Ovqatlanish gigienasi reja


DSENM ning ovqatlanish gigiyenasi bo’limi


Download 32.36 Kb.
bet2/7
Sana19.06.2023
Hajmi32.36 Kb.
#1619543
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4mavzu

DSENM ning ovqatlanish gigiyenasi bo’limi umumiy ovqatlanish korxonalari, oziq-ovqat bilan savdo qiluvchi korxonalar (oziq-ovqat magazinlari, do’konlar, bozor) va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash-ga mo’ljallangan korxonalar ustidan nazorat yuritadi. Bu bo’lim oziq-ovqat mahsulotlari bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni (tayyor-lash, sotish, saqlash, iste'mol qilish, tashib berish) o’z nazoratiga oladi. Barcha turdagi oziq-ovqat korxonalarini nazorat qilish bilan birga u yerda xizmat qiluvchi xodimlarning tibbiy, sanitariya-texnik malakalarini oshirishni ko’zda tutadi. Oziq-ovqat korxonalarida, oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan joylarda yuqumli kasalliklari bo’lgan bemorlar yoki batsilla tashuvchilarning ishlashlariga yo’l qo’yiknaydi, chunki bunday holatlar aholi o’rtasida turli kasalliklar avj olib ketishiga, ovqatdan zaharlanishlar ro’y berishiga sabab bo’lishi mumkin. Shu sababli oziq-ovqat ta'minoti bilan bog’liq ishlarda, maishiy xizmat muassasalarida ishlaydigan xodimlar har oyda bir marta batsilla tashuvchanlikka teksriirilishlari va tibbiyot ko’rigidan o’tishlari zarur.
Ovqatlanish gigiyenasi sohasida Davlat Sanitariya Nazorati ush-bu qonun hujjatlari bo’yicha yuritiladi:


  1. o’zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyul 657-sonli XII «Davlat sanitariya nazorati tog’risida»gi qonuni;


  2. Vazirlar Mahkamasining «o’zbekiston Respublikasining «Dav-lat sanitariya nazorati tog’risida»gi qonunini joriy etish choralari haqida»gi 1992-yil 9-dekabr 571-sonli qarori, o’zbekiston Respub-likasi Prezidentining 1998-yil 2-mart Pf-139 sonh «Sanitariya qonun-larini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytLrish to’g’risida»gi Far-moni, Vazirlar Mahkamasming 1998-yil 8-apreldagi 147-sonh «Sani-tariya-epidemiologiya xizmati samaradorligini oshirish to’g’risida»gi qarori va 1998-yil 27-noyabrdagi 496-sonli «Xo’jalik yuritish subyekt-larini tekshirish to’g’risida»gi Nizomga asosan sanitariya nazorati yuritiladi.




Respublika, viloyat, tuman va shahar DSENM — Davlat Sani-tariya Epidemiologiya Nazorat Markazlari ham o’z ish faoliyatlarini yuqorida ko’rsatilgan qonunchilik hujjatlari va oylik, yillik ish rejalari asosida yuritadilar.
Ovqatlanish gigiyenasi sohasida Davlat Sanitariya Nazorati ogoh-lantiruvchi va joriy sanitariya nazoratlari ko’rinishida olib boriladi.

Download 32.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling