O’z-o’zini anglash Oliy maqsad tushunchasi Strategiya Taktika


Download 0.85 Mb.
bet17/26
Sana18.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1554255
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
1. O\'zlikni anglash!

2-mavzu: HIMMAT
Himmat so’zi lug’atlarda jo‘shqinlik, harakat, hafsala, qunt, yugur-yugur, tashvish, odamgarchilik, muruvvat yuzasidan qilinadigan yaxshilik, yaxshi ish, yordam, insondagi shunday ishga bo‘lgan tuyg‘u, xislat, fazilat ma’nosida tavsiflanadi.
Himmat soʻzining maʼnosi ham serqirra: niyat, urinish, sahovat, kuchli iroda, azmu shijoat, biror ishga qattiq jazm qilish, futuvvat; saʼy-harakat, muruvvat, javonmardlik kabi. Ushbu maʼnolardan biri maʼlum matnda ustuvor boʻlishi mumkin, ammo ularning aksariyati mardlik, iroda tushunchasi atrofida umumlashadi. Himmat – mardlik, faqat bu qoʻlidagi narsani oʻzgaga berishgina emas, balki dunyoning foniyligini anglash orqali undan ongli tarzda voz kechish va buni tan ola bilish mardligi, chinakam javonmardlikdir. Navoiy oʻz asarlarida himmat haqida gapirganda, asosan, mazkur maʼnoni nazarda tutadi.
Chunonchi, Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonining asosiy bobida himmat tushunchasini voz kechish maʼnosida qoʻllab, ikki narsaga tashbih qiladi: 1) kimyo; 2) humoy (qush). Qadimda mis yoki shunga oʻxshash metallarni oltinga aylantirish ilmi kimyo deyilgan. Himmatning kimyoga oʻxshashligi shundaki, kimyo yordamida eritmadan keraksiz moddalar chiqarib tashlanadi va uning tarkibidagi sof, eng qimmatbaho modda ajratib olinadi; himmat esa (dunyoning har qanday matohidan kecha olish jurʼati, mardlik boʻlgani uchun) xuddi kimyo kabi insonni foniy, arzimas narsalar (dunyo) va ularga boʻlgan xohishdan poklovchi xulqdir. Himmat vujud kimyosi sifatida botin musaffoligiga erishtirgach, ortiqcha yuk va qaydlardan qutilgan ruh balandparvoz (qush) boʻladi. Kimyo ilmini bilganni boy deyishgan, chunki u oltin boʻlmagan narsalarni oltinga aylantira olgan. Himmatli inson esa basirat koʻzlari bilan kerak-nokerakni ayirib, foniy va boqiy narsalarni farqlaydi. Shu maʼnoda, insondagi himmatlilik mohiyatni koʻra olish qobilyatidir. Insonda mangulikka daxldor narsalarga egalik qilish istagining borligi – uning haqiqatda gʻani zot ekanini koʻrsatadi. Demak, himmatli inson deyilganda orif shaxs ham nazarda tutiladi, oʻz navbatida, oriflik fazilati boʻlgan inson dunyo qaydlaridan ustundir.
Navoiyning mazkur haqiqatlar poetik ifodasi uchun himmat egasini qushga oʻxshatishida ham yetarli asos bor. Sharq adabiyotida qadimdan insonni, uning ruhini qush ramziy-majoziy obrazi orqali tasvirlash anʼanasi mavjud. Kishining himmati qancha buyuk boʻlsa, shu qadar baland parvoz etayotgan qushdir. Yuksak parvozli qushga ovchining oʻqi yetmaganidek, yuksak himmat egasining dunyo tashvishlari, jahon ahlidan mehnati shuncha oz boʻladi. Basharti inson muntazam koʻkka talpinuvchi qush deb tasavvur etilsa, dunyo – unga qoʻyilgan tuzoq, hoyyu havaslar esa tuzoq sari yetaklovchi don. Oyogʻi bandi, boʻynida yuki bor qush ucha olmaganidek, inson tuzoq (dunyo) dan, yuk (hoy-u havas) dan xalos boʻlish jasorati, shijoatiga ega boʻlsagina ruhi erkin parvoz etadi.
Chiqib bu dayrdin Isogʻa newvchun hamnafas boʻlmay,
Bihamdillah, tajarrud birla himmatdin qanotim bor.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling