O’z-o’zini anglash Oliy maqsad tushunchasi Strategiya Taktika
Download 0.85 Mb.
|
1. O\'zlikni anglash!
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bosqich
- Vaqtni boshqarishning eng oddiy usuli reja tuzishdir.
Birinchi bosqich, 5 dan 0 gacha sanab turib, ishni birdan boshlab ketish kerak. Nega aynan 5 dan 0 ga ? Chunki 0 dan keyin davomiylik yo’q va inson ong ostida tezkor buyruq biror ishni qilish haqida signal beradi. Ekstremal holatlarda vaqt sekinlashib, miyyaning ishlashi tezlashadi.
Ikkinchi bosqich, uchta oson ketma-ketlik. Masalan, siz kitob o’qishga erinyapsiz, joyingizda oyog’ingizni cho’zib yotibsi. Miyyangizda kitob o’qishim kerak degan fikr aylanib yuribdi. Shunda siz, 5 dan 0 gacha sanaysiz, o’rningizdan turasiz (bir), yuvinasiz (ikki), kitobni ochib lahvni ustiga (stol ustiga qo’yasiz (uch) va boshlaysiz. Mana shu jarayonni boshlashdan oldin esa, men uchta ketma ketlikni tezda bajaraman, kitobni ochib lahv (stol)ni ustiga ochib qo’yganimdan keyin ham o’qigim kelmasa, mayli keyin yana yotishda davom etaman deysiz. 90 % holatda siz yarim soatdan keyin kitob o’qiyotgan bo’lasiz! Ong osti yosh bolaga o’xshaydi, uni aldash kerak. Uchinchi bosqich, sun’iy-tabiiy deadline (yakun) qo’yish. Vaqt har doim nisbiy tushunchadir. Agar siz, biror bir ishni qilishim kerak deb yursangiz siz juda ko’p holatlarda buni qilishni kechiktirib yurasiz. Buni oldini olish uchun, ko’pchilikni oldida, masalan, sinfdosh, kursdosh, kollektivlaringizni oldida men ushbu ishni mana shu oyning oxirigacha qilib sizlarga taqdimotini ko’rsataman desangiz, sizda ushbu ishga nisbatan mas’uliyat va sharmandalik hissi uyg’onadi hamda ong ostingiz o’z-o’zidan “Sen buni qilmasang subutsiz, va’dasiz bo’lasan” deb sizga har doim signal berib turadi. Shu sababli sun’iy deadline qo’yish time manegment uchun asosiy omillardan biri hisoblanadi. Vaqtni boshqarishning eng oddiy usuli reja tuzishdir. 1. Kundalik reja tuzing Hayotda muvaffaqiyatga erishgan kishilar reja tuzishga ko‘p vaqt ajratadi. Kundalik reja unumdorlikni oshirish va vaqtni samarali boshqarish garovidir 2. Rejalarni qog‘ozga tushiring Qilinadigan ishlar ro’yxati sizga xarita bo‘lib xizmat qilsinki, siz belgilangan maqsad sari yo‘ldan adashmang. 3. Kechqurun reja tuzib qo‘ying Har kuni kechqurun ertangi kun vazifalarini belgilab oling. Tongda turiboq, mo‘ljallangan ishlarga kirishing. 4. Muhim narsalarni ajrata biling Time-management’ning vazifasi vaqtida asosiy ishni aniqlashdan iboratdir. Birinchi darajali vazifalarni keyingi darajadagilardan, muhim ishlarni keraksiz ishlardan ajrata biling. Ro‘yxatdagi ishlaringiz tartibi ularning darajasiga bog‘liq bo‘lsin. 5. “Yo‘q” deyishni o‘rganing Siz uchun muhim vazifalar ro‘yxatida bo‘lmagan ishlarni rad etish va “yo‘q” deyishni o‘rganing. 6. Vaqtingizni “yeydigan” narsalardan qutuling O‘z ish vaqtingiz va bo‘sh paytingizni nimalarga sarflayotganingizga e’tibor bering. Vaqtingizni “yeb” qo‘yayotgan mashg‘ulotlardan (masalan, hamkasblar bilan yangiliklarni muhokama qilish, maqsadsiz televizor ko‘rish, reklama varaqlarini o‘qish) xoli bo‘lishga harakat qiling. Bunday keraksiz mashg‘ulotlar ro‘yxatini tuzib, “Bularni boshqa hech qachon qilmayman” degan sarlavha qo‘yish yodingizdan chiqmasin. Shuni unutmangki, birinchi o‘rinda Siz va Sizning hayotingizdagi muhim odamlar turishi kerak. Bu uchun o‘z samaradorligingiz ustida ter to‘ksa arziydi. Ulgurmoq bu muvaffaqiyatdir! Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling