O’z-o’zini anglash Oliy maqsad tushunchasi Strategiya Taktika


Time manegementning elementlari


Download 0.85 Mb.
bet24/26
Sana18.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1554255
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
1. O\'zlikni anglash!

Time manegementning elementlari
Birinchi element – shaxsiy nazorat (self critics) hisoblanadi. Siz o’zingizni o’zingiz nazorat qilmasangiz, tashqi omil sizga kelib hech kim yordam bera olmaydi. Hatto Alisher Usmonov ham yordam bera olmaydi.
Ikkinchi element – vaqt resurslarini optimallashtirish. Franklin o’zining “Yosh tadbirkorlarga maslahat” kitobida shunday degan edi: “Vaqt bu pul”. Aslida esa, vaqt puldan ham, olmosdan ham qimmat bo’lib, uning qiymatini bu dunyodagi biror narsa bilan o’lchab bo’lmaydi. Picasso esa: “Qanday men charchadim, hamisha boy va kambag’al hayotdan” degan edi. Nima uchun, chunki biz o’z resusrlarimizni optimallashtirishni o’rganmasak, bizda hech qachon time manegment bo’lmaydi.
Uchinchi element – kunni rejalashtirish. Kuningizni yozmasdan, meni xotiram yaxshiku, yozmasam ham bo’ladi deb boshlasangiz, eng katta xatoga yo’l qo’ygansiz. Biz o’z rejamizni yozib chiqqanimizdan keyingina unga ko’proq ishonamiz va uni bajarishga intilamiz.
To’rtinchi element bu – shaxsiy motivatsiya. Siz o’zingizni o’zingiz ilhomlantirmasangiz, hech kim sizga ilhom bera olmaydi. Motivatsiya esa faqqat bitta bo’ladi va bir marta olinadi so’ngra butun umrga yetishi kerak.
Time management bo’yicha uchta afsona
Eng birinchi afsona – hech kim, hech qachon vaqtni boshqara olmaydi. Shakily nuqtayi nazardan bu to’g’ri keladi. Agarda biz vaqt moshinasini ixtiro qilmagan bo’lsak. Lekin, biz o’z rejalarimiz bilan, o’z qarorlarimiz bilan, o’z harakatlarimiz bilan bemalol vaqtni boshqaramiz. Ya’ni sherigimiz qilayotgan ishni bir kunda emas, bir necha soatda tugatib, shaxsiy vaqtni qo’lga kiritishimiz mumkin.
Ikkinchi afsona – agarda men time management qoidalarini bilib olsam, juda ham katta natijalarga erishaman va juda ham katta ishlarni amalga oshiraman. Agarda siz nazariyadan amaliyotga o’ta olsangiz, bu afsona o’z-o’zidan real hayotga aylanadi.
Uchinchi afsona – agarda men time management qoidalarini hayotimga qo’llasam, men robotga aylanaman va robotni esa hech qachon shaxsiy vaqti bo’lmaydi. Agarda siz robot bo’lishdan qo’rqayotgan bo’lsangiz, afsuski ancha kechikdingiz. Chunki siz, allaqachon robotga aylanib bo’lgansiz. Agarda biz time manegmentni to’g’ri yo’lga qo’ya olsak, uning ichida dam olishga va u bilan bog’liq tadbirlarga ham albatta, vaqt ajratiladi.
Agar siz birorta ishni buyuk kunda qilmoqchi bo’lsangiz, o’sha buyuk kun bugun va hozir”.
Jorj Vugos
Hozir yoki hech qachon!
Har qanday vazifaga alfavit tariqasida harakat qilishi kerak.

Kamol et kasbkim olam uyidin
Sanga farz o’lmagay g’amnok chiqmoq
Dunyoda notamom chiqmoq bi ayni
Erur hamomdan nopok chiqmoq!
Alisher Navoiy

Bizlarni ruhiyatimizni cho’kdiradigan narsa bu – chala qolgan narsalar va ishlardir!


Eng oxirgi tugallanishdagi vaqt eng muhimdir. Masalan, Alpinist Everest cho’qqisiga ming mashaqqatlar bilan harakat qilib, cho’qqiga chiqqanidan keyin barcha g’uborlari chiqib ketadi va undagi baxtni his qilish boshqacha bo’ladi. Buni boshqa ishlarda ham sinab ko’rganlar juda yaxshi tushunadi.
Abu Ali ibn Sino bobomiz chala bilgandan bilmagan yaxshidir degan edilar. Bir ish boshlanishidan oldin, uni tugata olasizmi, shuni o’ylab, ish boshlanganidan keyin faqat uni tugatish haqida fikr yuritib harakat qilishi kerak. Time manegmentga rioya qilishda uchta step (bosqich) bor.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling