O`zbegimga ta`rif Osmondagi oyim ona o`zbegim


Download 13.16 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi13.16 Kb.
#1470816
Bog'liq
Dinara


O`zbegimga ta`rif
Osmondagi oyim ona o`zbegim
Senga ta`zim qilar butun koinot,
Ko`zim qamashtirgan mag`rur quyosh ham
Yoninga kelganda sekin tiz cho`kar.
Qaragin qandayin tarixing ajib
Temur umr bo`yi sen deb kurashdi,
Kubrochi bayrog`ing qo`yvormay o`ldi
Jaloliddin sen uchun jonini berdi.
Boburni haydading o`z quchog`ingdan
Balki bo`larmidi senda tojmahal
Qo`y afsus chekmagin ko`ngilni o`rtab,
Xafa qilgan bo`lsan kechir qizingni.
Agar biz novda bo`lsak, ona yer bo`lib
Agar biz qush bo`lsak , samomiz bo`lib
Agar biz baliq bo`lsak daryomiz bo`lib
Yashashga umid, berding o`zbegim.
Qaragin sen boysan, nega deysanmi
Chunki biz bormiz seni deguvchi
Agar jannat samo bo`lsa ostida sensan
Agar jannat yerda bulsa ustinda sensan
Har bir go`shang shudringdayin tovlanadi
Toshkent menga tog` viqorin eslatadi
Namonganing suluv qizing o`zginasi
Navoiychi , Alisherning tahallusi
Mavaraunnahr bo`lgan tarixki noming
Boshingdan o`tkazding qancha sinoving
Qaramlikdan qutilding yengib sovetni
Qandaydir virus to`solmas yo`ling.
Sahroda yagona gulimsan yurtim
Yaproqni bezatgan shudringsan yurtim
Zulmatni yoritgan nurimsan yurtim
Shoirning ilhomi o`zingsan yurtim
Piyolamga chizilgan naqsh o`zingsan
Biz meva bo`lsak gar sen ko`rkam daraxt
Agar biz qalam bo`lsak uning rangisan
Osmonni bezatgan humo qush yurtim.

Robbim o`zing qo`lla otamni

Orqamdagi suyanchim, tog`im


Onajonim umr yo`ldoshi,
Oilamiz g`uriri boshi
Robbim o`zing qo`lla otamni.
Umr bo`yi farzandi uchun
Yashab shuncha oqardi sochi
G`am tashvishin ichiga yutgan
Robbim o`zing qo`lla otamni.
Shuncha yilki hech nolimagan
Minnat neligin bilmagan
Ka`ba ko`rish orzuyi bo`lgan
Robbim o`zing qo`lla otamni.
Farzandlik burchim bajarguncha
Ka`batillohlarga eltguncha
Jarroh bo`lishimni ko`rguncha
Robbim o`zing qo`lla otamni.

Men Yusupova Dinara Boburjon qizi 2009 yil 14-mayda Navoiy viloyati Navbahor tumani “Qiziloy” Mahallasida tug`ilganman .Hozirda Navbahor tumani MMTBga qarashli 20-umimiy o`rta ta`lim maktabida 8-sinfda o`qiyman kelajakdagi orzuyim Jarroh bo`lish.She`r yozishni judaham yaxshi ko`raman.




Download 13.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling