Olmoshlarning tuzilishiga ko‘ra turlarini quyidagi jadvalda berish mumkin:
Olmosh
|
|
Sh a k l l ar
|
|
|
|
Sodda
|
|
|
|
|
Tub
|
Yasama
|
Qo‘shma
|
Juft
|
Takroriy
|
1. Kishilik
|
men, sen
|
meniki,bularga
|
-
|
-
|
-
|
2. Ko‘rsatish
|
bu, shu
|
bular, shunisi
|
ana bu, mana u
|
u-bu
|
o‘sha-o‘sha, shu-shu
|
3. O‘zlik
|
o‘z
|
o‘zim,o‘zlari
|
-
|
-
|
o‘z-o‘zini
|
4. So‘roq
|
kim, nima?
|
kimga, nimalar?
|
nima uchun, nima maqsadda?
|
-
|
kim-kim, nima-nima?
|
5. Jamlovchi
|
hamma, bari
|
hammamiz
|
har kim, har nima
|
-
|
barcha-barcha, butun-butun
|
6. Bo‘lishsizlik
|
hech
|
-
|
hech kim, hech nima
|
-
|
-
|
7. Gumon
|
-
|
birov, kimdir
|
allakim, alla nima
|
-
|
-
|
Biz yuqoridagi jadvalda olmoshning “yasama” shaklini berishda tilshunos olim G`.Zikrillayevning fikrlariga tayanib, lug`aviy shakl qo‘shimchalarini inobatga oldik.
Olmoshlarda shaxs, hurmat, miqdor, munosabat ma’nolarining mujassamligi va ularning nutqda rang-barang usulda voqelanishi, namoyon bo‘lishi tilshunosligimizda aniqlangan. Masalan; kishilik olmoshlaridan men, biz so‘zlovchi shaxsni, sen, siz tinglovchi shaxsni, u, ular o‘zga shaxsni bildiradi. Miqdor ma’nosining ifodalanishi jihatidan men, sen birlikni; biz, sizlar, senlar, bizlar ko‘plikni; siz, ular birlikka ham, ko‘plikka ham betaraf ma’noni anglatadi. Hurmat ma’nosi II va III shaxs olmoshlariga xos. Munosabat ma’nosi kishilik olmoshlarining kelishik qo‘shimchalarini olib o‘zgarishida yuzaga chiqadi. Kishilik olmoshlariga egalik ma’nosi ham xos. Ushbu olmoshlar qaratgich kelishigida egalik ma’nosini bildiradi: bizning universitet. O‘zbek tilida egalik ma’nosi kishilik olmoshiga –niki qo‘shimchasini qo‘shish bilan ham ifodalanadi: meniki, bizniki, seniki kabi. Yuqoridagi ma’nolarning ifodalanish tarzini boshqa LMGlarda ham kuzatish mumkin.
1-topshiriq. Quyidagi test topshiriqlarini mustaqil bajaring.
1. Quyidagi gapda ravish turkumiga xos so‘z qanday sintaktik vazifada kelgan?
Mehmonni uyga olib kir, men otga picha yem tashlab qo‘yay.
A. ravish holi B. o‘rin holi
C. payt holi D. miqdor-daraja holi
2. Ravish o‘rnida qo‘llanuvchi olmoshlar berilgan qatorni toping.
A. nega, qani B. men, sen
C. siz, ular D. qancha, nega
3. Salimaning ko‘ngli joyiga tushdi va aybdorlarcha tabassum bilan yigitga qaradi.
Ushbu gapda ravish qanday vazifada kelgan?
A. hol B. sifatlovchi-aniqlovchi
C. ega D. qaratqich-aniqlovchi
4. Dam o‘tmay, a’lochi o‘quvchilarni birin-ketin nom-banom chaqirishib, xonalarga taklif qilishdi. Shu gapdagi ravishlarni toping.
A. dam o‘tmay B. nom-banom, birin-ketin
C. xonalarga, nom-banom, a’lochi D. dam o‘tmay, nom-banom, birin-ketin
5. So‘zlarni faqat belgi anglatish xususiyatiga asoslanib, qaysi turkumga ajratish mumkin?
A. sifatga B. songa
C. ravishga D. sifat va ravishga
6. O‘sha yillar qancha-qancha vatandoshlarimiz qatag’on qilindi.
Ushbu gapdagi ravishni toping.
A. o‘sha B. yillar
C. qatag’on D. qancha-qancha
7. Ravish berilmagan qatorni toping.
A. so‘zma-so‘z B. o‘z-o‘zidan
C. quruqdan-quruq D. barchasi ravish hisoblanadi
8. Belgining belgisini bildirgan ravishni toping.
A. Mashina tuzroq yura boshladi.
B. Oqshom paytida shamol birdan to‘xtadi.
C. Ra’no majlisda yaxshi gapirdi.
D. Uning so‘zlari bolalarcha sodda, samimiy, lekin aniq va ravshan.
9. Dam o‘tmay, a’lochi o‘quvchilarni birin-ketin nom-banom chaqirishib, xonalarga taklif qilishdi.Gapdagi ravishga oid so‘zni toping.
A. dam o‘tmay B. nom-banom
C. xonalarga D. dam o‘tmay, nom-banom
10. Suhbat haqida Aziza keyin uzundan uzoq so‘zlab berdi.
Shu gapdagi ravishga oid so‘zni toping.
A. so‘zlab B. keyin C. uzundan-uzoq D. B, C
11. Taqlid morfologik jihatdan…
A. o`zgarmas
B. o`zgaruvchan
C. ba’zan o`zgaruvchan, ba’zan esa o`zgarmas
D. to`g`ri javob yo`q
12. Odamlarning vag`ir-vug`uridan quloqlar bitgudek. Ushbu gapda taqlid so`z qanday sintaktik vazifani bajarib kelyapti.
A. ega C) to`ldiruvchi
B. aniqlovchi D. hol
13. Fiziologik tovushga taqlid so`zlar qatorini toping.
A. tap-tup, taqir-tuqur, tipir-tipir
B. qah-qah, miyov-miyov, xur-xur
C. g`ing-ping, alang-jalang
D. A va B javoblar to`g`ri
14. Qaysi qatorda juft taqlid so`zlar berilgan.
A. g`arch-g`urch, duv-duv, guppa-guppa
B. vag`ir-vug`ur, g`ing-ping, apir-shapir
C. qah-qah, miyov-miyov, xur-xur
D. duv-duv qilmoq, cho`lp-cho`lp qilmoq
Do'stlaringiz bilan baham: |