Oʻz-oʻzini senzuralash holatlari ham mavjud. Senzura


Oliy Majlis – О`zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi Oliy hokimiyat organi


Download 161.61 Kb.
bet6/7
Sana16.03.2023
Hajmi161.61 Kb.
#1278929
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
axborot

Oliy Majlis – О`zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi Oliy hokimiyat organi. О`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan- Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.
Konstitutsiya parlament deputatlarining hududiy saylov okruglari bо`yicha kо`ppartiyalilik asosida saylanishini muhim Konstitutsiyaviy prinsip sifatida mustahkamlaydi.
Oliy Majlisga deputatlar saylovini о`tkazuvchi saylov okruglari respublikaning butun hududida saylovchilar soniga qarab teng holda tuziladi. Har bir saylov uchun saylov okrugiga tо`g`ri keladigan saylovchilar me`yori Oliy Majlis tomonidan belgilanadi.
О`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati besh yil. Shuni e`tiborga olish kerakki, uning vakolati tugagan taqdirda Oliy Majlis yangi parlament saylanib о`z ishini boshlagunga qadar о`z faoliyatini davom ettiradi.
О`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hududiy saylov okruglari buyicha kо`ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat bо`lib, О`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bо`lib,Senat a`zolaridan (senatorlardan)iborat.
О`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisining Senati a`zolari Qoraqalpog`iston Respublikasi Jо`g`org`i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarning tegishli qо`shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yо`li bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – oltti kishidan saylanadi. О`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisining Senatining о`n olti nafar a`zosi fan, san`at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bо`lgan hamda alohida hizmat kо`rsatgan eng obrо`li fuqarolar orasidan О`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
О`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlariga:О`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga о`zgartirish va qо`shimchalar kiritish, О`zbekiston respublikasining referendumini о`tkazish tо`g`risida va uni о`tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish, О`zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yо`nalishlarini qabul qilish, О`zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash О`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan О`zbekiston respublikasining davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish,soliqlar va boshqa majburiy tо`lovlarni joriy qilish, О`zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yо`li bilan tartibga solish, chegaralarini о`zgartirish,tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini о`zgartirish, davlat mukofotlari va unvonlarini ta`sis etish, О`zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qо`mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish tо`g`risidagi farmonlarini tasdiqlash, О`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish, О`zbekiston Respublikasi Prezidentining О`zbekiston Respublikasikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zarurati tug`ilganda urush holati e`lon qilish tо`g`risidagi farmonini tasdiqlash,О`zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e`lon qilish, favqulotdda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish tо`g`risidagi farmonlarini tasdiqlaydi.
Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval О`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida, sо`ngra Senatida kо`rib chiqiladi.

Download 161.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling