Kimyoviy moddalar yordamida konservalashda odam organizmi-ga zaharli ta'sir ko’rsatmaydigan qadoqlangan antiseptiklardan (uro-tropin, sulfid, benzoat va sorbinat kislotalar) foydalaniladi. Konser-valashda, shuningdek, biohtsin, nizin va nistatin kabi antibiotiklar-dan ham foydalaniladi. Nizin meva va sabzavot konservalarini saq-lash muddatini uzaytirishda konservant sifatida ishlatiladi. Anti-biotiklar organizmga zaharli ta'sir ko’rsatmasligi va mahsulotlarning organoleptik xossalarini o’zgartirmasligi kerak.
Oziq-ovqat mahsulotlarini sterillash, pasterizatsiyalash va saqlash muddatini uzaytirish maqsadida radioaktiv usullardan, ya'ni ionlash-tiruvchi nurdan ham foydalaniladi. Ammo katta miqdordagi ionlash-tiruvchi nurlar yaxshi konservalovchi ta'sir ko’rsatsa-da, inson orga-nizmiga salbiy ta'sir qiluvchi «radiotoksinlar» (lakton, xinon, perekis, epoksidlar) hosil qilganligi tufayli katta dozali ionlashtiruvchi nurlar-dan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. Prezervalar antiseptiklar bilan ishlov berilib bankalarga solingan oziq-ovqat konservalari bo’hb, past haroratda qisqa muddat saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |