Ovqatlanish
Konservalar umumiy kislotaliligini aniqlash
Download 1.07 Mb.
|
Ovqatlanish gigiyenasi
Konservalar umumiy kislotaliligini aniqlash
Konservalarning qattiq qismi go’shtqiymalagichdan o’tkazilib, yeb bo’lmaydigan qismlari (danaklar, baliq boshlari va baliq su-yakchalari) olib tashlanadi va maydalangan qattiq qismini suyuq qismi bilan aralashtirilib hovonchada yaxshilab qorishtiriladi. Kerakli jihoz va reaktivlar: kimyoviy texniktarozi va toshlari; go’shtqiymalagich va hovoncha; kimyoviy stakanlar; ko-nussimon (200—400 ml li) kolbalar va 250 ml li o’lchov kolbalari; 9—15 sm diametrli shisha voronka, shtativ; qog’oz filtr; 11,1% li fenolftalein hamda 0,1 N o’yuvchi natriy (NaON) yoki o’yuvchi kaliy (KOH). Aniqlash yo 'li. Kimyoviy stakanga o’ta aniqlik bilan tortib olin-gan 20 g maydalangan konserva solinadi va voronka orqali 25 ml li o’lchov kolbasiga o’tkaziladi. Stakan yaxshilab chayilib, yuqlari ham o’lchov kolbasiga solinadi. Kolbaning 3/4 qismi 80 °C haroratli qay-noq suv bilan to’ldirilib, yaxshilab chayqatiladi va 30 daqiqaga qoldi-riladi. So’ngra kolba ichidagi suyuqlik bilan birga suv oqimi ostiga qo’yilib sovitiladi, belgisiga qadar distillangan suv qo’shiladi, aralash-tiriladi va burma filtr orqali konussimon quruq kolbaga suzib o’t-kaziladi, so’ngra tomizg’ich bilan 50 ml filtrat olinib, 200-400 ml li kolbaga solinadi, 3—5 tomchi fenolftalein qo’shiladi va pushti rang paydo bo’lguncha 0,1 N o’yuvchi natriy yoki KOH eritmasi bilan titrlanadi. Natijalar olma kislota foizlari hisobida ushbu formula bo’yicha topiladi: • _ w-^-250-100 X 50^4 ' 85 bu yerda: x — konservaning kislotaliligi; n — o’yuvchi natriy yoki o’yuvchi kaliy eritmasining miqdori, ml; K— kislotalilikni olma kislo-tasiga aylantirib hisoblash koeffitsiyenti (0,0067 ga teng); A — tortib (o’lchab) olingan konservaning miqdori, g; 250 — tortimning necha marta suyultirilganini ko’rsatadigan son; 100 — foizlarga aylantirib hisoblash soni; 50 — titrlash uchun olingan filtrat millilitrlarining soni. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling