Ovqatlanish


Rejadan tashqari gigiyena ekspertizasi quyidagi hollarda o’tkaziladi


Download 1.07 Mb.
bet24/100
Sana08.01.2022
Hajmi1.07 Mb.
#238355
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   100
Bog'liq
Ovqatlanish gigiyenasi

Rejadan tashqari gigiyena ekspertizasi quyidagi hollarda o’tkaziladi:

1. Aholi o’rtasida o’tkir ichak kasalliklari paydo bo’lganda yoki ovqatdan zaharlanish hodisasiga gumon tug’ilganda.

2. Yuqori sanitariya-epidemiologiya xizmati organlarining top-shirig’iga asosan arbitraj tariqasida (bahsli hollar).

3. Oziq-ovqat mahsulotlarini iste'molchilar salomatligiga xavf tug’diruvchi mexanik, kimyoviy va bakterial ifloslanganligiga shub-ha tug’ilganda.

4. Nazorat qiluvchi rahbar organlar (tergov organlari va boshq.)-ning topshirig’iga muvoflq.

5. Korxonalarda laboratoriyalar bo’lmasa, haq olib, shartnoma-lar asosida.

6. Mahsulotlarning sifatini tekshiruvchi inspeksiya ekspertizasidan so’ng mahsulot sifati to’g’risidagi masalani uzil-kesil hal qilish uchun.

Quyidagi hollarda DSENM xodimlariga gigiyena ekspertizasi o’tkazmaslik tavsiya qilinadi:

  • oziq-ovqat mahsulotlarining sifati buzilib, tovarshunoslik eks-pertizasi hujijatlari bo’lmaganda;

  • spirtli mahsulotlarning kuchini aniqlashda;

  • oziq-ovqat qoldiqlari (un, yormalar, moy va boshq.), singan tuxum, nostandart non va boshqalar ekspertizasi. Bunda asosiy ja-vobgar shaxs sifatida emas, balki komissiya a'zosi sifatida dalolatno-ma tuzishda ishtirok etish mumkin;

  • chet eldan keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi (bu-larning sifati to’g’risida qo’shib yuborilgan hujjat bo’lmasa);

  • xususiy tadbirkorlar va oddiy aholidan epidemiologik asossiz olingan tayyor ovqat ekspertizasini o’tkazish tavsiya etilmaydi.

Oziq-ovqat mahsulotlari gigiyena ekspertizasining bosqichlari quyidagilardan iborat:

1. Tayyorgarlik bosqichi — ekspertiza o’tkazadigan mutaxassis amaldagi barcha me'yoriy hujjatlar bilan (Davlat standarti (GOST), muvaqqat texnik sharoitlar, texnik sharoitlar va boshq.) tanishib chi-qishi kerak.

2. Mahsulotga qo’shib yuborilgan hujjat (yuk xati, sertifikatlar, analizlar natijalari, namunalar olinganligi to’g’risidagi dalolatnoma-lar va boshq.) bilan tanishish.

3. Mahsulot partiyalarini (quti, idishlar muhrlanishi holatini ko’zdan kechirib chiqish) tekshirib ko’rish uchun 5-10% bog’lam-larini ochib qarash.



4. Mahsulotlarning organoleptik xossalarini tegishli sharoitlarda (harorat, yorug’likda) tekshirib ko’rish va ko’zdan kechirish natijalari to’g’risida dalolatnoma tuzish.

5. Mahsulotlarning aynab qolganligini ko’rsatuvchi alomatlar to-pilsa, laboratoriyalarda tekshirib ko’rish uchun namunalar olish.

6. Mahsulotlarni bakteriologik va kimyoviy laboratoriyalarda tek-shirib ko’rish va mahsulotning sifati hamda uni tarqatish sharoitlari to’g’risida uzil-kesil xulosa chiqarish.

Oziq-ovqat mahsulotlarining gigiyena ekspertizasida organolep-tik, fizik-kimyoviy, bakteriologik tekshirish yo’Uarining natijalariga qarab mahsulotning yomon yoki yaxshi sifatliligi to’g’risida qaror chiqariladi.

Mahsulotlarning tashqi ko’rinishi, rangi, konsistensiyasi (qattiq-yumshoqligi), hidi, ta'm-mazasini sezgi organlari yordamida aniq-lashga asoslangan organoleptik tekshiruv usuli har qancha subyektiv bo’lsa-da, mahsulotdagi ozgina o’zgarishlarni ham katta aniqlik bi-lan topib olishga imkon beradi. Bunday o’zgarishlarni ba'zan eng sezgir laboratoriya usullari bilan ham aniqlab bo’lmaydi. Organolep-tik usul yordamida mahsulotning yangiligi, ifioslanganligi, oldin qan-day sharoitlarda saqlanganligi, ishlov berilganligi va boshqalar to’g’-risida tasawur hosil qilish mumkin bo’ladi. Qoniqarsiz organoleptik xossalar mahsulotning gigiyenik qiymatini pasaytirib qo’yadi, ba'zi hollarda ovqatga ishlatishga yaroqsiz ekanligi to’g’risida xulosa chiqa-rishga asos bo’ladi. Mahsulot sifatini baholashda boshqa obyektiv tekshirish usullari — fizik-kimyoviy, bakteriologik va biologik usuilar qo’llaniladi. Mahsulot fizik-kimyoviy xossalarining ko’rsatkichlari: namligi, suyulish harorati, kislotalarning miqdori, zararli aralashma-lari, oziq moddalari (oqsil, yog’, uglevod) fizik-kimyoviy usullar bi-lan aniqlanadi. Bu ko’rsatkichlar maxsus apparat, asbob-uskunalar va kimyoviy reaktivlar yordamida aniqlab olinadi.

Bakteriologik usullar yordamida mahsulotning bakteriyalar bilan nechog’li ifloslanganiigi, mikroblarning turi va xossalari aniqlab oli-nadi.

Biologik wsw/patogen mikroorganizmlarning xossalarini, ular ho-sil qiladigan zaharlar (toksiniar)ni aniqlashga imkon beradi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini gigiyena ekspertizasidan o’tkazishda quyidagi hujjatlar DSENM xodimlarining huquqlarini belgilab be-radi:

M.R. Tilovov va boshq.

33

1. Maxsus ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqilib, Sog’liqni saqlash vazirligi, o’zstandart agentligi tomonidan tasdiq-langan Davlat standartlari (GOST). Bular qonun kuchiga egadir.

2. Mahsulotga DS (GOST) bo’lmagan taqdirda muvaqqat texnik sharoitlar, respublika ahamiyatidagi sharoitlar.

3. Yo’riqnomalar, metodik-uslubiy ko’rsatmalar, sanitariya qoi-dalari va boshqa hujjatlar.

4. Ko’zdan kechirib tekshirib ko’rish va degustatsiya o’tkazish uchun mahsulotlardan namuna olish me'yorlari to’g’risidagi yo’riqnomalar.

Gigiyena ekspertizasining natijalariga qarab oziq-ovqat mahsu-lotlari quyidagi xillarga bo’linadi:

  1. yaxshi sifatli mahsulotlar;

  2. yomon sifatli mahsulotlar;




  1. shartli ravishda yaroqli mahsulotlar (qo’shimcha ishlov berib tozalash, zararsizlantirishni talab qiladi);

  2. falsifikatlar yoki notabiiy mahsulotlar;

  3. oziqlik qiymati pasaygan mahsulotlar;

  4. aralashmalari yo’l qo’ysa bo’iadigan miqdordan ko’p bo’lgan mahsulotlar;

h) patogen (kasallik chaqiruvchi) mikroorganizmlar bilan ifloslan-gan mahsulotlar.


Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling