Beshariq tumani - Beshariq tumani — Fargʻona viloyatidagi tuman bo`lib 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston va Furqat tumanlari, Tojikistonning Konibodom va Asht tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,77 ming km2. Aholisi 200 ming kishi . Beshariq tumanida 1 shahar (Beshariq) va 20 dan ortiq qishloq fuqarolari yigʻini (Andarxon, Beshariq, Vatan, Rapqon, Tovul, Yakkatut, Qashqar,Toshariq, Shoberdi, Qiyat Sartol, Baxmal, Yangi, Yangi Hayot, Ko`rkam, Hamid Olimjon, Fayzobod, Qorajiyda va boshqalar) bor. Markazi — Beshariq shahri.
Xaritadagi ko`rinishi.
Beshariq tumani
| |
tuman
| |
Tarkibida
|
Fargʻona viloyati
|
Maʼmuriy markazi
|
Beshariq
|
Asos solingan sanasi
|
1926-yil
|
Hokim
|
Rasuljon Jo‘rayev [1]
|
Rasmiy tili
|
oʻzbek
|
Aholi
|
200 ming [2]
|
Millatlar tarkibi
|
Oʻzbeklar - 99,7%
|
Dinlar tarkibi
|
Musulmonlar
|
Maydoni
|
780 km²
|
Vaqt mintaqasi
|
UTC+5
| Tabiati - Relyefi pasttekislik, qir, toshloq va qumli chala choʻllardan iborat. Jan.gʻarbida qum barxanlari, sharqida Markaziy Fargʻonaning Soʻx-Isfara massivi bor. Yer yuzasi shimolga nishabatan Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati —2 °C, iyulniki 28 °C. Yiliga 200 mm yogin tushadi. Janubiy qismiga koʻproq yogʻin yogʻadi. Bahorda gʻarbdan sharqqa kuchli (baʼzan sekundiga 30 m tezlikda) shamol esadi. Vegetatsiya davri 205 kun. Tumanning shimolda Sirdaryo, janubda Isfara daryosi oqadi, gʻarbida Qayroqqum suv ombori bor. Beshariq tumani yerlari Katta Fargʻona kanalidan sugʻoriladi. Tuman hududidan Soʻx-Isfara kollektori oʻtgan. Tuman qir qismining tuprogʻi sershagʻal, tekislik qismining tuprogʻi esa sugʻoriladigan boʻz tuproq. Shuvoq, shoʻra, yantok, qamish, koʻgʻa, oq miya, qizil miya, yulgʻun, saksovul oʻsadi. Yumronqoziq, quyon, echkemar, boʻri, tulki, har xil ilonlar yashaydi. Tuman yerlarida faqat sugʻorib dehqonchilik qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |