Oy mavzusi: baxtli bolalik


Mavzu: Bolalar maydonchasini quramiz  Maqsad


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/59
Sana11.11.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1765941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
tayyorlov guruhlar

Mavzu: Bolalar maydonchasini quramiz 
Maqsad: bolalar turli hajmli shakllardan: kubik, silindr, g‘isht, piramidadan bolalar 
maydonchasi konstruksiyasini quradilar, predmetlar joylashuvini tahlil qilib, ularni katta-
kichikligiga qarab taqqoslaydilar. 
Kerakli jihozlar: kubiklar, geometrik shakllar, lego, arg‘imchoq uchun kerakli qismlar.
Faoliyatning borishi: 
1. “Bolalar maydonchasi” mavzusidagi rasmlarni kо‘rish.
2. Ishni rejalashtirish. 
3. Bolalar maydonchasining qurish va uni mayda о‘yinchoqlar bilan tо‘ldirish. 
4. Bolalar maydonchasidagi predmetlar joylashuvi tahlili. 
Qо‘shimcha: bolalar maydonchasiga oid bolalar adabiyoti namunalari.
Alohida e’tibor qaratiladi: bolalarning jamoada ishlay olish malakalari. 
Syujetli rolli о‘yinlar va sahnalashtirish 
Mavzu:Tug‘ilgan kunda 
Maqsad: bolalar tug‘ilgan kunga borish odobini biladilar, “bayram stoli”, “tug‘ilgan kun 
sohibi”, “oshxona anjomlari” kabi sо‘zlardan о‘z о‘rnida foydalanadilar.
Kerakli jihozlar: sovg‘a uchun о‘yinchoqlar, oshxona idish-tovoqlari, dasturxon, salfetkalar. 
Faoliyatning borishi: 
1. О‘yinning borishini rejalashtirish. 
2. Rollarni о‘zaro taqsimlash. 
3. О‘yin jarayoni. 
4. О‘yin yakuni, muhokama. 
Qо‘shimcha: yoz oyida tug‘ilgan bolalarni tabriklash. 
Alohida e’tibor qaratiladi: tug‘ilgan kun egasi uchun tilaklarning aytilishi. 
 
San’at
Mavzu:Bayram sovg‘asi 
Maqsad: bolalar ijod qilishga, ijodiy tasavvurlarini kengaytirishga, о‘z ishini did bilan bezatish 
malakalarini mustahkamlaydilar.
Kerakli jihozlar: rangli kartonlar, qog‘oz, yelim, stepler, ramkalar,“Sovg‘alar” mavzusidagi 
rasmlar, chizma 
Faoliyatning borishi:
1. “Sovg‘alar” mavzusidagi rasmlarni kо‘zdan kechirish.
2. Kviling usuli chizmasi bilan tanishish. 
3. Bolalar ijodiy ishi. 
4. Tayyorlangan bayram sovg‘asini dо‘stlariga hadya qilish. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling