O’z-o’zini anglash Oliy maqsad tushunchasi Strategiya Taktika
Download 0.85 Mb.
|
1. O\'zlikni anglash!
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qat’iyat nima
- Men qat’iyatlimanmi
Qat’iyat va intizom
Tarixiy tajriba: O’yla va boy bo’l asarining muallifi, biznes sohasidagi mashhur yozuvchi Napaleon Hill hayotida davomida 500 dan ziyod millionerlar bilan suhbat qilib, ularning oddiy insonlardan farqi nimada ekanligi haqida qiziqib ko’radi hamda hayotda muvaffaqiyatga erishgam, boy va boshqa insonlardan ajralib turadiga millionerlarning farqi qat’iyatda ekan degan xulosaga keladi. Qat’iyat nima? Qat’iyat bu shubhalardan qutulish. Qat’iyat bu bir ishni boshlagandan so’ng ushbu ishni tugatmaguncha ushbu ishdan qo’lini uzmaslik. Qat’iyat bu o’z-o’zingizga bo’lgan ishonch, tavakkal qila olish qobilyati. Shu o’rinda sizga savolimiz bor, hamma yon daftariga “Men qat’iyatlimanmi?” deb yozing va bu savolga javob bering. Ong misoli darvoza bo’lsa, ongosti unda saroydir. Hayotingiz darvozdan boshlanar, lekin siz saroyning ichida yashaganingiz kabi, siz ongli ravishda o’zingiz va atrof-muhit haqidagi tasavvurlar bilan hayotingizni ong ostiga qurasiz. Masalan, sizda tarvuz yoki boshqa bir meva va sabzavotni yemaydigan, yoki ko’katni iste’mol qilmaydigan, yoki umuman qatiq ichmaydigan, yoki oshqovoq yemaydigan tanishlaringiz bormi? Undanam, osoni biror bir hayvondan qattiq qo’rqadigan, qorong’uda hech ham yolg’iz yurmaydigan insonlar jamiyatimizda ko’plab uchrab turadi. Agar siz, ular bilan suhbatlashib, ushbu holatni sababini so’rasangiz, bir vaqtlar o’sha holat bilan bog’liq qandaydir noxush voqea ro’y bergan va bu voqea ong ostida muhrlanib qolgan va bu narsa (mevadan, hayvondan, joydan) ong osti bu insonni himoya qilish uchun uzib qo’ygan. Mashhur hind filmi “Munnaboy” da bosh qahramon tomonidan bir otasini pulini qimorga yutqazib qo’ygan yigit qutqarib qolinadi. Unda radioda ishlayotgan bosh qahramonga yigitdan telefon bo’lib, holat aytiladi va Munnavoy yigitning otasiga jonli efirda telefon qilib, o’g’lingizning oldiga boring, deydi va ota farzandini oldiga kelganida, Munnavoy yigitga “Otangga bor gapni ayt” deb ta’kidlaydi. Shunda yigit otasiga qarab, “otajon, sizni pulingizni qimorda yutqazib qo’ydim” deb ming xil qo’rquvlar bilan bor gapni so’zlab beradi. Shu vaqtda ota qo’lini ko’tarib endi o’g’lini urmoqchi bo’lgan vaqtda jonli efirda eshtib turgan Munnaboy shunday deydi: “Sohib, bilaman hozir o’g’lingizni urmoqchisiz, qattiq jahlingiz chiqqan. va bunga haqlisiz. Lekin, iltimos qilaman, o’g’lingizni urmang. U bundan buyon rost gapirishga qo’rqib qoladi va qalbidagi rost gapirishga bo’lgan ishtiyoqni bir tarsaki bilan “o’ldirib” qo’ymang” deb juda ham mazmunli gapiradi. Ba’zan bitta hodisa, ba’zan doimiy takrorlanib turuvchi vaziyatlar, qilingan ishlar, qilmishlar bizni hayotimizni o’zgartirib yuboradi. Sizni hozirgi holatingiz, o’tmishda qilib kelgan ishlaringiz mahsulidir. Shu paytgacha qilib kelgan ishlaringiz esa, sizning fikrlaringiz mahsulidir. Buyuk mutafakkir olim Abu Homid G’azzoliy aytganidek, fikr g’oyani keltirib chiqaradi. G’oya esa hissiyotni. Hissiyot esa amalga undaydi. Demak, amal hissiyotga, hissiyot g’oyaga, g’oya esa fikrga bog’liq ekan. Demak, xulosa qiladigan bo’lsak, biz qiladigan amallarimiz fikrga bog’liq ekan. Bu fikrlar bazasi esa ong osti hisoblanadi. Inson hayotida uch xil baho berish bor. Birinchisi insonning o’ziga o’zi baho berishi, ikkinchisi tashqaridagilarning insonga beradigan bahosi hamda uchinchisi Xudoning bandasiga beradigan bahosidir. Ilohiy mo’jiza nusxasi sensan, Shohlik jamolining oynasi sensan, Olamda neki bor, sendan emas tashqari, O’zingdan istagil, moyasi sensan. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling