Ovqatlanish


Download 1.07 Mb.
bet88/100
Sana08.01.2022
Hajmi1.07 Mb.
#238355
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   100
Bog'liq
Ovqatlanish gigiyenasi

Alkogolsiz ichimliklar



Chanqovbosdi yoki alkogolsiz ichimliklar mineral suvlar (tabiiy va sun'iy) va mevah (tabiiy va sun'iy) ichimliklardan iborat. Tabiiy mineral suvlarga: «Borjom», «Narzan», «Bonaqua», «Nestle» va boshqalarni misol tariqasida keltirish mumkin. Bular artezian yoki buloq suvlari bo’lib, ma'lum mineral va gaz tarkibi bilan tavsiilana-di. Bu suvlardan chanqoqni bosadigan yoki shifobaxsh ichimliklar o’rnida foydalaniladi.

Sun'iy mineral suvlar odatdagi ichimlik suvlarini karbonat angid-rid bilan to’yintirib, unda osh tuzi va boshqa mineral tuzlarni eritib olinadi. Selter va sodali suvlar sun'iy mineral suvlarga kiradi. Sodali suv sho’rtakroq bo’hb, tarkibida 0,4 % karbonat angidrid, 0,2—0,25% soda bor. Selter suvida 0,1-0,15% kalsiy xlorid va 0,001-0,0015% gacha magniy xlorid tuzlari ham bo’ladi. Alkogolsiz ichimliklar, odatda, sifath va davlat standarti talablariga javob bera oladigan icWmlik suvlaridan tayyorlanadi.

Gazlangan suv faqat karbonat angidrid gazi bilan to’yintirilgan bo’ladi. Oshxona suvlarining mineral tarkibi 1—2 g/1, shifobaxsh suvlarniki esa 8-12 g/1 gacha bo’ladi. Mevali tabiiy suvlar tabiiy meva sharbatlari qo’shib gazlangan suvdan tayyorlanadi. Siqib olin-gan meva sharbatlari filtrlanib tozalanadi va 75 °C da 20-30 daqiqa davomida pasterlanadi. Bu mahsulotlar konservalash maqsadida -10—23 °Cda muzlatihshi va shu holda —12 °C da uzoq saqlanishi mumkin. Sun'iy mevali ichimhklar gazlangan suvlarga tabiiy rneva suvlari emas, balki mevalarning mazasi va hidini beradigan sintetik essensiyalar qo’shilgan qand sharbati va sun'iy bo’yoq moddalari qo’shib tayyorlanadi.

Qandh diabet bilan og’rigan bemorlarga mo’ljallangan ichimlik-larga qand o’rniga saxarin, sorbit kabi moddalar qo’shiladi (0,015%). Alkogolsiz icbimliklarda qand miqdori ichirnlikning nisbiy zichligiga qarab qand o’lchagich (saxarimetr) asbobi bilan aniqlanadi (13- rasm).

Alkogolsiz ichimliklar yaxshi yuvilmagan idishlarga quyilsa turh ichak infeksiyalari tarqalishiga, ichimliklarning bijg’ib achib qolishi-ga sabab bo’ladi. Alkogolsiz ichimlMarning sanitariya ekspertizasida bakteriologik tekshirish va yangihg’ini aniqlash maqsadida kislotalili-gi tekshiriladigan har 1000 ml ichimlikka 1,5-3 ml 1 N ishqor qo’shib tekshiriladi. Alkogolsiz ichimliklar tayyorlaydigan barcha avtomat ti-zimlari dezinfeksiyalanadi.


Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling