Ovqatlanish gigienasi reja


Download 32.36 Kb.
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi32.36 Kb.
#1619543
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4mavzu

Ogohlantiruvchi sanitariya nazorati uch bosqichdan iborat:
1. Oziq-ovqat korxonalari loyihalarini tuzishda sanitariya me'yor-lari va qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish.
2. Oziq-ovqat obyekti qurilayotganda sanitariya talablari, me'yor-lari va qoidalarining bajarilishi ustidan nazorat qilish.
3. Yangidan qurib bitkazilgan yoki qayta ta'mirlangan obyektni ishga tushirishda sanitariya talablari, me'yorlari va qoidalarining ba-jarilishi ustidan nazorat qilish.
Oziq-ovqat sanoati korxonalarining loyihalari maxsus davlat lo-yiha instituti tomonidan ishlab chiqiladi. Loyihada sanitariya me'yor-lari va qoidalaridan chetlanishlar bo’lganda albatta sanitariya xizmati bilan kelishib olish shart.
Loyiha materiallari tarkibiga: 1) obyektni qaysi joyga joylashti-rish bo’yicha malumotlar (situatsion reja, joyning geologik ta'rifi, shamol rejimi — shamollar guli, suv bilan ta'minlash va oqova suv-larni chiqarish sharoitlari); 2) arxitektura-qurilish qismi (xonalarning qavatlar bo’yicha rejalari va kesmalari, har birining maydoni va ba-landligi, deraza, eshiklar o’lchamlari); 3) texnologik qism (uskuna-jihozlarni joylashtirish tarxi, jihozlar o’lchamlari); 4) sanitariya-tex-nikaviy qismi (isitish, yoritish, kanalizatsiya, suv ta'minoti, venti-latsiya) kabilar kiradi.
Ogohlantiruvchi nazoratning keyingi bosqichida obyektlarda qurilish ishlarining loyihaga muvofiq bajarilayotganligi, ishning sifati tekshiriladi. Yer ostidagi yopiq ishlar ham sanitariya shifokori assis-tenti ishtirokida tekshirilib akt-dalolatnoma tuziladi. Qurilish jara-yonida obyektni har gal tekshirgandan so’ng qurilish bosqichlari, tu-gallash muddati, loyihadan chekinishlar va boshqa sanitariya buzi-lishlari, ularni bartaraf etish muddatlari ko’rsatilgan dalolatnoma (akt) tuziladi. Loyiha bo’yicha qurilgan me'yoriy talablarga javob beradigan obyektni ishga tushirishga — ekspluatatsiyaga tarkibida Davlat sanitariya nazorati vakili bo’lgan maxsus Davlat komissiyasi ruxsat beradi.
Joriy sanitariya nazorati. Sanitariya shifokorlari va ularning as-sistentlari (san-feldsherlar) o’zlariga tegishli hududlardagi nazorat obyektlariga borib, tegishli xizmat guvohnomasini ko’rsatib, bemalol tekshirishlari, bakteriologik, kimyoviy-sanitariya laboratoriyalarga tekshirish uchun turh namunalar olishlari va aniqlangan sanitariya buzilishlarini bartaraf qilish yuzasidan dalolatnoma tuzib tegishli tavsiyalar berishlari mumkin. Sanitariya shifokori assistentining DSENM ishini tashkil qilish va amalga oshirishda roli kattadir, shi-fokor assistenti - san-feldsherlar asosan DSENMda va qishloq uchastka shifoxonalarida ish yuritadilar. Sanitariya shifokorining oziq-ovqat gigiyenasi bo’yicha yordamchisi oziq-ovqat mahsulotlari-ni tayyorlash va realizatsiya qilish bilan bog’liq bo’lgan barcha kat ta-kichik korxonalar ishini kuzatib, oziq-ovqat namunalarini, surt-malarni tekshirish uchun laboratoriyaga yuboradi, agar zarurat tu-g’ilsa shu joyning o’zida uncha murakkab bo’lmagan tekshirishlar olib boradi, tekshiruv natijalariga asoslanib dalolatnoma (akt), ba-yonnoma tuzadi.

Download 32.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling