Oxirgi variant davrlarga bo`lingan


Download 438.43 Kb.
bet142/187
Sana08.01.2022
Hajmi438.43 Kb.
#242008
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   187
Bog'liq
Oxirgi variant davrlarga bo`lingan

Boshqaruvda ma"muriy buyruqbozlik tizimining mutloqlashtirilishi.

Urushdan keyin mamlakatda rahbarlik qilish usullari normal holatga o’tadi, tinch qurilishga moslashtiriladi, ijtimoiy-siyosiy hayot demokratlashtiriladi, degan orzu-niyatlar ro’yobga chiqmadi. Aksincha iqtisodiyotda, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotda ma’muriyatchilik kuchaydi. Mamlakatni boshqarish partiya-davlat apparatida rahbarlik lavozimlarini egallagan tor doiradagi xodimlar tomonidan tayyorlanadigan, shaxsan Stalin imzosi bilan matbuotda e’lon qilinadigan farmon va qarorlar orqali amalga oshiriladigan

bo’lib qoldi. Hammani, xususan joylardagi rahbarlarni nazorat ostiga olgan totalitar tuzum Kremlda o’tirganlarga mamlakatni farmon va qarorlar bilan boshqarish imkoniyatini berardi. Respublikalarning, jumladan, O’zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohadagi muammolarni hal qilish huquqlari yanada cheklanib bordi. Stalinning g’alabani ta’minlashda rus halqi asosiy rol o’ynadi, degan mash’um g’oyasi butun malakatni ruslashtirish siyosatiga aylandi. Ommaviy axborot vositalari, Kompartiya va komsomol tashkilotlari ruslarni «katta», «ulug’ og’amiz» deb barala targ’ib qila boshladi .

Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridanoq boshlangan qishloq aholisini yerdan mahrum qilish jarayoni urushdan keyin hamdavom etdi. 1946-yil sentabrda VKP(b) MQ va SSSR hukumatining «kolxozlarda qishloq xo’jalik ustavining buzilishini tugatish choralari to’g’risida» qarori e’lon qilindi. Qishloq xo’jaligi bilan aloqasi bo’lmagan 1300

tashkilotga yordamchi xo’jalik sifatida berib qo’yilgan 6 ming gektar yerni kolxozlarga qaytarish, kolxozlardagi boshqaruv apparati shtatidan 51 ming kishini qisqartirish kabi ijobiy ishlar bilan birga jiddiy xatoliklarga, adolatsizliklarga yo’l qo’yildi. Kolxozlar manfaatlarini himoya qilish bayrog’i ostida respublika qishloqlarida istiqomat qilayotgan 50 ming kolxozchi oilasi qo’lidagi tomorqa yerlaridan 25 ming gektari ustavda belgilanganidan «ortiqcha» deb tortib olindi. Koxoz hududida yashagan, ammo unga a’zo bo’lmagan 20 ming xo’jalikning go’yo, «qonunga xilof» ravishda egallagan 2,5 ming

gektar yerlari ham tortib olindi. Qishloq aholisini yerdan mahrum etish jarayoni 50- yillarda ham davom etdi. Bu tadbirlar turmushi nochor bo’lgan qishloq aholisining ahvolini yanada og’irlashtirdi. Bunday adolatsizlikka hech kim qarshi chiqa olmadi. Qishloq xo’jalik artelining odamlardan so’ramasdan tuzilgan nizomini o’zgartirishni, nizom qoidalarini qishloq aholisining manfaatlariga moslashtirishni respublika rahbariyati ham, qishloq aholisining o’zi ham ko’tarib chiqa olmadi. Negaki, totalitar tuzum hammani jilovlab olgan edi. Odamlar asoratga solingan, siyosiy mutelikda yashardi. Totalitar tizimning eski kasali yana qaytalanib, sovet jamiyati urushdan keyin boshdan kechirayotgan benihoya og’ir iqtisodiy qiyinchilik, ma’naviy-ruhiy kemtiklik, o’tkir ijtimoiy-siyosiy tanglik sharoitida mamlakatda hech bir norozilik, tushkunlik holatlarga izn bermaslik maqsadlarida bir yoqlama qattiqqo’l siyosat yuritish yo’lini tutdi. Bunda kommunistik mafkura bosimini ayni chog’da Markazda va joylarda, xususan milliy respublikalarda butun choralar bilan kuchaytirishga asosiy urg’u berildi. Hukmron kompartiyaning bu boradagi makkorligi shundaki, u keng milliy hududlar aholisini, uning ilg’or, o’qimishli, ziyoli kuchlarini, mahalliy milliy kadrlarni doimiy tahlikada tutish, siltab turish, itoatda saqlash uchun bu yangi qatliom mavsumini avvalo Markazdan boshlashni maqbul topdi. Xususan 1946-1948-yillarda VKP(b) Markazqo’mi tomonidan adabiyot, san’at, ilm-fan sohalarida o’tkazilgan bir qator anjumanlar, bahslar va ular yuzasidan qabul qilingan, mohiyatan «g’oyasizlik va kosmopolitizmga qarshi kurash ruhi»



  1. Download 438.43 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling