1. Karim maktabga qarab ketdi.
Ushbu gapda faqat grammatik ma’no ifodalangan so‘zni toping.
A. Karim ketdi C. qarab
B. maktabga D. maktabga qarab
E. barcha so‘zlar leksik ma`noga ega
2. Axir, kishi yashashdan tashqari kurash, yaratish, baxt uchun ham tug`ilmaydimi?!
Berilgan gap tarkibida necha so‘z faqat grammatik ma`no ifodalaydi?
A. to‘rtta so‘z
B. beshta so‘z
C. oltita so‘z
D. to‘g`ri javob yo‘q
E. yettita so‘z
3. Grammatik kategoriya hosil qiluvchi shakllar berilgan qatorni toping.
otlardagi son shakli, fe`llardagi o‘timli-o‘timsizlik
otlardagi erkalash va kichraytirish shakllari
fe`llardagi nisbat shakllari
A va B
A, B, C
4. Nokategorial formalar berilgan qatorni aniqlang.
shaxs-son qo‘shimchalari
egalik qo‘shimchalari
otlardagi erkalash va kichraytirish qo‘shimchalari
mayl qo‘shimchalari
kelishik qo‘shimchalari
5. Kategorial formalar berilgan qatorni toping.
ravish yasovchi affikslar
gumon olmoshlarini hosil qiluvchi affikslar
sonning ma`no jihatidan turlarini hosil qiluvchi affikslar
fe`llardagi harakat tarzi shakllari
barcha javoblar to‘g`ri
2-topshiriq. Matnni o‘qing. Grammatik ma’no ifodalovchi vositalarni aniqlang.
Xotin-qizlar jinsidan irodasi kuchli, hatto erlardan ham jasurroq shaxslarni ko‘p uchratamiz. Shuning bilan birga, ularni, naqadar kuchli irodaga molik bo‘lmasinlar, yana hissiyotlarga mag`lub ko‘ramiz. Masalan: hikoyamiz qahramoni Ra’noning jasorati, xonga qarshi isyoni, hatto ma’yus qolgan Anvarni yo‘lga solishi – o‘z zamonasi uchungina emas, bizning hozirgi asrimiz uchun ham loyiqi tahsin va Ra’no yoshlik qizlarimizga ibratdir. Lekin irodasi kuchli shu Ra’no hozir yana hissiyoti qo‘lida mag`lub edi (A.Qodiriy).
Do'stlaringiz bilan baham: |