashinali va ko’pprosessorli xisoblash tizimlarini va xisoblash tarmoqlarini arxitekturasini; korrekt programma tizimlarini yaratish usullari; algoritmlarni, modellarni, obyektlar interfeyslarni ishlab chiqish (yaratish) va tahlil qilish usullarini; taqsimlangan xisoblash tizimlarini va tarmoqlarini programmalash vositalarini va usullarini; programma vositalarini testlash, sinovdan o’tkazish usullari va vositalarini; kompyuter programma ta’minoti, programmalar toifalari, maxsus programma komplekslari (mutaxassislik bo’yicha), formal grammatika nazariyasi; aniqlik, yaqinlashish va turg’unliklarni etiborga olgan holda samarali algoritmlarni tanlashni bilishi va ulardan foydalana olishi; obyektga yo’naltirilgan tillardan birida dasturlar yaratish, yaratilgan dasturlarni sozlash va test masalalarda tekshirish; murakkab tizimlar tuzish, tizimlarga (dasturlarga) dizayn yaratish; kompyuterning dasturiy ta’minoti; dasturlarning turlari; maxsus programma paketlaridan (mutaxassislik bo’yicha) foydalana olish; fayl tizimi va tarkibi; uzilish tizimlari; zamonaviy kompyuter texnologiyalari vositalaridan foydalana olish; tizimli programmalash ta’minoti, tatbiqiy dasturiy ta’minot va kompyuterning dasturiy ta’minotini loyihalash va amalga oshirish; yuqori bosqich programmalash va mashinaga yo’naltirilgan tillarda tizimli va tadbiqiy masalalarga programma ta’minotini yaratish; mashinaga yo’naltirilgan tillarda tizimli va tadbiqiy masalalarga programma ta’minotini yaratish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling