Oʻz-oʻzini senzuralash holatlari ham mavjud. Senzura


OAVni liberallashtirish – Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi, uning xohishi». Xalqaro konferensiya ishtirokchilaridan iqtiboslar


Download 161.61 Kb.
bet2/7
Sana16.03.2023
Hajmi161.61 Kb.
#1278929
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
axborot

OAVni liberallashtirish – Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi, uning xohishi». Xalqaro konferensiya ishtirokchilaridan iqtiboslar

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida Xalqaro axborotdan erkin umumfoydalanish kuniga bag‘ishlangan onlayn konferensiya o‘tkazildi.



Unda so‘z erkinligi, axborot ochiqligi va haqqoniyligi jamiyat uchun qay darajada muhimligi, O‘zbekistonda so‘z erkinligining rivoji xalqaro va mahalliy ekspertlar tomonidan muhokama qilindi.
Konferensiyada so‘zga chiqqan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonovning qayd etishicha, oldin O‘zbekistonda jurnalistlar dardini faqat anonim shaklda biror ijtimoiy tarmoqda qoldirishdan boshqa iloji bo‘lmagan bo‘lsa, o‘tgan 4 yil mobaynida matbuot sezilarli darajada erkinlashdi.
«Jurnalistlar mamlakatning real ijtimoiy-siyosiy hayotidan olingan voqealarni bemalol yoritadigan bo‘ldi. Hatto hukumatni tanqid qiluvchi tanqidiy materiallarni faolroq nashr eta boshladi.
Hukumatni tanqid qilgani uchun ilgari taqiq ostida bo‘lgan ko‘plab xorijiy saytlar blokdan olindi. Respublikaning barcha vazirlik va idoralarining «o‘lik» matbuot xizmatlari qayta tiriltirildi, ularning mavqeyi oshirildi va faoliyati tiklandi», – dedi Komil Allamjonov.
«OAVni liberallashtirish boshlangani vaqtinchalik o‘zgarish emas»
Fond rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hali buning bilan OAV sohasidagi muammolar to‘la hal bo‘lmagan. Hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolar bor.
«O‘zbekiston «qora ro‘yxat»dan chiqdi va «Chegara bilmas muxbirlar» matbuot erkinligi indeksidagi mavqeyini yaxshiladi: 2017 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda 13 o‘ringa yuqoriladi.
Lekin muammolar yo‘qmi? Albatta, bor. Jurnalist yoki blogerda qo‘rquv yo‘qmi? Albatta, bu ham bor. Aks holda, natija bundan ham yaxshi bo‘lishi mumkin edi», – deya ta'kidladi Komil Allamjonov.
U ma'lum doiradagi shaxslarning senzurasi, jurnalistlar va blogerlarning o‘zini senzura qilishi, davlat xodimlarining tahdidlari yoki bosimi kabi holatlar haligacha borligi va ularga qarshi kurashilayotgani, takliflar berilayotganini qayd etib o‘tdi.
«Shu kunlarda prezident topshirig‘i bilan yana bir muhim hujjat, ya'ni ommaviy axborot vositalari faoliyatiga to‘sqinlik qilish va jurnalistlarga bosim o‘tkazganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun chiqishi kerak.
Biz hali ham yo‘lning boshida ekanligimizni va bu yo‘lda xato va kamchiliklar bo‘lishini tushunamiz. OAVni liberallashtirish boshlangani vaqtinchalik o‘zgarish emas, balki prezident Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi. Bu – eng muhimi», – dedi Komil Allamjonov.

Download 161.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling