Ovqatlanish


Download 1.07 Mb.
bet56/100
Sana08.01.2022
Hajmi1.07 Mb.
#238355
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   100
Bog'liq
Ovqatlanish gigiyenasi

Sut zichligini aniqlash

Kerakli jihozlar: diametri kamida 5 sm keladigan 200— 250 ml li o’lchov silindri; laktodensimetr (9-rasm).

Aniqlash yo 'li. Tahlil uchun olingan sut yaxshilab aralashtiriladi va silindrga hajmining 2/3 qismiga qadar, ko’piklanishiga yo’l qo’ymaslik uchun devori bo’ylab ohista quyiladi. Shundan keyin qu-

61




ruq laktodensimetr sutga botiriladi va erkin qalqib turgan holda qoldiriladi. 1—2 minut o’tib, lakto-densimetr tebranishlari to’xtagandan keyin sut zichligi bilan harorati memskning ustki cheti bo’y-lab 0,0005 gacha, harorati esa 0,5 °C gacha aniqlik bilan o’lchanadi. Ayni vaqtda ko’z menisk chizig’i tekisligida turishi kerak. Laktodensimetrni tebratib, ikki marta o’lchab ko’riladi, shundan keyin ikkala o’lchovning o’rtacha arifmetik qiymati chiqariladi. Sutning nisbiy zichligi 20 °C haroratda aniqlanadi. Harorat bundan ko’ra yuqoriroq bo’lsa, har bir gradus uchun laktodensimetr ko’rsatishlariga 0,0002 qo’shiladi. Agar harorat 20 °C dan past bo’lsa, har bir gradus uchun, aksincha, 0,0002 dan chegirib tashlanadi. Qulaylik tug’dirish uchun DS (GOST)da sutni tekshirish usullariga tuzatishlar jadvali keltirilgan bo’ladi.


Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling