Ovqatlanish


Sut va sut mahsulotlarini laboratoriyada tekshirish


Download 1.07 Mb.
bet55/100
Sana08.01.2022
Hajmi1.07 Mb.
#238355
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100
Bog'liq
Ovqatlanish gigiyenasi

Sut va sut mahsulotlarini laboratoriyada tekshirish

Sut, sut mahsulotlaridan namunalar olish va tahlUga tayyorlash.

Bidonlardan namunalar olish oldidan sut va qaymoq maxsus chilcho’plar yoki kurakchalar bilan yaxshilab aralashtiriladi. Partiyadagi bidonlar umumiy soni 20 tadan kamroq bo’lsa, namuna bitta bidondan olinadi. Partiyadagi bidonlar soni 20 tadan ko’proq bo’lganida har bir 20 bidondan namuna olinadi. Agar sut yoki qaymoq shishalarga solib qo’yilgan bo’lsa, partiyadagi har 400 ta shishadan namunaga bitta shisha olinadi. Laboratoriyada tekshirish uchun ajratib chiqilgan shishalar orasidan 1—2 tasi olinadi. Partiyadagi shishalar soni ko’p bo’lganida 6% qutidan o’rta namuna tariqasida bittadan shisha olinadi, tahlil uchun esa ajratib qo’yilganlari orasidan 2—3 shisha olinadi. Bekam-ko’st laboratoriya tahlili uchun hamma hollarda ham sut namunasi kamida 250 ml, qaymoq va smetana namunasi 100 ml ni tashkil qilishi kerak. Laboratoriya tekshiruvi oldidan qaymoq va smetana 30—35 °C gacha isitiladi, aralashtiriladi va 2 °C gacha sovitiladi. Tvorog bir jinsli holga kelguncha hovonchada ezib iylanadi. Sut va sut raahsulotlari organoleptik xossalarini aniqlashda sut-ning rangiga, bir jinsli yoki bir jinsli emasligiga, konsistensiyasiga, hidi va ta'miga ahamiyat beriladi. Sutga xos bo’lmagan begona rang, ta'm va hid aniqlanganida sanitariya me'yorlariga ko’ra bu sutni ovqatga ishlatishga yo’l qo’yilmaydi.




Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling