Ovqatlanish
Bolalar va o’smirlar ovqatlanishini tashkil qilish
Download 1.07 Mb.
|
Ovqatlanish gigiyenasi
Bolalar va o’smirlar ovqatlanishini tashkil qilish. Bolalar ovqat ratsionida to’la qimmatli oziq va biologik faol moddalar bo’lishi, ularning miqdori bolaning yoshiga mos kelishi lozim. Ratsionidagi oziq moddalarining me'yoridan kam yoki ortiq bo’lishi bolaning jis-moniy va aqliy rivojlanishiga salbiy ta'sir ko’rsatadi. Bolalarda mod-da almashinuvining jadal bo’lishi va ko’p quwat sarflanishi tufayli ularning yuqori kaloriyali taomlarga bo’lgan ehtiyoji yuqori bo’ladi. Kichik yoshli bolalar ovqat ratsionida oqsil, yog’ va uglevodlar nis-bati 1:1:3, kattaroq yoshdagilarda esa 1:1:4 bo’hshi, umumiy ovqat salmog’ining ko’proq qismi hayvon mahsulotlaridan iborat bo’lishi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalar kuniga 5 marta ovqatlantirilib, bunda kunlik kaloriyaning 20—25% nonushtada, 15% ikkinchi nonushtada, 25-30% tushhkda, 15% tolma choyda, 20—25% kechki ovqatda berilishi lozim. Maktab o’quvchilari 4 mahal ovqatlanish-lari, bunda nonushta kunlik kaloriyaning 25% ni, tushlik 30% ni, tol-ma choy 20% ni, kechki ovqat 25% ni tashkil etishi kerak.
Aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchi kishilar mehnati esa kam jis-moniy kuchlanish, ammo yuqori ruhiy zo’riqish bilan ta'riflanadi. Bu esa o’z navbatida yurakning ishemik kasalliklariga, gipertoniya (qon bosimi yuqoriligi) va nevroz xastaliklari rivojlanishiga olib keladi. Bunday guruh kishilari kam harakat bo’lganliklari tufayli cheklangan miqdorda ovqatlar iste'mol qilishlari lozim. Bu guruh kishilari ovqat ratsionining kunlik energetik qiymati 2400-2500 kkal atrofida bo’lib, bunda oqsil 110-115 g, yog’ 80-90 g, uglevod 300-500 g ni tashkil etishi kerak. Keksa — 60 va undan katta yoshdagi kishilarda modda almashi-nuvi jarayoni ancha susayadi. Ularning ovqat ratsioni tarkibida xo-lesterin moddasi ko’p bo’lgan masalliqlar - seryog’ mol va qo’y go shti, tuxum sarig’i, jigar hamda qiyin eriydigan yog’lar miqdori cheklangan bo’lishi zarur. Organizm uchun zarur miqdordagi hayvon oqsillari va yog’lari ko’proq sut mahsulotlari hisobiga to’ldiriladi. Osh tuzi miqdorini ham cheklash, sabzavot va mevalarni xomhg’icha ye-yish tavsiya qilinadi. t. Ratsional ovqatlanish kishilar sog’lig’ini mustahkamlash bilan birga bevosita kasalliklarni davolash uchun ham qo’llanishi mum-kin. Buning uchun esa parhezdan foydalaniladi. Parhez — sog’lom kishilar hamda bemorlarga buyuriladigan ovqat ratsionidir. Parhez bilan davolash (diyetoterapiya) ortiqcha semizlikda va ba'zi ka-salliklar (gastrit, enterit, kolit, jigar, buyrak xastaliklari va bosh-qalar)ni profilaktika qilish va davolash maqsadida qo’llaniladi. Parhez bilan davolashda ovqatlanish ratsioni, tartibi va masal-liqlarni pishirishga alohida yondashiladi. Kasallikning tavsifi, be-morning ahvoli va organizmning o’ziga xos xususiyatlariga ovqat-ning miqdori va sifat jihatidan mutanosib bo’lishiga e'tibor be-riladi. Bemorlarga betobligi tufayli biror oziq mahsulotini chek-lab qo’yiladigan hollarda ratsionni oqsillar, yog’lar, uglevodlar, mineral moddalar va vitaminlar birmuncha muvofiq keladigan qilib belgilanishi lozim. Kam ovqat yeyiladigan kunlar tayinlash, oson singadigan taomlar hisobiga ovqatlanish tartibini o’zgarti-rish, masalliqlarga maxsus pazandalik ishlovi berish usullaridan parhez bilan davolashda keng foydalaniladi (2-jadval). Semizlik, ateroskleroz, gipertoniya, yurak-tomir kasalliklarida tuz va suyuq-likni kam iste'mol qilish hisobiga ovqat miqdor jihatdan chekla-nadi. Qishloq xo’jaligida isWovchuarning energiya sarfi yil bo’yi bir xil bo’lmaydi. Shu sababli ulaming ovqat ratsioni mehnatning og’ir-yengilligiga, yil mavsumiga qarab tashkil qilinadi. Ratsional ovqatlanishning tashkil qilinishi, ovqat ratsionida oqsil-lar, yog’lar, uglevodlar, mineral moddalar, vitaminlarni kishilarning 25 yoshi, kasb-koriga qarab belgilangan me'yorlarga mos kelishi, ovqat-lanish bloklarining sanitariya holati ustidan sanitariya shifokori va assistenti tegishli tartibda nazorat olib boradilar. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling