Ovqatlanish


Ovqat konsentratlari (ovqat qo’shilmalari)


Download 1.07 Mb.
bet79/100
Sana08.01.2022
Hajmi1.07 Mb.
#238355
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   100
Bog'liq
Ovqatlanish gigiyenasi

82

Ovqat konsentratlari (ovqat qo’shilmalari). Bular germetik qa-doqlangan, tez pishirish uchun texnologik tayyorlangan, alohida usul-da quritilgan oziq-ovqat mahsulotlari aralashmalaridir. Ovqat kon-sentratlarining namligi juda oz, kichik hajmli, ko’p miqdorda quruq moddalar saqlaydigan mahsulotlar bo’lib, ularni tayyorlashda ishla-tiladigan mahsulotlar awaldan yuvilib, quritib, maydalangan, termik qayta ishlangan bo’ladi. Bu mahsulotlarning ta'mi va biologik xos-salari yuqori bo’lib, quyidagi guruhiarga ajratiladi:

A. Birinchi, ikkinchi va uchinchi tushlik taomlariga qo’shiladigan
kompleks (birikma) konsentratlar, quruq souslar.

B. Bolalar va parhez ovqat kompleks konsentratlari (vitaminlash-
tirilgan unli aralashmalar, sutli-unli aralashmalar, sutli kisellar, sutli
bo’tqalar).

D. Monokonsentratlar (bulon kubiklari — mol go’shtih, parran-
da go’shtili, shirin makkajo’xori qalamchalari).

E. Bolalar va parhez ovqat mahsulotlari (quruq meva va sabza-
vot kukunlari, parhez un).

Oziq-ovqat konsentratlari germetik qadoqlangan maxsus quticha-larda, dekorativ idishchalarda sotuvga chiqariladi. Birinchi va ikkin-chi taom konsentratlarining namligi 12% dan, makaron mahsulotla-rida 10% dan, tuxumli konsentratlarda 8,5%, kiselda 9,5% dan, jele, kremlarda 6% dan oshmasligi kerak. Ovqat konsentratlari har bir mahsulot uchun alohida belgilangan muddatlarda, shamollatiladigan quruq va salqin binolarda saqlanadi.


Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling