Oʻz-oʻzini senzuralash holatlari ham mavjud. Senzura
Saida Mirziyoyeva: «Biz OAVning haqiqiy mustaqilligini shakllantirish yo‘li boshidamiz»
Download 161.61 Kb.
|
axborot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ochiqlik – mansabdorlarni tiyib turish vositasi
Saida Mirziyoyeva: «Biz OAVning haqiqiy mustaqilligini shakllantirish yo‘li boshidamiz»
Konferensiyada chiqish qilgan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva axborotdan foydalanish imkoniyati undan teng foydalanishni ham nazarda tutishi haqida aytib o‘tdi. «Axborotdan foydalanish imkoniyati undan teng foydalanishni ham nazarda tutadi. U jinsiy kamsitishga qarshi kurashish imkoniyatini oshiradi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida ta'kidlaganidek, gender siyosati mamlakat uchun ustuvor masalaga aylandi. Bu mavzuni to‘g‘ri yoritish zo‘ravonlikdan aziyat chekkan ayollarni himoya qilishga yordam beradi. Ayollar o‘z huquqlarining himoya qilinishi, kamsitilishga qarshi kurash usullari to‘g‘risida ma'lumot olishlari mumkin. Barcha uchun teng imkoniyatlar to‘g‘risida jamoatchilik fikrini shakllantirishga aynan OAV javobgardir», – dedi Mirziyoyeva. U pandemiya davrida OAV va blogerlar yuzaga kelgan vaziyatni tartibga solishda davlatga yordam berganini ham aytib o‘tdi. «COVID-19 infeksiyasi bilan bog‘liq yuzaga kelgan vaziyatni davlat tomonidan tartibga solish jarayonida samimiy ishtirok etgani uchun barcha ommaviy axborot vositalari va blogerlardan minnatdormiz. Ular mazkur jarayonning ajralmas qismiga, fuqarolik nazoratining flagmaniga aylandi. Biz boshlagan ochiqlik yo‘li ortga qaytmasdir», – deya qayd etdi Saida Mirziyoyeva. Ochiqlik – mansabdorlarni tiyib turish vositasi Konferensiyada ishtirok etgan xalqaro ekspertlardan biri, Shvetsiyaning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili Ulrika Funered axborot shaffofligi hokimiyatdagilarning o‘z lavozimini suiiste'mol qilishi xavfini kamaytirishi va u fuqarolarga saylab qo‘yilgan mansabdorlarni nazorat qilishga yordam berishini qayd etdi. Shuningdek, ochiqlik insonlarning fikr va g‘oyalarini shakllantirishga yordam berishi, bu esa demokratiyaning kaliti ekani ta'kidlandi. «Axborot erkinligi haqida aytilgan bir ibora bor: inson sog‘ligi faqat sifatli tibbiy xizmatga bog‘liq emas. Masalan, tabiiy ofatlar haqidagi aniq berilgan axborot bir kishining, bir oilaning, balki butun jamiyatning hayotini saqlab qolishi mumkin», – dedi Ulrika Funered o‘z nutqida. YeXHTning OAV erkinligi ofisi direktori Yurgen Heysel demokratik jamiyatda jurnalist maxfiy bo‘lgan ma'lumotni ochiqlagani uchun javobgarlikka tortilmasligi kerakligini qayd etdi. Faqatgina mansabdor shaxslar bunday ma'lumotlar chop etilgani uchun javobgarlikka tortilishi mumkinligi aytildi. Download 161.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling